J.M. Keyns klassiklarning tejamkorlik, joriy iste’moldan o’zini tiyish iqtisodiy o’sishning asosi degan tushunchasini inkor etadi va asosiy e’tiborni «tejamkorlik uddaburonliksiz bo’lishi mumkin emas», «tejamkorlik uddaburonlikdan oshib ketishi bilanoq, u oxirgisining jonlanishiga halaqit beradi» degan qoidaga qaratdi. Haqiqatan ham, jamg’armalarning ko’payishi investitsiyalarning ko’payishidan ustun bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi to’xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab chiqarish vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |