D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Dars o‘tishda doskaning va boshqa texnik vositalarning tutgan o‘rni



Download 0,89 Mb.
bet37/54
Sana14.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#42489
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Tojiboyeva D.

§. Dars o‘tishda doskaning va boshqa texnik vositalarning tutgan o‘rni

0‘quv jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng kam chiqim talab qiladigan vosita oddiy doska hisoblanadi.

Doskadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin:

  • notanish so‘z, iboralarni yozish;

  • turli chizmalar, diagramma, sxemalar chizish;

  • rasmlar yordamida illyustratsiya qilish;



  • misollar yechish;

  • formulalar yozish va boshqalar.

Doska har bir auditoriyada bo‘lishi kerak. Dars paytida doska- dan foydalanish uchun uni darsga tayyorlash lozim. Agarda o‘qituvchi ilgari dars o‘tmagan auditoriyada dans o‘tadigan bo‘lsa, doskaning o‘lchamlari,uning qandayligi bilan tanishishi kerak. Darsda doskadan optimal darajada foydalanishga harakat qilish lozim:

  • zarur jumlalarni yozish, grafiklar chizish, bir-biridan ajratish, chiziqlarni rangli bo‘r bilan chizish;

  • agar murakkab chizmalar chizilishi kerak bo‘lsa, awal xomaki nusxasini chizib ko'rish;

  • doskadagi tasvir iloji boricha tushunarli, taassurot qoldiradi- gan bo‘lishi kerak.

Doskaga aniq, talabalar o‘qiy oladigan qilib yozish kerak. Yo- zayotganda tushuntirishni to‘xtatib, yozib bo‘lgach, gapirish kerak. Chunki, auditoriyada talabalarga orqa o'girgan holda doskaga qarab yozib turib, gapirilgan fikrni ilg‘ash qiyin.

Doskada ishlashning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.

Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ishlatishning osonligi, tayyorligi;

  • o‘zgartirishlar kiritishning osonligi;

  • darsni o‘tishga qarab mos holda ishlatish mumkinligi;

  • qo‘shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollami moslashtirish;

  • murakkab nisbatlarni ko'rgazmali ifodalash mumkin;

  • chizmalar, formulalar va boshqalarni yozib ko‘rsatish, qabul qilish va tushunishni osonlashtiradi;

  • yaxshi yodda qoladi;

  • doskadan konspektga ko‘chirilgan misol va rasm, chizma, grafiklar kelgusi darslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi.

Kamchiliklari:

  • doskaga yozayotganda talabalarga orqa o‘girib turiladi, Audi- toriya bilan ko‘z qarash kontaktini yo‘qotiladi;

  • bir marta yozilgan narsa o‘chiriladi;

  • yozish, chizishga vaqt ketadi.

Doska-stend—mashg‘ulotlarda o‘quv munozaralari boshqa turli muhokamalarning guruh, ishlari natijalarini hujjatlashtirishda foy- dalaniladigan o‘qitish vositasi.

Stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi, turli rangdagi va





slmkldagi kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yor- datnida sxemalar, tuzilmalar, sharxlar va shu kabilarni tuzish mum-


Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, grafik, izoh-sharhlar va hokazo kartochkada aks ettirilgan ma’lumotlar, joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr- mulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega boiadi.

Doska-bloknot yoki flipchart doskasi — bu varaqlanadigan qog'ozli doska bo'lib, unga marker bilan yoziladi. U turli-muho- kama yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlarni qayd etishda qo‘llaniladi. Uning qulayligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o‘quv xonasiga osib qo'yish, istagan paytda qulay joyga ko‘chirish, kerak boisa, devor yoki doskaga birin-ketin hamma varaqlarini yopishtirish mumkin. Un- dan guruhiy bahs-munozaralarning natijalarini saqlash, kerak boiganda ishlatish, turli masalalar bo‘yicha asosiy qismlarni ajratib ko‘rsatish muhokama qilinayotgan masalaga qaytish, kichik guruh­lar yoki butun guruh ishining natijalarini bir paytda ko‘rish imkoni mavjud. Diqqatni tortish yoki fikrni ajratib ko'rsatish uchun rangli markerlardan foydalanish mumkin.

Uning asosiy kamchiliklari: yozuv, bildirilayotgan fikr tushu­narli bo‘lishi zarur, aks holda uni o‘qish qiyin bo‘ladi, ayniqsa, muhokama qilinayotgan masalaga ma’lum bir vaqt o‘tgach qayt- ganda;

  • varaqlardan nusxa ko‘paytirish qiyin, faqat fotosurat olish yoki ko‘chirib yozish mumkin xolos;

~ ko‘p flipchart qog‘ozlari talab qilinadi.

Doska turlaridan yana biri Pinbord doskasidir. U (inglizcha pin-mahkamlash, board- doska). Bu doskaning boshqa doskalardan farqi shundaki, unga maxsus qog‘oz tortilgan bo‘lib, unga dars jarayonida muhokama qilinayotgan mavzu, masala, muammo bo‘yicha talabalar tomonidan yozilgan kartochkalarni ignalar bilan mahkamlash imkonini beradi. Bunda kartochkalar turli rang va shaklda bo‘lib,ularga maxsus rangli flomaster yoki markerlar bilan yoziladi. Ular yordamida fikrlar gufuhlanadi, tizimga solinadi jamoaviy yagona yoki qarama-qarshi pozitsiya aniqlanadi.

0‘qituvchi muammoni o‘rtaga tashlaydi hamda talabalarga o‘z nuqtayi nazarlarini bayon qilishni taklif qiladi. «Aqliy hujum» me­todi asosida muhokamani tashkil qiladi. Har bir talaba o‘z fikrini aytadi, ular muhokama qilinadi. Ular orasidan eng optimal yoki





samarali deb topilgani 2—3 so‘z bilan kartochkalarga yoziladi va doskaga mahkamlanadi. Talabalar tomonidan bedgilangan guruh vakillari doskaga chiqib, boshqalar bilan maslahatlashgan holda:


  • xato, qaytarilgan fikrlarni olib qo‘yishadi;

  • munozarali fikrlarni aniqlashtirishadi;

  • g‘oyani ma’lum tizimga solish alomati bo‘lgan fikrlarni aniqlashadi;

  • fikrlar yaqinligi va o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha kartoch- kalarni guruhlarga ajratishadi.

  • strelkalar, chiziqlar yoT

Bu doska yordamida muammolar ishlab chiqilib qarorlar qabul qilinishi va guruhiy bahs-munozaralarni boshqarishni ko‘rgazmali qilish mumkin. Shuning uchun pedagoglar o‘rtasida pinbord faqat- gina doska emas, o‘ziga xos dars berish usuli sifatida ham qaraladi.

Pinbord doskasini siljitish mumkinligi, ma’lumotlarni daskaga mustahkamlash, kartochkalarni guruhlash, turli rangdagi kartoch- kalardan foydalanish imkoniyati uning afzalligi bo‘lsa, qog‘ozning ko‘p ketishi, kartochkadagi yozuvlarning turli tumanligi, ularni mustahkamlash vaqtni olishi kabilar uning kamchiligidir.

Shuning uchun mavzu bo‘yicha muammo qo‘yib, taxminan ularni yechimlarini berib, har bir yechim uchun bir rangdagi kar­tochkalar tayyorlab, har bir rangdagi kartochkadan bittadan dos­kaga yopishtirib, uni tanlaganlar nima sababdan shu yechimni tanlaganlarini tushuntirib berishlarini taklif qilish tarzida tashkil et- ish mumkin.

Ko‘rgazmali qurollar darsni qiziqarli va turlicha bo‘lishiga ta’sir ko'rsatadi. Ana shu ko‘rgazmalilikni ta’minlashda kodoskop, proektor va boshqa texnik vositaiardan keng foydalanish mumkin.

Oddiy doska yoki varaqlanadigan (bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazib qo‘yiladigan varaqlardan iborat) doska bilan birgalikda qo‘llaniladigan texnik vositaiardan kodoskop, proek- tordir. Ular yozish uchun vaqtni tejashda eng qulay vositaiardan biri bo‘lib, darsda ko'rgazmalilikni ta’minlashda muhim rol o'ynaydi.

Dars o‘tishda keng qo'llaniladigan nisbatan oddiy, bir auditori- yadan ikkinchisiga olib o'tish oson texnik vosita kodoskop va proektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proektor ko'proq ishlatiladi. Ulardan foydalanishdan awal uning bexato ish- lashini, tozaligini, xonada rozetka bor-yo‘qligini tekshirish lozim.





Slaydlar taqdimot qilinishidan oldin tartib bilan mantiqiy ketma- ketlikda tayyorlab qo'ygan ma’qul.


0‘qituvchi taqdimot jarayonida ekranga qarab emas, balki ta’lim oluvchilarga qarab, nutq tezligiga e’tibor bergan holda gapirishi lozim, ya’ni «ko‘z aloqasi»ni saqlab turishi kerak.

Boshqa vositalar kabi proektoming ham o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.

Kodoskop va proektor bilan ishlashning afzalliklari:

  • dars jarayonida doimiy tasviriy kontakt yuz beradi;

  • plyonkalar dars boshlanishiga qadar tayyor bo‘lishi mumkin; -

  • turli tarzda foydalanishni tashkil qilish mumkin,

  • slaydlarni qo‘lda, fotonusxa, kompyuter yordamida tayyor­lash va ulardan bir necha marta qaytadan foydalanish mumkin;

  • kerak bo‘lmagan qismini yopib qo‘yish mumkin;

  • rangli tasvirni qo‘llash mumkin;

  • foydalanish oson, qulayjoyga ko‘chirish mumkin.

Proektor bilan ishlashning kamchiliklari.

  • talabalar butun diqqatni tasvirga qaratishadi;

  • plenkaga yozish, shuningdek, uni darsga tayyorlash ko‘p vaqt talab qiladi;

  • proektor bilan ishlaganda auditoriya nim qorong‘i bo‘lishi kerak. Buning natijasida ayrim noqulayliklar kelib chiqishi mum­kin.

Hozirgi kunda o‘quv jarayonida, taqdimot qilishda videoproek- tordan tobora keng foydalanilmoqda. Undan foydalanish uchun kompyuter qurilmalari zarur. Oldindan tayyorlangan o‘quv materi- allari va boshqalar videoproektor orqali namoyish qilinadi. U eng yuqori darajada taqdimot imkonini beradi. Namoyish etiladigan materiallarni turli kompyuter dasturlari: Word, Excel, Power Point, Corel Draw va boshqalarda taqdim etuvchining o‘zi tayyorlashi yoki professional darajada tayyorlangan elektron darsliklardan foy­dalanish mumkin. Bunda katta hajmdagi axborotni disket, kompakt disk, fleshka yordamida ko‘chirish, bir marta tayyorlab, keragicha foydalanish mumkin.

Eng muhim afzalliklaridan tayyorlangan materiallarni kam- chiliklarini tezda tuzatish, zarur o‘zgartirishlar kiritish, takomil- lashtirib borish imkoni borligi, materiallarni kompyuter yordamida turli ko'rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirdan foydala­nish, ulami «jonlantirish» va harakatlantirish imkoni mavjudligidir.

Videoproektor albatta boshqa vositalarga nisbatan qimmat, un­dan foydalanish uchun ko‘nikma talab etiladi. Ranglarni noto‘g‘ri


/





tanlash oqibatida ko'z toliqishi, animatsiyani noto‘g‘ri tanlash tu­fayli asosiy diqqat mazmundan chetga chiqib ketishi mumkin. Vi­deoproektor elektr energiyasini talab qiladi.


Umuman olganda, texnik vositalar dars jarayonini ko'rgazmali qilishga, yuqorida aytganimizdek tasawur qilishga va xotirada jonlantirishga yordam beradi. 0‘rganilayotgan mavzuni o‘zlashtirishni, real hayotga, amaliyotga yaqinlashtirishni ta’minlaydi. Ajdodlarimiz bekorga aytishmagan «Yuz marta gapir- gandan bir marta ko‘rgan afzal» deb.

0‘quv yurtlarida muvaffaqiyatli-qo‘llanilayotgan vositaiardan biri vertual stendlardir. Virtual stend — o'quv amaliy stendi yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo'lib, o‘qu vchi-talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’lum yo'nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yor­dam beradi. Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talaba uchun texni- kaga o'zining kirish parametrlarini «buyurishga», o‘z bilimlarini na- zorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini o‘tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog‘liq vaqtdan yo‘qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi.



  1. §. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish

Hozitgi paytda o‘quv materiallari, axborotlarni ekranda ko'rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o‘quv jara­yonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Ularning gurkirab rivoj­lanishi turli axborotlardan samarali foydalanishga qaratilgan jami- yatning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkama- sining 2007-yil 13-fevraldagi majlisidagi ma’ruzasida ta'kidlab o'tilganidek, «Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ularni har bir mutaxassislik va so- halar bo‘yicha qoilash imkoniyatlarini izlash, mazkur texnologiya- larni yanada takomillashtirish jarayonlarida ishtirok etish, eng av- valo, bu boradagi bilimlarni beruvchi, targ'ib etuvchi pedagogik kadr va mutaxassislarni taqozo etadi».1


1 l.A.Karimov. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish asosiy vazifamizdir. Xalq so‘zi, 2007-yil 13-fevral.



Axborot texnologiyalari — bu odamlarning bilimlarini rivojlanti- radigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlami tashkil et- ish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vosi- talaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.

Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.

Zamonaviy axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o‘quv metodlarini keng ravishda qo'llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, video magnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o‘tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Avniqsa, o‘quv jarayoniga kompyuteming kirib kelishi barcha didaktik funksiyalami mu- vafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo‘llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik tex- nologiya deb ham atalmoqda. U:

  • o'quvchi talabalarga o'rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo'yicha to‘liq, ishonchli axborot berish;

  • o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikning rolini oshirish;

  • talaba, o‘quvchilami xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish;

  • o'qituvchining o'quvchi, talabalaming bilimini, ko‘nikmalarini sinash bilan bog‘liq texnik * ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o‘rnatish;

  • talaba-o‘quvchilarni o‘zlashtirishi bo‘yicha obyektiv hisobot, to‘Ia va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi.

Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o‘rinda multimedia turadi. Multimedia komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarni yaratilishi kom­pyuter texnologiyalarining muhim yutuqlaridan biri bo‘ldi. Mul- timedianing vujudga kelishi amaliyotning talabi, nazariyaning rivojlanigi bilan yuz bergan bo‘lsada, keyingi o‘n yillikdagi keskin ravishda oldinga ketish eng awalo texnikaning va tizimli vosita­larning rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu shaxsiy EHMlaming rivoj- lanishi; xotira hajmini keskin ortishi; tezlik va grafik imkoniyat- larning nihoyatda kengayishi; videotexnika, lazer disk, CD-ROM kabilarda erishilgan yutuqlar hamda ularni keng ommaviy ra-





vishda tatbiq etilishi natijasidir. Ayniqsa, ma’lumotlarni tez va
samarali kichraytirish(qisish) metodlarini ishlab chiqish nihoyatda
katta rol o‘ynadi.


Zamonaviy multimedia-shaxsiy kompyuter to‘la «qurollangan»
holda displey-televizor bilan birlashtirilgan stereofonik Hi-Fi uy
kompleksini eslatadi.


Multimedia tasvirdi ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo'lgan
vosita hisoblanadi. U lotincha so'zdan olingan bo‘lib, «ma’Iumot
tashuvchi vosita» degan ma’noni anglatadi.


Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari
asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (obyektlarning fa-
zodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o‘quv materiallarini
o‘quvchi, talabalarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi
ko‘rinishidir.


Multimedia rivoj-
lanayotgan zamonaviy
axborot texnologi-
yasidir. Uning ajralib
turuvchi belgilariga
quyidagilar kiradi: Ax-
borotning xilma-xil



turlari: an’anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar. nutq, musiqa, videofilmlardan par- chalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy mahsu- lotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yor­damida amalga oshiriladi.


Multimedia vositalari yordamida ishlashning quyidagi afzallik­lari bor:

  • berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoni yaratiladi;

  • ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada ortadi;

  • ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoni yaratiladi;

  • ma’lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati yaratiladi.

  • olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘Iganda amaliyotda qo‘llash imkoniga erishiladi.

Shu bilan biiga uni qo‘llashning ayrim muammolari ham mavjud. Chunonchi, ta’lim uchun zarur bo‘lgan o‘quv material­larini hamda boshqa zaruriy ko‘rsatmalami kompyuter dasturlari tarzida ishlab chiqish;



Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari uchun multimedia ele- mentlarini qo‘llash.

POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multemidia tayyorlash va dars jarayonida qo‘llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko'rsatilmoqda.

POWER POINT dasturida mavzuni o‘rganish yoki taqdimot materiallarini tayyorlash quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

  • maqsad qo'yiladi, undan-kelib chiqib g‘oya shakllanadi;

  • g‘oyani asoslash uchun ma’lumotlar yig‘iladi va saralanadi;

  • yig'ilgan ma’lumotlarni ifodalash uchun reja tuziladi;

  • bildirmoqchi boigan fikr matnda ifodalanadi;

  • mavzu, o'rganilayotgan mavzu, muammoga mos, axborotni xotirada saqlanib qolishiga yordam beradigan dizayn tanlash;

  • muvofiq ravishda animatsiya tanlash.

Multimediadan o‘quv jarayonida foydalanishning rivojlanishi turli-tuman multimedia mahsulotlarini, oxir-oqibatda elektron darsliklar paydo bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, ax­borot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo‘l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalari- dan keng foydalanishda ayrim obyektiv muammolar ham mav­jud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining yet- ishmasligidir.

Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foyda-lanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o'rtasida konkurslar o‘tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o‘xshash iqtisodiyotni o‘rganadigan, qo‘llangan chora-tadbirlarning natijasini qanday bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo‘q.

Undan tashqari, hozircha bizda iqtisodiy fanlardan dars o‘tishda qo'llash mumkin bo'lgan o‘quv videofilmlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o'qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo‘llanma]arning elektron versiyalarini yaratilishi, o‘qitish jara­yonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib ke­ladi.

Axborot texnologiyalarining, telekommunikatsiyalarni rivojla­nishi o‘quv jarayonida telekonferensiyalarni kuzatish yoki bevosita





muloqot qilish imkoniyatini ham vujudga keltiradi. Telekonferensi- yalarni o‘tkazish uchun quyidagi apparaturalar: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlaridan foydalaniladi. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb ma- salalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masala- larni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma’lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.

Xulosa



0‘quv jarayonini tashkil etishda texnik vositalar muhim o‘rin tutadi. 0‘quv jarayonida eng ko‘p qoMlaniladigan va eng kam chiqim talab qilinadigan vosita bu doska bo'lib, ishlatish va o'zgartirishlar kiritish osonligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Bu jihatdan unga teng keladigani yo'q. Shuning uchun ham doskadan hozirgi paytda ham keng foydalaniladi. Keyingi paytlarda uni ma’lum darajada zamonaviy turlari doska-stend, doska-bloknot va boshqalar ham qo‘llanilmoqda.

Keng qoMlanilayotgan texnik vositaiardan proektor hisobla­nadi. Uning turli modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, pedagoglar ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari va didaktik imkoniyatlarini bilishi va ularni hisobga olgan holda dars o‘tish jarayonida qo'llashi zarur.

Hozirgi paytda multimedia va o‘quv, ilmiy-hujjatli filmlarni kompyuter va boshqa texnik qo‘rilmalar yordamida namoyish qi­lish real hayotga yaqinlashtirilgan iqtisodiy o‘yinlar orqali darsni tashkil etish tobora ommalashib bormoqda. POWER POINT das- turi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Lekin bizda iqtisodiyotni o‘rganadigan, qo‘llangan chora-tadbirlarning natijasini qanday bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan o‘yinlar dasturlarining yo‘qligi imkoniyatlarni chek- laydi.

Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar



Ta’lim vositalari, real vositalar, texnik vositalar, chop etilgan o‘quv materiallari, doska, doska-stend, doska-bloknot, proektor, multimedia.



Takrorlash va munozara uchun savollar


  1. Texnik vositaiardan dars jarayonida foydalanish qanday ahamiyatga ega?

  2. Ta’lim vositalariga nimalar kiradi?

  3. Texnik vositaiardan o‘quv jarayonida foydalanishning qan­day afzalligi va kamchiliklari bor?

  4. Sizningcha, albatta har bir mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali qurol yoki texnik vositaiardan foydalanish shartmi?

  5. Doskadan foydalanishni asosiy afzalligi va kamchiliklari ni­mada?

  6. Darsda videoproektordan foydalanishning qanday ijobiy to- monlari bor, deb o'ylaysiz?

  7. Multimedia nima va nima sababdan hozirda undan keng foydalaniladi?



xvrr bob. MUSTAQIL ISH VA UNI TASHKIL ETISH


Tajriba ko'rsatadiki, boshlagan ishini sabr-toqat bilan mustaqil ravishda tinmay izlanish orqali oxiriga yetkazadiganlargina hayotda ko‘zlagan maqsadlariga erishadilar. 0‘quvchi-talabalarda ana shu xislatni tarbiyalashda mustaqil ishlarni tashkil etish o‘ziga xos alo- hida o‘rin tutadi. Undan tashqari, hozirgi kunda axborot oqimini nihoyatda kattaligi, fan-texnika taraqqiyoti tufayli o‘qituvchi qanchalik mohir bo‘lmasin, dars jarayonida fan bo‘yicha barcha bilim, axborotlarni
0‘quvchi - talabalarga yetkaza olmaydi. Uni toidirishning yagona yo‘li o‘quvchi, talabalaming o‘z ustilarida mustaqil ishlashlaridir. Mustaqil ishlashning yana bir ijobiy tomoni u mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi. Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchi, talabalarni mustaqil ishini tashkil etishga alohida diqqat qaratilmoqda. Mazkur bob mustaqil ishlash, uni tashkil etish turlari va xususiyatlarini oTganishga bag‘ishlanadi.


  1. Download 0,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish