Dars ishlanmalar to‘plami 2019-2020 o’quv yili Sana Darsning mavzusi



Download 1,64 Mb.
bet12/13
Sana12.03.2020
Hajmi1,64 Mb.
#42231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5 sinf tasviriy sanat 2019


V- Uyga vazifa.

Taniqli rassomlar asarlarini topib tahlil qilish.

O’TIBRO’ _________________

Sana _____________________________

Sana _____________________________

Darsning mavzusi: “Men sevgan qaxramon” mavzusida portret ishlash

Darsning maqsadlari:

a)Talimiy maqsad: “Men sevgan qaxramon” mavzusida portret ishlashni qonun-qoidalarni o’rgatish

b)Tarbiyaviy maqsad: Go’zallikka bo’lgan mehr- muhabbatni uyg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish

c)Rivojlantiruvchi maqsad: “Men sevgan qaxramon” mavzusida portret ishlashni o’rgatishda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish

d)O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.

  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.

e)O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.



  • Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.

Darsning jihozlanishi: “Men sevgan qaxramon” mavzusidagi portret, kitob, o’quvchilar ishlaridan namunalar

Darsning borishi:

I-Tashkiliy qism:

a)Salomlashish

b)Davomatni aniqlash

c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II- Uyga vazifani tekshirish

Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi



III-Yangi mavzuni o'rganish

Portret ishlashda kishilarning tashqi qiyofasi va ichki psixologik xususiyatlari tasvir orqali ochib beriladi. Sevgan qahramonining portretini ishlashda biror shaxsga xos bo‘lgan tashqi qiyofani, uning ikki dunyosini, xarakterini aks ettirish bilan birga, ma’lum tarixiy davrga xos fazilatlarini ham haqqoniy ifodalab beradi. Qahramoning ichki kechinmalarini uning yuz tuzilishi, nigohi, yurish-turishida ko‘rish mumkin. Sevgan qahramonni turli ko‘rinishda tasvirlash mumkin:samimiy, musavvirga ma’lum bo‘lgan insonning o‘ziga xos xususiyatlarini bo’rttirib, oshkora ifodalaydi;tantanavor, ommaviy joylarga mo‘ljallangan mashhur kishilar portretlari. Ularda tasvirlangan insonning ko‘rsatgan xizmatlari, jamiyatdagi o‘mi, unga monand libos, interyer, buyumlari ifodalanadi; ijtimoiy, keng doiradagi hamjamiyat

sinfining turmush tarzi ifodalanadi;psixologik, unda xarakter yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etiladi.

Kompozitsiya tuzilishi jihatidan portretlar ko‘krakgacha, belgacha, tizzagacha,butun qomat va ko‘p qomatli bo’lishi mumkin.













.

J.Umarbekov. Alpomish.

Men sevgan qahramon- «Alpomish» dostoniga illustratsiyaning portretini ishlashda uning o‘ziga xos xarakterini ifodalashda bosh va qo’lning qismi katta ahamiyatga ega. Tasvirlanadigan qahramonlar qo‘l imo-ishoralar ko‘magida suhbatlashadilar va bu xususiyatlar ham xarakterni yoritishda yordam beradi. Qahramonning ko‘zini tasvirlash muhim ahamiyatga egadir. «Ko‘z qalb ko’zgusi» deyiladi xalq maqollarining birida. Ko‘z murakkab joylardan biri bo’lib, o‘ta aniqlikni va tafakkurni jamlashni talab etadi. Portret kompozitsiyasini boshlashda va uning nisbati va ranglar yechimini topish uchun bir necha qalamchizgilar va etudlar bajarish lozim. Qalamchizgilar va etudlar ishlab chiqilgandan so'ng ular umumlashtiriladi, xarakterli joylari belgilanadi, keyin yaxlitlik va uyg‘unlik ustida ish olib boriladi.

IV- Mustaxkamlash.

Savollar:



  1. Portretlarning qanday turlarini bilasiz?

  2. Men sevgan qahramon portreti qanday bajariladi?

  3. Mavzuli portret ishlaganda xarakterli xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Qaysi rassomlar mashhur shaxslarning portretlarini ishlagan?

V- Uyga vazifa.

Men sevgan qahramon mavzusida samimiy portret ishlash.

O’TIBRO’ _________________

Sana _____________________________

Sana _____________________________

Darsning mavzusi: Plastilin yoki loydan harakterli kayfiyatdagi portret ishlash

Darsning maqsadlari:

a)Talimiy maqsad: Plastilin yoki loydan harakterli kayfiyatdagi portret ishlashning qonun-qoidalarini bosqichlari asosida o’rgatish

b)Tarbiyaviy maqsad: Go’zallikka bo’lgan mehr- muhabbatni uyg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish

c)Rivojlantiruvchi maqsad: Plastilin yoki loydan harakterli kayfiyatdagi portret ishlashni o’rgatishda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish

d)O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.

  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.

  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.

  • Milliy va umummadaniy kompetensiya: yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish.

e)O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.



  • Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.

Darsning jihozlanishi: Haykal reproduksiyalari,plastilin, kitob, o’quvchilar ishlaridan namunalar

Darsning borishi:

I-Tashkiliy qism:

a)Salomlashish b)Davomatni aniqlashc)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II- Uyga vazifani tekshirish

Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi



III-Yangi mavzuni o'rganish






Buyumning konstruktiv xususiyatlari va nisbatlarining xarakterli shakllarini qurish, o‘quvchilarning ko‘z bilan chamalash, qo’lning harakatini o‘stirishga, vazifani izchillikda bajarish ko‘nikmasini tarbiyalashga, materiallar xususiyati to‘g‘risidagi bilimini egallashga ko‘maklashadi. Haykaltaroshlik uchun ishlatiladigan xomashyo loy va plastilin hisoblanadi.

Tayyorlangan yaxlit loy yoki plastilin bo’lagi olinadi. Xarakterli kayfiyatdagi portretni ishlash uchun haqiqiy suratiga qarab portret nusxasi yasaladi. Uning o‘lchamiga moslab loy yoki plastilin bo‘lakchalari tayyorlanadi.

Xarakterli kayfiyatdagi portretni ishlash uchun simdan boshning nisbatlari hisobga olinib, sxematik karkasi tayyorlab olinadi. Avval tuxumsimon shaklning bichimi sim yog‘ochlar bilan tugib, temir ushlagichga karkas tayyorlanadi. Temir ushlagichning pastki tomoni yumaloq yoki to‘rtburchak shaklida bo‘ladi.

Karkasga loy yoki plastilin shakl bo‘yicha yopishtiriladi. Yog‘ochli tayyorlangan stekdan foydalanish o‘rinli hisoblanadi.So‘ng tanlangan xarakterli kayfiyatdagi portretning qismiga dastlabki shakl beriladi. Bunda boshning bo’laklari burun, ko‘z, lab, yanoq va soch qismlari belgilanib, o‘z o'rniga o‘rnatib chiqiladi. Ulan joylar yaxshilab silliqlanib umumiy boshga ishlov beriladi.

Keyin tayyor portretning sirti suvda namlangan latta bilan silliqlab chiqiladi. Endi tayyor bo’lgan xarakterli kayfiyatli portretga steklar yordamida badiiy ishlov beriladi.

Loydan ishlangan bo’lsa, soyada yaxshilab quritiladi. Xarakterli kayfiyatdagi portret jihatlarini ishlashda berilgan rasmlardagi hay- kaltaroshlar tomonidan yaratilgan haykallardan unumli foydalanish mumkin.

Buyum yasashda ko‘proq kulrang loy qo’llaniladi. Loyni quyidagicha tayyorlashadi: quritilgan kesakni mayda bo’laklarga bo‘lib ularni plastmassa idishga qatlam bilan joylashtiriladi, har bir qatlamga suv solib turiladi. Bir kundan keyin loy puxtalik bilan xamirsimon holatigacha aralashtiriladi, agarda qo‘lga yopishmasa, demak loy ishlatish uchun tayyor holatga kelgan hisoblanadi.

Loydan yasalgan modelni guash bo‘yog‘ida xohlagan rangga bo‘yash mumkin. Loyning qayishqoqligi, bo‘yash imkoniyatining borligi, ayniqsa, bolalar uchun juda ham qiziqarli va qulaydir.

Plastilin - uzoq qurimaydigan, egiluvchan va yumshoq matrial. Bir xil rangdagi buyumlarni yasash uchun har doim tayyor material. Yasalgan buyumlarning shakli buzilmaydi va yorilmayd faqat ma’lum darajadagi issiqlikda plastilin yumshaydi va eriydi, sovuqlikda esa qattiqlashadi.





IV- Mustaxkamlash.

Savollar:



  1. Haykal portretini yasashda karkas qanday tayyorlanadi?

  2. Stek nima?

  3. Boshning bo‘laklarini ishlaganda nimalarga e’tibor berish kerak?

V- Uyga vazifa.

Xarakterli kayfiyatdagi obrazning haykalini yasab kelish.

O’TIBRO’ _________________

Sana _____________________________





Sana _____________________________

Darsning mavzusi: “Adabiy asar qahramoni” mavzusida portret, illyustratsiya ishlash

Darsning maqsadlari:

a)Talimiy maqsad: “Adabiy asar qahramoni” mavzusida portret ishlashning qonun-qoidalarini o’rgatish

b)Tarbiyaviy maqsad: Go’zallikka bo’lgan mehr- muhabbatni uyg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish

c)Rivojlantiruvchi maqsad: “Adabiy asar qahramoni” mavzusida portret ishlashni o’rgatishda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish

d)O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

  • Kommunikativ kompetensiya: jamoa bilan ishlashda uning fikrini qo‘llab-quvvatlash.

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.

  • Milliy va umummadaniy kompetensiya: yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish.

e)O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, qaxramonni tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.



  • Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.

Darsning jihozlanishi: “Adabiy asar qahramoni” mavzusidagi reproduksiyalar, kitob, o’quvchilar ishlaridan namunalar

Darsning borishi:

I-Tashkiliy qism:

a)Salomlashish b)Davomatni aniqlashc)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II- Uyga vazifani tekshirish

Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi



III-Yangi mavzuni o'rganish






Mavzular bo‘yicha kompozitsiyalar tuzishda adabiy asarlarga illyustratsiyalar ishlash jarayonida bolalar ertak, hikoya, masal, doston qahramonlarining obrazlarini o‘z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar. Bu ishlar bevosita kitob bezagi bilan bog‘liq holda olib boriladi. Ularning ayrimlari miniatura rangtasviri uslubida bajarilishi ham mumkin.

Rassomlar tomonidan kitoblarga ishlangan illustratsiya va bezaklar kitob mazmunini aniqroq hamda tezroq tushunib olishga yordam beradi. Qadimgi vaqtlarda kitobni bezashga alohida e’tibor qaratilgan Miniaturachilardan, ayniqsa, Kamoliddin Behzod, Sulton Muhamad, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Muhammad Murod Samarqidiylar bu borada katta shuhrat qozonganlar.

XX asrning ikkinchi yarmida O’zbekistonda kitoblarni badiiy bezashda I. Ikromov, V. Kedrin, M. Reyx, A. Osheyko, Q. Basharov, Kiriakidi, T. Muhamedov va boshqa rassomlar san’atning milliy an’analarini davom ettirib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. San’atning grafika turida muvaffaqiyatli ishlangan asarlardan biri Qutlug‘ Basharovning «O’zbek milliy o’yinlari» deb nomlanadi. O’z o’rnida Iskandar Ikromov tomonidan A. Navoiyning «Lirika» nomli tomlik to‘plamiga ishlagan rasmlari rassom ijodining gullagan davrida yaratilgan ishlaridan hisoblanadi.

Illustratsiya kitob mazmuni bilan bog’liq bo’lib, uni tushunarli bo’lishiga xizmat qiladigan rasmdir.

Illustrativ rasm ishlash darslari adabiyot darslari bilan o‘zaro birga amalga oshiriladi. Illyustratsiya ishlashga kirishishdan avval rassom asarni yaxshilab o‘rganib chiqishi, asardagi voqea sodir bo’layotgan davrga doir materiallarni to‘plashi, o‘sha davr odamlarining madaniyati va turmushini, mamlakat tabiatini hisobga olishi kerak bo’ladi.

G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asaridagi shum bola obrazi adabiy asar qahramoni sifatida olinib, unga illustratsiyalar ishlangan. Rasim- larda ko‘rib turganingizdek, bu illustratsiyalar bevosita kitob bczagi mazmuni bilan bog’liq holda olib borilgan. Asar qahramoni obrazining tashqi ko‘rinishlari, xatti-harakatlarida kambag‘al, qashshoq, mehmondo‘st, sodda ekanligini ko‘rishimiz mumkin.



Shundan so’ng turli variantlarda ishlangan ushbu dostonlarga asoslangan kompozitsiyalarni yordam tariqasida «Alpomish»,«Go‘r o‘g‘li», «Avazxon», «J. Manguberdi» kabilarning alohida tasvirlangan illustratsiyalari berilishi mumkin.Asarga ishlangan illustratsiya kompozitsiyasini tuzishda turli xil illustratsiya rasmlaridan foydalanib qalamda eskizini bajaradilar. Qalamda bajarilgan eskizni birma-bir kuzatib, xatolari tuzatiladi.

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish