D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi



Download 0,89 Mb.
bet21/54
Sana14.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#42489
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Tojiboyeva D.


Darsni o‘tkazish


Modellashtiruvchi o'yinni o‘tkazish uchun guiuh talabalari ik- kiga bo'linadi. Guruhning yarmi sotuvchi rolini, yarmi xaridor rolini bajaradi. Xaridorlarning qo‘Iiga awaldan tayyorlangan kar­tochkani berib, o‘yin qoidasi tushuntiriladi. Talabalardan birini yordamchi sifatida kartochkalarni tarqatish va ikkinchisini oldi- sotdini nazorat qiluvchi, hisobga oluvchi qilib belgilash mumkin.


  1. Xaridor va sotuvchining kartochkalari alohida saqlanib, har bir raundda aralashtirilishi lozim. Har bir talaba kartochkani ol- gach, shartnoma tuzish uchun sherik qidiradi. Bitim tuzayotganda kartochkada belgilangan narxga ahamiyat berish kerak.

  2. Auditoriyada ma’lum bir joyni bozor qilish.

  3. 0‘yinda kim sotuvchi yoki xaridor bo‘Isa, oxirigacha bo‘ladi.

  4. Talabalarga «Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish varag‘i*





larqatiladi. Har bir talaba shartnoma tuzgach, albatta o‘zining ve- ilomostini to'ldirishi kerak. Kim bilan bitim tuzgan bo'lsa, ismini yo/.ishi, kartochkadagi narxni hamda tuzgan shartnoma bo'yicha narxni yozib qo'yishi kerak. Bu olgan foydasi yoki zararini hisoblash, g'olibni aniqlashga yordam beradi. Talabalarga, ular shartnoma tuzayotganda hisoblash oson bo'lishi uchun oxiri 5 yoki 0 bilan tugaydigan raqam bilan narxga kelishganlari ma’qulligini eslatish lozim.


  1. Talabalarning shaxsiy hisob varaqlarini to'g'ri to'ldirishayotganini aniqlash uchun sinov raundidan keyin, bu va- - raqalarni ko'zdan kechirish kerak. Sinov raundidagi shartnoma umumiy hisob-kitobga kiritilmaydi.

  2. Bozorda oldi-sotdi 5 daqiqadan (yoki 2,3 raund 10 daqiqadan) uch raundda o'tkazilishi, birinchi sinov raundi bo'lishi, ikkinchi va uchinchisi haqiqiy hisobga olinishini e’lon qilinishi kerak.

  3. Namoyish qilinuvchi va tarqatiluvchi materialdan foy- dalanib, shartnomalami hisob-kitob qilish.

  4. Har bir raunddan so'ng, talabalar o'z natijalarini hisoblab chiqishi uchun vaqt ajratish.

  5. Talabalarni iloji boricha ko'proq shartnoma tuzishga rag'batlantirish kerak. Ular o'z kartochkalarini shartnoma tuzgan- dan so'nggina topshirishlari mumkin. Shuning uchun ular zarar ko'rsalar ham shartnoma tuzishlari kerak. Har bir talaba o'z foy­dasini ko'paytirish yoki zararini kamaytirishga harakat qilishi kerak.

Birinchi raundda narxlar bir-biridan katta farq qilishi mumkin.

Bozordagi muvozanat narxini qanday aniqlash mumkin? Bu­ning uchun talab va taklif shkalasi ma’lumotlari asosida belgilangan nuqtalami birlashtirish natijasida hosil qilingan talab va taklif egri chiziqlari yordamida javob beramiz. Ular sotuvchi yoki xaridoraing xatti-harakatini izohlaydi. Ana shu egri chiziqlar kesishgan nuqta (fokal nuqta) muvozanat nuqtasi bo'Iadi. Ana shu nuqtaga mos narx esa muvozanat narxi deyiladi. Talabalar o'zlari chizgan grafik bilan o'qituvchi chizgan grafikni solishtirishlari mumkin. Grafikni muhokama qilish jarayonida o'qituvchi talabalarga «Pirovard bozor narxini kim o'tnatadi, sotuvchimi yoki xaridor?», deb murojaat qi­lishi mumkin. (Albatta, bozordagi narxni sotuvchi va xaridor bir­galikda o'rnatadi).

Qanday qilib sotuvchi va xaridor o'rtasidagi raqobat narxga ta’sir ko'rsatadi?

  1. Belgilangan vaqt tugagach o'yinni to'xtatish hamda tala-





balarni kartoshka bozoridagi umumiy shartnomalar bilan tanishti- rish kerak. Har bir qatnashuvchi o‘zidan boshqalarni shartnomalari qanday tuzilgani bilan tanishishadi.


  1. Ikkinchi raundda talaba o'zi belgilagan narxni baland ovozda e’lon qilishiga ruxsat berishi mumkin. Bu ham axborot oqimini tezlashtiradi.

O'yin tugagach, uni muhokama qilish boshlanadi. O'yinning muhokamasida ko'p foyda yoki zarar ko'rgan talabalar aniqlanib, ularning natijagalari izohlanadi.

Shartnomalarni hisobga olish varag'i orqali kartoshka bozorida narxlar muvozanat narxi tomon o'zgarib borganini ko'rsatish kerak.

Buning uchun talabalarga: har bir raundda kartoshkaning narxi qanday bo'lgan, eng ko'p miqdorda necha so'mdan sotilgan?

Narxlardagi farq qaysi raundda eng ko'p?

Nima sababdan oxirgi raundda narxlar nisbatan bir-biriga yaqin, deb murojaat qilish mumkin.

Birinchi va ikkinchi savolga olingan ma’lumotlar asosida javob ber- sak, uchinchi savolga bozordagi raqobat kurashi, xaridor va sotuvchi- laming ko'proq axborotga ega bo'lishi sabablarini ko'rsatish mumkin.

Sotuvchi va xaridorlar guruhidan birortasi mustaqil ravishda narxni nazorat qilish imkoniga ega emas. Bunga raqobat yo'l qo'ymaydi. Xaridorlar xaridorlar bilan sotuvchilar sotuvchilar bilan raqobat qilishiga talabalarning diqqatini qaratish kerak.

Chizilgan grafik asosida sotuvchi yoki xaridor yutug'ini ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq bo'Iadi.

Qo‘shimcha mashq

Nomukammal raqobat sharoitida narx qanday shakllanishini sinab ko'rish uchun shu o'yinni «Raqobat va bozor narxlarining shakllanishi» mavzusini o'tganda ko'rish mumkin. Bunda sotuv­chilar cheklangan bo'Iadi. Birinchi raundda sotuvchilarga alohida kartochkalar berilib, bir-birlari bilan kelishishlariga yo'l qo'ymay, bozorga chiqariladi. Ikkinchi raundda esa ularni kelishib olishlariga imkon berib, bozor boshlanadi Raund tugagach, ularning olgan foydasi qanday o'zgarganini muhokama qilinadi:

  1. Erkin bozorga nisbatan, sotuvchilar kam, lekin bir-birlari bilan kelisha olmaydigan sharoitda.

  2. Sotuvchilar o'zaro kelishishlari mumkin bo'lgan sharoitda.

O'yin talabalar soni 20 tadan kam bo'lmagan guruhlarda nis­batan yaxshi o'tadi.



5-§. Asarlarni o‘rganishda o‘yin metodini qo'llash (O'zbekiston Prezidentining asarlari misolida)

Asarlar yoki ilmiy maqolani muhokama qilishda modellashti­ruvchi o'yin metodini qo‘llash yaxshi natija beradi. O'yinni konkurs shaklida o‘tkazish mumkin. Buning uchun guruh talabalari ikki komanda va hay'at a’zolariga(2 yoki 4 talaba) bo'linadi. Hay'at a'zolariga o'qituvchi boshchilik qiladi. Barcha talabalarga asarni, maqolani chuqur o'rganish va konspekt qilish topshiriladi. Tanlov tayyorgarlik ka'rish, o'tkazish va natijasini muhokama qilish asosida tashkil qilinadi. Uni qanday o'tkazishni Prezidentimiz asar­lari misolida ko'rib chiqamiz. Konkurs uchun 2 asarni olamiz. Ular:

  1. O'zbekiston: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida;

  2. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xafVsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.

Tanlovni olib borish uchun har ikki jamoadan bittadan bosh- lovchi tavsiya qilinadi.

Konkursda har bir jatnoa uchun 4 tadan topshiriq beriladi. Bu-

lar:

savolga javob; test variantlarini yechish; awaldan tayyorlangan, uy vazifasi, talabalar tomonidan tayyorlangan asar bilan bog'liq ki­chik sahnalashtirilgan epizod, 4-topshiriq talabalar tomonidan test tuzish va unga javob berish bo'lsin.

  1. topshiriq. Har bir jamoaga 3 tadan savol beriladi. Savollar bir xilda konvertlarga joylanadi. Har bir komandadan bir talaba chiqib, konvertni olib, savolni o'qiydi va javob beradi. Javob bera olmasa, komanda yordamga keladi. Komanda ham javob bera ol- masa, raqib jamoa javob berishi mumkin. Har bir to'g'ri javob 1 ball hisoblanadi. Uni o'qituvchi belgilaydi.

  1. Savol: Birinchi bosqich — totalitar tizimdan zamonaviy bo­zor munosabatlariga o'tish bosqichida ikkita hal qiluvchi vazifani birdaniga hal qilishga to'g'ri keldi.

Ana shu hal qiluvchi vazifaning birinchisini ayting.

Javob:

  • Ma’muriy buyruqbozlik tizimining og'ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish.

  1. Savol: Bozor iqtisodiyotiga o'tishning birinchi bosqichida ikkita hal qiluvchi vazifani birdaniga hal qilishga to'g'ri keldi.

Ana shu hal qiluvchi vazifaning ikkinchisini ayting.



Javob:

  • Respublikamizning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllanti- rish.

  1. Savol: Nima sababdan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotning negizi hisoblanadi?

Javob:

  • Chunki, kichik va o'rta biznes bozor talabiga tezda moslashadi va samarali xo'jalik yuritiladi.

  1. Savol. Nima sababdan investitsiyalarni jalb qilishga katta ahamiyat berilayapti?

Javob:

  • Chunki, iqtisodiy o'sishga investitsiyalar qo'yilgandagina er- ishiladi.

  1. Savol: Nima sababdan Prezidentimiz nutqlarida raqo- batchilik muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanadi?

Javob:

  • Chunki, raqobatchilik muhiti bo'lmasa rivojlanish bo‘lmaydi.

  1. Savol: Nima sababdan Prezidentimiz nutqlarida soliqlami miqdorini turli yo'llar bilan oshirish davlatga ham, jamiyatga ham naf bermasligi ta’kidlandi?

Javob:

  • Chunki, soliqlarni haddan ziyod ko‘paytirish oxir-oqibat ishlab chiqarishni qisqartirishga olib keladi.

  1. Savol: I. A. Karimov o'zining mazkur asarida, dono xalqimiz nimani o'rgatadi, deb ta’kidlaydi?

Javob: Dono xalqimiz yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslikni o'rgatadi.

  1. Savol: «Islohotlarning huquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi,» — deb yozadi I.A. Ka-rimov. Shu yo'nalishlar nechta deb o'ylaysiz va qisqacha ta’rif bering.

Javob: Bu yo'nalishlar 5 ta bo'lib, birinchi yo‘nalish —

O'zbekiston ning davlat mustaqilligi, iqtisodiy mustaqillikning hu­quqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish. Ikkinchi yo‘nalish—tizimdagi o'zgarishlarga, sifat jihatdan yangi iqtisodiy munosabatlarga va, eng awalo, mulkchilik munosabatlariga asos soladigan qonunlar maj- muini yaratish. Uchinchi yo‘nalish—xo'jalik yuritishning va institut-





Monal o‘zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mcxanizmini yaratish.
To‘rtinchi yo‘nalish—O'zbekistonni xalqaro munosabatlaming teng huquqli subyekti sifatida ta’riflovchi huqu- qiy normalarni yaratishdan iborat. Beshinchi yo‘nalish—insonning ishonchli konstitutsion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarni va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni ta’minlaydigan qonunlarni ishlab chiqishdan iborat.

  1. Savol: Bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar lizimining tamal toshi bo‘lib nima xizmat qiladi?

Javob: Mulkchilik masalasini hal qilish, bozorni vujudga kelti­rishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xiz- niat qiladi.

  1. Savol: Bozor infrastrukturasini shakllantirish sari tashlan- gan birinchi qadam nimadan iborat?

Javob: Bozor infrastrukturasini shakllantirish sari tashlangan birinchi qadam mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyu- itmasi tizimining, uni ishlab chiqarishni fondlashtirilgan resurslar bilan markazlashgan tartibda ta’minlashning tugatilishidan iborat bo'Iadi.

  1. Savol: Asarda, Ona zaminimiz nimaning asosiy manbai deyiladi?

Javob: Ona zaminimiz — boyligimizning, mustaqilligimizning va go‘zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir.

  1. Savo: Mazkur asarda bizning pirovard maqsadimiz lo‘g‘risida nima deyilgan?

Javob: Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli hu- quqiy demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini baipo etishdan iborat.

  1. Savol: Barcha islohotlarning asl maqsadi nimalarni vujudga keltirishdan iborat?

Javob: Barcha islohotlarning asl maqsadi, birinchidan, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyot ini bosqichma-bosqich shakllanti- rish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, milliy boylikning or- (ishini, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni la’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish. Ikkinchidan, ko'p uk- ladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum qilishga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo'lgan xususiy mulkning davlat to­monidan himoya qilishni ta’minlash. Uchinchidan, korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, iqtisodiyotni boshqa-





rishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag'batlantirish vositalaridan keng foydalnish. To‘rtinchidan, iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur strukturaviy o‘zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish. Beshinchidan, kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyo qara- shini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berishlarni vujudga kelti-

  • rishdan iborat. -

Har ikki jamoa a’zolari javob berib bo‘lgach, javoblar ba- holanib, komandalar yiqqan ballar e’lon qilinadi.

  1. topshiriq. Test shaklida tayyorlangan. Bunda o‘qituvchi to­monidan komandalar uchun mini test tayyorlanadi. Har bir test savoliga javob berish uchun I daqiqadan vaqt ajratiladi. To‘g‘ri javobning har biriga 1 balldan baho qo’yiladi. Testning to‘g‘ri javob­lari hay’at a’zolariga beriladi(misolimizda ular ajratib ko‘rsatilgan).

Testlarimiz quyidagicha bo‘lsin:

  1. komanda uchun testlar

  1. Birinchi bosqichda...

  1. beshta hal qiluvchi vazifani;

  2. uchta hal qiluvchi vazifani;

  1. ikkita hal qiluvchi vazifani;

  2. asosiy vazifani birdaniga hal qilishga to'g’ri keldi.

  1. Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni viijudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimini...

  1. umumlashtiradi;

  2. bir butun qilib birlashtiradi;

  1. tashkil qiladi;

  2. tamal toshi boMib xizmat qiladi.

  1. Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz- tovar, pul bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo’jalik yuri- tuvchi subyektlar o‘rtasida o'zaro aloqani ta’minlashi kerak bo'lgan ...

  1. transportsiz;

  2. bozor infrastrukturasisiz;



  1. banklarsiz;

  2. axborot kommunikatsiyasisiz tasawur etib bo'imaydi.

  3. Butun agrar siyosatning muhim masalasi-negizi: ...

  4. fermer xo'jaliklarini tashkil qilish masalasidir;

  5. yerga mulkchilik masalasidir;

  6. qishloq xo'jaligini texnika, mineral o‘g‘it bilan ta’minlash masalasidir;

  7. agrar infrastrukturani tashkil etish masalasidir.

  8. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning birinchi bosqichida yangi tizim uchun: ...

  9. ishonchli poydevor yaratish vazifasi qo‘yildi va hal qilindi;

  10. san'atni rivojlantirish vazifasi qo‘yildi;

  11. qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vazifasi qo‘yildi;

  12. transport kommunikatsiyasini rivojlar-irish vazifasi qo'yildi.

  13. jamoa uchun testlar

  14. Prezidentimiz «Dono xalqimiz yangi uy qurmay turib, ...

  15. eskisini sotmaslik kerak;

  16. eskisini birovga bermaslik kerak;

  17. eskisini buzmaslik kerak;

  18. eskisini birovga tuhfa qilmaslikni o'rgatadi», — deb ta’kidlaydi.

  19. Eng chuqur tarkibiy o'zgarishlar ...

  20. iqtisodiyotning tarkibiy tarmoqlari va ayrim sohalarini bosli- qarish tizimida yuz berdi;

  21. transport tarmoqlarida yuz berdi;

  22. qishloq xo'jaligi tarmoqlarida yuz berdi;

  23. yoqilg'i sanoatida yuz berdi.

  24. I.A.Karimovning «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqur- lashtirish yo'lida» asari birinchi marta...

  25. 1992-yili;

  26. 1996-yili;

  27. 1995-yili;

  28. 1994-yili nashrdan chiqqan.

  29. Ijtimoiy himoya ...



  1. barcha tabaqalarni qamrab olishi kerak;

  2. aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladi­gan bo‘lishi kerak;

  1. aniq maqsadli bo‘lishi kerak;

  2. aholining ayrim tabaqalariga qaratilgan bo‘lishi kerak.

  1. Iqtisodiy barqarorlikka erishish bilan birga aholini ijtimoiy himoya tadbirlari ko'rilganligi Respublikada ...

  1. barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni ta’minlash imkonini berdi;

  2. tinchlikni ta’minlash imkonini berdi;

  1. aholining daromadini ta’minladi;

  2. aholini ish bilan ta’minlash imkonini berdi.

Javoblar baholanadi. Komandalar yiqqan ballar e’lon qilinadi.

Uchinchi topshiriq jamoalar uchun uy vazifasi. Bizni tanlovimizda uyga vazifa qilib, LA.Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va ta- raqqiyot kafolatlari» asari bo'yicha kichik sahna ko‘rinishi tayyor­lashni berishimiz mumkin. Asar 16 paragrafdan iborat, demak, karnida 16 ta sahnalashtirilgan ko‘rinish tayyorlash mumkin. O'qituvchi uni awaldan rejalashtiradi. 1- jamoa diniy ekstremizm va fundamentalizm, 2- jamoa esa korrupsiya va jinoyatchilik bo'yicha tayyorlashi mumkin.

Bir guruh tomonidan tayyorlangan ko'rinish ikkinchi guruh tomonidan qaytarilmasligi kerak. Jamoalar sahna ko'rinishini namoyish qilib bo'lgach, u hay’at a’zolari tomonidan baholanadi. Maksimal baho 5 ball. Hakamlar talabalarning chiqishlarini ba- holaydilar va ballarni e’lon qiladilar.

4 - topshiriq har bir jamoa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj­lantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti- rishning muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan majlisida Prezidentimizning «Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim», nomli ma’ruzasi bo'yicha 5 tadan test tuzish topshiriladi. Har birlarining tuzgan testlarga raqib komanda a’zolari javob berishadi. Har bir to'g'ri tuzilgan test va unga berilgan to'g'ri javobga 1 ball beriladi.

Talabalar barcha topshiriqlarni a’lo darajada bajarsalar, mak­simal 23 ball to'plashlari mumkin.




Topshiriq mazmuni

To‘g‘ri

javob

Noto'g'ri

javob

1-koman- da to'pla­gan ball

2-koman- da to'pla­gan ball

Birinchi topshiriq: 1 -savolga javob:

  1. savolga javob:

  2. savolga javob: Jami ball













Ikkinchi topshiriq: Test yechish:













Uchinchi topshiriq:

Asar bo'yicha sahna- lashtirilgan ko'rinish tayyor­lash

Jami ball

1.

2.

3.

4.

5.










To'rtinchi topshiriq: test tuzish: testga javob berish: Jami ball













Hammasi:














Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishini baholash mezonlari:

MEZONLAR

Maksimal

ball

1. Tanlangan muammoning dolzarbligi

1

2. Tanlangan muammoning asar mazmuniga mosligi

1

3. Ko'rinishda asar mazmunining ifodalanishi

1

4. Tanlangan mummoning yoritilishi

1

5. Talabalarning o'z rollarini o'ynash mahorati

1


Xuddi shunday tarzda Prezidentimizning «Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, 0‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o'rganish bo'yicha modellashti­ruvchi o'yin tayyorlab (ssenariysini yozib) o'tkazish mumkin.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish