164-modda. Bosqinchilik
Bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bosqinchilik:
a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bosqinchilik:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda;
g) badanga og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bosqinchilik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
6-vaziyat.
Bir qiz ishdan qaytayotgan paytda noma’lum shaxs qo‘lidagi sumkani yulib olib qochgan. Sumka ichida esa oziq-ovqatlar va uyali telefon bo‘lgan. 166-modda. Talonchilik
Talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Talonchilik:
a) hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib;
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa,
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
Talonchilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib;
v) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Talonchilik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |