5. Mavzu: Ota-onalarga, pedagoglarga o‘smirlarning suitsidal harakatlari oldini olish bo‘yicha maslahatlari.
Maqsad:
Pedagoglar va ota-onalarda o‘smirlarning suitsidal xarakatlari oldini olish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish
Vazifalar:
Voyaga yetmaganlarning o‘z joniga qasd qilish harakatlarining asosiy ko‘rinishlari to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lish
O‘smirlar va yoshlardagi o‘z joniga qasd qilish xulq-atvorining harakatlari to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lish
O‘qituvchilar, bolalar va o‘smirlarning ota-onalari nimani bilishlari kerak:
Nega bola o‘z joniga qasd qilishga qaror qiladi?
- mehr va yordamga muhtoj;
- o‘zini hech kimga keraksiz his qiladi;
- qiyin vaziyatni o‘zi hal qila olmaydi;
- ko‘plab hal qilinmagan muammolari to‘planib qolgan;
- jazodan qo‘rqadi;
- hafa qilganlardan qasos olishni xohlaydi;
- kimgadir yoki biror narsaga erishishni xohlaydi;
Quyidagi o‘smirlar xavf ostida bo‘lishi mumkin:
- oilaviy ahvoli og‘ir;
- o‘qishdagi muammolari;
- do‘stlari kam;
- doimiy qiziqishlari, sevimli mashg‘ulotlarining yo‘qligi;
- yaqin insonini yo‘qotishni boshidan kechirgan;
- o‘z joniga qasd qilishning oilaviy tarixi;
- depressiyaga moyillik;
- spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste’mol qilish;
- sevgan qizi yoki yigiti bilan janjallashish;
- zo‘ravonlik qurbonlari;
- buzg‘unchi diniy oqimlar yoki yoshlar harakati ta’siriga tushib qolgan.
O‘z joniga qasd qilish belgilari:
- o‘z joniga qasd qilish bilan qo‘rqitsa;
- kayfiyatning keskin o‘zgarishi;
- sevimli narsalarni tarqatishi;
- "o‘z ishlarini tartibga soladi";
- tajovuzkor, isyonkor bo‘lib qoladi, hech kimni tinglashni xohlamaydi;
- xavf yoqasida yashaydi, o‘ziga g‘amxo‘rlik qilmaydi:
- o‘zini hurmat qilishi yo‘qoladi.
Siz bu vaziyatda nima qila olasiz?
- bolangizga e’tiborli bo‘ling;
- unga bo‘lgan mehringizni qanday ko‘rsatishni biling;
- u bilan ochiq gaplashing;
- bolani tinglashni biling;
- o‘z joniga qasd qilish haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rashdan qo‘rqmang;
- bolangizni muammo bilan yolg‘iz qoldirmang;
- muammoni hal qilishda to‘g‘ri yondashuvlarini taklif qiling;
- har qanday vaziyatni to‘g‘ri hal qilish mumkinligiga umid tug‘diring;
- bola uchun muhim bo‘lgan odamlarni qo‘llab-quvvatlashga jalb qiling;
- mutaxassislardan yordam so‘rang.
Nima qilmaslik kerak?
- qattiq koyimang;
- hurmat - e’tiborga bo‘lgan istagini inobatsiz qoldirmang;
- "Bu muammomi?", "Sen boshqalarga nisbatan yaxshiroq yashaysan" va hokazo gaplarni aytmang;
- bahslashmang;
- asossiz tasalli bermang;
- o‘smirning ustidan kulmang.
G‘amxo‘r va mehribon ota-onalar, o‘qituvchilar uchun tavsiyalar:
- bolangiz uni sevishingizni doimo his qilsin;
- tez-tez o‘pib bag‘ringizga bosib turing;
- qiyin vaziyatlarda yordam bering;
- unga hayotdagi vaziyatlarni qanday hal qilishni o‘rgating;
- unda o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantiring;
- bolangizga o‘yinlar, rasmlar, kulolchilik, sevimli mashg‘ulotlari orqali o‘z hissiyotlarini ko‘rsata olishiga yordam bering.
Bolaning qalbiga yoqadigan so‘zlar...
- Sen eng sevimli insonimsan!
- Sen ko‘p narsani uddalaysan!
- Rahmat!
- Sensiz nima qilardik!
- Yonimga kel!
- Biz bilan o‘tir!
- Aytchi, senga nima bo‘ldi? -Men senga yordam beraman...
- Muvaffaqiyatlaringdan xursandman!
- Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, senning uying senning qal’angdir!
- Sening borliging qandoq yaxshi!