Ki: “Shoho, men arabmen barda to‘zg‘on,
Tikon birlan muhabbatni dam urg‘on...
Kechib suvdin yurub ko‘z yoshi birlan,
Kun eltib, oyu yil o‘t boshi birlan.
Tilab bir pora yomg‘ur suyi toptim,
Zulolidin tama’ og‘zini yopdim.
O‘zum ichmay sanga kelturdum oni,
Ki ko‘rdum sanda sultonlar nishoni
Manga emdi bu suvdin obi ru qil,
Dedim ulki bor erdi o‘zga sen bil”.
Xorun o‘sha arabning bu so‘zlarini eshitib, mamnuniyat bilan xizmatkorlariga: “bu odamning idishiga to‘ldirib pul beringlar”, deb amr berdi. O‘sha arab bilsaki, shu erda Dajla daryosi oqib o‘tar ekan. Agar Xorun shunday deb aytsa, uning obro‘yi to‘kilishi aniq edi. Ammo Xorun nihoyatda oliyjanoblik bilan o‘sha arab “menga obi ru qil” degan iltimosini bajo qildi. Yusuf Amiriy Boysung‘ur mirzoning barcha faoliyatidan juda yaxshi xabardor bo‘lgani uchun ham ilm homiysi sifatida unga yuqori baho beradi. U bu asarida Boysung‘ur mirzoni ilf-fan va ulamolar homiysi sifatida ta’riflaydi, turli fanlar rivojida uning xizmatlari katta ekanini aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |