1950-1960-yillar davomida keynschilik ta`limotiga qarshi monetarizm ta’limoti yuzaga keldi. Uning asosiy vakillaridan biri bu –Milton Fridmen. Uning ta’limoti keynschilikga qarama-qarshi go`yadir. Keyns tomonidan yaratilgan konsepsiyada pulga hech qanday rol o`ynamagan va narxlarning tushishi uchun hech qanday ahamiyat kasb etmagan. Pulni yetkazib berish va narxlarning shakllanishi Keyns-ning tadqiqotlarida o`z ifodasini topgan. Ikkinchi jahon urishi davomida rivojlangan davlat g`aznasi va qayta ta`minlash o`rtasidagi kelishuvlarning birida shu narsaga kelishib olindi ya’ni, narxlarni eng past darajada saqlab turish uchun har qanday turdagi bondlarni sotib olish. Fidman buni bajarish uchun har qanday turdagi o`zgarishlarni amalga oshirgan. Monetaristlar shuni ta`kidlab o`tdiki davlatning iqtisodiyotda pulni yetkazib berish siyosati muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun monetaristlarning asosiy muomosi pul hisoblangan.77. Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, iqtisodiy sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Monetaristlar ularni pul massasi bilan ishlab chiqarish o’rtasi-dagi bog’liqlikni aniqlash uchun tadqiq qildilar.
Monetarizm keynschilar ta’limo-tiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir. Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga ko’ra, erkinlik va xususiy tadbirkorlik o’rtasida ichki bog’liq-lik mavjud. Faqat xo’jalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin.
Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilardan ko’ra davlat amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo’jalik jarayonlarga aralashuvi iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlagan holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog’i lozim.
Monetarizmning asosiy qoidalari. M. Fridmen kontseptsiyasini tasavvur qilish uchun, uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo’llab-quvvatlagan asosiy qoidalarni ko’rib chiqamiz.
Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga ko’ra barqarorlikka, o’zini o’zi tartib-lashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqaror-likni ta’minlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida emas, balki tashqaridan bo’ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi.
Bozor xo’jaligining barqarorligi to’g’risidagi ushbu qoida J.M. Keynsning iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi to’g’risidagi tasdig’iga qarshi qaratilgandir. Aynan ular (ma’muriy, baholar dastaklari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a’lo darajada barqarorlashtirishga qodir. Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin bo’lgan dastaklar sifatida baholagan bo’lsa, M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Uningcha, (Keyns-ga qaraganda), pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. M. Fridmen pul harakati (pul massasining o’sish sur’ati) va yalpi ichki mahsulot o’rtasida o’zaro chambarchas bog’liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul massasining o’sish sur’atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning siklik tebranishida aks etiladi.Gap shundaki, pul massasidagi o’zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta’siri bilinadi. Odatda, vaqtincha o’zilish bir necha oyni tashkil etadi. U shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli o’zgarishlarga mo’ljallangan bo’lmay, balki uzoq muddatli xarakterga ega.