Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


XIII-BOB. JON MEYNARD KEYNS TA’LIMOTI VA NEOKEYNSCHILIK



Download 3,72 Mb.
bet122/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

XIII-BOB. JON MEYNARD KEYNS TA’LIMOTI VA NEOKEYNSCHILIK
13.1. KEYNS MAKROIQTISODIYOTI
K
J.M.Keyns
eynschilik iqtisodiyoti atamasi o’z davrida muhim iqtisodchi olimlardan biri bo’lmish J.N.Keynsning otasi Jon Meynard Keyns nomidan kelib chiqqan. O’g’ilning tezlik bilan erishgan yutuqlari otasining erishgan yutuqlaridan kam bo’lmadi, albatta. Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganish J.M.Keynsning hayoti ko’p tomonlama J.S.Mill hayotiga o’xshab ketganligidan dalolat beradi. Bu har ikkala iqtisodchining otalari ham o’z davrining bilimli iqtisodchi olimlari bilan zamondosh bo’lishgan: Jeyms Mill David Rikardononing, J.N.Keyns esa Alfred Marshallning do’stlari sanalgan. Har ikkala yosh Keyns hamda Mill bilimli bolalarga xos bo’lgan va mavjud bo’lgan yuqori sifatli o’quv dargohi va o’zlarining yozish qobiliyatlari bilan boshqalar e’tiborini qozona olgan va yangi sohani egallash uchun juda yuqori a’lo darajadagi o’quvchilar bilan ta’minlangan maktablarda saboq olishadi. Ikkala iqtisodchi Mill va Keyns o’z otalari iqtisodiyotining siyosiy tub ma’nosini rad etishgan va yangi yo’nalishlarni keltirib o’tganlar. Ammo ushbu yerga kelganda o’xshashliklar tugallanadi, J.S.Mill o’z otasi va Rikardo qarashlarining nazariy asoslari bilan to’liq munosabatda bo’la olmaganligi sababli oxir oqibat klassik va neoklassik nazariyalar o’rtasida o’zaro murosa yo’lini tanladi. Keyns o’tmishdagi qarashlarga, ya’ni Rikardo, J.S.Mill va Marshall tomonidan murakkab izohlar bilan qoldirilgan davlatning aralashmaslik siyosati an’analari bilan boyitilgan g’oyalariga qarshi chiqdi. Keyns Marshallning asosiy qisqacha tenglik tahlili bilan tanishib chiqqan bo’lishiga qaramasdan, u iqtisodiy hamda siyosiy nazariyalarga anchagina ta’sir eta olgan umumiy iqtisodiyotni shakllantirishda zamonaviy sanaluvchi siyosiy tuzilmalarni ishlab chiqdi. Keyns iqtisodiy bilimlari 20-asr iqtisodchisining sayoz belgilariga hech mos kelmas edi. Ba’zi joylarda u iqtisodiy nazariyani o’rganish uchun kam vaqt sarflagani va o’z manfaatlarini ancha keng yoyganligi uchun tanqidga uchragan. Kembrij va eton universiteti talabasi sifatida u o’z keng qamrovli qiziqishlari ketidan quvishda ishtiyoqini namoyon etdi; shundan kelib chiqib, u havaskor sifatida tan olindi. Ta’limi nihoyasiga yetgach, Kembrijga qaytguncha yana ikki yil mobaynida Britaniya hukumatining Hindiston ofisiga fuqarolarga xizmat ko’rsatuvchi xodim sifatida ishga qabul qilindi. U akademik darajasiga erisha olmadi. Uning iqtisodiy siyosatga bo’lgan cheksiz qiziqishlari umri mobaynida ko’plab hukumat tashkilotlarida ish olib borishiga imkon yaratib berdi. U Qirollik kollejida xazinabon sifatida hamda o’z shaxsiy hayotida biznes masalalari bo’yicha faol ishtirokchi bo’ldi va uning biznesga bo’lgan qobiliyati 1920-yillarda bankrotlik holatiga yaqin kelgan paytidagi sof boylik darajasi 1946-yil umrining oxirlarida 2 million dollarga ortganligi bilan izohlanadi. Keynsning teatr sohasi, adabiyot va baletga qiziqishi bo’lgan; u balerinaga uylangan. Kliv Bel, e.M.Forster, Lyutton Strachey va Virginiya Volf singari Keynes taniqli shaxslarni o’z ichiga olgan Blumberri guruhi deb nom qozongan London intellektuallari guruhiga a’zo bo’lgan. Ajoyib qobiliyat egasi bo’lishlilik unga bitiruvchi sifatida matematika sohasining bilimdoni bo’lishida, ehtimollar narariyasi to’g’risida kitob yaratishida, e
ssays in Persuasion and essays in Biography (Biografiya va e’tiqodga oid ocherklarlar) nomli ikki kitobiga jamlangan economic Consequyences of the Peace (Tinchlikning iqtisodiy natijalari) hamda ocherklari kabi adabiy durdonalaridan o’rin olgan qudratli hamda ta’sirchan nasr ijodkori bo’lib yetishishida ko’makdosh bo’ldi.
Keynsning muhim iqtisodchi bo’lib yetishishida uning siyosat tomon yo’nalgan ishlari asosiy o’rinni egalladi. U Britaniya g’azna bo’limining vakili sifatida Versal tinchlik shartnomasida ishtirok etdi, ammo 1919-yilga kelib, u o’z vakolatidan ozod etildi. U hech qachon to’lash imkoniyati mavjud bo’lmagan Germaniyaning katta tovon to’lashi shartligi aks etgan Versal shartnomasi shartlariga rozi bo’lmaganligi ko’rinadi. U 1919-yilda nashrdan chiqqan o’zining economic Consequyences of the Peace (Tinchlikninig iqtisodiy natijalari) nomli asarida shartnoma shartlariga tanqid ko’zi bilan qaraganligi sababli, xalqaro miqyosda olqishlarga sabab bo’lgan. 1940-yil u How to Pay for the War (Urushga qancha mablag’ to’lanadi) nomli asarini yozdi va 1943-yil 2-jahon urushidan keyingi ta’sir doirasiga ega bo’lgan xalqaro monetar hukumat uchun Keyns Rejasi nomli takliflarini keltirib o’tdi. Bretton Vuds shartnomasini imzolashda Britaniya delegatsiyasining boshlig’i sifatida, Xalqaro valyuta fondi hamda Jahon banki kabi tashkilotlarning shaklanishida jonbozlik ko’rsatdi. Ammo uning siyosat hamda nazariyaga qo’shgan eng muhim hissalari zamonaviy makroiqtisodiyotni yaratishga va bir necha endilikda shaklanib kelayotgan makroiqtisodiyot asoslarini o’rganishga xizmat qiluvchi The General Theory (Umumiylik nazariyasi) (1936) nomli kitobida o’z aksini topgan. Pol Samuyelson keynshilik davri iqtisodiyotiga o’z e’tiborini qaratib, uning muhimligini anglaydi va quyidagilarni keltirib o’tadi: “Umumiylik nazariyasi Janubiy dengiz orolida yashaydigan bir-biridan ajralgan qabila a’zolariga hujum qiluvchi va xarob etuvchi kasallikning kutilmagan xavfli belgilari ko’pchilik iqtisodchilarnini 35 yoshdan pastkilarida uchrashini nazarda tutadi.61

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish