Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar.
Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o‘rganadilar.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta`lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.
“NILUFAR GULI” metodi
“NILUFAR GULI” chizmasi - muammoni yechish vositasi. O‘zida nilufar guli ko‘rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to‘qqizta katta to‘rt burchaklar tashkil etadi. Tizimli fikrlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi
Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: to‘rt burchak markazida avval asosiy muammoni (g‘oya, vazifa) yozadilar. Uning echish g‘oyalarini esa markaziy to‘rt burchakning atrofida joylashtiriladi.
Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: avval asosiy muammoni (g‘oya, vazifa) yozadilar, so‘ngra kichik muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil ko‘rib chiqish uchun “kichik shoxchalarni” chiqaradilar. Shunga asosan har bir g‘oyalar rivojlanishini batafsil kuzatish mumkin.ylashgan sakkizta to‘rt burchaklarga yozadilar. Markaziy to‘rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to‘rt burchaklarga yozilgan g‘oyalarni, atrofda joylashgan sakkizta to‘rt burchaklarning markaziga yozadilar, ya`ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning xar biri o‘z navbatida yana bir muammodek ko‘riladi.
«BILAMAN. BILISHNI XOHLAYMAN. BILIB OLDIM» metodi
Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |