XIII.Bob.Erlarini rekultivatsyasi.
13.1.Erlarni rekultivatsiyasi xaqida umumiy tushunchalar
Er rekultivatsiyasi va muxofazasi fanining maksadi:
Sayyoramizda kishilar hayotining farovonligi uchun, albatta, tabiiy resurslardan foydalanish kerak. Lekin
tabiiy resurslardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan, ularning qayta tiklanishiga alohida
e’tibor berish bilan birga olib borilishi kerak. Aks holda, tabiat qashshoqlanib, tabiiy resurslarning,
ayniqsa, Tuproqning holati uzgarib, yomonlashib boraveradi.
Uzbekiston Respublikasining yer fondi 44,74 mln. gektarga teng bulib, yer fondining yer toifalari buyicha
taqsimlanishi yerlarning tabiiy va iqtisodiy sharoiti, yerlarning tarkibi va sifati bilan uzaro bogliqdir.
yerlarni hududiy, miqdoriy va sifat jihatidan tavsiflash uchun yer turlarining yagona klassifikatsiyasi qabul
qilingan. Ushbu klassifikatsiyaga asosan ular quyidagicha toifalanadi:
Qishloq xujaligi yerlari.
Aholi punktlari yerlari (shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar, Qishloq aholi punktlari).
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga muljallangan yerlar.
Tabiatni muhofaza qilish, soglomlashtirish, rekreaktsion va tarix-madaniyat maqsadida muljallangan
yerlar.
Urmon fondi yerlari.
Suv fondi yerlari.
Zaxira yerlar.
Er toifalarining tarkibiy qiymatlari har kalendar yilning 1-yanvar holatiga aniqlanadi. Hozirgi kun holatiga
kura, Uzbekiston Respublikasi umumiy yer fondining 66,2% i qishloq xujaligi yerlariga, 0,5% i aholi
yashash joylariga, 4,1% i sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan
yerlarga, 0,1% i tabiatni muhofaza qilishga, soglomlashtirish, dam olish va tarixiy-madaniy maqsadlarga
muljallangan yerlarga, 16,4% i urmon fondi yerlariga, 1,4% i suv fondi yerlariga va 11,3% i zaxira yerlarga
biriktirilgan.
Ushbu klassifikatsiyaga kirgan yerlardan qishloq xujaligi yerlari katta ahamiyat kasb etadi. CHunki bu
yerlardan qishloq xujaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun uzluksiz ravishda foydalaniladi. qishloq
xujaligi yerlari guruhini sugoriladigan, jumladan, haydalma yerlar, kup yillik daraxtzorlar, buz yerlar,
pichanzorlar va yaylovlar tashkil etib, sugoriladigan yerlar 4300 ming ga (14,5%), shu jumladan
haydalanadigan yerlar 4073 ming ga (13,7%), kup yillik daraxtzorlar 361,3 ming ga (1,2%), pichanzorlar
122,4 ming ga (0,4%) va yaylovlar 24261,3 ming ga (81,6%) dan iboratdir.
3
Qishloq xujaligi yerlari tarkibiga kirmaydigan, ammo qishloq xujaligiga xizmat qiladigan yerlar bu
urmonlar, ihota urmonlar, butazorlar, jarliklar, botqoqliklar, shuningdek, suv (suv havzalari, kanallar,
zovurlar) ob’ektlari, jamoat binolari, yullar va boshqalar bilan band bulgan yerlardir. Bu yerlar qishloq
xujaligi yerlaridan oqilona foydalanishga xizmat kiladi. Boshqa tomondan, ushbu yer turlari qishloq
xujaligi ishlab chiqarishda, qandaydir mahsulot yaratishda tugridan-tugri qatnashmasa-da ular, asosan,
ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojla ntirishda ishtirok etib, jamiyat hayotida muhim urin tutadi.
Qishloq xujaligi ishlab chiqarishi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan yerdan foydalanish tavsifi ham
uzgaradi. Kupincha, oldin noqulay, tashlandiq deb sanalgan yerlar yaxshilanadi, haydaladi va madaniy
yerlarga aylantiriladi. SHu bilan bir vaqtning uzida, bir qism qishloq xujaligi yerlari, ularning sanoat va
aholi punktlariga aylantirilishi, meliorativ jihatdan yaroqsizlanishi, yemirilishi, ifloslanishi, chullashishi,
kuchishi va h.k.lar hisobiga har yili bu toifadan chiqarilmoqda.
SHuning uchun ham Tuproqni buzilishdan, eroziyadan, ifloslanishdan, suv bosish va shurlanishdan
himoyalash tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishdagi tarkibiy masalalardan biri
hisoblanadi. CHunki, Tuproq unumdorligining yuholishi qishloq xujaligi ekinlarining Hosildorligini
pasaytirish bilan birga daryo, suv havzalari va sugorish tarmoqlarini ifloslantiradi, turli kasalliklarni va
noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
Respublikamiz hududida shamol va suv eroziyasi har yili qishloq xujaligiga katta iqtisodiy zarar keltirib
unga qarshi kurashmaslik yil sayin kuplab qishloq xujaligidagi yer maydonlarining qishloq xujaligi
oborotidan chiqarilishiga, jarliklar maydonining kengayishiga olib kelmoqda. SHuning uchun ham
Tuproqlarning buzilishiga, ularning eroziyasi, ifloslanishi, suv bosishi va shurlanishiga qarshi kurashish
uslublarini qullash nafaqat Uzbekistonda, balki chet mamlakatlarda ham keng qullanilmoqda.
13.2.Rekultivatsiyaning ob’ektlari va mohiyati.
Insoniyatning xom-ashyoga bulgan talabi kun sayin ortib borishi uni yer ka’ridan kazib olish suratining
ortib borishiga olib kelmokda. Bunday maydonlar kulami bir necha yuz ming gektarni tashkil etmokda.
Markaziy Osiyo davlatlari hududida bunday maydonlar 50000 ga dan ortikdir. Oxirgi ikki, uch avlod uz
hayoti davomida yer yuzasiga shunday ta’sir kursatdiki, hattoki un ming yillab bundayin aks ta’sir
bulmagan. Bu holatni fakat tabiiy ofatlar bilangina solishtirish mumkin.
Er usti katlamining buzilishi uning eng asosiy xossasini
biomassa hosil kilish kobiliyatining yukolishiga, ya’ni biologik unumdorlikning yukotilishiga sabab buladi.
Ishlab chikarishning yerga tutridan-tutri va bevosita ta’siri yer resurslarini himoya kilish muammosini
insoniyat oldiga kundalang kilib kuymokda. yerlarni himoya kilish deganda yerdan foydali kazilmalarni
kazib olishni, yer yuzida yo’l va boshka tarmoklarni qurishni, gidrologik kidiruv ishlarini tuxtatish degani
emas. Bu sanab utilgan ishlar insoniyatning ravnaki uchun muhim ishlar hisoblanadi. yerlarning
unumdorligini saklab kolish yoki kayta tiklashga ularni rekultivatsiya kilish orkali erishiladi.
Rekultivatsiya bu yerlarning biologik unumdorligini, injener-texnik, meliorativ, agrotexnik, agroiktisodiy
tadbirlar yordamida tiklash deganidir.
Rekultivatsiya ishlari rejasi va uning unumi bizning biologik unumdorligi yukolgan yer maydonini va
ularning sifatini anik bilishimizga bogliqdir. Bunday yerlarning nafakat biologik unumdorligini tiklash,
balki ulardan biologik resurslarni olish maksadida foydalanish masalalarini yechish kerak buladi.
Qazilma boyliklarni kazib olishda nafakat tuprokning unumdor katlami, balki tarixan Hosil bulgan tabiiy
kompleks ham yukoladi. Geologik asosning ustki katlamiga katta zarar yetkaziladi. Kupincha, yer yuzasiga
usimlik va hayvonot dunyosi uchun zararli bulgan jinslar kutariladi. SHuning uchun bunday yerlarda
tabiiy holatda tuprokning Hosil bulish jarayoni (rekultivatsiyasiz) atrof tabiatidan tubdan fark kilishi
mumkin. Tabiiy muvozanatning buzilishi va tabiiy holatda Hosil bulgan biomassadan xujalik faoliyati
uchun foydalanish hech kanday ahamiyat kasb etmasligi va buning ustiga bu yerlarda atrof maydonining
tabiiy rivojlanishiga uzining aks ta’sirini kursatishi mumkin. Bu maydonlarning atrof maydonlariga bulgan
aks ta’siri maydonlarning balandligi va chuqurlik qiymatlariga borliqdir. Buzilgan maydon kulami
qanchalik katta bulsa xujalik faoliyatidan shunchalik kup maydon chiqit buladi. yer usti va yer osti suv
resurslariga ta’sir kursatiladi. SHamol va suv eroziyasi maydonlari ortadi. yer yuzasi tuprori, asosan 95%
chukma va 5% kristal tog’ jinslardan tashkil topgan. Kristal tog’ jinslar uz tarkibida suvni saqlamasligi
nuqtai nazaridan usimliklar uchun keraksiz hisoblanadi. Bu jinslarning biokimyoviy va biofizik jarayonlar
natijasida parchalanishi uchun bir necha yuz yillar kerak buladi.
Qazilma boyliklarining yer qa’ridan olinishi natijasida yer yuzasida mavjud jinslarning xususiyatlaridan
keskin farq qiluvchi jinslarning paydo bulishi usimlik va hayvonot dunyosiga uz ta’sirini kursatib, ularning
tabiiy holati uzgarishiga sabab buladi. Bu maydonlarda tabiiy Tuproq Hosil bulishi uzoq evolyutsiya
jarayonidagi kuplab borlagichlarning bu jarayonda ishtirok etmasligini kursatmoyeda. Bu evolyutsiya
hayot qonuniyatidir.
Er yuzasiga yer yuzasidagi yotqiziqlar xususiyatiga to’g’ri kelmaydigan tog’ jinslari chiqishi atrof-
muhitning usimlik va hayvonot dunyosi hayotiga xavf soluvchi moddalarning paydo bulishiga olib keladi.
Bu moddalar tabiiy (shamol, suv) va sun’iy (inson faoliyati) kuchlar ta’sirida atrof-muhitga tarqalib,
tabiatni uzgartirib boradi va tabiatga juda katta ziyon yetkazilishi turgan gap. Misol tariqasida yarim
metall qazilmalarining yer yuzasidagi uyumlarini olib qaraylik. Bundagi kimyoviy moddalarning
kontsentratsiyasi usimlik va hayvonot dunyosi uchun uta xavfli hisoblanib, yer usti suvlari bilan tezda
atrofga tarqalib, uz yulidagi tirik jonni halokatga mahkum etadi. Demak, bunday tog’ jinslari uyumining
yer yuzasida Hosil bulishi nafaqat ular egallagan maydon kulami, balki suv va havo orqali ularning
tarqalish maydonlari bilan ham ulchanadi.
Atrof-muhitni himoya qilish uchun avvalo qazib chiqarilgan, zararli hisoblangan hamda qayta ishlangan
foydali qazilma jins manbalarini bartaraf etish kerak buladi. Buning uchun bu yerlarda:
maxsus tanlangan daraxtlar turkumidan madaniylashtirilgan urmonlarni barpo etish;
zararli gruntlar ustida toza himoya qatlam tuprog’ini hosil qilish;
agrotexnik tadbirlar natijasida Tuproq qatlamini sog’lomlashtirish;
Hosil bulgan tuproqdagi aks ta’sirlarga va shurga chidamli ekinlar ekish, yuqori agrotexnikani qullash,
tuproq namini boshqarish ishlarini bajarish orqali yerlarning biologik unumdorligini tiklash kerak.
Tuproq unumdorligining asosiy (agrofizikaviy va agrokimyoviy) kursatkichlari:
Tuproq zichligi - 1,5 g/sm3;
umumiy govakligi - 43-50%;
0,25 mm dan katta ulchamli suvga chidamli agregatlar- 20-25%;
gumus miqdori - 1,1-1,3%;
umumiy azot miqdori - 0,09-0,14%;
100 gr tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori - 20-36 mg;
100 gr tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdori - 350-400 mg;
100 gr tuproqdagi nitrifikatsiya qobiliyati - 8 mg;
RN kursatkichi - 7,3 va h.k. lardan kelib chiqqan holda tuproqning hosil bulish jarayonini amalga
oshirish kerak buladi.
Jinslarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga asosan tuproqning hosil bulish jarayoni turlicha yechiladi.
Bunda, kupincha, agrotexnik tadbirlar qul keladi. Ma’lumki, usimlik tuproq unumdorligini tiklashda faol
ishtirok etadi. CHunki u tuproqqa barcha ozuqa elementlarni (hosildan boshqa barcha qismlarni - ildiz,
barg, poya) qaytarib beradi. Bunday yerlarda yildan-yilga chirindi, azot va boshqa elementlar tarkibi
kupayib boradi.
13.3.Rekultivatsiya qilinadigan maydonlar
Rekultivatsiya majmuasi ichida birinchi urinda agrotexnik tadbirlarining bulishligi tasdiqlangan. Buning
isboti sifatida buzilgan yerlarda daraxtlar ekilgan maydon tuproqlari tarkibida 7-8 yilda tabiiy unumdor
elementlarning hosil bulishini keltirish mumkin.
Biologik rekultivatsiya masalalarini yechishda jinslar tarkibida ma’lum miqdordagi kimyoviy
elementlarning bulishini, shuningdek, ularning fizik-mexanik tarkibini tartibga solish masalalarini yechish
kerak buladi. Buning uchun jinslarning tarkibini bilish kerak (13.3.1-jadval).
Er qa’ridan yer sirtiga kutarilgan jinslarning son kursatgichlarini tizimlashtirish, buzilgan yerlaridan
kelajakda qishloq yoki urmon xujaligida foydalanish uchun keyingi bosqich rekultivatsiya ishlarini (ekin
turlarini tanlash va maxsus almashlab ekish sxemalarini belgilash) amalga oshirish imkonini beradi.
Bu borada olimlar tomonidan yer yuzasiga kutarilgan jinslarni ulardan foydalanish mumkinligi buyicha
quyidagi tasniflash qabul qilingan (2-jadval).
I a guruh tuproqlari chirindili tuproq qatlami bulib, uning ma’lum joylaridan tuproq tanlab olinib I b, II a
tuproqlari ustiga 40-50 sm qalinlikda tushaladi. Bu maydonlardan odatdagidek hosil olish mumkin.
I b guruh tuproqlar (lyosslar, lyossimon sor tuproqlar)da kup yillik utlar va xujalik uchun juda kerakli
daraxtlarni (qararay, terak va h.k.) yetishtirish tavsiya etiladi.
Qishloq xujaligida foydalanish mumkin bulgan jinslarning tasnifi va belgilari
(V. V. Dokuchaev nomli
tuproq institutы tavsiyasi buyicha) 13.3.1-jadval.
Jins belgilari
Jins kategoriyasi
Tuliq yaroqli
Yaroqli
Yaxshilangach yaroqli
Melioratsiyadan
sung yaroqli
rN • N2O
5,5-8,3
4,5-8,3
3,5-4,5
3,4
Eruvchi xloridlar, %
0,0-0,01
0,01-0,05
0,05-0,1
0,1-0,15
harakatchan Al,
mg/100g
0-2
2-5
5-10
5
Fraktsiya tarkibi 0,01
mm, %
20-45
20-45
5-10
5
Chirindi, %
1
1
1
1
Loyqa %
1-2
2-5
5-8
10
Qattiqligi kg/sm2
10-20
10-20
20-30
30
Yalangochligi
yuq
kuchsiz
urta
kuchli
Mineral
tarkibi
Minerallar
aralashmasi,
chirindi 1%
Minerallar
aralashmasi,
chirindi 1%
Kvarts qumi boglangan
qum, sog Tuproq, govak
mergel, pirit 1%
Kvarts qumi, gil, tosh
minerallar 1%
a va b guruh tuproqlarida meliorativ va boshqa (qumlash, gipslash, ohak aralashtirish, mineral o’g’itlash,
dukkakli usimliklar - loviya, nuxat yetishtirish) ishlar amalga oshirilgach, daraxtzorlar barpo etish va dam
olish maydonlari Hosil qilish uchun kukalamzorlashtirish mumkin.
Yer qa’ridan yer yuzasiga kutarilgan jinslarni biologik rekultivatsiya uchun yaroqlilik tasnifi
13.3.2-jadval.
Jins guruhi
Yaroqliligi
Guruxlar
a
b
I
yaroqli
unumdor
imkoniy unumdor
II
kam yaroqli
fizik xususiyatlari buyicha
kimyoviy xususiyatlari buyicha
III
yaroqsiz
fizik xususiyatlari buyicha
kimyoviy xususiyatlari buyicha
a va b gurux tuproklari (sulfatli, shur, toshli) ustiga I b gurux tuproklari kamida 1 m kalinlikda
tushalganda haydov ekinlarini ekish, 2 m kalinlikda tushalganda esa, daraxtzorlar barpo kilish mumkin.
yer haydovga tayyorlanadigan bulsa, albatta chirindili katlam hosil kilinadi.
Mabodo, bu maydonlarda yangi kurilish kilinadigan bulsa, rekultivatsiya texnologik jarayonning tarkibiga
III gurux gruntlarini inshoot ostida hosil kilinadigan xandakka kumish ishlarini ham kiritish kerak buladi.
Bu ishlarni amalga oshirishda kupincha, relef va gidrologik shart-sharoitlar tuskinlik kilishi mumkin. Bu
holat karerlarda kuprok uchraydi. Bundan chikadigan xulosa shuki, buzilgan yerlarning yarokliligini
aniklashda nafakat ularning tuprok tarkibi, balki bu maydonning relefi, gidrologiyasi va gidrogeologik
rejimlarini ham tulik bilish, urganish va tegishli ma’lumotlarga ega bulish kerak buladi.
Rekultivatsiya fakatgina yerlarni mexanik ravishda tekislash va yer usti katlamida melioratsiya ishlarini
amalga oshirishgina emas, balki bu joylarda gidrologik, gidrotermik, havo almashuvini va boshka
sharoitlarning normal rejimini ta’minlash deganidir. Bunda buzilgan maydonlarda kompleks injener-
texnik va meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, maydonning biologik unumdorligini tiklash buyicha
ilmiy- texnik rejalarni hudud maydon tuzilmasini tashkil etish ishlari bilan chambarchas olib borish kerak
buladi.
Buzilgan maydonlardan kelajakda foydalanish maksadlari buyicha turlicha rekultivatsiya ishlari hajmini
bajarish va xarajatlar kilish kerak. Masalan, daraxtzorlar barpo kilishdagi ish hajmi va xarajatlar bu
maydonlarda haydov maydonlarini hosil kilishga nisbatan ancha kam buladi.
«Uzdaverloyiha» instituta tomonidan buzilgan yerlarni rekultivatsiya kilish maksadida turli omillarni
xujalik nuktai nazaridan baholash buyicha yerlarni tiklash boskichlari ishlab chikarilgan. Unga asosan: I
boskichda - relef jins va gidrologik shart-sharoitlar buyicha tahlil ishlari amalga oshiriladi; II boskichda -
kishlok, urmon va suv xujalik yunalishlari maksadida bu yerlardan foydalanish mumkinligi tahlil kilinadi;
III boskichda rekultivatsiya ishlarining hajmi va tarkibining murakkabligi buyicha injenerlik nuktai
nazaridan baholanadi.
A.
haydov maksadidagi foydalaniladigan yerlarda:
tekislash, zax kochirish yoki sug’orish ishlari bajariladi.
Yaylov va ut urish maksadidagi foydalaniladigan yerlarda:
tekislash, zaruriyatiga karab kiska muddatli sug’orish yoki zax kochirish ishlari bajariladi. Agar bu
maydonlarda suv rejimini boshkarish masalasi yechilgan bulsa hamda ular hosildor tuproklar bilan
koplangan takdirda bu yerlarni «A» gurux yer turkumi turlariga mansub etish mumkin.
V.
Urmon xujalik maksadida foydalaniladigan yerlarda:
chukur arik olish, suv bilan ta’minlash ishlari bajariladi. Bu maydonlarda suv rejimining boshkarilish
masalasi yechilgach «B» gurux yer turkumi turlariga mansub etish mumkin.
G. Suv xujaligi maksadida foydalaniladigan yerlarda chukur arik olish, suv bilan ta’minlash,
maydonlarning zaxini kochirish ishlari bajariladi. Bu ishlar tulik amalga oshirilgach, bu gurux maydonlari
B va V guruxga mansub etilishi mumkin.
D. Xujalikda cheklangan mikdorda foydalaniladigan yerlarda xandak yoki 2 yoki 3 pogonali terassa
shakllari hosil kilish va kiska muddatli namlashtirish ishlari bajariladi. Bu jinslar ustiga kisman unumdor
tuprok katlami tushalgandan sung ularni B va V guruxga, agarda yer usti suvlari boshkarilsa, «G» gurux
yer turkumi turlariga mansub etilishi mumkin.
E. Xujalik faoliyatida foydalanib bulmaydigan yerlarda uch va undan kup pogonali terassalar hosil
kilinadi, suv bilan ta’minlanadi yoki kiska muddatli namlashtirish ishlari olib boriladi.
Asos katlamning yer yuzasiga aks ta’siri yetmaydigan darajada tuprok tushami tushalganda ular «D»
gurux, murakkab gidrotexnik inshootlar barpo etilib, hosil kilingan terassalar mustahkamlanganda esa,
«G» gurux yer turkumi turlariga mansub etilishi mumkin.
Buzilgan yerlardan kelajakda foydalanish buyicha kuyidagi rekultivatsiya yunalishlari farklanadi:
Qishlok xujaligida - haydov maydonlari, ut va utlokzorlar, kup yillik ekin maydonlarini hosil kilish.
Urmon xujaligida - kundalik foydalanish va maxsus (tuprokni himoya kilish, tibbiy himoya, suv saklash va
h.k.) maksadlarda daraxtzorlar barpo kilish.
Suv xujaligida - turli maksadlarga xizmat kiladigan suv havzalari (suv omborlari, balik va parranda ustirish
havzalari) barpo etish.
hordik chikarish uchun - boglar, sport havzalari, plyajlar barpo kilish.
Arxitektura nuktai nazaridan - daraxtzorlar, kukalamzorlar barpo etish.
13.4.Rekultivatsiya bosqichlari va usullari
Rekultivatsiya ikki boskichda amalga oshiriladi:
Texnik rekultivatsiya - yerlarni tekislash, shakllar hosil kilish, rekultivatsiya kilinadigan maydonlarga
unumdor katlamni tushash, yullar, gidrotexnik va meliorativ inshootlarni kurish.
Biologik rekultivatsiya - texnik rekultivatsiyadan sung hosil bulgan maydonlarda mikroorganizmlarni
jonlantirib, ularda usimlik usishi va hayvonot dunyosining yashashi uchun sharoit yaratish maksadida
agrotexnik va fitomeliorativ tadbirlarni kullash orkali yerlarning xujalik unumdorligini tiklash.
Rekultivatsiyaning birinchi boskich ishlari har bir holat uchun alohida yondoshishni talab kiladi. CHunki,
bu ishlarda kazilma boyliklarni kazib olish chukurligi, bu jarayonda kullaniladigan texnika turlarini
hisobga olishi kerak. SHuning uchun ham bu boskich ishlari ham bir necha boskichlarda bajarilgan ishlar
tarkibidan iborat buladi. Masalan, jins uyumlarining sirt kismini kishlok xujalik texnikasi harakatlanishi
mumkin bulgan darajada tekislash, xandaklarini tuldirish ba’zi tepaliklarni kirkish, eroziyani yukotish,
tekislangan jins ustiga unumdor tuprok katlamini tukish va uni ma’lum kalinlikda tarkatish, zaruriyat
turilganda, tuprok eroziyasining oldini olish maksadida dalada kundalang tuprok uyumlarini hosil kilish.
Rekultivatsiya ishlarining aksariyatida tekislangan yuzaga unumdor tuprok katlamini tushash ishlari
bajariladi. Shuning uchun ham bu hosil kilingan katlamning boshka ishlarni bajarishda saklanishi shartligi,
uning yukolib ketishiga yul kuyilmasligiga katta e’tibor berilishi kerak.
Ukrainaning temir va kumir shaxtalari ta’sirida buzilgan yerlar rekultivatsiya qilinib, tekislanib, ustiga 70-
80 sm qalinlikda qora tuproq tukib, bugdoy ekilganda hosildorligi qushni xujaliklarga nisbatan 1,5-2
marta yuqori bulganligi kayd etilgan.
Unumdor tuprok katlamini saklash va uni himoyalash Uzbekiston Respublikasining yer kodeksini 11-
bobida keltirilgan va qonun bilan himoyalanadi.
Biologik rekultivatsiya boskichlari mahalliy tabiiy shart- sharoitlarga borlik ravishda amalga oshiriladi.
Biologik rekultivatsiyada texnik rekultivatsiya qilingan, lekin unumdorligi pasaygan tuproqlar ugitlar
solinib, daraxtlar va qishloq xujalik ekinlari ekilib unumdor tuproqqa aylantiriladi.
Gruntlarni organik moddalar bilan boyitish nafakat ular ustiga unumdor tuprok katlamini tushash, balki
mineral o’g’itlar aralashtirilgan yogoch kipigini rekultivatsiyaning I boskichida tekislangan gruntga
aralashtirish, ularni okova suvlar bilan sug’orish, mikrobiologik uslublarni kullash orkali ham erishishni
e’tibordan chetda koldirmaslik kerak.
Er yuzasidan qishloq xujaligiga yaroqli yerlar maydonining qisqarishida va ayniqsa, uning eroziyaga
uchrashida har xil qurilishlarning ta’siri ham kattadir.
Ma’lumki, har xil qurilishlar tufayli tuproq eroziyasi kuchayadi, chunki yer agdariladi, bir joydan ikkinchi
joyga kuchiriladi, tabiiy jipsligi buzilgan bunday tuproqlarni suv yuvadi va shamol uchirib ketadi. Agar
zudlik bilan bu yerlar rekultivatsiya qilinmasa tashlandiq joyga aylanib holadi.
Uzbekistonda hozir rekultivatsiya qilinishi kerak bulgan maydon 29,6 ming gektarni tashkil etadi.
Shundan 9,0 ming gektari rekultivatsiya qilinib, qishloq xujaligida va boshqa xujalik sohalarida
foydalanilmoqda. Kelajakda rekultivatsiya qilinadigan yer maydoni kulami 20,6 ming gektarga yetkazilishi
rejalashtirilgan.
Uzbektonda sanoat chiqindilari bilan band bulgan yerlar kuproq Olmaliq-Ohangaron sanoat tuguni
hududida uchraydi. Bu esa zudlik bilan bunday yerlarni rekultivatsiya qilish kerakligini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |