Dars jarayonida oʻqitishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanish


Ushbu texnologiya asosida mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi quyidagicha bo‘ladi



Download 0,49 Mb.
bet7/7
Sana24.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#699341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
pedtex

Ushbu texnologiya asosida mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
a) O‘qituvchi har bir o‘quvchiga FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va vaqt tartibda ularni to‘ldirishni taklif qiladi. Bu yerda:
F - Fikr – fikringizni bayon eting.
S - Fikrga sabab – fikringiz bayoniga sabab кo‘rsating.
M - Sababni isbotlash – ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring.
U - Fikrni umumlashtirish – fikringizni umumlashtiring.
b) Yakka tartibdagi ish tugagach. O‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va o‘qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘oz varaqlarini tarqatadi.
c) Kichik guruhlarga har bir o‘quvchi yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda to‘rt bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etiladi.
d) O‘qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasida himoya qilishlarini so‘raydi.
e) Mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.
Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti mavzusiga doir “FSMU”
(F) - Fikr - Informatikada kompyuter texnikasi 2 qismga bo‘linadi.
(S) - Fikrga sabab – texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software)
(M) - Sababni isbotlash – texnik vositalarga kompyuter qurilmalari, dasturiy vositalarga esa kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar
(U) - Fikrni umumlashtirish - Kompyuter texnikasi hardware (texnik vosita) software (dasturiy vosita)ga ajraladi
“Tushunchalar taxlili” metodi


Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o'tilgan (chorak, semestr eki o'quv yilida tugagan) o'quv predmeti yoki bo'limning barcha mavzularini takrorlash, mustahkamlash, o'quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo'yicha o'qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o'z izohlarini berish, shu orqali o'z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o'qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o'quvchilarni baholay olishga, og'zaki va yozma nutqlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan.
Uslubning maqsadi. O'quvchilarni mashg'ulotda o'tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo'yicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda erkin baen eta olish, o'zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o'z bilimlarini bir tizimga solishga o'rgatish. Uslubning qo'llanishi: o'quv mashg'ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o'quv predmetining biron-bir bo'limi tugallanganda) o'tilgan mavzuni o'zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o'tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin o'quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo'ljallangan. Ushbu uslubni mashg'ulot jarayonida yoki mashg'ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo'ladi.
Mashg'ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro'yxati, qalam (yoki ruchka), slayd.
Izoh: reja bo'yicha belgilangan mavzu asosida hamda o'qituvchining qo'ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o'tkazish mo'ljallangan bo'lsa, guruh o'quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o'tkazish belgilangan bo'lsa, u holda guruhlar soniga qarab, tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mashg'ulotni o'tkazish tartibi:
• o'quvchilarni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi;
• o'quvchilar mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;
• tarqatma materiallar har bir o'quvchiga yoki guruh a'zolariga tarqatiladi;
• o'quvchilar yakka tartibda o'tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo'yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;
• o'quvchilar tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalar eniga egallagan (yoki o'zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo'lsalar shunday) izoh yozadilar (avval, yakka tartibda);
• o'qituvchi tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalarni o'qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to'g'ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo'lsa) tanishtiriladi;
• har bir o'quvchi to'g'ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo'ladilar, o'z-o'zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek, bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
Izoh: «Tushunchalar tahlili» uslubini «Chaynvord», «Uzluksiz zanjir», «Klaster», «Blits-zanjir» shaklida ham tashkil etish mumkin.
«Tushunchalar tahlili» uslubidan bir darsning o'zida dars boshlanishida o'tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egalaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.
Quyida mashg'ulotda foydalaniladigan tarqatma material namunasini keltiramiz (ilova).





Tushuncha

MAZMUNI

1







2







3







4







5







...







“IDROK XARITASI (MIND MAP)” METODI



(inglizcha Mind map – fikrlar xaritasi) – fikrlash jarayonida ma’lumotni inson idrok qilishi uchun qulay shaklda – mantiqiy va assotsiativ sxemalarda aks ettirishning grafik metodi

IDROK XARITASI


Idrok xaritasi metodi mavzu yoki о‘quv materialini grafikli bayon etish metodi bо‘lib, axborotlarnitizimli, tartibli va vizual о‘zlashtirish imkonini beradi. Ushbu metod fikrlashni rivojlantirish, murakkab mavzularni yaxshiroq tushunish, loyihalar yaratish va imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi.Idrok xaritasi fikrlash jarayonini aks ettiradi. Jarayon boshlanganda, bitta fikr boshqalarni keltirib chiqaradi. Har qanday g‘oya deyarli barcha yо‘nalishlarda cheksiz rivojlanishi mumkin. Asosiy g‘oya bir necha yirik g‘oyani о‘z ichiga oladi, ularning har biri, о‘z navbatida, undan ham kichik g‘oyalar kо‘rinishida aniqlanadi. Har bir kichik fikr ma’lum bir global fikr bilan uzviy bog‘liq. Ularning hammasini tasvirlash mumkin.
Idrok xaritasi texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi murakkab tuzilmaga ega texnik qurilma qismlarining bir-biriga sabab-oqibatli bog‘liqligini namoyish etish, ularni xotirada mukammal saqlab qolish, tizimlashtirishda samarali omil hisoblanadi. Unda tarmoq qancha kо‘p bо‘lsa, о‘quv materialini batafsil tahlil etish, birinchi darajali о‘quv materialiga imkon qadar diqqat-e’tibor qaratilishini oldindan belgilab olish imkonini beradi.
Boshqacha aytganda, idrok xaritasi metodi kafolatlangan yakuniy natijani berish imkoniga ega:
• ma’ruza mashg‘ulotlarida – yangi bilimlarni bayon qilish, (jamoaviy);
• amaliy mashg‘ulotlarida – bilimlarni tekshirish, mustahkamlash (kichik guruhlarda);
• mustaqil ta’limda – ijodiy ishlash, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish (individual).



Step by Step (Qadam-baqadam) metodi




Bu metodni, asosan, amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin. ”Qadam-baqadam” metodida o‘quvchilarga beriladigan vazifa soda yechimdan boshlanib, keying har bir vazifaga 1 ta element qo‘shib boriladi. Natijada, bir necha qadamdan keyin murakkab masalalar yechich ko‘nikmasi hosil qilinadi.




O‘qituvchi darsda beriladigan bir necha bosqichli masalalarning bajarish algoritmi bilan tanishtiradi.





O‘quvchilar vazifalarni guruhda yoki individual ko‘rinishda birin-ketin bajaradi.



Barcha natijalarni o‘quvchi daftarga yozib boradi yoki kompyuterda fayl ko‘rinishida saqlaydi.



Dars oxirida javoblar tahlil qilinadi va baholanadi.
«AQLIY HUJUM»
«Aqliy hujum» – jamoa boʻlib muhokama qiiishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi.
«Aqliy hujum»ning tamoyili juda sodda. oʻqituvchi oʻquv-chilar oldiga masalani qoʻyadi va ushbu masalani yechish boʻyicha oʻzlarining fikrlarini bayon qilishni soʻraydi. Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning gʻoyalari haqida oʻz fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yoʻq.
«Aqliy hujum» yordamida bir necha daqiqa ichida oʻnlab gʻoyalarni olish mumkin. Gʻoyalar soni asosiy maqsad emas. Gʻoyalar eng toʻgʻri yechimni ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
«Aqliy hujum»ning qoidalari quyidagilardir:

  • taklif etilayotgan gʻoyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi;

  • ish gʻoyalar sonini koʻpaytirishga qaratilgan, gʻoyalar qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi;

  • har qanday gʻoyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish mumkin;

  • har bir gʻoya yozib boriladi;

  • aqliy hujum oʻtkazish vaqti qafiy oʻrnatiladi va unga rioya qilinadi.

Aqliy hujum tugagandan soʻng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. Tahlil qilinganda avvalo taklifning foydalilik jihatlariga e’tiborni qaratish lozim.


«Chigal mantiqiy zanjirlar»
Oʻqituvchi besh-oltita alohida hodisalarni yozib qoʻyadi. Bu hodisalar xronologik yoki sabab-oqibat zanjirlaridan biri boʻlishi mumkin. Har bir hodisa alohida varaqqa yoziladi va ular aralashtirib yuboriladi. Guruhga ushbu varaqlarning mantiqan toʻgʻri tartibini tiklash vazifasi beriladi. Buning uchun oʻquvchilar ketma-ket chaqiriladi va har biriga bittadan hodisani zanjirdagi oʻz oʻrniga qoʻyish vazifasi beriladi. Barchalari yagona fikrga kelib, hodisalarni zanjirga terib boʻl-ganlaridan soʻng, oʻqituvchi boʻlib oʻtgan hodisa haqidagi matnni oʻqiydi, oʻquvchilar esa oʻzlarining takliflari toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirib boradilar.


«Chop etilgan materiallar bilan ishlash»
Ushbu metodika kerakli axborotni izlash, nazariy ma’lu-motlarni mustahkamlash va tasniflash, yangi nazariy materialarni tushunib olishda qoʻllanilishi mumkin.
Sinf 4-6 kishidan iborat boʻlgan kichik guruhlarga boʻli-nadi. Guruhlar bir xil yoki har xil gazeta, jurnal kabi chop etilgan materiallarni oladilar.
Vazifa aniq bir mavzu boʻyicha axborot topish xususida boʻlishi mumkin.
Har bir guruh qoʻlidagi chop etilgan materiallardan vazifa-ga oid materiallarni olib (maqolalarni, rasmlarni qirqib olib), plakatlarga yelimlab, tegishli izohli matn tayyorlaydilar. Shundan soʻng oʻquvchilar qilgan ishlarini namoyish etib, tushuntirib beradilar. Boshqa guruhlar esa savollar beradilar va ishni baholaydilar.
Ushbu metod qoʻllanganda, izohli matnlarni tayyorlash ishi tugallangandan soʻng, barcha qolgan materiallar yigʻish-tirib olinishi kerak. Aks holda oʻquvchilargazeta yokijurnal-lardagi qiziqarli maqolalarni oʻqishga kirishib ketadilar va boshqalarning ma’ruzalarini tinglamaydilar.


«Mejduusobchik»
Oʻqituvchi tomonidan muammo qoʻyiladi (dars mavzusi). Sinf guruhlarga boʻIinadi.
1. Muammo guruh ichida hal etiladi. Gunihning har bir a’zosi muhokamaning oxirida (vaqt – 15 minut) ushbu guruh qabul qilgan muammoni yechish yoʻli haqidagi malumotga ega boʻlishi lozim.
2. Dastlabki guruhlar tarqatiladi va yangi guruhlar tashkil etiladi. Bu guruhlar «harflar birligi» tamoyili boʻyicha tashkil etilad,: AAAA, BBBB, DDDD, EEEE. Yangi guruhning har bir a’zosi oldingi guruh qabul qilgan masalani yechish yoʻlini boshqalarga tushuntiradi (vaqt – 10 minut). Umumiy yoki eng yaxshi yechim tanlanadi.
3. Birinchi tashkil etilgan guruhlar yana tiklanadi. Qat-nashchilar endi yechimlar koʻpligini bilgan holda yigʻiladilar va muloqotda boʻladilar (vaqt - 10 minut).


«Mozaika»
1. Individual ishlash.
oʻqituvchi hajmi katta boʻlgan vazifani oʻquvchilarga tavsiya etadi. Masalan, darslikning biror paragrafini oʻrganish va rejasini tuzish; dolzarb muammo boʻyicha bahsga savollar 3 - Informatika oʻqitish metodikasi oʻylab topish va h.k. Bunga 15–20 minut vaqt ajratiladi. Muddat tugaguncha harbirguruh a’zosi masalaning yechimi boʻyicha oʻzining variantiga ega boiishi kerak.
2. Juftliklarda ishlash.
Har bir ishtirokchi oʻziga sherik tanlaydi. Masala oldingicha qoladi. Lekin ushbu bosqichning maqsadi juftliklar orasida umumiy yechimni topishdan iborat. Topilgan yechim har ikki ishtirokchining fikrini ifoda etgan boʻlishi muhim. Muhokama uchun 10 minut vaqt beriladi.
3. Juftliklarda ishlash (davomi).
Juftliklar almashishadi. Masala oldingicha qoladi. Yangi sheriklar oʻzlarining yechimlarini bir-biriga tushuntiradilar va yana masalaning yechimini yangilash imkonini izlashadi. Muhokama uchun 10 minut vaqt ajratiladi. Shunday qilib. guruhning har bir ishtirokchisi boshqalarning fikrini bilib olish, muammoni oʻzi qanday tushintirishni boshqalarga taklif etish va topilgan yechimni himoya qiiishga oʻrganish imkoniyatiga ega boiadi.
4. Guruh bilan birgalikda yechimni qabul qilish. Guruh birlikda toʻplanadi. Guruh a’zolarining hammasi muammoni mumkin boʻlgan yechish yoilari haqida ma’lumotga ega boʻlganliklari uchun, ushbu bosqichning maqsadi urnumiy holatlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda katta e’tibor rnazmuniy qismigagina emas, balki ijro etish shakliga ham qaratiladi (guruhlar yechimni konspekt, rasm, sxema va boshqa koʻrinishlarda tavsiya etishi mumkin). 10 minut vaqt ajratiladi.
5. Har bir guruh ishini baholash.
Mashgʻulot oxirida har bir guruh muammoning topilgan yechimini tavsiya etadi. Tanlab olingan ekspert komissiyasi tavsiya etilgan loyihalaming mazmunini baholaydi.


«6*6*6 metodi»
Bu shunday metodki, unga koʻra 36 ishtirokchi maium bir vaqt mobaynida biror bir masalani muhokama qilib, koʻpchilik guruh a’zolarining masalaga boigan munosabat-larini bilib olish mumkin.
Har biri 6 kishidan iborat boʻlgan 6 ta gumhda maium bir vaqt mobaynida oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan muammo muhokama qilinadi. Shundan soʻng oʻqituvchi guruh a’zo!ari orasida oldingi bahs gurahida qatnashgan oʻquvchilari boigan yangi guruh tuzadi. Yangi guruhda ishtirokchiiar oʻz guruh-larida qilgan ishlarining natijalarini muhokama qiladilar.
Ushbu metod guruh a’zolarining faolligini oshiradi. Ular-ning har biri qisqa fursat davomida bahs ishtirokchisi boiishi bilan birga, ma’ruzachi vazifasini ham bajaradi.
Ushbu metod bilan mashgʻulotni qanday olib borish kerak?
1. Mashgʻulot oldidan oʻqituvchi 6 ta stol atrofiga 6 ta oʻrindiq qoʻyib chiqadi.
2. Sinf har biri 6 ta oʻquvchidan iborat boʻlgan 6 ta guruhga boiinadi.
3. oʻquvchilar oʻz oʻrinlarini egallab boʻlganlaridan soʻng oʻqituvchi bahs mavzusini e’lon qiladi (guruhlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli jihatlariga tegishli boʻlishi mumkin).
4. oʻqituvchi ish borishini nazorat qilib turadi. Barcha guruh a’zolari masalaning shartini toʻgʻri tushunganligiga ishonch hosil qilgach, savollarga javob beradi va agar ishtirok-chilar yordamga muhtoj boʻlib qolsalar, ularga qoʻshimcha koʻrsatmalar beradi.
5. Belgilangan vaqt tugaganidan soʻng oʻqituvchi yangi guruhlar tuzadi. Bunda har bir guruhda oldingi bahs guruhlaridan albatta bittadan vakil ishtirok etadi.
6. Mashgʻulotga yakun yasaladi.


«Rolli oʻyinlar»
Rolli oʻyinlar metodining mohiyati shundan iboratki, unda oʻquvchilarboshqa kishining roliga kirib, uning «ichida» hara-kat qiladilar. oʻyinda oʻquvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul qilishlari, munozarali holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni nihoyasiga yetkazishlari kerak boʻladi.
Rolli oʻyinlar oʻquvchilarda boshqalarai tushunish, ularga xayrxohlik qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini oʻynash orqali, oʻzgalarning oʻy-xayollarini tushunish oson. Rolli oʻyinlar oʻquvchilarga turli vaziyatlarda oʻzini tuta bilishning modellarini berishi mumkin.
Darslarda rolli oʻyiniarini qoʻllash quyidagi bosqichlami oʻz ichiga oladi:
l. oʻyinli vaziyatni tanlash. Rolli oʻyinlar uchun koʻplab materiallar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (masalan, Internet xizmati provayderi bilan muloqot qilish) va muam-moni hal qilish vaziyatlarini (masalan, dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan bahs) oʻz ichiga oladi. oʻyinlar maxsus savollar yoki muammolami hal etishda qoʻllanilishi mumkin. Masalan, yosh bolalarga Intemet larmogʻining barcha ma’Iu-motlariga kirishga ruxsat berish kerakmi yoki yoʻqmi, degan savolga javob topishda oʻyin metodidan foydalanish mum-kin. Va nihoyat, oʻyin jarayonida oʻquvchilardan intervyu olish, jnuzokara olib borish, tadqiqot olib borish va qaror qabul qilish, oʻzini himoya qila olish koʻnikmalari rivqjlanadi.
2. Tayyorlash. oʻquvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular oʻrtasida rollar taqsimlanadi.
3. Ishtirokchilarni tanlash. oʻqituvchi rolga oʻquvchilarni oʻzi tanlashi, guruhda oʻzlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki xohlovchilarni taklif etishi mumkin. Rolli oʻyinlarda ishtirok etmayotgan oʻquvchilar kuzatuvchi boʻlishlari yoki boshqa rolni oʻynashlari mumkin.
4. oʻyinni o ‘tkazish. oʻquvchilar oʻyin doirasida oʻzlarini tutish usulini oʻzlari tanlaydilar. Bunda, albatta, berilgan vaziyatga tushganda inson oʻzini qanday tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. oʻyinning borishiga oʻqituvchi aralashmas-ligi lozim. Ayrim hollarda oʻyin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor oʻyin oʻtkazish foydadan xoli boʻlmaydi.
5. Muhokama. oʻyin muhokama qilinishi va baholanishi kerak. Ishtirokchilar va kuzatuvchilar oʻyinda boʻlib oʻtgan voqealarni va bu voqealar nima uchun roʻy berganligini muho-kama qilish va tahlil etish imkoniyatlariga ega boʻlishlari lozim.
Muhokama uchun quyidagi savollarni berish mumkin:

  • Siz nimalarga oʻrgandingiz?

  • oʻyin boʻyicha va har bir rol boʻyicha nimalarni his etayapsiz?

  • oʻyin hayotda roʻy beradigan vaziyatga nimasi bilan oʻxshadi va nimasi bilan farq qildi?

  • Qoʻyilgan masala hal etildimi?

  • Agar boshqacha oʻynalganda nima boʻlar edi?



«Besh minutlik esse»
Yozma vazifaning ushbu turi dars oxirida qoʻIlaniladi. Uning maqsadi oʻquvchilarda oʻrganilayotgan mavzu boʻyicha bilimlariga xulosa yasashni oʻrgatish boʻlsa, oʻqituvchi uchun oʻquvchilar ongida nimalar roʻy berayotganligini bilish-dan iborat. oʻquvchilardan quyidagi ikki vazifani: mazkur mavzu boʻyicha nimalarni bilib olganliklari va oʻzlari javob ololmagan biror savolni yozib berish soʻraladi.
Oʻqituvchi yozma ishlarni darhol yigʻib oladi, ularni tahlil etib, natijalaridan keyingi darsni rejalashtirishda foydalanishi mumkin.
Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish