§. Loyiha tayyorlashning taxminiy namunasi va loyiha tayyorlashni o‘rganish
Kasb ta’limi yo‘nalishidagi talabalarning kichik guruhlarda o‘zlari tanlab olgan mavzulari ustida ishlab, ana shu mavzularda ma’ruza va seminar darslari olib borish loyihalarini tayyorlashlarini kichik guruhlarga bo‘lib, loyiha tayyorlash misolida ko'rish mumkin.
Dars o‘tishning texnologik xaritasi. biznes reja tuzish ham o'ziga xos loyiha hisoblanadi. Dars o'tishning texnologik xarita- sini tayyorlash ham ko'rib o'tgan bosqichlarimiz asosida amalga oshiriladi. Dars o'tishning namunaviy texnologik xaritasini awal ko'rib o'tganimiz sababli bu yerda batafsil to'xtamaymiz (V bob,
§ va VI bob, 3-§ga qarang). Asosiy diqqatimizni mavjud muam- molarni o‘rganib, ular orasidan fikrimizcha, dolzarb deb topilgan masalani tadqiq qilib, uni yechish uchun takliflar berish maqsad qilib qo‘yilgan loyiha ishlab chiqishni o‘rganishga qaratamiz.
Quyida loyiha ishlab chiqishning taxminiy namunasini kelti- ramiz:
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi»
«Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi» tomonidan talabalar o'rtasida o'tkazilayotgan «Yilning eng yaxshi
loyihasi» konkursida qatnashish uchun tayyorlangan loyiha
Mavzu: «Agrar sektor xususiyatlari va muammolari konsepsiyasi»
Loyiha rahbari — BR-70 guruh talabasi: Xolmuhamedova D.
Qatnashuvchilar: BR-70 guruh talabalari: Oblomurodov Т., Tog'aev S., Ahmedov A., BR-71 guruh talabalari: Muyinova N., Xudoynazarov S.,
BR-75 guruh talabalari: Sultonova Z., Akbarxo‘jayeva N., Salimbekova F.,
BR-76 guruh talabalari: Jabborov A., Tongotarov A.
Toshkent—2006 TADQIQOT LOYIHASI
Loyiha nomi: Agrar sektor xususiyatlari va muammolari konsepsiyasi.
Konkurs turi: Amaliy tadqiqot.
Dastur turi: 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashti- rishning eng muhim yo'nalishlari to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining «2004—2006-yillarda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini ta’minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar», «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» yilida qo'yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda agrar sektor xususiyatlari va muammolarini tadqiq etish.
Ilmiy yo'nalishi: Iqtisodiyot.
Ilmiy yo‘nalishning aniq shifri va nomi (ilmiy yo‘nalishlar klassifikatori bo'yicha): 6F — Bozor iqtisodiyoti, davlat va huquq nazariyasi.
Tayanch iboralar: Agrar sektor, resurslar, resurslar cheklanganligi, yer, suv resurslari, tabiiy sharoit, hosildorlik, mehnat unumdorligi, renta, dehqon xo'jaligi, fermer xo'jaligi, shirkatlar, qishloq xo‘jaligi infrastrukturasi, "qisqa muddatli muammolar, uzoq muddatli muammolar.
Tadqiqotning qisqacha tafsiloti: Annotatsiya.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida agrar sektor alohida muhim o‘rin
tutadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 26—30 foiz atrofida bo‘lib, ishlab chiqarishning asosiy qismini tashkil etadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo'jaligini rivojlantirish, mavjud resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo'yish maqsadida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermer - dehqonlami qo'llab-quwatlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin qishloq xo'jaligi o'ziga xos xususiyat- larga ega bo'lgan tarmoq bo'lib,. muvofiq ravishda muammolar, yechimini kutayotgan masalalar doimo mavjud. Hozirgi kundagi muhim muammolardan biri xo'jalik yurituvchi subyektlarning real iqtisodiy ahvoli kompleks ravishda chuqur ilmiy o'rganilmaganidir. Masalan, xo'jalik yurituvchi subyektlar almashlab ekishni qanlay tarzda amalga oshirayapti? Fermer, dehqon xo'jaliklarini resurslar bilan ta’minlanish darajasi qanday holatda? Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash-chi? Fermer va dehqon xo'jaliklarini yer maydonining optimal miqdori qanday bo'lishi kerak? Ularga axborot, konsalting va boshqa xizmatlar ko'rsatish darajasi qanday? Nima sababdan agrar sektoiga yo'naltirilayotgan ichki va xorijiy investitsiyalar ulushi kamayib borayapti va hoka- zolar.
Mazkur tadqiqot loyihasi qishloq xo'jaligini iqtisodiy jihatdan kompleks ravishda chuqur o'rganish va o'tkazilgan tadqiqot asosida ilmiy xulosalar chiqarish, takliflar berish, ularga ekspert xulosalarini olish, ilmiy monografiya tayyorlash va chop etishga ruxsat olishni maqsad qilib qo'yadi.
Loyihada qatnashuv- chilarning familiyasi, ismi
|
Qaysi guruh talabasi
|
Loyihada bajaradigan vazifasi
|
1 .Xolmuhamedova D.
|
BR-70 guruh
|
Loyiha rahbari, agrar sektor xususiyatlari
|
Oblomurodov T.
Ahmedov A.
|
BR-70 guvuh BR-70 guruh
|
Qishloq xo'jaligini resurslar bilan ta’minlanishini o'rganish
|
Tog'ayev S.
Shodmonova I.
|
BR-70 guruh BR-71 guruh
|
Qishloq xo'jaligi infrastruktu- rasini o'rganish
|
Kornilov R.
Sultonova Z.
|
BR-71 guruh BR-75 gumh
|
Agrar sektorga investitsiya jalb qilish masalalarini o'rganish
|
Salimbekova F
Akbarxo'jayeva N.
|
BR-75 guruh BR-75 guruh
|
Yer unumdorligi, yagona soliq, yer maydoni optimal hajmi masalasi
|
Jabborov A.
Tongotarov S.
|
BR-76 guruh BR-76 guruh
|
Xarajatlar, mahsulot realiza- tsiyasi muammolarini o'rganish
|
Bajarish muddati: 2009—2011-yillar
Tadqiqot o'tkazish uchun saflanadigan mablag'
14478400 so'm
(Mablag' nimaga, qancha sarflanishi batafsil beriladi. Moddiy xarajatlar, ish haqi, xizmat safari xarajatlari alohida ko'rsatiladi va asoslanadi).
Loyiha ishtirokchilari to'g'risida ma’lumot
Loyiha rahbari to'g'risida ma’lumot:
Familiyasi, ismi-sharifi, qisqacha bajargan ishlari, yashash joyi.
Loyiha ishtirokchilari to'g'risida ma’lumot:
Har bir ishtirokchining familiyasi, ismi-sharifi, qisqacha bajargan ishlari, yashash joyi va boshqalar.
Bu ma’lumotlar ishtirokchilarning loyihani bajarishga layoqati ko'rsatkichlarini qamrab olgani ma’qul. Chunki, ular asosida hakamlar xulosa chiqaradi.
ISHNING QISQACHA MAZMUNI
Agrar sektor xususiyatlari va muammolari konsepsiyasi.
Loyihada yechilishi nazarda tutilgan ilmiy-amaliy muammolar.
Qayd etilgan muammolarning yechimini topish uchun quyidagi yo‘nalishlarda tadqiqot olib borish mo'ljallanadi:
agrar sektorning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish;
xo'jalik yuritishning barcha shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini o'rganish;
agrar sektorning o‘ziga xos xususiyatlari, shu sektorda band bo‘lganlarning daromadlariga qanday ta’sir ko'rsatishini o'rganib chiqish;
mehnat unumdorligi, hosiidorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omil- larni o'rganish; .
qishloq xo‘jaligida fond bilan qurollanish darajasini o'rganish;
ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga turli omillar qanday ta’sir ko'rsatishini 0‘1-ganish;
yetishtirilgan hosilning qanday qismi qayta ishlanishini o'rganish;
narx pariteti va uni xo'jalik yurituvchi subyektlar daro- madiga ta’siri;
talab va taklif noelastikligini dehqonlar daromadiga ta’siri va boshqalarni o'rganish.
Loyiha doirasida o‘z yechimini topishi lozim bo‘lgan aniq ilmiy-texnik vazifalar va muammolar.
Loyihani amalga oshirishda quyidagi aniq ilmiy-texnik vazifalar bajarilishi nazarda tutiladi:
qishloq xo'jaligi faoliyatining huquqiy asoslarini, mamlakatimizda yuritilayolgan agrar siyosatni o'rganish:
agrar sektorda xo'jalik yurituvchi subyektlarga mustaqil tadqiqot obyekti sifatida yondashib, ularning hozirgi kundagi real imkoniyatlarini aniqlash;
agrar sektorda real muammolarni o'rganish maqsadida xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida savolnoma asosida so'rov o'tkazish;
xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati bo'yicha statistik ma’lumotlar, axborotlar to'plash;
yig'ilgan ma’lumot, axborotlarni qo'yilgan maqsadga ko'ra qayta ishlash;
tadqiqot jarayonida olingan ma’lumot, axborotlar asosida nazariy- ilmiy xulosalar chiqarish;
tadqiqot asosida olingan natijalarga ko'ra samarali xo'jalik yuritish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
tayyorlangan hisobotni ekspert xulosalaridan o'tkazish;
ilmiy-amaliy izlanishlar natijasi sifatida monografiya tayyorlash va nashr qilish.
Mazkur loyihada ko‘zlangan maqsad oldin ham qo‘yilganmi?
Aynan shunday mazmunda bunday masala tadqiq qilinmagan.
Loyihani amalga oshirish quyidagi natijalarni olish imkonini beradi:
Qishloq xo'jaligida faoliyat yurituvchi subyektlarning agrar sektorda tutgan o'rnini aniqlash.
Tadqiqot o'tkazilayotgan davrdagi agrar sektordagi real ho- latni aniqlash.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar oldida turgan mavjud muam- molarni aniqlash.
Aniqlangan muammolar bo'yicha ularni bartaraf qilish uchun taklif qilingan tavsiyalar.
Xo'jalikni samarali yuritish uchun takliflar.
Olingan natijalardan xo'jalik yurituvchi subyektlar, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi foydalanadi.
Loyihalarni amalga oshirish bosqichlari va muddatlari
Uni loyiha vaqtini bosqichlarga bo'lib yoki ma’lum bir maqsad va vazifalarni amalga oshirishni ko'zlagan holda, unga ma’lum bir muddat ajratib ko'rsatish mumkin.
Aytaylik, 3 yilga mo'ljallangan loyihaning har bir yilini bir boscfich sifatida belgilab, unda bajariladigan ishlar, erishiladigan natijalar ko'rsatiladi.
Xarajatlar smetasi (ming so'm)
|
|
Xarajat turlari
|
Jami
|
Mehnatga haq to'lash fondi
|
Ustama
xarajat
lar
|
Safar
xarajat
lari
|
Materi-
allar
|
Asbob-
uskuna-
lar
|
Boshqa
xarajat
lar
|
|
Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi
|
12200
|
1258,4
|
400
|
200
|
800
|
50
|
14908,4
|
Hamijrochi tashkilot (agar bor bo'lsa)
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Jami:
|
12200
|
1258,4
|
400
|
200
|
800
|
50
|
14908,4
|
T/r
|
Lavozim
|
Shtat
birligi
|
Ishlov-
chilar
soni
|
Bir ish- lovchining ish haqi (oylik)
|
Bir ishlov- chining yillik ish haqi
|
Jami
|
1.
|
Loyiha rahbari
|
1
|
1
|
100000
|
1200000
|
1200000
|
2.
|
Mutaxassislar
|
10
|
10
|
91666
|
1100000
|
11000000
|
3.
|
Jami
|
11
|
11
|
|
12200000
|
12200000
|
(Loyihaning bu qismi-xarajatlar hisoblashni buxgalteriya hisobi va audit darslarida o'rganiladi).
Namunaviy loyihamiz kafedraning ilmiy ishlarida qatnashishni ko'zlagan iqtidorli talabalar uchun mo‘ljallangan. Darsda esa nisbatan uning oddiy, sodda varianti o'tilayotgan mavzu yoki shu mavzu bo'yicha mavjud muammolar yuqoridagi jadvalda berilgan tartib asosida tayyorlanadi. Lekin barcha talabalar turli tashkilot, fondlar o'tkazayotgan tanlovlarda qatnashish uchun ilmiy tadqiqot loyihasi tuzishni o'rganishni faqat ijobiy baholash mumkin. Talabalar bu metod yordamida biznes-reja tuzishni o'rganadilar.
Barcha metodlar kabi bu metodning ham afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Ko'pincha bosqichma-boqich amalga oshirish mo'ljallangan metodlar texnologiya tarzida ham ifodalanadi. Bunday yondashish ham mumkin, bu har bir o'qituvchining qaysi nuqtayi nazardan yondashishiga bog'liq. Tadqiqot metodiga xos afzal- liklar, kamchiliklar bu metodga ham xos. Biz uni awal ko'rib chiqqanmiz.
Xulosa
Loyihalash metodi — o'rganilishi lozim bo'lgan mavzu, muammo, masalani aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish, qo'yilgan maqsadni va uni bajarish qanday natijaga olib kelishini loyihada aks ettirish hamda uni amalga oshirishni o'rgatadigan metod.
Metodni qo'llash asosida dars o'tganda loyihalash obyektining maqsadini aniqlash, mazmunini ifodalash muhim ahamiyatga ega. Bu metod asosida biznes reja tuzish, texnologik xarita ishlab chiqish, turli loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ko'nik- masi hosil bo'Iadi. Bu metod mas’uliyatni his qilishga o'rgatadi.
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Loyihalash metodi, loyihalash bosqichlari, loyihalash obyekti, loyihalash maqsadi, loyihalash vazifasi, namunaviy loyiha, tadqiqot loyihasi, loyiha taqdimoti, loyihani baholash mezonlari.
Takrorlash va munozara uchun savollar
Iqtisod fanlarini o‘rganishda loyihalash metodi qanday o‘rin tutadi?
Sizningcha, bu metodni qanday mavzu yoki savollarni o'rganishda qo‘llagan ma’qul?
Loyihalash metodining asosiy bosqichlarini aytib bera olasizmi?
Boshqa hech qaysi metod o'quvchi, talabalarda bu metodga o'xshab mas’uliyatni his qilishni shakllantirmaydi, tarbiyalamaydi, degan fikrga qo'shilasizmi?
Siz loyiha taqdimotida nimalarga ahamiyat bergan bo‘lardingiz? Loyiha uchun berilgan baholash mezonlari sizni qoniqtiradimi, yana nimalarni qo'shish mumkin?
Siz o'zingiz qanday muammoni tanlagan bo‘lardingiz?
Loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag' miqdorini hisoblab chiqib, asoslab bera olasizmi?
XIV bob. IQTISODIY FANLARNI 0‘QIHSHDA BOSHQA METODLARNI QO‘LLASH
Dars o‘tish jarayonida qo'llaniladigan metodlar turli-tuman bo'lib, ularning har biri talabalarni bilim olish, axborot ustida ishlash, fanni o'rganishga yo'naltiradi. Biz awalgi boblarda o'rgangan metodlarimizga o'xshab dars o'tishda keng qo'llaniladigan tahliliy va ijodiy fikr yuritishga, o'z fikrini himoya qilishga o'rgatadigan qator metodlar borki, ularni mazkur bobda ko'rib chiqamiz.
l-§. O'quv va ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni o'rgatuvchi metodlar
. _ _ O'quvchi, talabalarni o'qitishda
Kitob ustida mustaqil ishlash qo'llaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ishlash- dir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga o'quv ax- borotini uning o'ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlaydi. O'quv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funksiyalarni barchasini bajaradi.
Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblami yoki para- graflarni sinchiklab o'qish, berilgan materialni o'rganish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bo'lishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qo'llash mumkin.
Kitob ustida ishlash o'quvchi, talaba uchun murakkab va qiyin metod sanaladi. Juda ko'p o'quvchi, talabalar o'qishni bilganlari holda kitob bilan ishlashni yetarli darajada bilmay yoki o'qiganlarining ma’nosiga to'liq yetmagan holda bitiradilar. Bunga sabab nima?
Nima sababdan o'quvchilar ham, talabalar ham o'quv adabiyotlari bilan ishlashni qiyin ko'rishadi?
Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o'tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi:
Birinchidan, darsliklar, ko‘pincha noaniq, mujmal yozilgan bo‘ladi, hech bo‘lmaganda matnni tushunish uchun zarur bo'lgan barcha axborotni kamdan-kam holatda qamrab oladi.
Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga, tushunmagan so‘zga duch kelgach, tipik holatda o'zini passiv tutadi, ya’ni eng osoni kitobni yopib qo‘ya qoladi.
Uchinchidan, o'quvchi, talabalar ko'pincha bir adabiyotdan zarur axborotni barchasini olishni ko'zlashadi.
Shuning uchun amerikalik pedagoglar tomonidan o'quvchi, ta- labalarni kitob ustida ishlashlarini faollashtirish maqsadida «mual- Iifdan so'rang» metodi ishlab chiqilgan. Bu metodni qo'llab darsni boshlashdan oldin o'qituvchi buyuk faylasuflardan Suqrotning yozma nutq haqidagi shikoyatini boshqacha tarzda ifodalab, yozilgan matn doimo tushunarli bo'lavermaydi. Uni tushunmagani uchun o'quvchi aybli emas. Odatda, gapirayotgan kishining nutqida tushunilmagan gapni, so'zni so'zlovchiga savol berib, uni kengroq tushuntirib berishini so'raymiz. Yozma matn, ya’ni kitob ma’nosi tushunarli bo'lmasa, uni tushuntirib berishlarini so'rash mumkin emas. Faqat bunda uni kursdoshlari tushuntirib berishi yoki o'zi harakat qilishi mumkin, deya tushuntiradi.
Buning uchun o'qituvchi talabadan matnda nima yozilganini tushunishni ana shu metod yordamida o'rganishi mumkinligini ko'rsatadi. Bu o'rganilayotgan fan bo'yicha darslik, o'quv qo'llanmasi yoki gazeta, jumallarda chop etilgan bevosita o'rganilayotgan mavzuga taalluqli iqtisodiy maqolalar bo'lishi mumkin.
Bunda o'qituvchi talabalarga mavzu bo'yicha o'quv adabiyoti- dan paragraf yoki biron parchani o'qishni taklif etadi. So'ngra o'qituvchi talabalarga:
Aytinglarchi, muallif bu yerda nima haqida gapirayapti? degan savolni beradi. Talabalar javob bergach, o'qituvchi gap nima haqida ketayotganligiga yakun yasaydi. Hamda aniqroq, tushunarliroq bo'lishi uchun siz bu fikrni qanday ifodalagan bo'lardingiz? degan savol bilan murojaat qiladi.
Bu metodni boshqacha variantda, dars o'tishni uch bosqichga bo'lib quyidagicha qo'llash mumkin:
Dastlab, o'qituvchi talabalarga kitob yoki ilmiy maqolani o'qib chiqib, tushunmagan jumla, fikrni alohida ajratib daftarga yozishni topshiradi.
So'ngra, ikkinchi bosqichda muallif nima haqida fikr yuritayot- gani, u nima demoqchi ekani muhokama qilinadi.
Uchinchi bosqichda, o'qituvchi talabalardan o'zlari muallif sifatida bu fikrni yozma ravishda qanday ifodalagan bo'lar edingiz, yozib bering deb, topshiriq beradi.
To‘rtinchi bosqichda, talabalar yozgan javoblar o'zaro tekshiri- ladi va muhokama qilinadi. Muhokama individual yoki kichik guruhlar bo'yicha olib borilishi mumkin. Asosiy maqsad, yozilgan fikr tanqid qilingan muallifnikiga qaraganda tushunarliroqmi yoki ak- sinchaligini aniqlash.
Talabalar o'z flkrlarini bildirgach, ularni solishtirib, 0‘qituvchi o‘zi yakun yasaydi. Ana shu parchani tushunish uchun awaldan nimalami o‘qigan bo'lishi, nimalami bilish kerak? va hokazo. Topshiriqni bajarilishiga qarab talabalarga ball beriladi Bunday usulni qo‘llash talabalarni 0‘qishni faol o'rganishga undaydi. Undan tashqari talabalarni o‘z flkrlarini asoslashga, materialni taqdim qilishni o'rgatadi.
«Muallifdan so‘rang» usuli bo'yicha talabalar o'zlari yangi matn bilan ishlab, yozishni 0‘rganishadi.
Ushbu usulni modifikatsiyasi darsda 4iigan Inavfu va bir necha o‘quv adabiyotida berilgan shu menmg kasbim» mavzu bo'yicha matnni o‘qib chiqib, so- lishtirish ham mumkin-ki, u talabalarga mavzuni o'zlashtirishga, mustaqil fikr yuritish va bilimini mustahkamlashga katta yordam beradi.
Ko'pincha, o'quvchi-talabalar kollejni, oliy o‘quv o‘quv yurtini bitirib, ishga tushganda ustozlar hayron bo'lishadi, nahot shu nar- salarni bilmaydi, o‘quv yurtini bitirib keldi-ku, u yerda bu nar- salami o'qitgan, o‘rgatgan bo'lishi kerak edi, deb. Psixologlaming fikricha, buning asosiy sababi, eng awalo, har bir kishi o'qishdan aniq maqsad qo‘ymas ekan, ko'zlagan natijaga erishib bo'lmaydi. Agar aniq maqsad qo‘yilmasa, bilimli mutaxassis emas, o‘qiganini to'tiqushdek takrorlovchi, bilganini real hayotda qanday qo'llashni bilmaydigan bitiruvchilar tayyorlanadi.
0‘quvchi, talabalar kitob yoki maqola o‘qir. ekan, unga olgan bilimi yoki undagi berilgan axborotdan joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat topshirishda yoki ball to’plashda qanday foy- dalansam bo'Iadi, degan nuqtayi nazardan qaraydi. Kasb egasi bilimi jihatidan undan ustun bo'lmasada, mutaxassisligi bo'yicha qoiiga kitob tushsa, eng awalo, undan ish jarayonida qanday foydalanish mumkinligiga e’tibor qaratadi. Akademik va amaliy bilimning asosiy farqi ham ana shunda.
Shuning uchun ham hozirda o'quv yurtlarini bitiruvchilami egallayotgan kasblari bo'yicha amaliyot bilan bog'lashga alohida
Biz taxminan nimalami bilamiz?
|
Biz nimalami bilishni xohlaymiz?
|
Biz nimalami bildik?
|
1
|
|
|
2
|
|
|
va hokazo
|
|
|
Uni har bir talaba o'z daftariga chizib oladi. Doskaga yoki qog'oz plakatga (qog'oz doskaga) butun gumh uchun chizamiz. Bunda savol qo'yilib, guruhda juftlik yoki kichik guruhlar, yoki individual tarzda muhokama qilish mumkin.
Bunda «aqliy hujum»ni qo'llash yaxshi natija beradi.
Aytaylik, «Yalpi talab va yalpi taklif» mavzusi bo'yicha seminar darsida ana shu metodni qo'llamoqchisiz.
Bilaman
|
Bilmoqchiman
|
Bildim
|
Talab va uni o'zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar
Taklif va uni o'zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar
Talab va taklif grafigi
Talab va taklif qonuni
Samarali tanlov
Bozor muvozanati
Yalpi talab va yalpi taklif va boshqalar
|
Yalpi talab egri chizig'ini individual talab egri chizig'iga o'xshashlik sabablari
Yalpi taklif egri chizig'i, uni qisqa va uzoq muddatli davr nuqtayi nazari- dan o'rganish
Yalpi taklif egri chizig'ining siljishi nimani ko'rsatadi?
|
a) boylik effekti
b) protsent stavkasi effekti
import effekti
yalpi talab determi- nantlari.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig'i uch bo'lakka bo'linadi:
gorizontal yoki Keyns bo'lagi;
oraliq bo'lak;
d) vertikal yoki klassik bo'lak.
Uzoq muddatli davrda vertikal holda, ya’ni barcha resurslar ishga solingan holatda bo'lishini.
Determinantlar o'zgar- ganda mahsulot birligiga to'g'ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari o'zgaradi. Taklif egri chizig'i o'ngga yoki chapga siljiydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |