Dars o’tiladigan sana



Download 36,19 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi36,19 Kb.
#907831
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu

Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan o’quvchlarni baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifa berish:
2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yoriqnoma berish (3-ilova).

Baholar bilan tanishtiradi.
Topshiriqlarni yozib oladilar.

Tuzdi: _______________ Oripova Z
Ish vaqti va dam olish vaqti. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ishlarni tashkil etish.


Reja:

  1. Davlatimizda mehnatni muhofaza qilish ishlari qanday tashkil qilinishi.

  2. Korxona rahbar xodimlari mehnat muhofazasi bo’yicha nimalarni bilishi kerak va qanday huquqlarga egaligi.

  3. Korxonadagi mehnatni muhofaza qilish muhandisining vazifasi.

  4. Nomenklatura chora-tadbirlari.

Nazariy qism:
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlr Mahkamasi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va me’yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo’li bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsiligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid Respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta’minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Har bir soha bo’yicha mehnatni muhofaza qilish ishlarini sohaning vazirliklari kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda mehnat sharoitini yaxshilashga oid dasturlarni ishlab chiqadilar, aloqa sohasi bo’yicha esa O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi tashkillashtiradi.
Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida ko’zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.
Korxona ishchilari Respublikaning tegishli qonunlari va me’yoriy hujjatlari jamoa shartnomalari bilan belgilangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari talablariga rioya etishlari shart.
Sanoat korxonalarining rahbar xodimlari xavfli va zararli ish joylarini bilishlari, saqlovchi va muhofaza vositalarining yaroqlilik holatining nazoratini olib borishlari, ventilyatsiya tizimlarining to’g’ri ishlashini, ish joylari yoritilganligining talabga javob berishini ta’minlanishini, ish joylari ifloslanishiga yo’l qo’ymasliklari, shovqin va titrashni kamaytirish choralrini ko’rishlari kerak. Shu bilan birga ishchi va xodimlarni xavfsiz ishlash usullariga o’rgatishni va vaqti-vaqti bilan texnika xavfsizligi bo’yicha bilimlarini tekshirib turishni tashkil etishlari kerak. Rahbar xodimlar texnika xavfsizligi qonun va qoidalariga amal qilmagan xodimlarni ishdan chetlatish, inson hayotiga va xavfsizligiga xavf tug’diruvchi mexanizmlarni, mashinalarni to’xtatib qo’yish huquqiga egadirlar. Rahbar hodimlar jarohatlanganda 1-yordam ko’rsatishni tashkil etadilar va baxtsiz hodisani tekshirish ishlarida ishtirok etadilar.
Sanoat korxonalarida, tashkilotlarida xavfsizlikni ta’minlash va ish sharoitini yaxshilash ma’muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlari kodeksiga yozib qo’yilgan.
Ma’muriyat tarkibiga rahbar xodimlar, ya’ni sanoat korxonalari tashkilotlarida tashkilotchilik, ma’muriy-xo’jalik ishlarini amalga oshiruvchi, ishlab chiqarishjarayonlarini tashkil qiluvchi, xodimlarni boshqaruvchi shaxslar kiradi. Ma’muriyat hodimlari davlat siyosatini va uni amalga oshirishni, davlat va xalq manfaatlarini yaxshi tushungan bo’lishlari, mehnat intizomini saqlay bilishlari, ishchilarni ishga rag’batlantira olishi, ish unumini oshirish darajasini bir necha yil oldindan ko’ra biluvchi shaxs bo’lishlari kerak. Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehntni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi, ya’ni mehnatni muhofaza qilish muhandisi tayinlanadi. Mehnatni muhofaza qilish muhandisi bosh muhandisga bo’ysunadi. Uning asosiy vazifasi sanoat korxonasida mehnat qilayotgan ishchi va muhandis-texnik xodimlarining mehnatni muhofaza qilish qoida va talablarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat. Mehnatni muhofaza qilish muhandisi ishchilar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ishchilarni o’qitadi, ularni yo’riqnomalardan o’tkazadi. U kadrlar tayyorlash bo’limi bilan birgalikda ishchilarni maqsadli kurslarda o’qitish ishlarini tashkil qiladi, mehnatni muhofaza qilish kabinetlari, burchaklari va vitrinalari tashkil qiladi, xavfsizlik texnikasi qoida va me’yorlarini tashviqot qilish maqsadida ma’ruzalar uyushtiradi, xavfsizlik texnikasining ogohlantiruvchi yozuvlari va belgilarini kerakli yerlarga o’rnatadi. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi sifatida xavfsizlik texnikasi muhandisi yangi ishga kirayotganlarni kirish yo’riqnomasidan o’tkazadi. Mehnatni muhofaza qilish muhandisi sanoat korxonasining xohlagan ish joyini xohlagan paytda tekshirib, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini buzgan shaxslarga zaruriy choralar ko’rish huquqiga ega.
Har yili sanoat korxonalarida jamoa nomidan kasaba uyushmasi va korxona ma’muriyati o’rtasida jamoa shartnomasi tuziladi. Bu shartnomada ishchi va xizmatchilarning mehnat qilishi, madaniy-maishiy dam olishi borasidagi tadbirlar haqida kelishib olinadi. Unda mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlari, mehnat sharoitini yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi va bu masalalar ma’lum tartibga keltirilib mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sifatida shartnomaga tirkab qo’yiladi. Nomenklatura chora-tadbirlari rejasini kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda ma’muriyat xodimlari tuzadi. Nomenklatura chora-tadbirlari ish rejasiga kiritilganligi va ishchilarning umumiy majlisida tasdiqlanganligi sababli uning bajarilishi shart bo’lib qoladi. Bu haqda ma’muriyat ishchilarga hisobot berib turadi. Nomenklatura chora-tadbirlariga sarflanadigan mablag’ korxonaning asosiy fondidan olinadi. Mehnatni muhofaza qilish nomtnklatura chora-tadbirlariga ajratilgan boshqa maqsadlarda foydalanish mutlaqo ta’qiqlanadi.
Nomenklatura chora-tadbirlariga asosan ish sharoitini yaxshilash chora-tadbirlari kiritilib, ularni shartli ravishda quyidagi 3 guruhga bo’lib qarash mumkin.

  1. Baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.

  2. Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.

  3. Ish sharoitini umuman yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar.

Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sanoat korxonalarida o’tkazilishi lozim bo’lgan masala bo’lib, bu korxonalarning bosh rejasiga kiritiladi. Mazkur rejaga sanoat korxonasi joylashgan maydonlarni obodonlashtirish, ishchilar yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi ko’rinishi va unga tutashib ketuvchi yo’l va yo’lkalar holatini yaxshilash, barcha ishlab chiqarish zonalarini ko’kalamzorlashtirish masalalari kiradi.



Download 36,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish