Daniyada ta’lim tizimi



Download 40 Kb.
Sana23.05.2022
Hajmi40 Kb.
#606767
Bog'liq
DANIYADA TA\'lim tizimi


DANIYADA TA’LIM TIZIMI.

Daniyada ta’lim tizimi Davlat nazoratidadir. Ta’lim tizimini asosiy yo’nalishi davlat tashkilotlari orqali o’rnatiladi. O’rta va oily ta’lim muassasalarini asosiy qismi davlatga qarashli bo’lib ta’lim yoki madaniyat vazirligiga bo’ysunadi. Daniyada maktab ta’limi reforma qilingan, bu reforma quyidagicha 2 maqsadni ko’zlab amalgam oshirgan:



  1. Maktab hayotiga oat-onalar ta’sirini kuchaytirish/

  2. Pedagoglar va o’quvchilar munosabatini ( aloqasini ) mustahkamlash va kengaytirish.

Buning uchun pedagoglar reformatorlar vazirlik bilan ta’lim muassasalari oralig’idagi boshqaruvlarni qisqartiganlar.


1990- yilning 1-yanvaridan yangi qoida kuchga kiritilgan, qoida asosan maktab ma’muriyatini huquqlari anchaga qisqartirilgan. Maktablar uchun pul mablag’lari mahalliy hokimiyat hisob raqamida to’planadi va topshiriladi. O’qituvchilarni yollash va bo’shatish maktab kengashi orqali mahalliy hokimiyat kengashida amalgam oshiriladi. Maktab ma’muriyati avvalgudek o’quvchilarni salohiyatiga qarab sinflarga ajratish huquqiga ega emas. Huddi shuningdek maktab ma’muriyati yakka o’zi o’quvchilar uchun stipendiyani taqsimlash huquqiga ham ega emas. Daniyada qo’shimcha ta’lim pullik bo’lgani uchun o’quvchilarni qo’llab-quvvatlash uchun stipendiya ta’sis etilgan.
Maktab kengashidan tashqari maktablarda pedagogik va o’quvchilar kengashi ham faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik kengash metodik masalalar bilan shug’ullanadi va direktor tomonidan boshqariladi.
O’quvchilar kengashi o’quvchilar va o’qituvchilardan tashkil topgan bo’lib, o’qituvchilar faqat maslahat ovoziga ega. O’quvchilar kengashi maktab kengashi bilan bog’langan, maktab kengashi esa mahalliy hokimlik kengashi bilan bog’langan. O’quv dargohini rivojlantirish strategiyasi bilan maktab kengashi shug’ullanadi. Maktab kengashi 10 kishidan iborat bo’lib 7ta ota-onalarda, 2 kishi o’quvchilardan va 1 kishi hokimlik vakili bo’lib u maslahat ovoziga ega. Maktab kengashini ishiga na vazirlikni, na mahalliy hokimlikni aralashishiga huquqi bor ya’ni kengash mustaqildir.
MAKTAB TA’LIMI.
Daniyada o’rta ta’lim tekin va umum majburiy bo’lib eng demokratik tizimdan biridir. 7 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalar umum o’rta maktabda 9 yil o’qishadi. Davlatga qarashli maktablarda fakultativ 10-sinflar ham bor. Maktabni tugatgandan so’ng beriladigan sertifikat ( stu- men ) oily o’quv yurtiga kirish uchun zarur va yetarli bo’lgan hujjat hisoblanadi. O’rta maktabni faqat oxirgi bosqichida o’quvchilar quyidagi 3 yo’nalishdagi mutahassislikdan birini tanlashadi: umum milmiy, tijorat, texnik.
1970-yillarni boshida umum ta’lim maktabini bitiruvchilarini faqat 20 % imtixon bilan 3 yillik gimnaziyaga kirar edilar. Biroq 1976-yildagi ta’lim to’g’risidagi qonundan so’ng barcha o’quvchilar gimnaziyaga kirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bu qonun ota-onalar va mahalliy hokimiyatga o’smirlarni hayot yo’lini tanlashida ta’sir ko’rsatish imkonini beradi. 1994-yildagi qonun esa ma’lumot olishga ulkan imkoniyat yaratdi.
Gimnaziya bitiruvchilarini universitetlarga kirishi konkurs imtixonlarini natijasiga bog’liq. Gimnaziya attestatiga ega bo’lmagan shaxslar oliy ma’lumot olishlari uchun 2 yillik kursni o’tab mahsus imtixon topshirishlari zarur. Barcha ta’lim tizimi jumladan hususiy maktablar ham davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Daniya maktablarida yagona darslik tizimi yo’q. O’quv materiallarini o’qituvchilar o’zlari tanlagan qo’llanmalar asosida o’zlari rejalashtiradilar zarurat bo’lganda o’zlari ishlab chiqaradilar. Bunda o’qituvchilar maktab kutubxonasida foydalanadilar. Kutubxona mamlakatdagi barcha davriy va chet ellarda chiqadigan nashrlarga ega. Aksari maktab o’quvchilari ingliz tilini erkin biladilar. Vazirlikni ta’limga talabi yagona u ham bo’lsa o’quvchilar o’quv yili oxirida ma’lum bilimlarni bilishlari shart. O’quv yili boshlanmasdan oldin mamlakatdagi barcha maktablar jumladan hususiy maktablar ham o’qitilishi lozim bo’lgan bilimlar ro’yhatini olishadi. Yil oxirida nazoratchilar va ota-onalar tomonidan tekshiruv o’tkaziladi. Farzandi qaysi maktabda o’qishi ota-onalar tomonidan tanlaniladi.
O’quvchilar xattoki o’qituvchini tanlash huquqiga egalar. Ota-onalar va o’quvchilar maktab kengashi orqali o’qituvchini ishdan bo’shatishini talab ham qilishlari doimiy ravishda qayta tayyorlashda o’tadilar. Qayerda va qanday o’tashni o’qituvchi o’zi tanlaydi, lekin albatta, malaka oshirganligi to’g’risidagi hujjatni taqdim qilishi shart. Ko’p hollarda o’qituvchilar malaka oshirish uchun mablag’ni o’z hisoblaridan to’laydilar, chunki oladigan ish haqlariga ta’siri katta.
XALQ TA’LIMI.
18 yoshdan oshganlar o’qiydigan maktablari ancha mashxur. Bunda katta yoshdagilar maktabda yashab 40 xaftagacha bo’ladigan ta’lim kursini o’taydilar. Bu maktablar XIX asr o’rtalarida qishloq rayonlarida asosan yosh fermerlar uchun ochilgan edi. Biroq bunday maktablar XX asrda shaharlarda ham ochilgan.
OLIY TA’LIM.
Daniyada kasbiy ta’lim tizimiga oliy iqtisod boshqaruvi, chet tillar oliy maktabi, formasevtikaga, kutubxonashunoslik, pedagogik va stamotologik kollejlar, texnika instituti, nafis san’at qirollik akademiyasi va Kopengagen konservatoriya kiradi. Kopengagen, Olborgda, Orxusda, Odensada ca Roskillda universitetlar bor. Shuningdek veterinariya va qishloq ho’jalik bo’yicha qirollik akademiyasi, Daniya oliy texnika maktabi va muhandislik akademiyasi bor. Daniyadagi barcha oliy o’quv yurtlari davlatga tegishli bo’lib unda o’qish bepul. Bundan tashqari stipendiya va imtiyozli qarz olish imkoniyatiga egalar.
Maktabdan keyingi ta’lim oliy va uzaytirilgan ta’limdan iborat. Oliy ta’lim o’z navbatida akademik va akademik bo’lmagan ta’limdan iborat. Akademik ta’limga universitetlardagi ta’lim kiradi. Akademik bo’lmagan ta’limga “HOJERE LAEREANSTATER” oliy institutlardagi va ANDRE VIDERGAENDE UDDANNELSER oliy o’quv muassasalaridagi ta’limlar kiradi.
Ta’limni davomi muassasalariga universitetlar qoshidagi markazlar kirdi. Bu markazlarda bir yoki ikki yillik asosiy tayyorlov va oliy o’quv yurtiga yo’naltiruvchi kurslar o’qitiladi.
Maktabdan so’ngi ta’limni yana bir sektori “ochiq ta’lim” hisoblanadi. “Ochiq ta’lim” muassasalarida katta yoshdagi ishlovchi kishilar yoki kasbini o’zgartirishi yoki malaksini oshirishi mumkin. O’qishni bu turu pullik bo’lib bir semester 400 dan 800 krongaga bo’lib faqat alohida olingan predmatlar o’qitiladi. “Ochiq ta’ilm” muassasalari diplomi ham universitetlar diplomi bilan teng yuridik kuchga ega.

OLIY O’QUV YURTIGA KIRISH.


Universitet studentiga oliy o’quv yurtlariga kirish uchun o’rta ma’lumot to’g’risidagi hujjat, professional o’quv yurtlariga kirish uchun texnik diplom talab qilinadi. Oliy o’quv yurtiga kirishga tayyorgarlikni universitetlar qoshidagi markazlarda olish mumkin.
Oliy o’quv yurtiga qabul vazirlik tomonidan o’rnatilgan ikki tabaqalilik asosida amalga oshiriladi. Ya’ni Daniya fuqarolari uchun, Daniya fuqaroligi bo’lmaganlar uchun.
Ta’lim asosan Daniya tilida olib boriladi, ba’zi o’quv yurtlarida ingliz tilida ham ma’ruzalar o’qiladi.
Olinadigan mutahassislik darajasi
Bakalavr 3 yil
Magistr 6 yil
Universitetdagi o’qish doktorlik darajasini olish bilan yakunlanishi mumkin. Professional o’quv yurtlarida kondedat darajasini olish bilan yakunlanishi mumkin.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish