13.6. Insonning psixologik moyilligi
J.M.Keyns ochib bergan psixologik qonunga ko’ra, inson daromadlari oshib borishi bilan iste’mol va jamg’armani ko’paytirib borishga moyil. Shuning uchun iste’mol va jamg’armaning milliy daromadga bog’liqligi, ularning nisbati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nisbat iste’molga bo’lgan me’yorli moyillikni tavsiflab beradi. Nega “me’yorli”? Chunki gap qo’shimcha daromad (Y) va uning iste’molga (S) va jamg’armaga (S) taqsimlanishi to’g’risida boradi, shuningdek, gap qo’shimcha (me’yorli) ortib boruvchi iste’mol to’g’risida ham boradi. «Asosiy psixologik qonun, – deb yozadi J.M. Keyns, – shundan iboratki, kishilar, odatda, daromadlari ortib borishi bilan o’z iste’molini ko’paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste’mol daromad ortgan darajada oshmaydi».
Bu hol shu narsani bildiradiki, agar daromad o’zgarsa, iste’mol ham shu yo’nalishda o’zgaradi, lekin iste’mol o’zgarishi daromad o’zgarishi darajasidan past bo’ladi. J.M. Keyns iste’mol o’zgarishi bilan ushbu o’zgarishni keltirib chiqargan daromad o’zgarishi o’rtasidagi nisbatni iste’molga bo’lgan me’yorli moyillik deb atadi va uni quyidagi formula bilan ifodaladi:
MRS =
Iste’mol va umumiy daromad o’rtasidagi nisbatni esa, u iste’molga bo’lgan o’rtacha moyillik deb atadi:
ARS =
Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, J.M. Keyns o’z nazariyasida iste’molga bo’lgan moyillik tushunchasi bilan birga jamg’armaga bo’lgan moyillik tushunchasini ham ilgari surdi. Jamg’armaga bo’lgan me’yorli moyillik – bu jamg’arma miqdori o’zgarishi bilan daromad o’zgarishi o’rtasidagi nisbatdir:
MRS =
Jamg’armaga bo’lgan o’rtacha moyillik esa jamg’armaning umumiy daromadga bo’lgan nisbati bilan ifodalanadi:
ARS =
Bu erda shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, agar umumiy daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg’aradilar. Shuning uchun jamg’arma va iste’mol o’zgarishlari yig’indisi daromad o’zgarishiga teng, ya’ni:
unda,
Masalan, daromad 3 ming so’mga ko’paydi, bunda iste’mol 2100 so’mga, jamg’arma esa 900 so’mga ortdi deylik. Unda MRS = 2100 : 3000 = 0,7, MRS = 900 : 3000 = 0,3. Bu qo’shimcha har bir so’mlik daromadning 70 tiyini iste’molga, 30 tiyini esa jamg’armaga sarflanayotganini birdiradi.
Daromadlarning ko’payib borishi bilan iste’molning ham, jamg’armaning ham umumiy miqdori ko’payib boradi, lekin iste’molning nisbiy hissasi kamayib boradi, jamg’armaning hissasi esa oshib boradi. Masalan, MRS + MRS = 0, 7 + 0,3 = 1; bir oz vaqt o’tgandan keyin 0,6 + 0,4 = 1 keltirib chiqarishi mumkin. J.M. Keyns daromadlar ko’payib borishi bilan iste’mol xarajatlari hissasining nisbatan pasayib borishini inson xatti-harakatidagi sabablarga bog’lab tushuntiradi. Bunday sabablar hammasi bo’lib sakkizta – xasislik, ehtiyotkorlik, tejab-tergab sarflash va b. Natijada, iste’molga bo’lgan me’yorli moyillik jamiyatda pasayib boradi. Iste’mol talabi aynan o’sha me’yorli moyillikka bog’liq. Ko’payib borayotgan jamg’arma miqdorining investitsiya tovarlariga bo’lgan talabga aylanishi qiyinlashadi.
Bu aytilganlar shu narsadan dalolat beradiki, J.M. Keynsning tadqiqot metodologiyasida noiqtisodiy omillar - davlat (ishlab chiqarish vositalariga va yangi investitsiyalarga bo’lgan iste’mol talabni rag’batlantiruvchi sifatida) va odamlarning psixologiyasi (xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zaro munosabatlarini oldindan belgilab beruvchi sifatida) ham iqtisodiy o’sishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |