Dedim: Ey munju yoru sabuk ruh,
Ki sendin toza bo‘ldi joni mahrir.
Borib bir-birda qilsang emdi tahrir.
Bu niyatni o‘zingga farz bilsang,
Senga har neki desam arz qilsang
Sabo oshiqning iltimosini bajarish uchun yo‘lga otlanadi. U ma’shuqa manzilga yetib, odob va tavoze bilan oshiq nomasini tutqazadi. Oshiq o‘z nomasida ma’shuqaning o‘zini maftun etgan mubolag‘aviy tasvirini ta’rif etib, ana shu go‘zallikning maftuni bo‘lib qolganligini bayon qiladi. U ma’shuqadan o‘ziga rahm-shavqat qilishni, yomon ko‘z bilan begonadek qaramaslikni iltijo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |