Dars jarayonida oʻqitishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanish
Ma’lumki, umumta’lim maktablarida umumta’lim fanlarining asosiy vazifasi oʻquvchilarni zamonaviy fanlarning ba’zi bir umumiy gʻoyalari bilan tanishtirish, fanlarning amaliyotdagi tatbiqini, hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, oʻquvchilarga nafaqat faktlarning ilmiy bayonini berish, balki oʻqitishning turli qiziqarli metodlarini ham qoʻllash lozim. Masalan, koʻpchilikka ma’lum va ommabop boʻlgan krossvord oʻyini bolalarda qiziqish uygʻotishi tabiiydir. Krossvord koʻrinishidagi soʻrov shakli oʻquvchilar uchun har doim qiziqarli va oʻziga tortadigan metoddir. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina kuchli oʻquvchilarnigina emas, balki kuchsiz oʻquvchilar ham faol ishtirok etadiiar. Shuningdek, boshqa interaktiv metodlarni keltiramiz.
Oʻqitishning interaktiv metodlari
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oʻsib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi ham qoʻyilgan. Ushbu masalaning hal etilishi koʻp jihatdan oʻqitishning interaktiv metodlarini qoʻllashga ham bogʻIiq.
Avvalo «interaktiv» tushunchasini aniqlab olaylik. «lnteraktiv» soʻzi inglizcha «interact» soʻzidan kelib chiqqan. «Inter» -oʻzaro, «act» – ish koʻrmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Demak, interaktiv deganda oʻzaro ish koʻrish, faoliyat koʻrsatish yoki suhbat tartibida kim bilandir (inson bilan) dialog (muloqot) holatida boʻlish tushiniladi. Shunday qilib, interfaol oʻqitish, awalambor. muloqotli oʻqitish boʻlib, jarayonning borishida oʻqituvchi va oʻquvchi orasida oʻzaro ta’sir amalga oshiriladi.
Interaktiv oʻqitishning mohiyati oʻquv jarayonini shunday tashkil etishdan jboratki, unda barcha oʻquvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan boiib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega boʻladiiar.
Darslardagi interaktiv faoliyat oʻzaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladi-gan dialogli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni koʻzda tutadi. Interaktiv metod bitta soʻzga chiquvchining, shuning-dek, bitta fikrning boshqa fikriar ustidan dominantlik qilish-ligini bartaraf etadi. Dialogli oʻqitish jarayonida oʻquvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab koʻrishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga oʻrganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli oʻyinlar, ijodiy ishlar qoilaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi.
Interaktiv oʻqitish tashkilotchilari uchun, sof oʻquv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:
guruhdagi oʻquvchilarning oʻzaro muloqotlar jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib yetishi;
boshqalar bilan oʻzaro muloqotda boʻlish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;
oʻquvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
Shuning uchun interaktiv oʻqitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatish uchun zarur boigan ikkita asosiy funksiyalar amalga oshirilishi lozim:
oʻqitishningpragmatikjihati - qoʻyilgan oʻquv masalasini yechishning shartligi;
tarbiyaviy masalalarni yechish - hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam koʻrsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish.
Shuni alohida qayd etish lozimki, oʻqitishning barcha interaktiv usullarini verbal (ogʻzaki) va noverbal usullarga ajratish mumkin.
Ogʻzaki usullarga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |