Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


Keynsning siyosatga nisbatan falsafiy yondashuvi



Download 3,72 Mb.
bet126/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Keynsning siyosatga nisbatan falsafiy yondashuvi
Siyosat normativ qonuniyatlarni o’zida mujassam etgan nazariyani o’z ichiga oladi. Shuning uchun, Keyns inqilobini to’liq anglash uchun o’sha davr iqtisodchilarining va ayniqsa keynsning umumiy falsafiy qarashlarini yaxshi tushunish talab etiladi. Keyns o’zining The General Theory(Umumiy nazariya) kitobini chop ettirganidan so’ng radikallikda ayblangan bo’lishiga qaramasdan, aslida u radikal bo’lmagan. Bu insonning o’tmishi, ta’lim olish tarixi va tajribasidan kelib chiqqan holda o’z jamiyatining tashkiliy strukturasi borasida sezilarli o’zgarishlar uchun kuchli kurash olib borishini bunday insondan kutish mushkul ish albatta. Keyns aslida jamiyat strukturasini o’zgartirish borasidagi fikrlarga konservativ nigoh bilan qaragan. U asosan kapitalizmning asosiy elementlarini saqlab qolishga qaratilgan qarashlarni yoqlab chiqqan. U agar tizimning eng yomon kamchiliklari bartaraf etilmasa, individuallar kapitalistik tizimni rad etadilar va buning oqibatida tizim topganidan ko’ra ko’proq narsalarni boy berib qo’yishiga ishongan. Uning marksizmni rad etishi ham Marksning iqtisodiyotiga qarshi tanqid ham markscha ijtimoiy tizim Keyns yashab turgan ijtimoiy sinfning yo’q qilishini tan olish deb baholanadi:
Qanday qilib men zamonaviy olam uchun hech qanday ahamiyati yo’q, o’z pozitsiyasini hamma narsadan yuqori qo’yadigan va tanqidni qabul qilmaydigan hamda o’z qonuniyatlarini injildek qat’iy o’rnatadigan eskirgan kitobni ko’ra bila turib qabul qilishim mumkin? Qanday qilib men tezakni sigirning o’zidan afzal ko’radigan, butun bashariyat urug’larini va ijobiy sifatlarini o’zida mujassam etgan burjuaziya va intelligensiyadan ko’ra qo’pol proletariatni ustun ko’radigan dunyoqarashni o’zimga singdira olaman?66
Keyns Germaniya, Italiya va Rossiyada avj olib borayotgan diktatorlik va totalitar tuzumdan qattiq havotirga tushgan edi. U ijtimoiy tuzulmalardagi bunday o’zgarishlar ba’zi iqtisodiy masalalarni hal eta olishiga ishonishni istar edi, ammo u bunday yechim faqatgina individualizm va uning iqtisodiy hamda siyosiy afzalliklari evaziga qo’lga kiritilishi mumkinligini his edi. Kattaroq samara va innovatsiyaga erishish uchun shaxsiy qiziqishdan foydalanishni cheklovchi individualizmning iqtisodiy afzalliklari iqtisodchilarga yaxshi ma’lum:
Ammo yuqoridan ta’kidlangandan tashqari agar individualizm o’zining kamchilik va zaif tomonlaridan xalos etilsa u albatta boshqa mavjud tizimlardan ko’ra ko’proq shaxsiy erkinlikni ta’minlovchi vositaga aylanishi mumkin. U shaxsiy tanlovni yanada ko’proq amalda qo’llash uchun zamin hozirlaydi. Shu bilan bir qatorda u yana ushbu kengaytirilgan shaxsiy tanlovdan kelib chiqadigan hayotning turfa hilligini saqlash omili bo’lib ham xizmat qilishi mumkin va undan ayrilish bir xildagi yoki totalitar tuzumning yo’qotganlari oldida anchayin sezilarli bo’lishi mumkin.67
Keynsning yaxshi jamiyat strukturasi borasidagi keng qamrovli falsafiy qarashlari uni ikki tomondan ham cheksix xujumlar ostida qolib ketishiga sabab bo’ldi. So’llar uni o’z sinfi va kapitalizmning himoyachisi deb e’lon qilishdi, o’nglar esa uni kapitalistik tizimni yo’q qilishga moyil yovvoyi sotsialist-islohotchi deb atadilar. Biz allaqachon uning marksizmga bo’lgan yondashuvini ko’rib chiqdik. Uning o’nglar tomonidan qilingan tanqidga javobi murosaga kelishga qaratilgan edi. U shunday deb yozgan edi:“hukumat vazifalarini kengaytirish individualizmga qarshi daxshatli zarba bo’lib tuyulsada men uni ham mavjud iqtisodiy ko’rinishlarni yo’q qilib yuborishdan uzoqlashishning yagona vositasi sifatida, ham individual tashabbuslarning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishiga maqbul sharoit sifatida himoya qilaman.”68Keyns kapitalizmdan topgan asosiy naflardan biri bu uning individualizmga erkin faoliyat olib borishini ta’minlashi sanaladi. Individualizm orqali kelib chiqadigan har qanday kamchiliklar kapitalizmni barbod etmasdan to’g’irlanishi mumkinligiga u ishonar edi. U kamitalizmning asosiy kamchilik va hatoliklari deb quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edi: “bu tuzumning xatosi uning to’liq bandlikni ta’minlay olmasligi, uning o’jarligi hamda boylik va daromadlarning adolatsiz taqsimotidir.”69
1930 –yillarda ro’y bergan Depressiya ko’plab iqtisodchilarni kapitalizmning asosiy kamchiligi to’liq ish bilan bandlikni ta’minlay olmasligida degan fikrga ishonishga majbur qildi. Urushdan keyingi iqtisodchilar oldida ko’ndalang bo’lgan masala mana bunday edi: kapitalizmning eng yaxshi xususiyatlarini saqlab qolish va shu bilan bir qatorda katta depressiyalarni bartaraf etish uchun biz qanday siyosat olib borishimiz kerak? Keynsning siyosat borasidagi qarashlari dastlab AQShdagi ko’pchilik odamlar uchun juda liberal ko’rinish kasb etdi. Keynschilar tomonidan taklif etilgan monetar va moliyaviy siyosat nihoyat AQSh iqtisodchilari tomonidan tan olindi, chunki bu siyosat hukumatning juda kam miqdorda iqtisodga bevosita aralashuvini talab etar edi. Biroq shunday bo’lishiga qaramasdan, Keynschilarni sotsialist deb hisoblovchilar bu siyosatni qoralab chiqdilar. Ilk keynschilikkka kirish asarini yozgan Lori Tarshis, bir guruh konservativlar uning kitobidan foydalangan o’quv dargohlariga grantlar berishni to’htatishga xarakat qilganlarida va uning o’zini dars beradigan Stenford universitetidan bo’shattirish payiga tushganlarida bu konservativlarning xujumi ekanini anglab yetadi. Tarshisning kitobi yaxshi sotilmaydi, ammo undan so’ng bu kitobga taqflid qilib yozilib chop etilgan Semuelsning asari juda ham mashhur va ommabop bo’lib ketadi, chunki u keynschilik iqtisodiyotini ilmiy niqob ostiga berkitadi va shu asnoda Tarshisga yog’ilgan mafkuraviy xujumlardan o’zini saqlab qoladi70.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish