D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Kichik guruhlarga boiib dars o‘tishni tashkil etish va uning



Download 0,89 Mb.
bet18/54
Sana14.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#42489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Tojiboyeva D.

§. Kichik guruhlarga boiib dars o‘tishni tashkil etish va uning

asosiy fazalari

Kichik guruhlarda talabalar o‘rtasida fikr almashuv, tahlil qilish imkoniyati keng. Har bir talabaning fikri o‘rtoqlari tomonidan tahlil qilinadi. Bunda har bir talaba, albatta o‘z fikrini asoslashga, himoya qilishga harakat qiladi. Munozara jarayonida har bir talaba o‘z xatosini tushunadi yoki haqligini sinab ko'radi, hamkorlikda muammoni yechishga o‘rganadi.

Guruhni juftlik yoki kichik guruhlarga boiib ishlash maqsadga muvofiq, qachonki:

  • axborot bilan almashuv;

  • g‘oya-fikrlarni yigish va o‘rtoqlashish;

  • qiyin yechiladigan muammo va variantlami tahlil qilish;

  • murakkab masalani yechish va xulosa chiqarish zarur boiganda.

Guruhda ishlash individual ishlashga qaraganda yaxshi natija beradi. Sababi:

  • axborot diapazoni keng, chunki har bir talaba ma’lum ax- borotga ega;

  • hamkorlik natijasida passiv talabalarning ham faolligi ortishi mumkin.

  • ko'pgina taklif, fikrlar o'zaro tanqid natijasida saralanadi.

Guruh bilan ishlashning maqsadi talabalarning bilimini



oshirishdir. Uslubni qo'llash natijasida talabalar tomonidan:

  • birgalikda ishlash shakllanadi;

  • nutq so'zlash va o'z fikrini asoslab berishga, himoyalanishga o'rganadi;

  • mustaqil fikrlash va muammolarni yechishga ishtiyoq shakllanadi;

  • o'rganishga, ishlashga ko'nikma hosil bo'Iadi.

Kichik guruhlarga bo'lib o'tilgan darsda o'qituvchi yagona ax­borot beruvchi, taqriz qiluvchi, baholovchi shaxs sifatida markazda turmaydi. U mavzuni o'rgatuvchidan darsni tayyorlovchi va tashkil etuvchiga aylanadi.

Kichik guruhlarda berilgan topshiriq1 bo'yicha mavzuni inten- siv o'rganishga to'g'ri keladi. Qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ularni chuqur o'zlashtirishga harakat qilish natijasida olingan bilimni uzoq muddat yodda qolishiga erishiladi.

Juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishning muvaffaqi- yatli bo'lishi ko'p jihatdan unga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga bog'liq.

Kichik guruhlarda ishlash faqat qo'yilgan topshiriqni emas, balki uning natijasini muhokama qilishni ham o'z ichiga oladi. Bunda doskadan, texnik vositalardan foydalanish mumkin.

Kichik guruhda ishlashning ahamiyatli jihati kichik guruh, oxir-oqibat umuman butun guruhning ishini unumli bo'lishini ta’minlashdir. Buning uchun o'qituvchi awaldan hamma dars jarayonini rejalashtirishi kerak.

  1. Tayyorgarlik ko‘rish:

  • maqsad qo'yish:

  • material tanlash;

  • kichik guruhlarga topshiriqni tushuntirish;

  • zarur materiallar bilan ta’minlash;

  • qo'yilayotgan topshiriqni, masalani o'qituvchining o'zi ye- chishi zarurligi.

  1. Axborot bilan ta’minlash:

  • kichik guruhlar qanday topshiriq oladilar, uni bajarishga qancha vaqt ajratiladi;

  • qanday qoidalarga rioya qilish kerak kabilar e’lon qilinadi.

  1. Topshiriq ustida ishlash:

  • kichik guruh topshiriqni olgach, vazifalami bo'lishib olishi mumkin;


1 Kichik guruhlar uchun ishlab chiqiltan topshiriqlar namunasi 6,7,20-kah boblarda berilgan.



  • kichik guruhlar o'zining topshirig'ini bajaradi;

  • kichik guruh o'z ish natijasini gapirib berishga, qilgan ishini ko'rsatishga tayyorlanadi;

  • kichik guruh o'z ish natijasini boshqa kichik guruhlar ish natijasi bilan taqqoslaydi.

  1. Kichik guruhlar ish natijasini muhokama qilish:

  • kichik guruhlar qo'yilgan masalani birgalikda muhokama qi­lish uchun yig'iladi;

  • kichik guruhdan bitta talaba (dokladchi) erishgan natijani qisqacha doklad qiladi;

  • ish natijasi muhokama qilinadi;

  • bildirgan fikrlar bo'yicha umumiy xulosaga kelinadi;

  • talabalarga umumiy natija e’lon qilinadi.

O'qituvchining roli:

  • qaror qabul qiladi;

  • darsni tashkil qiladi va boshlaydi;

  • nazorat qiladi va zarur bo'lganda, aralashadi;

  • tahlil qiladi va baholaydi;

Bu metodni qanday qoilanishini yuqorida kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishning kooperativ metodi haqida to'xtalganimizda, qo'llashning asosiy qoidalarini ko'rib o'tdik.

Kooperativ metodning darslik, maqola yoki boshqa matn bilan ishlashga qaratilgan bir usuli «Bumerang»1 deb nomlanadi.

Bu metod o'quvchi-talabalarning dars jarayonida, darsdan tashqari turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materi­alni yodda saqlab qolish, so'zlab bera olish, o'z fikrini erkin bayon qilishni o'rganishiga, dars davomida ularni bilimini baholashga qaratilgan. Metodni qo'llashdan maqsad o'quvchi-talabalarga tarqatilgan materialni yakka va guruh bo'lib o'zlashtirish, suhbat, munozara orqali uning mazmunini tushunishlariga erishishdan ibo­rat.

«Bumerang» metodi kooperativ o'qitish metodi bo'lib, kichik guruhlar bilan dars o'tishga o'xshash bo'Iadi. Bunda dars jarayo­nida talabalarga o'rganilishi lozim bo'lgan matn bilan ishlash top- shiriladi. Bunda dastlab umumiy mavzu matni kichik guruhlarning soniga ko'ra boiinib, kichik guruhning barcha a’zolariga bir xil matn tarqatiladi.


1 Bumerang - avstraliyalik mahalliy aholi ishlatadigan qurol. Otganda yana orqasiga, ovchiga qaytib kelish xususiyatiga ega.




ОДОП




ОДОП




ОАОП

ОДОП




ОДОП




ОДОП


To'rtburchaklar kichik guruhlar va uning a’zolari;

Doir alar ekspertlar guruhi va uning a’zolari


1. Ekspert kichik guruhlari materialni o'rganadilar, taqdimot tayyorlaydilar. Ekspert guruhlari — bu kichik guruhlarda bir xil top­shiriq olgan talabalar bo'lib, ya’ni o'rganilishi kerak bo'lgan kitob betlari birinchi guruhdagi talaba bilan ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi kichik guruhdan shunday topshiriq olganlar, ya’ni xuddi shu betlar tushgan talabalar uchrashib birgalikda o'qib, muhokama qiladilar.

Aytaylik, guruh 24 talabadan iborat bo'lsin. Ularni 6 ta kichik





guruhlarga bo‘lamiz. Bu kichik guruhdagi A nomerli talabaga 15- betni o'rganish topshirilgan bo'lsin, xuddi shu topshiriq 2-kichik guruhdagi A nomerli, 3-kichik guruhdagi A nomerli talaba, 4- kichik guruhdagi A nomerli talaba, 5-kichik guruhdagi A nomerli talaba, 6-kichik guruhdagi A nomerli talabada ham bor. Demak, 6 ta talaba 15-betni o'qib, fikr almashadilar.

Sheriklar - ekspertlar o'z materiailarini o'qib, o'rganishadi. Uni diqqatni tortadigan qilib taqdim etish uchun savollar tayyor- lashadi.

  1. Talabalar o'z kooperativ guruhlariga qaytishadir O'rganilgan

  1. bet materialni navbat bilan, o'zaro bir-birlariga o'rgatishadi. Maqsad: har bir kishi butun mavzuni to'laligicha o'zlashtirishi kerak.

  1. Har bir guruh individual va guruh hisobotini tayyorlaydi.

Guruhlarning har bir a’zosi bilimini sinash yo'llarini o'qituvchi

belgilaydi. Aytaylik, o'qituvchi har bir guruh a’zolariga qator savol­lar berib, og'zaki javoblariga ko'ra yoki yozgan nazorat ishiga qarab, tayyorlagan taqdimoti bo'yicha va boshqa usullar, jumladan, kichik guruhlar va talabalarni o'zlarini va boshqalarni baholashi orqali amalga oshirish mumkin.

  1. §. Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishda turli interaktiv metod qo‘lIash

Tajriba ko'rsatadiki, kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishda turli pedagogik texnologiyalarni qo'llashning imkoni katta. Bu yerda eng asosiy farqlanadigan jihat tayyorlanadigan topshiriq va uni bajarishni tashkil etishdir.

Darsni bosqichma-bosqich (zinania-zina) metodi asosida tashkil etishda topshiriqni Blum taksonomiyasi bo'yicha tayyor­lagan ma’qul. Bunda topshiriq masalan, xarajatlarni o'rganilayotgan bo'lsa, xarajatlar haqidagi tushunchadan boshlab, xarajatlarni hisoblash, taqqoslash, kamaytirish yo'llarini ko'rsatib, ularni baho- lashni o'z ichiga olgan topshiriqlar ishlab chiqiladi. Bunday usul, ayniqsa, iqtidori bir-biridan ancha farqlanadigan guruhlarda qo'llashga mos tushadi. Bilimi bo'sh talabalarga dastlab taksonomi- yaning birinchi bosqich darajasidagi topshiriqlar berilib, qolgan gu­ruhlarga borgan sari murakkablashtirib boriladi. Har bir guruh top­shiriqni yozma ravishda bajargach, guruhdan bir kishi taqdimot qiladi va guruh javobi berilgan topshiriqqa qarab, doskaga ilinadi. Natijada topshiriqlar javobidan iborat zina hosil bo'Iadi. Bunda ta-





laba, albatta, avvalgi guruh taqdimotiga nisbatan ular bajargan top- shiriqdan qaysi tomonlari bilan farqlanishini aytib bersa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O'kituvchi izoh beradi va baholaydi. Kelgusi safar 0‘qituvchi bilimi bo‘sh guruh a’zolariga taksonomiyaning keyingi darajasidagi topshiriq berishni unutmasligi kerak, chunki maqsad bosqichma-bosqich ularni ham yaxshi o‘qiydanganlar safiga qo'shilishlariga yordam berish.

Charxpalak Bunda tayyorlangan vazifa, topshiriqlar guruh­larga tarqatiladi. Har bir guruh a’zolari o'z flkrlarini yozadilar. Guruh raqami, ishtirokchining belgisi qo'yilib, boshqa guruhga uzatiladi. Navbatdagi guruh berilgan materialni o'rganadi, to'ldiradi, o’z belgisini qo‘yib keyingi guruhga uzatadi. Shunday qilib, bir guruhga berilgan topshiriq barcha guruhlar qo‘lidan o‘tib aylanib, oxirida shu guruhga keladi. Bu guruh a’zosi guruh raqami va o‘zi qo'ygan belgi bo'yicha tanib oladi.

Har bir guruh a’zolari o‘z javoblari bilan boshqa guruhlar yozgan javoblarni taqqoslashadi. Farqlami aniqlab, o‘z flkrlarini yozadilar va butun guruh oldida taqdimot qilishlari mumkin. Top­shiriqlar javoblari bilan o'qituvchiga topshiriladi. Bu texnologiyani qo'llaganda o'qituvchi vaqt sarfiga alohida diqqat qaratishi va ol­dindan reglament belgilab qo‘yishi kerak.

3x5 metodi 3X5 metodi o‘qituvchi guruhni ki­

chik guruhlarga bo‘ladi. Aytaylik, guru­hda 25 nafar talaba bor. Ularni 5tadan

  1. ta kichik guruhga bo‘linadi. 0‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha savollar yozilgan varaqlarni tarqatadi. Har bir guruh shu savolga javob tariqasida 3 ta gap, 3 so‘z yoki so‘z birikmasi yozishi zarurligini uqtiradi. Har bir guruhning o‘z rangli qalami yoki flo- masteri bo‘lishi kerak. Natijada qaysi guruh qanday fikr bildirgani oson aniqlanadi. Vaqt belgilanadi.

Har bir guruh javobni yozib bo‘lgach, stolni tark etadi va navbatdagi stolga o‘tiradi. Qoldirilgan materialda bildirilgan fikrlarni davom ettiradi, so‘ngra yana boshqa stolga o‘tadi. Bu jarayon to o‘z joylariga qaytib kelguncha davom etadi. Har bir gu­ruh o‘z joyiga qaytib kelgach boshqalar flkrlarini o'rganadi, taqqoslaydi, umumlashtiradi, taqdimot qiladi.

0‘qituvchi guruhlar ishini tashkil etadi, kuzatadi, berilgan javoblarni tahlil qilib baholaydi. Agarda kichik guruhlarni ko‘chib yurishi uchun imkoniyat bo'lmasa, tarqatma material aylantiriladi.




Qo'yil­

gan

muammo

Muammo­ning kelib chiqish sa- bablari

Mummoni yechish uchun muallif tomonidan bildirilgan fikr

Guruhning yoki guruh a’zosining fikri

yerning

unum-

dorligini

pasayishi

yerning me- liorativ hola- tining yo- monlashuvi

Sizot suvlar uchun drenajlar o'tkazish

Sug'orish jara­yonida suvni ortiqcha isrof qilmaslik ham


Talabalar yakka tartibda ishlab bo'lganlaridan so'ng bajargan ishini barchaga o'qib eshittiradi. Muammolar bo'yicha guruhda fikr almashiladi. O'qituvchi darsni yakunlaydi.

Umuman olganda, darsni kichik guruhlarga bo'lib o'tishni turlicha tashkil etish, topshiriq, vazifalami turli variantlarda qo'llashning imkoniyati katta.



  1. §. Metodning afzalliklari va kamchiliklari

Kichik guruhlar ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan darsni to'g'ri tashkil qilish, topshiriq va uning tarkibini aniqlash, dars o‘tkazishni rejalashtirish va o'tkazishga bog'liq. Darsni kichik gu­ruhlarga bo‘lib tashkil etishning qator ijobiy tomonlari bo‘lib, ular so'zsiz talabalarni o‘tilayotgan mavzuni o‘zlashtirishlarida, mustahkatn bilim, ko'nikma, malakaga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. 0‘zaro ijodiy bog'liqlik, bir-biriga ta’sir etish. Guruhda ijo­biy tarzda o‘zaro ijodiy bog‘lanish yuz beradi.Bunda:

  • Kichik guruh oldiga umumiy maqsad qo‘yiladi (masalan, gu­ruhda biron bir materialni o'zlashtirish. Savolga javob berishi lozim bo‘lgan talabalar ana shu materialni guruhning har bir a’zosi tu­shunib yetishiga e’tibor qilishi kerak).

  • Guruhning barcha a’zolari rag'batlantiriladi (masalan, gu­ruhning har bir a’zosi topshiriqni bajarib, belgilangan natijaga er- ishgandagina ball oladi).

  • Guruh a’zolari o'zlarida bor material va axborotni o‘zaro almashtirishlari, o‘rtoqlashishlari kerak (masalan, guruhning bir qismi bir materialni, ikkinchi qismi boshqa materialni o'rganadi va so'ngra olgan axborotlari bilan fikr almashadilar).

  • Guruh a’zolari o‘zaro hamkorlikda o'ylaydilar va ma’lum rolni bajaradilar (masalan, biri yozib turadi, biri butun guruh nomidan so‘zga chiqadi. Boshqalari munozarada qatnashadi). Shunday tarzdagi ijodiy bog‘lanish ijobiy natija beradi. 0‘zaro hamkorlik jarayonida (og‘zaki tahlil va muloqotda, biri bilgan ax­borotni ikkinchisi bilmasligi mumkin) talabalar bir-biridan o'rganadi.

  1. Shaxsiy mas’uliyatni his qilish. O'zaro ijodiy hamkorlikning o'zi kichik guruhlarga boiinib, dars o'tishning muhim natijasi hisoblanadi. Lekin har bir guruh a’zosining yangi bilimni o'zlashtirishini ta’minlash uchun berilgan material yoki savolni o'rganishda har birining javobgarligini anglashiga erishishi zarur. Har bir talabaning shaxsiy javobgarlikni his qilishi qay darajada ekanligini nazorat ishi yoki tavakkaliga tanlangan guruhning a’zolaridan biri javobiga qarab tekshirish, aniqlash mumkin.

  2. Talabalar o‘rtasida muloqot, kichik guruhda ishlay bilish mahorati. Guruhda samarali ishlash uchun talabalar o'rtasida bir- biriga ta’sir ko'rsatishni rivojlantirish zarur. Bunga masalan, mulo­qot, ishonch bildirish, sardorlik qilish, qaror qabul qilish va nizoli



vaziyatni bartaraf qilish kabilarni ko'rsatish mumkin.

  1. Guruh bo‘lib axborotlami ishlash. Guruh a’zolari birgalikda axborotni ishlaydilar va materialni tahlil qilib, o'z flkrlarini o'rtoqlashadilar. Juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘linib dars o'tish uslubining asosiy jihatlari quyidagilar:

  • ijodiy hamkorlik va bevosita bir-biriga ta’sir ko'rsatish;

  • mas'uliyat his qilish;

  • muloqot, kichik guruhlarda ishlay bilish mahorati;

  • guruh bo'lib axborotlarni ishlash.

Juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib, dars o'tishning o'ziga xos kamchiliklari ham mavjud.

Birinchidan, muammo bilimni rag'batlantirish bilan bog'liq. Bilimi kuchli talabalar yuqori baho ola bilmasliklari, bilimi kuchsiz talabalar materialni o'zlashtirmaganlari sababli butun guruh past ball to'plashi mumkin.

Ikkinchidan, o'qituvchining dars o'tishdagi, hatto murakkab masalalarni muhokama qilishda ham roli minimal.

Uchinchidan, talabalar, bir-biriga bilmaganini o'rgatadi. Lekin yangi tushuncha, yangi o'quv materiaU berilganda fanning maz­munini chuqur va yaxshi tushunadigan o'qituvchi bo'lishi kerak.

To'rtinchidan, juda ko'p o'qituvchilar kichik guruhga bo'lib dars o'tishni oddiy guruh bo'yicha ishlash tarzida ko'rishadi. Lekin nazariy jihatdan o'quv materialini o'zlashtirish uchun bu yetarli emas. Natijada bu uslubning imkoniyati to'la ishga solinmay qoladi.

Beshinchidan, kichik guruhga bo'lib dars o'tish, dars jarayo­nida muammo tug'dirishi mumkin. Sababi, qo'yilgan masalani ki­chik guruhda muhokama qilish uchun qo'shimcha auditoriya talab qilinadi. Shuning uchun kichik guruhlarga berilgan topshiriqni darsdan tashqari paytda muhokama qilib, seminar darsida ma’ruzachilarni tinglash mumkin.

Auditoriyada kichik guruhlarga bo'linib, birgalikda masala, mashq yechish mumkin. Bunda talabalar berilgan topshiriqni ma’nosiga tushunishdimi yoki yo'qmi tekshirish, uni bajarishga aniq vaqt belgilash, talabalar o'rtasida n uloqot tashkil etish kerak.

Metodning kamchiliklariga nisbatan afzallik tomonlari ko'p. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida bu metod keng qo'llanilmoqda. Ayniqsa, bu metodni boshqa metodlar bilan bir­galikda qo'llash imkoniyatlari keng.



Xulosa


Darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish o'quvchi talabalarni hamkorlikda ishlashni eng yuqori darajada olib chiqadigan metod hisoblanib, uni bir necha modellari variantlari mavjud. Metodni qo'llash natijasida talabalarda birgalikda ishlash ko'nikmasi shaklla­nadi. Hamkorlikda ishlash, o'rganish jarayonida talabalar o'zaro o'qituvchi va o'quvchi bo'lib bilmaganlarini bir-birlaridan o'rganishadi .

Kichik guruhlarda dars olib borish, tayyorgarlik ko'rish, ax­borot bilan ta’minlash, topshiriq ustida ishlash, kichik guruhlar ish natijasini muhokama qilish, fazalariga bo'linadi.

Bu metodning afzallik va kamchilik tomonlari mavjud, lekin kamchiliklariga nisbatan afzalliklari ustun bo'lib, uni boshqa me­todlar bilan birgalikda qo'llash imkoni ham katta.

Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar

Juftlik, kichik guruh, hamkorlik qilish, individual fikr, guruh taqdimoti, tayyorgarlik ko'rish, axborot bilan ta’minlash, topshiriq ustida ishlash, yakuniy bosqich, metodning afzalliklari, metodning kamchiliklari

Takrorlash va munozara uchun savollar

]. Juftlik va kichik guruhlarga bo'linib, dars o'tish qaysi jihat­lari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi?

  1. Talabalarning samarali ishlashi uchun kichik guruhlarda qanday qoidalarga amal qilish kerak?

  2. Kichik guruhlarda ishlash talabalarga nimalarni o'rgatadi?

  3. Kichik guruhlarga bo'linib, dars o'tishning asosiy fazalari va ularning mazmunini aytib bera olasizmi?

  4. Metodning afzalliklari nimada? Kamchiliklari-chi?

  5. Sizningcha, kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishning qaysi modellarini qo'llash imkoniyati katta?



  1. bob. IQTISODIY FANLARNI 0‘RGANISHDA MODELLASHTIRUVCHI AMALIY 0‘YINLAR METODI


Ma’lumki insonning shaxs sifatida kamol topishi o‘yindan, o'yinchoqlardan boshlanadi. Shuning uchun qadimdan insonni turli-tuman bilimlarga ega bo'lishi, ularda malaka, ko'nikma, ma- horat shakllanishida o'yinlardan foydalanilgan. O'yin hech kimni befarq qoldirmaydi. Shuning uchun ham iqtisodiy fanlardan real hayotga yaqinlashtirib tuzilgan o'yinlar asosida dars o'tish muhim ahamiyatga ega.

Navbatdagi bob ana shu metodni qo'llashni o'rganishga bag'ishlangan.

  1. §. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda modellashtiruvchi amaliy o‘yinlar metodining tutgan o‘rni

Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, o'yin mehnat va o'qish kabi faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Insonni shaxs sifatida kamol topishida o'yinlarning ahamiyati katta. O'yinlar inson o'zini hayotda namoyon qilishi, o'z o'rnini topishi, o'z-o'zini boshqa- rishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.

O'yinlarni dars o'tish metodi tariqasida borgan sari kengroq qo'llanishiga asosiy sabablardan biri uning qadimdan insonda turli- tuman bilim, ko'nikma, mahoratni hosil bo'lishi va uning xotira- sida saqlanish shakli sifatida qo'llanilib kelishidir.

Iqtisodiy fanlarni o'rganishda modeUashtirish metodi muhim o'rin tutadi. Aynan modellashtirishda talabalar iqtisodiy tushun- chalarni o'rganishni eshitish, ko'rish orqaligina emas, balki o'zlari ham qatnashib o'rganadilar. Natijada, birinchidan, eng passiv tala­balarni ham darsda faol qatnashishlari ta’minlanadi. Ikkinchidan, talabalar u yoki bu tushunchani, jarayonni o'rganishda o'zlari qat- nashganlari tufayli u xotiralarida uzoq saqlanib, faol bilim zaxirasini tashkil etadi.

Bilim va malaka o'qish, faoliyat yuritish jarayonida shaklla­nadi. Biror malakani egallash uchun unga oid faoliyatni ko'p marta takrorlash, mashq qilish, muntazam amalga oshirish zarur. Ana shu



jarayon natijasida o‘quvchi, talabalarda uquv, ko'nikma shaklla­nadi.

Bu jihatdan ham modellashtiruvchi o'yin metodi katta ahami­yatga ega. O'yinlaming afzalligi shundan iboratki, o'yin ishtirok- chilari o'ziga u yoki bu rolni olib, harchand qiziqishlari bir-birinikiga mos tushmasa-da, o'zaro muloqotga kirishadilar, natijada ziddiyatli vaziyat yaratilib, ehtirosli holat yuzaga keladi va bu o'yinga qiziqish uyg'otadi. O'yin ishtirokchilari beixtiyor ravishda o'yin davomida o'z xislatlarini namoyon qiladilar. Bunda ular olgan bilim, kasbiy o'quv

  • malakalarinigina emas, balki umumiy iqtidorini, o'z tabiatidagi mavjud jurat, tezkorlik, kirishimlilik, tashabbuskorlik, faollik kabi xislatlar bor yoki yo'qligini ham namoyish etadilar.

Talabani o'yin jarayoniga tortilishi, o'yin jarayonida yuz bera­digan vaziyat, emotsional hayajon, qavg'urish ularni ijodiy faoli- yatini oshiruvchi kuchli stimulator rolini o'ynaydi. Talabalarda predmetni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish ortadi.

O'yinlardan foydalanib dars o'tish turli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.

0‘yinning didaktik maqsadi. Talabalarni bilimlarni o'rganish, tushunish, amaliyotda olgan bilim, malaka, ko'nikmalarini qo'llash, ularni rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini kengaytirishga qaratil­gan. ■

0‘yinning tarbiyaviy maqsadi. Mustaqillikni, irodani tarbiya- lash, ma’naviy, estetik dunyoqarashni shakllantirish, jamoaga kirishib keta olish -kommunikabellikni tarbiyalash.

Modellashtiruvchi o'yinlar: shartli ravishda imitatsion, amaliy, rol ijrosiga asoslangan o'yinlarga bo'linadi.

Imitatsion o'yinlarda biron bir tashkilot, muassasa, korxona faoliyati andoza qilinadi. Voqyealar kishilarning biror faoli- yati(biznes rejasini muhokama qilish, ish majlislari) andoza qilib olinishi mumkin.

Amaliy(operatsion) o'yinlar. Bunday o'yinlarda aniq o'ziga xos voqyea-hodisa, faoliyat, operatsiyaning bajarilishi mashq qilinadi. Amaliy o'yinlar ish jarayoniga xos ravishda modellashtiriladi.

Rol ijro etish o'yinlari. Unda aniq shaxsning xulqi, xatti- harakati va majburiyatlarining bajarilish taktikasi mashq qilinadi.

Rol o'yinlari o'quvchi-talabalarning shaxsiga katta ta’sir ko'rsatadi. Bu o'yinlarda o'yinda qatnashuvchilarning o'zi muam- molarni o'ylab topishadi, ular faoliyati va qaror qabul qilishi chek- lanmaydi. Ularning o'zi maqsad qo'yib, uni amalga oshirish uchun o'yin qoidasi doirasida turli vositalardan foydalanishadi.





0‘yindagi vaziyat o'yin ishtirokchilari tomonidan alohida pe- dogogik usul sharoitida emas, balki kundalik real hayotiy vaziyatni davomi kabi qabul qilinadi.

Rolli o'yinlar — bu yoshlami tarbiyalash va bo‘sh vaqtini o'tkazishni tashkil qilishning shakli ham. Bu o'yinlar o'rganish, tarbiyalash, dam olishda qo'llaniladi va ular katta pedagogik poten- sialga ega. O'yinlar o'quv jarayonida o'qitish, o'rganish metodi. Uni turli darajada va maqsadlarda qo'llash mumkin.

Barcha talabalarni darsga qiziqib, faol qatnashishlarini ta’minlashda -modellashtiruvchi o'yin metodining oldiga tushadi- gani yo'q.




  1. Download 0,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish