Da quruQlikda yashovchilar (Amphibia) sinfining umumiy tavsifi va tasnifi, ekologiyasi



Download 26,39 Kb.
bet5/5
Sana17.09.2021
Hajmi26,39 Kb.
#176810
1   2   3   4   5
Bog'liq
1,8

Dumsizlar turkumiga 2100 ga yaqin tur kiradi. Boshi yapaloq, tanasiga tutashib ketadi, dumi yo’q, keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan 2-3 marta uzun. Shu sababli ular sakrab harakat qiladi. Urug’lanishi tashqi.

Dumsiz amfibiyalarga to’garak tillilar, haqiqiy baqalar, qurbaqalar, daraxtlarda yashovchi kvakshalar oilalari kiradi va bular Yer yuzida ancha keng tarqalgan. O’zbekistonda dumsiz amfibiyalarning faqat 2 ta turi – ko’l baqasi va yashil qurbaqa yashaydi.

Suvda va quruqlikda yashovchilar sovuq qonli (poykilotermli) hayvonlar bo’lib, ularning gavda harorati tashqi muhit haroratiga bog’liq bo’ladi. Shu bilan birga ularning hayoti atrofdagi muhitning namligiga bog’liq bo’ladi.

Amfibiyalarning yashash joylari ancha xilma-xildir, lekin ko’pchiligi nam joylarda yashasa, boshqa birlari butun umrini suvda o’tkazadi (dumlilar). Tropik zonalarda yashovchi oyoqsizlar esa yer tagida hayot kechiradi. Bolqon proteyi qorong’i g’or suvlarida yashaydi. Amfibiyalar sovuqqonli bo’lganligi sababli tashqi muhit harorati 10 Co bo’lganda – faolligi susayadi, 5 -7 Co bo’lganda karaxt bo’lib qoladi, Harorat –2 Co bo’lsa o’ladi. Shuning uchun ham amfibiyalar asosan ekvatorda tarqalib, qutblarga borgan sari turlarining soni keskin kamayadi. Bundan tashqari, amfibiyalar nam iqlimda yashaydi, quruq iqlimda esa yashay olmaydi. Ular sho’r suvda ham yashay olmaydi.

Amfibiyalarning oziqlanishi deyarli bir xil bo’ladi – asosan hayvon organizmlari bilan ovqatlanadi, faqat ularning itbaliqlari o’simliklar bilan ovqatlanadi. MDH da yashaydigan amfibiyalar hasharotlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, jo’jalar, sichqonlarni tutib yeydi.

Amfibiyalarning ko’pchiligi bahorda ko’payadi. Baqa, qurbaqa va boshqa ko’pchilik amfibiyalar ikralarini suvga tashlaydilar va urug’lanishi suvda o’tadi. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda esa urug’lanish ichkidir.

Amfibiyalarning pushtdorligi o’zgarib turadi. Baqalar 10000 tagacha ikra qo’yadi. Suvning haroratiga qarab itbaliqlar 8 kundan 28 kungacha rivojlanadi. Yozning oxirida itbaliqlar baqalarga aylanadi. Ko’pchilik amfibiyalar nasli uchun qayg’urmaydi. Ammo ba’zi amfibiyalarda nasl uchun qayg’urish namoyon bo’ladi, lekin bularning pushtdorligi keskin kamayadi. Masalan, oyoqsizlar 20 dona tuxumlarini yer kovaklariga, ildiz yoki tosh ostiga qo’yib, ularni tanasi bilan o’rab olib isitadi. Amerika pipalari 50-100 tuxumlarini orqasidagi chuqurchalariga qo’yadi.

Amfibiyalarda bir kecha-kunduz va fasl siklliligi bor. Qurbaqalar, bo’z baqalar va tritonlar kechasi aktiv hayot kechiradi. Harorati va namligi yuqori bo’lgan tropik o’rmonlarda ko’pchilik amfibiyalar hayotini yil bo’yi faol kechiradi. Lekin bu zonalarda qurg’oqchilik va yog’ingarchi-lik fasllari almashinib turganda amfibiyalarning hayot muhitlari keskin o’zgaradi. Qurg’oqchilik mavsumida amfibiyalar uyquga ketadi. O’rta shimoliy kenglikda amfibiyalar qishda uyquga ketadi.

Suvda ham quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi katta ahamiyatga ega. Chunki bu bilan butun quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlik muhitiga chiqishi – ularning tuzilishida muhim o’zgarishlar yuzaga keltirilishi ko’riladi. Avvalo, jabra bilan nafas olishdan o’pka bilan nafas olishga o’tiladi, suzgich qanotlari 5 barmoqli oyoqlarga almashinadi. Keyin qon aylanish sistemasi, nerv sistemasi va suzgich organlari o’zgaradi.

Devon davrining oxirlarida chuchuk suvlarda yashovchi cho’tka qanotli baliqlardan birinchi amfibiyalar – ixtiostegidlar kelib chiqadi. Bular toshko’mir davri quruqlik faunasining eng ko’p guruhlari bo’lgan amfibiyalarning 2 ta – ingichka umurtqalilar va yoy umurtqalilar kenja


sinflarini bergan. Bular cho’tka qanotli baliqlar bilan amfibiyalar o’rtasida oraliq o’rinni egallaydi. Chunki bu hayvonlarda jabra qopqog’ining qoldig’i, dum suzgich qanoti, terisida tangachalari bo’lgan. Lekin juft 5 barmoqli oyog’i bo’lgan. Paleozoy erasida yashagan amfibiyalarni hammasi stegotsefallar deb atalgan.

Yoy umurtqalilarga labirintodontlar va proanurlar kiradi. Bularning hammasi toshko’mir va perm davrlarida qirilib ketadi. Proanurlardan dumsizlar kelib chiqqan. Toshko’mir davrida yupqa umurtqalilar – lepespondlilar paydo bo’lib, perm davrida qirilib ketadi va bulardan oyoqsiz va dumli amfibiyalar kelib chiqadi.

Umuman olganda amfibiyalarning inson uchun ahamiyati katta. Avvalo, ular turli-tuman yerlarda yashab, zararkunandalarni qirib, bog’larga, poliz va dalalarga, o’rmon va o’tloqlarga katta foyda keltiradi. O’t baqasi 1 sutkada o’rtacha 6 ta umurtqasiz hayvonni yeydi, 6 oy davomida esa 1200 dona hasharot va mollyuskalarni qiradi. Ikralari, itbalig’i va voyaga yetgan amfibiyalar ko’pchilik ovlanadigan baliqlar, o’rdaklar va boshqa qushlar uchun yem bo’ladi. Ba’zi mo’ynali hayvonlar (norka, qunduz) baqalar bilan ovqatlanadi. Ba’zi mamlakatlarda (Fransiya, AQSh, Sharqiy Osiyo davlatlari) baqa va salamandralarning go’shtini odamlar iste’mol qiladilar. Baqa va triton biologiya va tibbiyot izlanishlarida juda ham ko’p miqdorda laboratoriya hayvoni sifatida ishlatiladi.

Baqalar ovlanadigan baliqlarning chavoqlarini yeb, ma’lum darajada zarar ham keltiradi.



Amfibiyalar inson uchun foydali bo’lganligi sababli ularni qo’riqlash zarur. Shu sababli amfibiyalarning 8 turi «MDH Qizil kitobi»ga kiritilgan. Ularning ichida yetti suv tritoni yoki baqatish, ussuriy tirnoqli tritoni, karpat tritoni, qamish qurbaqasi va boshqalar bor.


1 Hikmen. Roberts Keen. Larson I’Anson. Eisanbaur Integratet Principles of ZOOLOGY 502-503 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.


Download 26,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish