69-modda. Bolaning ism, ota ismi va familiya olish huquqi
Bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 19-moddasi.
Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi — otasining ismiga ko‘ra beriladi.
Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
3-vaziyat.
Z. va A. erta turmush qurishdi. Nikohga kirishish vaqtida ikkovi 17 yoshda bo‘lishgan. Z. 16 yoshligidan emansipatsiyaga ega bo‘lib,tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelar edi. Shu sababli Z. nikohga kirishish vaqtida A.ga nikoh shartnomasi tuzishni taklif qildi.Z. va A. nikoh shartnomasi tuzish va uni rasmiylashtirish maqsadida notarial idoraga murojaat qilganlarida, notarius ularning hali voyaga yetmaganliklarini, notarial tasdiqlangan bitim tuzish uchun ular hali yoshligini, yana ikki yildan so‘ng kelishlari mumkinligini ta’kidlab, nikoh shartnomasini notarial tasdiqlashni rad etdi.Notariusning harakatlari to‘g‘rimi?yo‘q ular nikohdan o‘tishi bilan muomalaga layoqatiga ega bo‘lishadi. 15-modda. Nikoh yoshi
Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi.Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
4-vaziyat.
.Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi A.T.ning ochiq qolgan eshigi orqali uyiga noma’lum shaxslar kirib, 25.000.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketdilar.Ushbu vaziyatlarda jinoyat belgilari bormi? Ha Jinoyat Kodeksining 169-moddasiga asoslangan holda o‘g‘rilik jinoyati sodir etilgan
5-vaziyat.
Toshkent viloyatining Toshkent tumani «Ko‘kterak» qishlog‘i fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning biriga yuziga niqob kiygan noma’lum shaxs bostirib kirdi. Shu vaqtda uyda yolg‘iz bo‘lgan xonadon egasining qizini pichoq bilan qo‘rqitib, 300 AQSh dollari va ikki xil zargarlik buyumlarini olib ketdi. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994-yilda tuilgan A.N. qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |