Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari



Download 3,72 Mb.
bet140/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari
Odamlar o’zida naqd pul bo’lishini xohlashi tushunchasini J.M. Keyns “likvidlik ustunligi” deb atagan. Agar yangi klassiklarda pul zaxirasini jamg’arish noratsional hisoblansa, J.M. Keyns bo’yicha esa, bunday jamg’arma bo’lajak xo’jalik vaziyatini prognozlashtirib bo’lmasligi, xo’jalik xatari mavjudligining muqarrar natijasidir. O’z ishlarining yurishmay qolishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Bundan tashqari, yuqori likvidlik moliyaviy aktivlar moliya bozoridagi «o’yinda» muayyan ustunlik berishi mumkin: qimmatli qog’ozlarning kursi pasayganda ularni tezda sotib olish uchun naqd pullar asqotadi.
Kishilarning o’z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo’yicha, quyidagi sabablarga bog’liq:
– xarid qilish zarurligi (transaktsion motiv);
– kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan);
– chayqovchilik sababi (motivi).
Birinchi ikkita sababni pulning miqdoriy nazariyasining Kembrij varianti tarafdorlari ko’rsatib o’tgan. J.M. Keyns bo’yicha birinchi ikkita sababdan boshqa, chayqovchilik motivi ham naqd pulga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Odamlar qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun ularning kursi pasayishini kutadi. Bunday vaziyat odamlarni o’z qo’llarida ancha likvidli mablag’ – naqd pullarni ushlab turishga undaydi.
Foiz stavkasi past bo’lganda qimmatli qog’ozlar kursi yuqori bo’ladi. Foiz stavkasi ko’tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasaydi. Demak, chayqovchilik funktsiyasi likvidligi foiz me’yoriga bog’liq. Foiz me’yori qancha past bo’lsa, chayqovchilik motivi bo’yicha naqd mablag’larga talab shuncha yuqori bo’ladi. Foiz me’yori qancha yuqori bo’lsa, naqd pulga talab shuncha past bo’ladi (yuqorida ko’rsatilgan sababga ko’ra).
Shunday qilib, pulga bo’lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib chiqadigan funktsiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funktsiyasi):
Dm = f (Y,R)
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar – jamg’arma to’plashning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari bexatar hisoblangan naqd ko’rinishdagi o’ziga xos sug’urta fondi zarur.
Pul massasi va foiz stavkasi. Keynscha modelda baholar o’zgaruvchan emas. Shuning uchun pul massasining ko’payishi ishlab chiqarish darajasiga baholarning o’sishi orqali emas, balki foiz stavkasi orqali ta’sir ko’rsatadi. Agar yangi klassiklar pul massasi makroiqtisodiy jarayonlarga faqat «to’g’ri» ta’sir ko’rsatish mexanizmini, Viksell - ham «to’g’ri» ham «egri» mexanizmlarini tadqiqot qilgan bo’lsalar, J.M.Keyns esa e’tiborni faqat «egri» mexanizmga qaratdi.
Foiz stavkasi ikkita sababga ko’ra o’zgarishi mumkin: yo o’z aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turgan kishilarning psixologik kayfiyatidagi o’zgarishlar oqibatida (pulga bo’lgan talab egri chizig’ining siljishi), yoki pul massasining o’zgarishi natijasida (pul taklifi egri chizig’ining siljishi). Agar foiz stavkasi R1 darajada o’rnatilgan bo’lsa (3-rasmga qarang), unda uning R2 darajaga pasayishi faqat pulga bo’lgan talab egri chizig’i chapga (D2) siljigandagina yoki pul taklifi egri chizig’ining o’ngga (S2) siljishi natijasida sodir bo’ladi.





Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish