§. Axborotni yig‘ish va yoyish asosida mavzuni o‘rganishga qaratilgan metodlar
Sinkveyn (axborotni , 0‘rganilayotgan materialni yaxshiroq
yig'ish) metodi anglash uchun qo Uaniladigan metodlar- dan biri—«Sinkveyn (axborotni yig‘ish)»
metodidir.
Sinkveyn — (fransuzcha besh) besh qatordan iborat, o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda o'rganilayotgan tushuncha, hodisa, voqea, mavzu haqidagi axborot yig‘ilgan holda, o'quvchi, talaba so'zi bilan turli variantlarda va turli nuqtayi nazar orqali ifodala- nadi. Sinkveyn tuzish murakkab g'oya, iqtisodiy tushunchalami bir nechagina so'zlar bilan ifodalash uchun muhim bo'lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga, o'zlashtirishga yordam beradi.
Sinkveyn besh qatordan iborat bo'lib, birinchi qatorda bir so'z bilan mavzu yoki muammo yoziladi (odatda ot turkumiga oid so'z bilan).
Ikkinchi qatorda bir so'z bilan ifodalangan mavzu yoki muammo ikki so'z bilan tavsiflanadi (sifat turkumiga oid ikki so'z bilan).
Uchinchi qatorda ushbu mavzu yoki muammo bo'yicha xatti - harakatlar uch so'z bilan xarakterlanadi.
To‘rtinchi qatorda bir so'z bilan ifodalangan mavzu, muam-
moga aloqadorlikni ko'rsatuvchi to'rt so‘zdan hissiyotni ifodalovchi gap (ibora) tuzib yoziladi.
Amaliyotda sinkveyn:
murakkab axborotni sintezlash quroli;
talabalar tushunchalar zaxirasini baholash vositasi;
fikrni ijodiy ifodalash vositasi sifatida juda foydalidir. Sinkveyn tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash
va umumlashtirishda tezkor, ayni zamonda muhim qurol hisoblanadi.
"Sinkveyn ma’lum bir mavzu o'rganilgandarT so‘ng tuzilsa, uning asosiy xususiyatlari, mohiyati tushunilib, yakunlanadi. Sinkveyn materiallar ustida o'ylashga, murakkab axborotni sintezlashga yordam beradi. Ijodiy ishlash imkoniyati kelib chiqadi.
Beshinchi qatorda mavzuning mohiyatini takrorlovchi bir so'zdan iborat sinonim yoki mohiyatini yangicha ifodasi yoziladi.
mavzu, muammo, tushuncha, kategoriya nomi (ot);
tavsifi (sifat);
mavzu bo'yicha harakatlar,
hissiyot, aloqadorlikni ifodalovchi jumla;
mohiyatning yangicha ifodasi, sinonim,
o'rganishning mahsuli, natijasi
Misol:
masala
qiyin, og‘ir •
aniqlash, solishtirish, yechish
bartaraf qilish talab etiladi
muammo
Sinkveyn metodini nisbatan adabiyot, falsafa, tarix va boshqa shunga o'xshash fanlarda qo'llash osonroq. Sababi, ularning sifati va harakati bilan bog'lovchi sinonim so'zlami topish oson. Iqtisodiy fanlardan esa kategoriyalarning sinonimini topish qiyinroq. Lekin uni boshqacha usullar bilan qo'llasa bo'Iadi. Ana shu qiyinchilik uni qo'llashni qiziqarli bo'lishiga olib keladi.
Senkveyn metodidan iqtisodiy kategoriyalami o'rganishda foy- dalanishni quyidagi misol yordamida ko'rish mumkin.
Aytaylik, narx uning sinonimi baho, lekin bahoning narxga nisbatan keng qamrovliligiga e’tibor qaratmaymiz. O'qituvchi si- nonimni talabalarga aytmaydi.
O'qituvchi «Narx» deb doskaga yozib, talabalarga murojaat
qiladi. Narxning sifat tomonini ko‘rsatadigan so‘zlarni keltirishadi. Talabalar: arzon, qimmat, cho'ntakbop, xaridbop, inflatsion va ho- kazolami keltirishlari mumkin. Ana shularni ichidan biz eng mos keladigan, to‘g‘ri ifodalangan deya variantlardan 2 tasini ajratib olamiz. U arzon, qimmat bo‘lsin.
Navbatda narxga bog'liq harakatlarni ifodalovchi so'zlarni topishimiz zarur bo'Iadi. O'qituvchi yana talabalarga murojaat qiladi: aniqlash, taqqoslash, solishtirish, anzonlashtirish, qimmatlashtirish, belgilash, chidash, norozi bo'Iish, rozi bo'Iish, chora ko'rish va hokazolar. Ularning-orasidan eng ma’quli deb aniqlash, taqqoslash, arzonlashtirishni olaylik.
Endi narx bilan aloqadorlikni ifodalovchi 4 so'zdan iborat gap, jumla tuzishimiz kerak. Aytaylik, talabalar quyidagicha jumlalarni keltirishsin:
Narxning ko'tarilishi inflatsiyani ifodalaydi.
Narxning shakllanishi xarajatlarga bog'liq.
Shakllanishi talab, taklifga bog'liq.
Raqobatda muhim omil hisoblanadi.
Odamlami manfaatiga ta’sir ko'rsatadi.
Narx qadr - qiymat o'lchovi va hokazolar.
Ularni orasidan eng yaxshi, narxning mazmunini ochib berishga yordam qiladigan deb qaysi birini tanlaymiz, deya murojaat qilinadi. Aytaylik, 3 jumla talabalar tomonidan tanlansin.
Endi narxga sinonim so'zni topamiz. U baho. Bizning sink- veynimiz quyidagicha bo'Iadi:
Narx arzon, qimmat aniqlash, taqqoslash, arzonlashtirish shakllanishi talab, taklifga bog'liq baho
Bu metodni boshqacha usul bilan sinonim so'z, kategoriya bilan emas, balki antonim so‘z, kategoriya topish tarzida o'tkazish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarda bunday kategoriyalar mo'l.
Uni 2 xil yo'l bilan o'tkazish mumkin:
Birinchi qo'yilgan so'z kategoriyaga xos sifat, harakat, gap tuzish yo'li bilan.
Aksincha, unga zid bo'lgan sifat harakat, jumla bilan. Senk- veynning modifikatsiyasi quyidagicha bo'Iadi:
Foyda qonuniy, yalpi hisoblanadi, olinadi, taqsimlanadi Firmaning mavqeiga ta’sir qiladi Zarar (foydaning aksi)
Zarar kutilmagan, yalpi hisoblanadi, olinadi, qoplanadi Firmaning mavqeiga ta’sir qiladi Foyda (zararning aksi)
Xullas, bu metodni ham turli variantlarda qo‘llash mumkin. U o'qituvchining mahoratiga bog'liq.
Axborotlarni yig‘ishga moMjallangan metodlarga jadval tuzish va ulardan foydalanish ham kiradi (alohida metod sifatida to'xtalib o‘tdik). Bu metod, ayniqsa, iqtisodiy fanlardan statistika, buxgalteriya hisobi, tahlil kabi fanlarda keng qo'llaniladi. Jadval tuzish, qo'yilgan maqsadga ko‘ra uning ega, kesimini aniqlash qoidalari statistika fanida o'rganiladi. Biz esa ulardan fanni o'quvchi- talabalar ongiga yetkazish metodi, fanni o'rganishda qanday tarzda qo'llashga ahamiyat berishimiz darkor.
A , , Keyingi paytlarda iqtisodiy fanlardan
Axborotlarni yoyish , . . . ..
n i * 4. * j- dars berishda klaster (axborotni yoyish) (klaster) metodi t ... , . ' , . , 7
metodidan ham keng foydalanilmoqda.
Klasterlarga ajratish pedagogik strategiya bo'lib, u keng qamrovli
fikr yuritish, o'rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar
o'rtasida aloqa bog'lash malakasini rivojlantiradi. Mavzu bo'yicha
talabalarni erkin ochiq fikrlashiga yordam beradi.
Bu metodni mavzu yoki uzviy savolni o'rganishning da’vat, tushuntirish, fikrlash bosqichida qo'llash mumkin.
«Klaster» so'zi lotincha «g'uncha, bog'lam» ma’nosini anglatadi. U mavjud bilimlarni ifodalash, muayyan mavzu bo'yicha o'ylash jarayonida yangicha fikrlar uyg'otadi. Klaster tarkibiga kiritilgan asosiy tushuncha, g'oyalar o'rtasidagi muhim bo'lgan bog'lanishlarni aniqlash, keng ko'lamli fikr yuritishni rivojlantiradi. «Atrof»ga turlicha nazar solishga o'rgatadi.
Klaster tuzishni mavzuni mukammal o'rganmasdan turib qo'llagan ma’qul. Klaster muhokama qilinayotgan tushuncha, mavzuga so'z yoki jumlaga taalluqli sifatlar ma’lum yo'nalishi bo'yicha guruhlanadi.
Klaster tuzish ketma-ketligi:
Sinf doskasi yoki qog'oz varag'iga muhokama qilinadigan mavzudagi ascsiy tushuncha, «kalit» so'z yoki gap yozing.
Sizni fikringizcha shu mavzuga, tushuncha , «kalit» so‘zga tegishli bo'lgan so‘zlar yoki gaplami yozing.
Yozilgan tushuncha, g‘oyalar o'rtasida bir-biriga mos bog'lanishni o‘rnating.
Imkoningiz boricha turli variant, g‘oya, fikriarni ko'proq yozishga harakat qiling. Eslaganingizning barchasini yozing.
Klaster tuzilishining asosiy qoidalari:
Xayolingizga kelgan barcha fikriarni yozing. Bu fikrlarning ma’nosi haqida o'ylamang, muhokama qilmang, shunchaki, yozib olavering.
■ 2. Imlo va boshqa xatolarga parvo qilmang. Ular yozish ni ke- chiktiradi.
Sizga berilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agar dilingizdagi barini yozib bo'lib, fikr kelishi to'xtab qolsa, u holda yangi fikr, g‘oya kelgunicha qog'ozga so‘zlar o‘rtasidagi bog'lanishni chizib o'tiring.
Imkoni boricha ko‘proq aloqadorlikni toping. Bog‘lanish mumkin bo'lgan so'z, g'oyalarni, ularning oqimi va ular o'rtasidagi bog‘lanishni cheklab qo'ymang.
Klaster ma’lum tushuncha yoki hodisa haqidagi fikriarni ken- gaytirish, turlicha yondashib, muhokama qilish vositasi hisoblanadi. Masalan, iqtisodiyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan, duch kelinadigan, hammaning manfaatiga tegishli kategoriya - narx. Narx tushun- chasi asosida klaster tuzaylik. Buning uchun xayolimizga kelgan barcha so'z, tushuncha, g’oyalarni yozib chiqamiz. Ular quyidagicha bo'lsin:
va hokazolarni yozib chiqishimiz hamda ularni aloqadorlikda quyidagicha chizmada aks ettirishimiz mumkin:
Navbatda tushunchaning bir-biriga o'xshash xossalarini
Narx
Tadbirkorlik
hisob- kitob vositasi
arzon
naf
bozor narxi narx turlari
iqtisodiyotni tartiblash rentabellik chakana narx narx funksiyalari
bozor
qimmat
o‘lchov vositasi mahalliy bozor ulgurji demping jahon
ijtimoiy himoya zarar
talab
taklif
raqobat
xarid
muvozanat chakana narx foyda
umumlashtirib, klaster tashkil etuvchilarni toifalarga ajratamiz. Va uni chizmada ifodalab, bog'lanishni aniqlab, ko‘rsatamiz.
Bu klasterni nihoyatda keng tuzish mumkin, chunki iqtisodi- yotdagi faoliyat natijasi oxir-oqibat narxga kelib taqaladi.
Klaster juda moslashuvchan strategiya, uni barcha fanlarni o‘rganishda individual yoki guruh tarzida qo'llash mumkin.
Klaster «aqliy hujum» uchun misol bo‘ladi. Odatda, «aqliy hujum» metodini qo'llab, dars o‘tganda ham, klaster bo'yicha ishlab chiqilgan, berilgan javoblar bo'yicha ham, umumlashtiruvchi turkumlarga ajratib chiqish amalga oshiriladi. Bu esa talabalarda axborotni turkumlash qobiliyatini rivojlantiradi, fikriarni tizim- lashtirishni o'rganish imkonini beradi.
Axborotlarni turkumlarga ajratishning izchilligini taminlash uchun:
0‘rganiladigan mavzu bo'yicha mavjud fikriarni yozib olish.
Olingan axborotlarni u yoki bu sifatiga ko'ra umumlashtira- digan nisbatan umumiy tushunchalami topish.
Ularni doskaga yoki daftarga yozib, dastlabki yozilgan fikriarni ajratib, yozib chiqamiz.
Taqsimlash jarayonida talabalar u yoki bu tushunchani o'zgartirishlari, yangilarini yozishlari mumkin.
Kichik guruhlar bir-birlarini ishlari bilan tanisha olish imkonini beradigan usullar topishi lozim.
«Narx» klasteri bo'yicha tushunchalami umumlashtiruvchi turkumlarga ajratamiz:
Narxning funksiyalari:
o'lchov va hisob-kitob qilish;
iqtisodiyotni tartibga solish;
taqsimlash;
ijtimoiy himoya vazifasi.
2. Narxning turlari:
erkin narx;
ulgurji narx;
chakana narx;
monopol narx;
jahon narxi va hokazolar.
0‘qituvchining quyidagi maslahatlarga amal qilishi darsni mu- vafaqqiyatli o‘tkazishga yordam beradi:
axborot turkumlashning yagona to‘g‘ri usuli yo‘q. Bir kichik guruhdagi turkumlash ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Faqat ta- labalar o‘z fikrlarini asoslab berishlari zarur;
u yoki bu ishni taqqoslamang, alohida ajratib ko‘rsatmang. Bu guruhda shaxsiyatparastlikni keltirib chiqaradi. Ishni talabalar- ning o‘zlari baholashsin;
talabalarga tayyorlagan turkum siz tayyorlagan va turkum- lagan klasterdan farq qilishi mumkin. Talabalarni- mustaqil fikrlashga o'rgatmoqchi ekanmiz, ularga erkinlik berish va o‘z fikrlarini bayon qilishga imkoniyat yaratish kerak;
umumlashtiruvchi turkumlash natija emas, jarayon sifatida muhim. Chunki u talabalarni o‘ylashga, fikrlashga majbur qiladi.
Klasterni pedagoglar ko‘proq «anglash», «tushunish» fazasida qo‘llagan maqul deyishadi. Chunki bunda o‘quvchi-talaba o‘quv materiallarini nafaqat mustaqil va faol o'zlasinirishi, balki o‘z tu- shunchalarini kuzatib borish imkonini ham beradi.
Axborotni yoyish metodiga o'rganilayotgan fanga qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, flkrni chizma, rasmlarda ifodalashni kiritish mumkin. Bunda, ayniqsa, talabalarga yozilgan matnni chizma (sxema)da ifodalashni topshirish ularni mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, voqyea, hodisalarning bog'lanishi, natijasini tezda ilg‘ashga o'rgatadi. Har sxema o‘ziga xos klaster.
§. Mantiqiy, mustaqil fikrlash va o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatuvchi metodlar
0‘quvchi-talabalarni mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, o‘rganayotgan fan, berilgan turli fikrlar orasidan eng keraklisini tanlab olishga, o‘z fikrini himoya qilishga, asoslashga o‘rgatadigar> qator metodlar mavjud. Ulardan eng diqqatga sazovorlaridan biri «Blits-o‘yin» bo‘lsa, ik- kinchisi «FSMU» metodi.
«Blis-o‘yin* Texnologik jihatdan o‘yin o‘tkazish bir necha
bosqichga bo‘linadi. Berilgan topshiriqni awal har bir «‘quvchi-talaba o‘zi bajaradi. So‘ngra kichik-kichik guruh va butun guruh miqyosida birgalikda muhokama qilib, ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda har bir talaba o‘z fikrini o‘tkazishga, uning to‘g‘riligini isbotlashga harakat qiladi, shu bilan birga boshqalar bilan hamfikr bo‘lishiga yordam beradi.
Buning uchun o‘qituvchi topshiriq mazmuni bayon qilingan tarqatma material tayyorlaydi. Darsda o‘quvchi-talabalarga o‘yin bir necha bosqichda o‘tkazilishi, buning uchun vaqt berilishini ma’lum qiladi. Bajariladigan vazifani tushuntiradi. Tarqatma mate- rialdagi jadvalda bajariladigan harakatlar berilgan.
Dastlab har bir o'quvchi-talaba o‘zi ana shu harakatlar ketma- ketligini belgilangan tartibda jadvalda alohida ajratilgan ustunga qalamda belgilab chiqishi lozimligi tushuntiriladi. Buning uchun har bir o'quvchi-talaba materialni sinchiklab o‘rganishi zarur. Vazifa yakka tartibda bajariladi.
Birinchi bosqich:
Har bir o‘quvchi-talaba vazifani bajarishga kirishadi. 0‘qituvchi yaxshi tushunmaganlarga tushuntiradi. Ular tarqatma materialdagi jadvalda «yakka baho» yozilgan ustunga berilgan hara- katlardan o‘zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketlikda raqamlar bilan belgilab chiqadi. Ulardan qaysi biri birinchi, qaysi biri ikkinchi, qaysi biri uchinchi va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
Ikkinchi bosqich:
Birinchi vazifaga ajratilgan vaqt tugagach, o'qituvchi guruhdagi talabalar sonidan kelib chiqib, 3—4 kishilik kichik guruhlar tashkil qilishni so‘raydi. Kichik guruhlar ixtiyoriy mezonlar asosida tashkil qilinadi. Kichik guruhning har bir a’zosi o‘zi belgilagan harakatlar ketma-ketligi bilan boshqalarni tanishtiradi. Kichik guruh a’zolari o‘z fikrlari, ya’ni o‘zlari belgilaganlari to£g‘riIigini asoslashga hara- kat qilishadi. Muhokama jarayonida bir fikrga kelib, jadvaldagi «guruh bahosi» ustunini to‘ldirishadi, qalam bilan raqamlarni harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha qo‘yib chiqishadi. Buning uchun vaqt vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
0‘qituvchi kichik guruhlar munozarasida ishtirok etmaydi. Faqat ularning faoliyatini kuzatadi.
Uchinchi bosqich:
Barcha kichik guruhlar «guruh bahosi» ustunini toldirib bo‘lgach, o'qituvchi tarqatilgan materialdan «to‘g‘ri javob» ustunini topish va u aytgan harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha raqamlarni yozib chiqishni so‘raydi.
To‘rtinchi bosqich:
Endi, navbatdagi vazifa, «to‘g‘ri javob» ustunida berilgan raqamlardan «yakka baho» ustunida berilgan raqamlarni(yoki ak- sincha), ya’ni kattadan kichikni ayirgan holda farqni «yakka xato» ustuniga yozib chiqish kerakligini aytadi. So‘ngra, «yakka baho»
ustunidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab, jamini hisoblash kerak- ligini ko‘rsatadi. Xuddi shunday tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o'rtasidagi farq kattadan kichikni ayirish orqali bajariladi. Farqlar soni «guruh xatosi» ustuniga yoziladi. Yuqoridan pastga qarab qo‘shib, jami hisoblanadi.
Beshinchi bosqich:
0‘qituvchi yakka va guruh xatolari bo‘yicha tushuncha beradi. Ularni alohida-alohida sharhlab beradi: agar yakka xatolar 21 ta- gacha bo‘lsa (ya’ni o'rtacha bir savolga 2 tagacha), ular o‘rganilayotgan masala bo‘yicha -yetarli tushunchaga ega, mustaqil ravishda berilgan vazifani uddalay oladilar. Turli sharoitda harakat- larni mantiqan to‘g‘ri bajara oladilar.
Agar yakka xatolar soni 21 tadan 30 tagacha bo'lsa, ularning bilimlari yetarli emas, biron bir ish, faoliyatni olib borishga, tashkil etishga qiynaladilar yoki pala-partish bajaradilar. Shuning uchun ular bilimlarini mustahkamlashlari, o'qishlari, mantiqiy fikr yuri- tishni o'rganishlari kerak.
Agar xatolar soni 30 tadan ortiq bo'lsa, bunday o'quvchi- talabalar o‘z ustilarida qattiq ishlashlari talab qilinadi.
«Guruh xatosi» ustunining sharhi:
Agar xatolar soni 21 tagacha bo‘lsa, bu guruhlarda o‘quvchi~ talabalar bir-birlarini tushunishga harakat qilganlar. Bir-birlarini ishontira olganlar. Oqibatda, bir xil natijaga erishganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat o'rnatilgan, flkrlar bir joydan chiqqan.
Agar guruhda xatolar soni 21 dan 30 tagacha bo‘lsa, bu guruh a’zolarining bir fikrga kelishlari qiyin bo‘lgan. Muhokama yuzaki, bir-birlarini xafa qilib qo‘ymaslik uchun shunchaki kelishishgan. Aslida har kim o‘z fikrida qolgan bo‘lishi mumkin. Bu guruhda samimiy munosabat o‘z aksini topmagan.
Agar guruh xatosi 30 dan oshsa, bu guruh a’zolari umuman bir-birlari bilan kelisha olmaganlar. Bir-birlarini o‘zaro ishontira olmaganlar. Har kim o‘z fikrida qolgan. Samimiy munosabat o‘rnatilmagan.
Bajarilgan vazifaning 55-70 foizi to‘g‘ri bo'lsa, qoniqarli, 71— 85 foizi to‘g‘ri bo‘lsa, yaxshi, 86 foizdan yuqorisi a’lo baho qo'yihshi mumkin.
Aytaylik, «Buxgalteriya hisobi» fanidan buxgalteriya hisob- varaqlari o‘rganilganda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy xo'jalik faoliyatining hisobvaraqlari rejasining «Uzoq muddatli ak- tivlar» qismini «Men — buxgalter» blits-o‘yini yordamida ко‘rib chiqish mumkin. Bunda biz hisob varaqlarining raqamlari bo‘yicha
Harakatlar mazmuni
|
Guruh
bahosi
|
Guruh
xatosi
|
To‘g‘ri
javeb
|
Yakka
baho
|
Yakka
xato
|
Nomoddiy aktivlarning hisobvaraqlari
|
4
|
0
|
4
|
3
|
1
|
Debitor qarzlar va muddati kechiktirilgan xarajatlaming hisobvaraqlari — uzoq muddatli qismi
|
9
|
0
|
9
|
8
|
1
|
Aso&iy vositalarning hisobvaraqlari
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
Nomoddiy aktivlarning eskirish hisobvaraqlari
|
6
|
1
|
5
|
4
|
2
|
Kapital quyilmalaming hisobvaraqlari
|
7
|
1
|
8
|
9
|
1
|
Asosiy vositalarning eskirish hisobvaraqlari
|
3
|
1
|
2
|
1
|
1
|
Uzoq muddatli investi- siyalarning hisobvaraqlari
|
5
|
I
|
6
|
5
|
1
|
Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo'yicha olin- gan asosiy vositalarning hisobvaraqlari
|
2
|
1
|
л
J
|
7
|
4
|
Kapital quyilmalaming hisobvaraqlari
|
8
|
1
|
7
|
6
|
1
|
|
|
6
|
|
|
13
|
Demak, birgalikda ishlaganda xato kamaygan. Lekin to‘g‘ri javob berish uchun talabalar o‘z ustida ishlashi, qaysi hisobvarag‘i ketma-ketligini aniq bilib olishi kerak.
FSMU Bu metod ham bir necha faza yoki bos-
metodini qoilash qichga bo‘lib qoMlaniladi. Shuni nazarda tutib, FSMU texnologiyasi deb ham yuritiladi. Bu metod ham o‘quvchi-talabalarni mustaqil, erkin fikrlash va o‘z fikrini himoya
qilishga, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini baholashga, ba- hslashish madaniyatini va unga rioya qilishni o‘rgatadi.
Olz fikrlarini aniq va qisqa ifodalab, uni tasdiqiovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishni o‘rganishga yordam beradi.
Bu metodda ham awalgi metod kabi topshiriq awal har bir o‘quvchi-talaba tomonidan individual, so‘ngra kichik guruhlar hamda butun guruh bilan birgalikda bajariladi.
Tayyorgarlik ko'rish fazasi
0‘qituvchi o‘quvchi-talabalar bilan birgalikda darsda bahs qili- nadigan, muhokama qilinadigan savol, mavzu yoki o‘rganilgan bo‘Iimni belgilaydi. Ana shu doirada har bir o‘quvchi-talabaga o‘z fikrini aytish, flkrning bildirish sababini ko'rsatish, misol keltirish hamda umumlashtirish topshiriladi. Bu topshiriq, bajariladigan ish- ning ketma-ketligi ko‘rsatilgan varaqlar tarqatish orqali yoki dos- kaga yozib, har bir o‘quvchi-talabani o‘z daftariga ko‘chirib olish tarzida amalga oshiriladi.
Axborot bilan ta’minlash fazasi
Varaqlarda quyidagilar yozilgan:
(F) — Fikringizni bayon eting;
(S) — Sabab ko‘rsating(bayon qilgan fikringizga sabab ko‘rsatishingiz kerak);
(M) — Misol keltiring(ko‘rsatgan sababni isbotlovchi misol keltirish kerak);
(U) — Umumlashtiring (bildirgan fikringizni umumlashtiri- shingiz kerak). 0‘qituvchi ulami qanday bayon qilish kerakligini tushuntiradi. Har bir kishi o‘z fikrini erkin aytishi mumkinligi eslatib o‘tiladi. Uni bajarishga qancha vaqt ajratiladi, qanday qoi- dalarga rioya qilish kerak, kabilar e’lon qilinadi.
Topshiriq ustida ishlash fazasi
Har bir o‘quvchi-talaba o‘z fikrlarini tarqatilgan varaqlarda yoki daftarida aks ettiradi. .
Kichik guruhlar ish natijasini muhokama qilish
Talabalar kichik guaihlarga bo'linib, kichik guruhning har bir
a’zosi o‘zi bildirgan fikr bilan o‘rtoqlarini tanishtiradi. Kichik guruh a’zolari birgalikda muhokama qilib, FSMU ni umumlashtiril- gan holda yozadilar. Fikrlarni umumlashtirish paytida har bir o‘quvchi-talaba o‘z fikrini himoya qilishi, isbotlashi mumkin. Kichik guruh o‘z fikrini asosiy guruh oldida himoya qilishga tayyorgarlik ko'radi.
Yakunlash
Наг bir kichik guruh o‘z fikrini guruh oldida bayon qiladi, asoslaydi, himoya qiladi. Buning uchun guruhdan tayinlangan vakil FSMUning har bir bosqichi bo‘yicha bildirilgan fikrlarni" alohida o'qiydi. Guruhning nima sababdan shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin.
Masalan:
Ish haqi to‘g‘risidagi savolni muhokama qilganda, bu metod- dan foydalanishni ko‘rib chiqaylik.
Aytaylik, tarqatilgan varaqdagi yoki amaliy mashg‘ulot (semi- - nar) daftarida meni javobim quyidagicha bo‘lsitr.
F — Fikringizni bayon eting. Meni ish haqim oshsa xursand bo'laman.
S — Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating. Chunki, ish haqi oshgach, meni ehtiyojimni qondiradigan xilma-xil tovar va xizmatlardan foydalanish imkoni ortadi. Anchadan beri orzu qilib yurganim chet elga sayohat qilish imkoni vujudga keladi.
M — Ko‘rsatilgan sababni isbotlovchi misoi keltiring. Men hisoblab chiqdim: awal olgan ish haqim faqat oziq-ovqat va kiyim- kechak, kommunal to‘lovlarga yetar edi. Endi oyiga 100 ming so'mdan jamg'arish imkoniga ega boMdim.
U — fikringizni umumlashtiring. Bulardan shunday xulosa cliiqarishim mumkinki, ish haqi oshgach, boshqalarda ham shunday imkoniyat vujudga keladi.
Navbatda, kichik guruh a’zolarming fikri FSMU varag‘ida aks ettiriladi. Ular asosida qanday umumiy xulosaga kelish va kichik guruh taqdimotida bayon qilishga kelishib olinadi. Kichik guruhda hamma o‘z fikri bilan o‘rtoqlashib, bu yerda inflatsiya hisobga olinmaganini aytishi mumkin. Orzu qilingan maqsadga yetish uchun tovar, xizmatlar taklifi awalgidan kam bo‘lmasligi, narxlar, ayniqsa, oziq-ovqat, kiyim-kechak, kommunal xizmatlari deyarli o‘zgarmasligi kerak. So'mning tovar bilan ta’minlanish darajasi pasaysa, hamma tarmoqlarda ham ish haqining o‘sishi infiatsiyaga olib keladi. Uni pasaytirmaslikning yo‘li mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq o'sishini ta’minlash zarur. U holda kichik guruh a’zolarining umumiy fikri quyidagicha bo‘lishi mumkin:
U — fikringizni umumlashtiring. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan ko'proq darajada ortsa, ish haqining ortishi tur- mush darajasining ko‘tarilishi, turli-tuman yangi ehtiyojlarning qondirilishiga olib keladi.
0‘qituvchi darsni yakunlar ekan, aytilgan fikrlarga o‘z mu-
nosabatini bildiradi. Ularga murojaat qilib, bugungi darsdan nima- larni bilishgani, bu metodni qachon, qanday qo‘llash mumkinligi va boshqa savollar beradi. O'quvchi-talabalar va kichik guruhlar- ning faoliyatini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |