IV- Mustaxkamlash.
Savollar:
Milliy idish-tovoqlardan tuzilgan naturmortni qanday tasavvur qilasiz?
Perspektiva qonuniyatlarini tushuntirib bering.
Bo‘yoqning dastlabki qatlamini qo‘yishdan boshlab nimilarga e’tibor berish kerak?
V- Uyga vazifa.
Milliy idishlardan tuzilgan mavzuli naturmortli ishlash.
O’TIBRO’ _________________
Sana _____________________________
Sana _____________________________
Darsning mavzusi: Rang tuslari jixatlaridan qarama-qarshi (kontrast) buyumlardan tashkil topgan naturmortni grafik usulda ishlash
Darsning maqsadlari:
a)Talimiy maqsad: Rang tuslari jixatlaridan qarama-qarshi (kontrast) buyumlardan tashkil topgan naturmortni grafik usulda ishlashning qonun-qoidalarini bosqichlari asosida o’rgatish
b)Tarbiyaviy maqsad: Go’zallikka bo’lgan mehr- muhabbatni uyg’otish, go’zallikni asrab avaylashni o’rgatish
c)Rivojlantiruvchi maqsad: Rang tuslari jixatlaridan qarama-qarshi (kontrast) buyumlardan tashkil topgan naturmortni grafik usulda ishlashni o’rgatishda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish
d) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya: jamoa bilan ishlashda uning fikrini qo‘llab-quvvatlash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.
e)O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:
naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.
Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:
ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.
Darsning jihozlanishi: Naturmort reproduksiyalari, kitob, o’quvchilar ishlaridan namunalar
Darsning borishi:
I-Tashkiliy qism:
a)Salomlashish
b)Davomatni aniqlash
c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
II- Uyga vazifani tekshirish
Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi
III-Yangi mavzuni o'rganish
Eng avvolo, natyurmort uchun kerakli narsalar tanlab olinadi. Ular havorang yoki yashil sirlangan (emalli) kastrulka, ikki-uch dona sabzi, sariq yoki jigarrang spool oiyola, ikkita sholg’om, bir necha kartoshka hamda ikki-uch dona yorqin qizil, zarg’aldoq va och pushti rangli matodan bo’lishi kerak. Qo’yilma uchun turli rangdagi va hajmdagi narsalar tanlab olinadi.
Natyurmortdagi narsalar soni 2 yoki 3 donadan iborat. Kompozitsiya jihatdan chiroyli, qiziqarli va yaxlitlikda bo’lishi zarur.
Sopol ko‘za va sabzavotlardan tuzilgan naturmortning
tomonlaridan biri tasvirlanayotgan narsalarning fazoviy joylashishidir. Buyumlarning kattaroqlarini orqada, maydalarini esa oldinroqda joylashtirib, biri ikkinchisini ozroq berkitib turadigan holda
qo‘yamiz.
Qog‘oz yuzasida naturmortning umumiy o’lcham mutanosib- liklarining umumiy kengligi va balandligi yengil chiziqlar bilan belgilanadi. Har bir narsaning umumiy shakli, alohida qismlarning nisbiy o’lchamlari topiladi. Har qaysi buyumning o‘ziga xos shakli, katta-kichikligi va turgan o‘rni aniq topilgandan keyin, ularning tuzilishi tahlil qilinadi, sinchiklab kuzatiladi. Shakllardagi mayda perspektiv qisqarishlar ham aks ettiriladi.
Bosqichli o‘quv naturmorti.
Buyum tasvirlarini surat tekisligida joylashtirish vaqtida ulami asoslarini, ya’ni ko‘rinmas qismlarini ham to’liq chizish kerak. Sunday qilinganda ba’zi narsalarning «muallaq» holatda bo’lishi bir narsaning ikkinchisiga «o‘yib» kirgandek bo'lib qolishiga yo’l qo‘yilmaydi. Naturmortni qalamda ishlab bo‘lgach, rang berishga o'tiladi.
Naturmort rangtasvirini bajarishda keng tarqalgan ish uslubidan foydalanamiz. Bu lessirovka deb ataladi - bo‘yoq qatlamlarini ustma- ust qo‘yish degani. Bo‘yoqning suyuq eritmasini tayyorlab olib, qog‘ozga qatlam tarzida surtilganda tagidagi qog‘oz tovlanib turadi. Bir sidra qo‘yilgan bo’yoq qatlami qurigach, ustidan boshqasi sur- liladi, ostki qatlamning ko’rinib turishi tufayli yangi rang tusi hosil
bo’ladi. Qatlamlar soni ko‘paygan sari rang tobora boyib, ta’sirchan- ligi kuchayib boradi.
Akvarel bo‘yog‘i bilan ishlashni boshlash tasvirning oq joyini belgilashdan boshlab, qolgan hammasi suyuq bo‘yoq eritmasi bilan qoplab chiqiladi. Soyalarni birdan qoraytirib yubormasdan asta-sekinlik bilan bir qatlam qurigach ikkinchisini surtish kerak.
Oxirgi bosqichda ingichka mo’yqalam bilan bo’laklarni ishlab chiqish, narsalarning asoslari yonidagi soyalarni biroz to‘qlashtirsak naturmortning yaxlit va hamohang ko‘rinishiga erishiladi.
IV- Mustaxkamlash.
Savollar:
Rang-tuslari nima?
Qarama-qarshi tushunchasi nima?
Narsalar bir-biriga nisbatan qanday joylashtiriladi.
V- Uyga vazifa.
Qarama-qarshi buyumlardan tashkil topgan naturmortni grafik usulida ishlash.
O’TIBRO’ _________________
Sana _____________________________
Sana _____________________________
Darsning mavzusi: Tabiat manzarasi fonida naturmort ishlash.
Darsning maqsadlari:
a)Talimiy maqsad: Tabiat qo’ynida naturmort ishlash qonun-qoidasini o’rgatish
b)Tarbiyaviy maqsad: Go’zallikka bo’lgan mehr- muhabbatni uyg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish.
c)Rivojlantiruvchi maqsad: Tabiat qo’ynida naturmort ishlashni o’rgatishda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish
d)O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish.
e)O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:
naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.
Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:
ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.
Darsning jihozlanishi: Naturmortning reproduksiyasi, kitob, o’quvchilar ishlaridan namunalar
Darsning borishi:
I-Tashkiliy qism:
a)Salomlashish
b)Davomatni aniqlash
c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
II- Uyga vazifani tekshirish
Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi
III-Yangi mavzuni o'rganish
Tabiat manzarasi fonida naturmort ishlash jarayonining o‘z
qonuniyatlari mavjud. Bu ishni tartib bilan olib borish talab etiladi.
Ketma-ketlik tartibini anglagan holda bajarilgan ish mahsuli
muhim ahamiyatga egadir. Tabiat manzarasi fonidagi naturmortni
ishlashda nimadan boshlash, uning o‘rtasida qanday talablarga javob
berish va qay o‘rinda tugallash kerakligini yaxshi bilmoq zarur.
Naturmort foni manzara bolib, deraza oldida qo‘yilgan buyum-
lari bilan oralig‘ida fazoviy masofa joylashgan. Rang munosabatlari
oldingi, o‘rta va orqa ko‘rinishda turli ranglarda bo‘lishini angla-
shimiz lozim. Tasvirlashda havoyi perspektiva katta ahamiyatga
ega. Deraza oldida joylashgan naturmortni tasvirlashda umumiy
yorug‘-soya, rang-tuslar va mushtarak ranglardan yorug‘-soyali,rang-tusli uyg’unliklarini katta qismlarida aniqlash muhimdir.
Tabiat manzarasi fonida naturmortni tasvirlaganda ufq chizi-
g‘iga nisbatan qanday joylashishi ham katta ahamiyatga ega. Ma’-
lumki, ko‘z balandligidan pastroqda qo’yilgan naturmort narsa
tekisligida to‘la-to’kis ko‘rinib turadi, narsalarning asoslari, ular-
ning o’zaro joylashishi yaqqol ko‘rinadi va tasvirlashda qulay
bo’ladi. Narsani to‘laroq ochib berish uchun yorug‘lik nurlari old
tomonidan yoki yonidan tushadigan bo’lishi kerak. Tabiiy yorug’-
likning kuchi yetarli bo‘lmasa,naturmortning yon tomoniga sun’iy yoritkich qo‘yiladi. Shunda oldingi narsalarda yorug‘ soya kontrasti keskin bo’rtib, ularning hajmdorligi bo‘rtib ko‘zga tashlanadi, sirtlar yaqqol ko‘rinadi. Ikkinchi plandagi narsalarda esa ziddiyat kamroq seziladi.Nurlarning kuchi kamayib borgan sari uchinchi plandagi narsa- lardagi qarama-qarshilik yana ham mayinlashadi, ularning chegaralari fonning to‘q joylari bilan umumlashib ko’rinadi. Naturmortni deraza yaqiniga qo‘yib orqa fonida tabiiy manzara bilan tasvirlanadi. Naturmortga nurlar old tomondan tushadi, soya va reflekslar unchalik ko‘p bo’lmaydi va predmetlarning o‘z rangi yaqqol, ochiq-oydin ko‘rinadi.
Tabiat manzarasi fonida naturmort ishlash mavzusida naturmortchi rassomlardan X.Matiss, Van-Gog, R.Ahmedov asarlaridan deraza oldida va tabiat manzarasida qo‘yilgan naturmort namunalari misol bo‘la oladi.
R. Ahmedov. Naturmort.
IV- Mustaxkamlash.
Savollar:
Tabiat manzarasi fonida naturmortni tasvirlashning asosi sharti nimada?
Ufq chizig‘i nisbatan qanday olinadi?
Naturmortga nurlar qaysi tomondan tushadi?
V- Uyga vazifa.
Tabiat manzarasi fonida naturmortni chizib kelish.
O’TIBRO’ _________________
Sana _____________________________
Sana _____________________________
Darsning mavzusi: Hotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlash.
Darsning maqsadlari:
a)Talimiy maqsad: Hotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlashni o’rgatish
b)Tarbiyaviy maqsad: Go’zallikka bo’lgan mehr- muhabbatni uyg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish
c)Rivojlantiruvchi maqsad: Hotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlashni o’rgatishda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish
d)O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya: jamoa bilan ishlashda uning fikrini qo‘llab-quvvatlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.
e)O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:
naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.
Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:
ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.
Darsning jihozlanishi: Naturmort kompozitsiyasining reproduksiyasi, kitob, illyustratsiya, o’quvchilar ishlaridan namunalar
Darsning borishi:
I-Tashkiliy qism:
a)Salomlashish
b)Davomatni aniqlash
c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
II- Uyga vazifani tekshirish
Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi
III-Yangi mavzuni o'rganish
Xotiradan asarlar kompozitsiyasini yaratishda mashhur rassomlardan I.Levitan, K.Bryullov, I.Repin, I.Ayvazovskiylaming eslab qolish qobiliyatlari yuqori darajada bo’lganligi ma’lum. Masalan, I.Repin «Volgadagi burlaklar» asarini dastlabki eskizini xotiradan ishlaganini ko‘ramiz.
Taniqli rassomlarimizdan O’.Tansiqboyev, R.Ahmedov, M.Nabiyev, A.Ikromjonov, A.Nur va boshqalar asarlarini yaratishda dastlabki etyud eskizlariga tayangan holda xotiradan san’at asarlarini ishlagan. Masalan, A.Ikromjonov «Sharqona naturmort»i va M. Nuriddinovlarning naturmort asarlari mavzuyimizning yaqqol misoli bo’la oladi.
Xotiradan naturmort kompozitsiyasini chizishning ahamiyati shundan iboratki borliqdagi turli- tuman mavjud narsa, buyumlarning shakli, o‘lchami, tuzilishi va xilma-xil rangini xotirada eslab qolish. Shuningdek, bu buyumlardan ma’lum mazmunga ega bo‘lgan qiziqarli,
chiroyli naturmort kompozitsiyasini tuzib xotiradan tasvirlashdir.
Ayniqsa, xotirada naturmort tasvirlash uchun uy-ro‘zg‘or buyumlaridan nihoyatda qiziqarli naturmortlar tuzsa bo‘ladi. ro‘zg‘or buyumlaridan tashkil topgan naturmort qo‘yiladi va diqqat-e’tibor qo’yilmaga qaratiladi.
Bu qo‘yilgan naturmort atroflicha kuzatiladi, sinchiklab o‘rganiladi. O’rganilgandan so‘ng ma’lum daqiqalardan keyin naturmortni biron-bir mato bilan usti yopiladi. Shundan so‘ng xotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlashga kirishadilar.
Bosqichli o‘quv naturmorti
IV- Mustaxkamlash.
Savollar:
Xotiradan naturmort ishlashdan maqsad nima?
Xotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlash qanday amalga oshiriladi?
Xotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
V- Uyga vazifa.
Xotiradan o‘y-ro‘zg‘or buyumlaridan tashkil topgan naturmort kompozitsiyasini ishlash.
O’TIBRO’ _________________
Sana _____________________________
Sana _____________________________
Darsning mavzusi: Badiiy bezak grafikasi (taklifnoma, emblem, badiiy harf va xakazo)
Darsning maqsadlari:
a)Talimiy maqsad: Badiiy bezak grafikasi haqida ma’lumot va amaliy ish bajarishni o’rgatish
b)Tarbiyaviy maqsad: Go’zallikka bo’lgan mehr- muhabbatni uyg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish
c)Rivojlantiruvchi maqsad: Bug’doy va paxta rasmini ishlashni o’rgatishda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish
d)O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya: jamoa bilan ishlashda uning fikrini qo‘llab-quvvatlash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.
e)O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:
naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.
Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:
ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.
Darsning jihozlanishi: Badiiy bezak grafikasi na’munasining reproduksiyasi, kitob, o’quvchilar ishlaridan namunalar
Darsning borishi:
I-Tashkiliy qism:
a)Salomlashish
b)Davomatni aniqlash
c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
II- Uyga vazifani tekshirish
Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi
III-Yangi mavzuni o'rganish
Maktabda o‘tkaziladigan kechalar, uchrashuvlar, ko‘rgazmalaming hilishi, ulaming muhokamasi kabi tadbirlarni amalga oshirishda taklifnoma, ramzlarning ma’lum hissasi bor. Taklifnoma ko‘p nusda yoziladi. Shuning uchun u sodda va ravon bo’lishi zarur.
Buklangan qog‘ozning tashqi tomoniga «Taklifnoma» so‘zi yoziladi. Bu soz plakat, husnixat, trafaret harflarida yozilishi mumkin. Yozuvdan tashqari turli tasvirlar yoki voqeaning mazmunidan darak beradigan rasmlar ham ishlash mumkin.
Taklifnomaning ichki tomonida taklif qilinayotgan shaxsning ismi, sharifi boradigan tadbirning nomi, qachon va qayerda o‘tkazilishi va bu kechani kim tashkil qilayotgani ko‘rsatiladi.
Emblema qadimgi yunoncha so‘z bo‘lib, biron-bir tushuncha va g‘oyaning ko‘rgazmali suratda va plastikdagi ramziy shaklidagi shartli tasviri.Masalan, kabutar-tinchlik ramzi, bug‘doy - to‘kin-sochinlik ramzi.
Har qanday davlatning o‘z ramzi bo‘ladi. Uning muqaddas timsollari - gerb, bayroq, madhiya hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi taniqli grafik rassorn Anvar Mamajonov tomonidan yaratilgan va 1992-yil 2-iyulda tasdiqlangan.
Gazetaning nomi qog‘oz for- matining yuqori tomonida, gazeta sarlavhasi uchun ajratilgan qismda yirik harflar bilan yoziladi.
Gazetaning nomini yozishda yozma, bosma, kursiv va turli badiiy harflardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, mavzuga mos jozibali rasmlar katta ro’l o’ynaydi. Rasmli gazeta mazmuniga muvofiq bo‘lsa o‘quvchilarni o‘ziga jalb qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |