8-Vaziyat.
Tojiboyevlar oila a’zolari (ona, ota, ikki o‘g‘il va bir nevara) o‘z moddiy ahvolini o‘nglab olish maqsadida Tojikistondan O‘zbekistonga narkotik moddalarni tashib kelishga rozi bo‘lishdi. Qonunga xilof yuk bojxona xodimlari ko‘zdan kechirishi paytida aniqlandi. Oilaning barcha a’zolari, shu jumladan, 16 yoshli nevara va 70 yashar ona turli muddatlarga qamalishdi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining quyidagi moddasini asos qilib keltirish mumkin
273-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni ko‘p bo‘lishi
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan ko‘proq miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash joylarida;
g) o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, studentlar o‘quv, sport va jamoat tadbirlarini o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud o‘zganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish —
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
9 -Vaziyat.
Fuqaro N. «Anhor» firmasining buxgalteri yo‘qotib qo‘ygan hujjatlarni topib oldi. Hujjatlar qaytarilishi evaziga yo‘qotib qo‘yilgan yukxatlarida yozib qo‘yilgan tovar qiymatining 50% ini talab qildi. Uzoq davom etgan ishontirishdan keyin firma rahbariyati N. ni tovlamachilikda ayblab, uning ustidan sudga ariza berdi. Sud N. ni aybdor deb topdi va uni uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |