Xulosa
Yusuf Amiriy nomasining adabiyotimiz tarixidagi ulkan mavqei va shuhrati faqat uning tematik – g‘oyaviy yuksakligi bilangina emas, balki, ayni zamonda, ilg‘or fikr – g‘oyalarining orginal ifodasini ta’min etgan o‘ziga xos badiiyati bilan ham bevosita aloqadordir. Alisher Navoiyning ta’rifiga ko’ra Amiriy o’z zamonasining yetuk shoirlaridan va Navoiy bilan bir zamonda yashagan. Navoiy Amiriy haqida Majolisun nafois va Muhokamat lug’ataynda ulug’ shoir, davlat arbobi sifatida baho bergan. Umuman, tasvir jihatidan beqiyos bo‘lgan Amiriy merosi buyuk g‘oyalar va yuqori badiiylik tabiiy mutanosiblikning yorqin namunasi bo‘lib, ijodkor badiiy tafakkurining qudrati va imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |