Daromad soligʻi



Download 25,49 Kb.
bet5/5
Sana12.08.2021
Hajmi25,49 Kb.
#145548
1   2   3   4   5
Bog'liq
Daromad soligʻi

Milliy daromad

Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iktisodiyotning xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqdorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.

Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: ilgari yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga koʻchirilgan qiymati; yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (Milliy daromadning) qiymatidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar sof mahsulotlarining yigʻindisi sifatida hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy ishlab chiqarish sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida aniqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy sarflar chegirilib, xizmat koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi daromadi aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulot sifatida hisoblash boʻyicha katta tajribalar toʻplangan. Chunki yaqin oʻtmishda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan Milliy daromad sof mahsulot sifatida hisoblangan. Bunday qoidaning hozirgi paytda ham amal qilishi juda katta ijtimoiy-iktasodiy ahamiyatga egadir, chunki bu usul ishlab chiqariladigan mahsulotni, qoplash fondini va sof mahsulotni hisoblash, isteʼmolni va jamgʻarishni optimallashtirish siyosatini oʻtkazishga imkon beradi. Sof mahsulotning muttasil koʻpayishi, oʻsishi esa ishlab chiqarish sohasida va boshqa sohalarda band kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy taʼminlanishini yanada oshiradi.

Jamiyatda olinadigan ish haqi, foyda, renta, foiz kabi daromadlar yigʻindisi — birlamchi pul daromadlari va ularni qayta taqsimlashlar (shu jumladan, xizmatlar, ijara, prokat, qarz, soliq kabilar orqali qayta taqsimlashlar) natijasida hosil boʻladigan ikkilamchi va h. k. pul daromadlar yigʻindisidir. Shuning uchun ham muomaladagi pul massasi ham, ish haqi, foyda, renta va foiz shaklida olingan pul daromadlari yigʻindisi ham jamiyatning haqiqiy Milliy daromad boʻla olmaydi, chunki qogʻoz pullar va pul daromadlari haqiqiy, real daromad emas, ularning miqdoriga va harid kuchiga koʻp omillar taʼsir etadi.

Har qanday mamlakatda, jamiyatda moddiy ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulotlardan iborat Milliy daromadgina boshka shart-sharoitlar teng va oʻzgarmas boʻlganda, butun xalq isteʼmolini va mamlakat iktisodiy taraqqiyotini taʼminlashning , har bir shaxs va barcha aholi real daromadlarini oshirishning juda muhim moddiy asosidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulotnigina qamrab oladi. Shuning uchun ham milliy hisoblar tizimita oʻtish munosabati bilan xalqaro hisobkitoblar uchun BMTning tavsiyasiga binoan, Milliy daromad oʻrniga yalpi milliy mahsulot, 1993 yildan esa yalpi milliy daromad koʻrsatkichi qoʻllanila boshladi.

SMM — biznesga egri soliq= milliy daromad.

Ichki milliy mahsulot — Amortizatsiya = S.M.M. 

Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan MD — bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi. Foydalaiilgan MD — bu ishlab chiqarilgan MD dan yo'qotishlar (tabiiy ofatlar, saqlashdagi yo'qotishlar va h. k.) va tashqi savdo qoldig'i chiqarib tashlangan miqdorga teng.

Bizning amaliyotda MD iste'mol va jamg'arish fondiga ajratiladi. Iste'mol fondi bu milliy daromadning jamiyat a'zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtyojlarini (ta'lim, mudofaa va h. k. ) qondirishni ta'minlashga ketadigan qismi. Jamg'arish fondi — bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishii ta'minlaydigan qismi.

Milliy daromadni, daromadaar barchaturlarini (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qushib chiqish yo'li bilan ham aniqlash mumkin.

Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy straxovaniyaga ajratmalar, korxona foydasiga soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo'jaliklari qo'liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo'jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to'lovlar - ular qilgan mehnatining natijasi hisoblanmaydi.

Shaxsiy daromad ko'rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo'jaliklari qo'liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo'shishimiz zarur.

Milliy daromad - ijtimoiy sug'urta ajratmasi - korxona foydasiga soliklar - korxonapipg taqsimlanmaydigap foydasi + ijtimoiy to'lovlar = shaxsiy daromad.

Shaxsiy daromaddan soliqlari to'langandan keyin, uy xo'jaliklarining to'liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.

Soliqlar to'langandan keyingi daromad shaxsiy daromad shu daromad hisobidan to'lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo'li bilan hisoblanadi.

Soliqdar to'langandan keyingi daromad uy xo'jaliklari eng oxirida ega bo'ladigan daromad hisoblanib, aloxida shaxs va oilalar o'z tasarrufida bu daromadlarniig bir qismini ists'mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamgarmaga yo'naltiradi.

Makroiqtisodiy ko'rsatkichlarnint qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko'rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko'rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bo'ladi. 



YaMM - Amortizatsiya=SMM

Sof milliy mahsulot - Egri soliqlar = MD

Download 25,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish