Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet130/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

13.4. Postkeynschilik iqtisodiyoti
Makroiqtisodiyot sohasini tushunnib borganimiz sayin biz bozor iqtisodiyotiga asoslangan makroiqtisodiyot Keynsning kitoblari orqali topilgan ma’lum bir qonuniyatlarga asoslanishini ko’rib boramiz. Bu holat Keyns makroiqtisodiyot to’g’risida aynan nima demoqchiligini ifodalagan yakdillikka ega bo’lishda iqtisodchilarning umumiy qobiliyatsizligidan paydo bo’ldi. 1970-yillarga kelib, Sidney Veyntraub va Pol Davidson tomonidan Atlantika okeani bo’yida va iqtisodiy maktab sifatida dunyoga tanilishiga imkon bergan asosiy neokeynschilik modeli tanqidini aniq va ravon ifodalashda Angliya birlashgan kuchlarini o’z ichiga olgan Jon Robinson va Jon eatvell tomonidan bir iqtisodiy guruh shakllandi. Ular o’zlarini postkeynschilar deb atadilar, 1974-yilda o’zlarining tashkiliy majlisini o’tkazishdi hamda Journal of Post-Keynesian Economics (JPKE) (Postkeynschlik iqtisodiyoti jurnali) nashrdan chiqarildi. Ushbu jurnalning dastlabki nashrida turli xil asoschilar va qo’llab-quvvatlovchilar postkeynschilik iqtisodiyoti asli nimani anglatishi haqida so’z olib bordilar. Jon Robinson bu iqtisodiyotni “kelajak va o’tmish o’rtasidagi farqli tomonlarni hisoblab beruvchi tahlil metodi” deb atadi. J. K. Gelbreyt uni “sanoatlashgan jamiyat uzluksiz va organik o’zgarishlar jarayonida bo’lib, davlat siyosati bu kabi o’zgarishlarga moslashib boradi va shunday davlat siyosatini yo’lga qo’yish bilan tizim yaxshilanadi” deya ifodalab o’tadi. Boshqa iqtisodchilar esa turlicha masalalrga e’tibor qaratishadi, ammo ularning barchasi neoklassik va neokeynschilik iqtisodiyoti o’zini oqlamaganini e’tirof etadilar. Ular o’zlaricha qarashlarni amalga oshirdilar va shuning uchun bozor makroiqtisodiyotini “begona keynchilik” deya nomlab, keyns yo’nalishiga sodiqlikning haqiqiy namoyondalari sifatida maydonga chiqdilar.
Yashirin postkeynschilik tahlilini gavdalantirib bergan umumiy mulohazalar umuman olganda muammoli deb isbot etilmadi, ammo ba’zi bir o’ziga xos jihatlari undan kelib chiqishi mumkin edi. Britaniya postkeynschiligi (ba’zida neorikardochilar deb ham yuritiladi) eng to’g’ri yo’nalish Rikardoning ishlab chiqarish nazariyasi va uni Kaleskining iqtisodiy davrlarga oid sinfiylik nazariyasi bilan to’ldirish kabilarni qo’llash sanalar edi. Piyero Srafaning Production of Commodities by Means of Commodities: Prelude to a Critique of Economic Theory (1960) (Tovarlar vositasida aynan tovarlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish: Iqtisodiyot nazariyasi tanqidiga kirish) nomli izlanishidan so’ng, ular foydaning maosh va foyda o’rtasida taqsimlanishi aniq emasligini hamda jami ishlab chiqarilgan mahsulotga bog’liq bo’lmasligini ta’kidlab o’tdilar. Shundan kelib chiqib, daromadlarning taqsimlanishi marjinal samaradorlik bilan emas, balki tabiatdagi makroiqtisodiy kuchlar yordamida aniqlanishi sezish qiyin emas edi. Bu iqtisodiy qarashda ular Maykl Kaleskining 1933-yilda “ishchilar o’zlari topganini sarflasalar, kapitalistlar sarflaganin topadilar” deb o’z mulohazalariga xulosa yasagan modeli asosida ish ko’radilar.73
Kaleski o’z modelida uchta markaziy farazlarni keltirib o’tdi. Birinchidan u firmalar narxlashtirishning kost-plus (xarajatlar plus doimiy daromadlar) metodini qo’llashlarini faraz qildi. Kapitalistlar foyda va ish haqi darajalarini aniqlaydilar, ammo umumiy foyda yoki maoshning umumiy hajmini aniqlamaydilar, chunki ular ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy darajasi orqali aniqlanadi. Ikkinchidan hech qanday jamg’arma xarajatga yo’naltirilmaydi, shuning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy darajasi keynsning multiplikatsion modeli asosida umumiy talab darajasi orqali aniqlanadi. Uchinchidan, ishchilar o’z daromadlarining 100% ini sarf etadilar, shuning uchun iste’molga cheklangan moyillik ham 100% chiqadi.
Kapitalistlarning investitsiyaviy xarajatlari vaqtinchalik xarakterda bo’lib, foyda darajasiga (jamg’armalarni ifoda etuvchi) bog’liq bo’lmaydi. Agarda ular barcha topgan daromadlarini sarflab yuborsa, talab barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olishga yetarli bo’ladi va jami ishlab chiqarilgan mahsulot va daromad yuqoriligicha qoladi. Agar kapitalistlar pessimistic xarakterda bo’lib, o’z daromadlarini sarf etmasdan, balki jamg’arsalar, yalpi talab va umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot darajasi past bo’lib, daromadlar ham kamayib boradi (foyda normasi bir xil darajada saqlanib qolsada) va ishsizlik vujudga keladi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, daromadlarning foyda va maosh darajalari o’rtasida taqsimlanishi marjinal samaradorlik bilan emas, balki makroiqtisodiy kuchlar ta’sirida aniqlanadi. Ushbu oddiy modeldagi ko’plab farazlar faoliyatning makroiqtisodiy darajasi daromadlar taqsimlanishi orqali aniqlanishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy qarashning qonuniy kuchini yo’qotmagan holda, kelib chiquvchi natijalarni ikki ma’noli bo’lib qolishini ko’rsatib, o’zgarib borishi ham mumkin.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish