Jamg’arma miqdori foiz stavkasiga qarab emas, balki yalpi daromadning o’sishiga qarab o’zgarib turadi. Investitsiyalar hajmi, J.M. Keyns bo’yicha, kapital qo’yilmalaridan keladigan daromad miqdoriga yoki ularning me’yorli unumdorligiga va foiz me’yoriga bog’liq bo’ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va foiz stavkasi qancha past bo’lsa, kredit olish va investitsiyalar hajmini ko’paytirish shuncha foydali). Tadbirkorlar kapital qo’yilmasining me’yorli foydaliligi foiz me’yoridan pasayib ketmaguncha investitsiyalar jarayonini davom ettiradilar. Agar foiz me’yori yuqori bo’lsa, jamg’arma egalari o’z mablag’larini investitsiyalarga, kapital qo’yilmasiga sarflamaydilar. Negaki pulni qarzga berish, obligatsiyalarni sotib olish yo’li bilan ancha oson daromad topishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |