Dars jarayonida oʻqitishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanish



Download 0,49 Mb.
bet2/7
Sana24.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#699341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
pedtex

vizual: yuz ifodasi, gavdaning holati, harakatlar, koʻzlar orqali aloqa;

  • akustik: intonatsiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi, nutqiy pauzalar va h.k.

    Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin:

    • «oxiri ochiq» boʻlgan savollar, ya’ni yagona «toʻgʻri» javobga emas, balki muammo (savol) boʻyicha turli nuqtayi nazarlarni bayon qila olishga yoʻnaltirilgan savollarni bera olish qobiliyati;

    • oʻquvchilar bilan muloqotda oʻqituvchi tomonidan oʻzining nuqtayi nazarini hal qiluvchi nuqtayi nazar deb emas, balki neytral deb belgilanishi. Bu narsa mashgʻulot paytida oʻquvchilarga «toʻgʻri» va «notoʻgʻri» nuqtayi nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi;

    • mashgʻulotning tahlili va oʻz-oʻzini tahlil qilishga tayyorgarlik. Ushbu holat mashgʻulotlarda nima, qanday va nima uchun sodir boʻlganligini, oʻzaro faoliyat qayerda nimaga bogʻliq ekanligini, nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushunib olishga yordam beradi;

    • mashgʻulotning borishi, uning kulminatsiyasini, natijaviyligini va boshqalar kuzatish imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borish.

    Birinchi boʻlimga alohida e’tiborni qaratishni istar edik. oʻqituvchining savoli oʻquvchining tafakkurini rivojiantirish uchun kuchli vositadir. Interaktiv oʻqitish nuqtayi nazaridan savolning ikki xil turi mavjud:

    • oʻquvchining flkr doirasini chegaralab, uning bilganlarini oddiy qayta tiklashga keltirib qoʻyadigan savollar. Bunday savollar fikrlash jarayonini toʻxtatib turishga xizmat qilib, oʻquvchiga uning fikri hech kimni qiziqtirmasiigini tushunib yetishiga olib keladi;

    • fikr yuritish, oʻylash, tasawur qilish, yaratish yoki sinchildab tahlil etishga undovchi savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini koʻtarish bilan birga, oʻquvchilarda ularning ham fikri qimmatga ega ekanligiga ishonch uygʻotadi.

    Quyida savolni toʻgʻri ifoda qilish uchun bir nechta tavsiyalar keltiramiz.
    1. Savollarni aniq va qisqa qoʻyish lozim.
    2. Bitta savol orqali faqat bir narsani soʻrash kerak.
    3. Savol mavzu bilan bevosita bogʻliq boʻlishi kerak.
    4. Savoldagi barcha soʻzlaroʻquvchigatushunarli boʻlishi kerak.
    5. Har bir savolga bir nechta javob boʻlishiga harakat qiling.
    6. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu hoiat oʻquvchilarni oʻylashi va savolga javob berishida yengillik tugʻdiradi.
    7. Faqatgina «ha» yoki «yoʻq», «toʻgʻri» yoki «notoʻgʻri» degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning.
    8. quvchilarga oʻz tajribalariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering.
    9. oʻquvchining oʻz nuqtayi nazarini bildiradigan savol-lardan berishga harakat qiiing.
    10. Qoʻyilgan savolga javob berilganda oʻquvchilardan «Nima uchun shunday deb oʻylaysiz?» deb soʻrab turing.
    Interaktiv usullar boʻyicha oʻqitish tashkil etilganda e’tibor berilishi kerak boʻlgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni masalasidir. Vazifaning mazmuni oʻqitishning an’anaviy shakl-lariga qaraganda boshqacharoq xarakterga ega boʻlishi lozim. Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragrafning konspekti olinishini vazifa sifatida berish maqsadga muvofiq emas, chunki har bir oʻquvchi bu ishni oʻzi, mustaqil bajarishi mumkin.
    Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, muammoning nostandart qoʻyilishigina oʻquvchilarni bir-biridan yordam olishga, bosh-qalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. Masalan, dasturlashga oid masala yechilganda uni kichik masalalarga boʻlish mumkin. oʻquvchilarni ham kichik guruhlarga boʻlish, har biriga kichik masalani yechishni va uning dasturini tuzishni tavsiya etish mumkin.
    Dars oxirida guruhlarning yechimlari asosida asosiy masala yechimini hal qilish lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab masalani yechish va unga koʻproq oʻquvchilarni jalb qilish mumkin boʻladi. Ushbu usulni hozirgi davrda taiimda qoʻllash koiami ortib borayotgan «Loyihalar usuli»ning koʻrinishlaridan biri deb hisoblash mumlrin.
    Quyida bir qator interaktiv metodikalarning tavsifi va Soros fondi mutaxassislari tomonidan tavsiya etilgan talqinga yaqin boʻlgan mohiyati keltiriladi.


    REBUS
    Boshqa oʻquv predmetlaridan kuchsiz oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar koʻpincha informatikadan yaxshi va tirishqoq oʻquvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslarva boshqotirmalarsodda boʻlishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatni jalb etishning samarali vositasi hamdir. Oʻyinli vaziyat, krossvord va rebusni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib oʻtish elementlari oʻquvchilarni shunday oʻziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika sohaqidagi bilimlarini toʻldirishga ragʻbatlantiradi.


    «VENN diagrammasi»
    U ikki yoki undan ortiq katta oichamdagi oʻzaro kesishuv-chi aylanalar asosida tuziladi. Aylanalar orasida yozuv uchun yetarii joy qolishi kerak.
    Bu diagramma asosan gʻoyalarni kontrastlash (bir-biridan ajratish) uchun qoʻUaniladi va taqqoslanayotgan obyektlarga xos umumiy va induvidual hususiyatlarni koʻrsatib beradi.



    KLASTER metodi
    Klasterlarga ajratish - oʻquvchilarga biror mavzu boʻyi-cha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. U turli gʻoyalar orasidagi bogʻlanishlar haqida fikr yuritishga undovchi stmkturalarni ajratib olishni talab etadi.
    Bu metod biror mavzuni chuqur oʻrganishdan awal oʻquv-chilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, oʻtilgan mavztini mustahkamlash, yaxshi oʻzlashtirish, umumlashtirish hamda oʻquvchilarni shu mavzu boʻyicha tasawurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
    Ushbu texnologiyani oʻquvchilar bilan individual va guruh boʻlib ishlaganda qoʻllash mumkin. Klasterlarga ajratish texnologiyasi uncha murakkab emas.
    I. Katta oʻlchamdagi qogʻoz yoki doskaning oʻrtasiga ochqich soʻz yoziladi.
    2. oʻquvchilar ushbu soʻz bilan bogʻliq xayolga kelgan soʻz va jumlalarni uni atrofiga yoza boshlaydilar.
    3. Yangi gʻoyalar paydo boʻlishi bilan xayolga kelgan soʻzlar ham darhol yozib qoʻyiladi.
    4. Soʻzlarni yozish jarayoni oʻqituvchi tomonidan beigi-langan vaqt tugaguncha yoki barcha soʻz va gʻoyalar tuga-guncha davom etadi.
    Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.
    1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e’tibor bermasdan yozib borish.
    2. Orfografiya va boshqa omiilarga e’tibor bermaslik.
    3. Vaqt tugaguncha, iloji boricha toʻxtalmasdan yozish.
    4. Iloji boricha koʻproq bogʻianishlar hosii qilishga harakat qilish. oyalar va soʻzlar sonini chekiab qoʻymaslik.

    «INSERT» texnologiyasi
    Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga moʻljallan-gan boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi: I. Matrmi qalam bilan oʻqib chiqish. 2. oʻqish davomida matnda maxsus belgilar qoʻyib borish:
    V – “...” haqida olingan bilim (ma’lumot)ga mos keladi;
    + – yangi ma’lumot sanaladi;
    _ _ “...” haqidagi bilimga qarama-qarshi;
    ? – tushunarsiz qo‘shimcha ma’lumot.




    Download 0,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish