D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi



Download 0,89 Mb.
bet10/54
Sana14.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#42489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Tojiboyeva D.

§. Ma’ruza matnini tayyorlash

Ma’ruza matni har bir fanning ishchi o'quv dasturi asosida, mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Buning uchun mavjud adabiyotlar o'rganiladi, turli manbalardan axborotlar yig'iladi.

Mavzuni o'rganishning maqsadidan kelib chiqib, zarur savollar qo'yiladi, mavzuni yoritish metodi tanlanadi.

Iqtisodiyot nazariyasi barcha fanlar uchun asos bo'lishini hi­sobga olib, namunaviy ma’ruza matni shu fandan beriladi. Ma’ruza o'qilayotgan iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqanda ma’ruzada ma’lum bir farqlar bo'lishi mumkin, lekin ma’ruzaning asosiy mohiyati o'zgarmaydi.

An’anaviy ma’ruza matni

Mavzu: «IQTISODIY RESURSLAR VA JAMIYAT EHTIYOJLARI»

Kirish



Ilgarigi mavzuda iqtisodiy g'oyalarning vujudga kelishi, iqtiso­diyot nazariyasi fani nimani o'rganishi, iqtisodiy qonunlar va kate- goriyalar, fanni o'rganish uslublarini ko'rib chiqdik. Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisodiy fanlarning poydevori ekanligini, u ba- jaradigan vazifalarni o'rgandik. Bugungi darsimiz «Iqtisodiy re- surslar va jamiyat ehtiyojlari» mavzusiga bag'ishlanadi.





Iqtisodiyot nazariyasi fanini o'rganishni aynan ijtimoiy- iqlisodiy ehtiyojlardan boshlashimiz bejiz emas. Chunki, inson ya- sliar ekan, uning ehtiyojlari mavjud. Insonning butun umri ana shu chtiyojlarni qondirishga qaratilgan.

Odamlar doimo goh u yoki bu narsani yetishmasligidan shiko- yat qilishadi. Vaqtimiz yetmaydi, pulimiz yetmaydi va hokazo. Bunga sabab nima? Hech o‘ylab ko‘rganmisizlar?

Bugungi o‘tiladigan mavzuda ana shu savollarning javobini topishga harakat qilamiz. Mavzu ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi, ehtiyojlarning cheksizligi, bu-ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan ne’matlarning ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan resurslarning cheklanganligi muammolarini o'rganishga qaratilgan.

Resurslarning cheklanganligi tanlash va qaror qabul qilish za- ruratini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Shuning uchun ham har bir qa- damimiz tanlash va qaror qabul qilishimiz bilan bog‘liq. Har bir ki- shining hayoti, iqtisodiyotning, qolaversa, butun jamiyatning ta­raqqiyoti qabul qilgan qarorimizga, ya’ni turli variantlardan nimani tanlashimizga bog'liq. Bugungi mavzu ana shu masalalarni ham o'rganishga qaratilgan. Keyingi mavzularda esa qanday qilsak, boshqacha aytganda, qanday qarorga kelsak to‘g‘ri yo‘lni tanlashi- miz mumkinligini o‘rganamiz. Bugungi ma’ruzada qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, quyidagi uzviy savollarni muhokama qilamiz.

Reja:



  1. Ehtiyojlar va ularning tarkibi.

  2. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni.

  3. Resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarni qondirish. Iqti­sodiyotning bosh muammosi.

Adabiyotlar

  1. Karimov I.A.O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti- rish yo'lida. Т.: «O'zbekiston», 1995.

  2. Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. // «Xalq so‘zi», 2006- yil 11-fevral.





  1. Karimov I. A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish — davr talabi. // «Xalq so'zi», 2009-yil 14-fevral.

  2. Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. Т.: «O'zbekiston», 2009.

5 .Makkonnell K., Bryu S. Ekonomiks, gl. 2. М.: «Infra-М», 1999.

  1. «Ma’naviyat, ilmu fan va iqtisodiy bilim yoshlar tarbiyasiga xizmat qilsin» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy korrferensiya materiallari, 2004-yil 25-noyabr, Т., 2004-y.

  2. Тезисы и доклады международной научно­практической конференции на тему: «Социально-экономи­ческие проблемы переходной экономики». (Опыт, обобще­ния, закономерности). Санкт-Петербург, 2005.

  3. Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi. 0‘quv qo'llanma, Т.: «0‘qituvchi», 2002-y.

  4. Фишер С., Дорнбуш P., Шмалензи P. Экономика, ч.1. М.: «Дело», 1999.

  5. Shodmonov Sh., Alimov R., Jo‘rayev T.Iqtisodiyot nazari­yasi. 0‘quv qo‘llanma, Т.: «Moliya», 2002-y.

  6. O‘lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. Т.: «Sharq», 2006-y.

  7. O'zbekiston iqtisodiyoti. Узбекистан в цифрах. Стати­стический сборник. Т., 2008.

Ma’ruza o‘qishda qo'llaniladigan ko'rgazmali qurollar:

  1. Ishlab chiqarish resurslari tasnifi, chizma.

  2. Mavjud resurslami to'la ishlatish sharoitida guruch va av- tomobil ishlab chiqarish, jadval.

  3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi, chizma.

Asosiy qism:

  1. Ehtiyojlar va ularning tarkibi.

Kishilik jamiyati, albatta, insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzotlarning eng oliysi. U boshqa jonzotlardan o‘zining aql-idroki bilan ajralib turadi. U hayot kechirish uchun turli ehti- yojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay olmaydi.

Insonlarning yashashi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan barcha ne’matlar ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o'z ehtiyojlarini qondirish yo'lini qidiradi. Ehtiyoj-



larni qondirishi zarurligi, ya’ni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi.

Har bir inson uchun o'zining qadr-qimmat o'lchovi mavjud. Bir inson tomonidan qadrlangan, hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin. Ahamiyat nuqtayi nazaridan ehtiyojlarni tartibga solish qiyin. Insonlar uchun eng zarur va qimmatli qadri- yatlarni, ashyolarni sanog‘iga yetish qiyin. Har bir inson o'ziga ni­malar zarurligini o‘zi belgilaydi.

XX asr ko'pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Axborotni biz turli-tuman manbalardan, masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global kompyuter tarmog‘i—internet kabilardan olamiz. Shu bilan birga «an’anaviy» axborot manbalari ham mavjud. Ular ota-ona, qarindosh-urug‘, do'st-birodarlar, qo‘ni-qo‘shnilar, tanishlar, taso- difiy uchrashgan odamlar va hokazo. Bizning atrofimizni o'ragan olamni, tabiatni kuzatib, yangi-yangi ma’lumotlar, yangi axborot olamiz. Inson-axborot qabul qilish manbai. Chunki, aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni shakllantiradi.

Bizning barcha odatlarimiz, his-tuyg‘ularimiz, bilim va hayotiy tajribamiz, fikr-mulohazalarimiz xohish-istaklarimiz - asosida ax­borot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yaratuvchanlikka bosh- lashi mumkin.

Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi kashfiyot ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqarilib, xizmatlar ko'rsatilmoqda. Masalan, kompyuter, qo‘l telefoni singari tovarlar bo'lmagan. Demak, bun­day ehtiyoj ham bo'lmagan.

Ilgaridan mavjud bo‘lgan tovarlarning xususiyatlarini bilmagan odamga, bu haqda yangi axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vu­judga keladi. Masalan, an’anaviy oziq-ovqat mahsulotlari — sab- zavotlar, mevalar, vitaminlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar, bo‘lmasligi mumkin. Ular to'g'risidagi axborot bun­day mahsulotlarning tarqalishiga yordam beradi.

Kishilar hayotida yangi vaziyat, yangi muammolar paydo bo'lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar ham vujudga keladi. Ma­salan, oilada farzand tug‘ilishi natijasida chaqaloq uchun zarur bu- yumlarga, kasal bo‘lganda doriga, kasbini o‘zgartirganda ish qurol- lariga zaruriyat paydo bo'Iadi. Xullas, inson hayoti davomida yangi-yangi axborotlar oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar vu­judga keladi. Har kishi awalo axborotga ega bo'Iadi so'ngra, shu



axborotdan foydalanish uchun tegishli qarorga keladi.

Ehtiyojlar nihoyatda turli-tumandir. Ularga turli jihatdan yon- dashish mumkin. Ko‘pgina, iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko‘ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib, tushuntirishga harakat qilishadi. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germanning Fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal da- rajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo'ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘Iadi. Ayrim adabiyotlarda ehtiyojlan birlamchi - eng zarur ehtiyojlar va ikkilamchi qondiril­ishi kechiktirsa mumkin bo'ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo‘linadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo'lgan oziq- ovqat, kiyim-kechak va boshqa shunga o'xshash ehtiyojlari, ikki­lamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy, intellektual faoliyati bilan bog'liq bo'lgan bilim olish san’ati, turli ko'ngil ochar tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday tabaqalash shartlidir. Zarurat har bir inson uchun individual muammo bo'lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turarjoy birinchi zarurat bo'lsa, boshqasi uchun bular shunday zarurat bo'lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-kechakdan ko'ra bilim olish zarurroqdir. Ba’zi kishilar uchun hatto ma’naviy boylik hasham bo'lsa, boshqasi uchun ke- chiktirib bo'Imaydigan ehtiyoj bo'Iish mumkin.

Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Ehtiyojlar subyektlariga1 ko'ra:

  1. individual;

  2. guruh;

  1. umumjamiyat ehtiyojlariga bo'linadi.

Individual ehtiyoj — bu har bir inson uchun bo'lgan zaruratni ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, ijtimoiy kontaktda bo'Iish, o'zining har tomonlama kamol topishiga bo'lgan ehtiyojlar va boshqalarini o'z ichiga oladi.

Guruh ehtiyoji — bu oila yoki bir to'p kishilarning biror maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushma- larning) ehtiyojlari bo'lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. Bularga


1 Lotinchadan olingan «subyekt» so‘zi — ega, «obyekt» esa predmet ma’nosini anglatadi. 0‘zbek tilining izohli lug‘atida ko‘rsatilishicha, subyekt, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni bilishga, o‘zgartirishga qodir, faollik bilan harakat qiladigan shaxs yoki guruhdir.





hududiy ehtiyojlarni ham misol keltirish mumkin. Masalan, tuman, viloyat, ayrim hududda yashovchilar ehtiyoji va hokazo. Guruhlar clitiyoji, umuman olganda, mulkning iqtisodiy jihatdan alohi- dalashuvi bilan bog'liq.

Umumjamiyat ehtiyoji — bu mamlakat miqyosida, qolaversa, yer kurrasi miqyosida insonlaming shakllangan tarkib topgan ehti- yojlaridir. U o'z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruh ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifa­tida yashab turish uchun zarurdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, tinchlik, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. - Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub ki- shilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo'Iadi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi.

  1. Ehtiyojlar obyektiga1 ko'ra: moddiy ehtiyojlar, ijtimoiy- ma’naviy ehtiyojlarga bo'linadi.

Moddiy ehtiyojlar azaliy bo'lib, ular inson bilan birga vujudga kelgan. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayot uchun kerakli ashyo- lardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, transport va hokazolar shular jumlasiga kiradi. Ular yashashning birlamchi shartidir.

Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar azaliy bo'lmay, jamiyat taraqqiyo­tining ma’lum bosqichida, sivilizatsiya paydo bo'lishi bilan yuzaga keldi. Jamiyat rivojlangan sari bunday ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi. Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar, asosan, turli xizmatlar- dan foydalanishga bo'lgan zaruratlar tarzida yuzaga chiqadi. O'qituvchi, shifokor, san’at arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib, inson axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tar- biyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi. Bu ehtiyojlar hayotning turli bosqichlarida o'zini namoyon etadi.

  1. Faoliyat doirasi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar jihatidan mehnat qilish, atrofdagilar bilan muloqotda bo'Iish, dam olish, ish qobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat yuritish kabilami o'z ichiga oladi.

Mehnat ehtiyoji insonning yashash uchun kurashi zamirida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi, chunki mehnatsiz nozu ne’matlar yaratib bo'lmaydi. Mehnat ehtiyoji in- sonda ijod qobiliyatini shakllantiradi. Inson mehnatda o'z o'rnini topishi, o'z qobiliyatini ishga solib, obro'-e’tibor qozonishga hara­kat qiladi. Inson yashar ekan doimo boshqalar bilan muloqotda


1 Obyekt esa kishiring faoliyati, diqqat-e’tibori jalb etilgan predmet, hodisa.





bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qo­biliyatini tiklash uchun dam olishi, turli ko'ngilochar tadbirlarda qatnashishi zarur.

  1. Ehtiyojlarga ular qay tarzda qondirilishi jihatidan qaraganda, yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlar ko'zga tashlanadi. Har inson o‘z ehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qis­mini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Masalan, kiyim kiy- ishga bo'lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo'lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.

  2. Ehtiyojlarni qondirishdan qanday maqsad ko'zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo'Iish mumkin. Boshqacha aytganda, iste’mol tovarlari va iqtiso­diy resurslarga ehtiyoj. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo'lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratilgan. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa inson uchun bilvosita za- ruratlar bo'lib, uning yordamida inson yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur investitsion tovarlar yaratiladi.

Ehtiyojlar qanday guruhlarga bo'linmasin, ularga qay jihatdan yondashilmasin, bir-biri bilan bog'liq, biri ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi.

Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko'rsatadi. Ularni umumiy tarzda quyidagi gu­ruhlarga bo'Iish mumkin.

  1. Aholi soni, yoshi, jinsi.

  2. Tabiiy-geografik sharoit.

  3. Tarixiy milliy an’analar va odatlar.

  4. Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti.

  5. Madaniy jihatdan erishilgan daraja.

Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta, ularning har birining ehtiyoji shakllanishiga ta’sir etadigan obyektiv va subyektiv omillar mavjud.

  1. Ehtiyojlar cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni

Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlar ekanmiz ehtiyoj- lami beto'xtov yuksalib borishini ko'ramiz. Ehtiyojlarning uzluksiz o'zgarib turishi va o'sib borishi har qanday jamiyatga xosdir. Fanda inson ehtiyojining cheksizligini, uning doirasi doimo kengayib borishi allaqachonlar aniqlangan. Ehtiyojlarning chegarasi yo'qligi xalqimizning «Insonning ko'zi tuproqqa to'lgandagina to'yadi» de­gan naqlda yaqqol ifoda etilgan. Hozirgi nazariyachilar—ehtiyojlar





cheksiz, ular o'sishining to‘xtashi, jamiyat hayotining to'xtashini bildiradi, deya e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘smaganda edi, ishlab chiqarishni taraqqiy ettirishga zarurat bo‘lmas edi.

Ehtiyojlar doirasining to'xtovsiz kengayib borishi ikki yo'nalishda amalga oshadi.

а) Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu, bir tomon­dan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bogiiq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ko‘payishi bilan bog'liq. Masalan, O'zbekistonda aholi soni 1990-yilga nisbatan hozirgi paytga kelib, 1,2 marta ko‘paydi. Agar individual ehtiyoj o‘zgarmadi, deb hisoblaganimizda ham, jamiyat miqyosida ehtiyojlar 1,2 martaga ortgan. Masalan, har 100 oilaga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobil- lar soni 1,3 martaga ko'paydi. Demak, avtomobillardan foydalanish bilan bogiiq ehtiyojlarimiz ham shunchaga ko'paydi.

б) Ehtiyojlar ko‘payar ekan uning tarkibi o‘zgarib boradi. Ay­rim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi paydo bo'Iadi. Lekin yo'qolib ketadigan ehtiyojlarga qaraganda yangi vujudga keladi- ganlari ko‘p bo'Iadi. Ishlab chiqarishning o'zi ehtiyojlarning o'sishiga, ular tarkibini o'zgarishiga katta ta’sir ko'rsatadi. Masalan, XX asming 40-yillarida odamlar televizor nima ekanini bilishma- gan. Hozirgi paytda har bir xonadonda, ayrim xonadonlarda esa ikki-uchtadan televizor bor.

Demak, ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko'payib si- fat jihatdan o'zgarib boradi.

Birinchidan, ishlab chiqarish orqali turli ne’matlar yaratiladi va shu ne’matlarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga imkon yaratiladi. Ehtiyojni qondirilishi o'z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga kelti- radi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojni qondirilishi o'z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Ya’ni mashina turadigan joy, yonilg'i, ehtiyot qismlar kerak, sug'urtaga ehtiyoj seziladi.

Ikkinchidan, fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi tur- mush tarzi ham ehtiyojlarni tubdan o'zgartiradi. Yangi ixtiro qilin­gan texnikani ishlab chiqarish, ularga ehtiyojni vujudga keltiradi. Ularni odamlar sotib olishga harakat qiladilar. Bunga kir yuvish mashinasi, video magnitafon va boshqalaraing ixtiro qilinishini mi- sol qilib ko'rsatish mumkin.

Uchinchidan, ishlab chiqarish maishiy hayotni yaxshilaydi. Od- diygina misol. (btidoiy odamlarning ovqat tayyorlashi bilan hozirgi zamon ovqat'tayyorlash texnologiyasi tubdan farq qiladi.





Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi:

  1. Ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyati kengaytirishga sabab bo'Iadi.

  2. Inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o'zgarishi ishlab chiqarishni unga moslashishiga undaydi.

  3. Ehtiyojlar avangardlik rolini o'ynaydi, pastdan yuqoriga inti-

ladi.

Butun iqtisodiyot tarixini ma’lum ma’noda ehtiyojlarning shakl- lanishi tarixi tarzida tasawur etish mumkin. Hozirgi zamon sivili- zatsiyasi darajasiga, ehtiyojlar va ishlab chiqarishning bir-biriga ta’siri asosida erishilgan.

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlarning yuk­salib borishi qonunida o'z ifodasini topadi. Bu qonun ishlab chiqarish va madaniyatning rivojlanishi bilan inson ehtiyojlarining yuksalib borishini, uning miqdoran o‘sib, tarkiban yangilanib borishini ifodalaydi.

Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o'rtasida bog'lanish- lar mavjudligini va bunday munosabat barqaror, doimo bo‘lishini ko'rsatadi. Ehtiyojlar cheksizligi ko'proq, ijtimoiy - ma’naviy za- ruratlarga taalluqlidir.

Adam Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig'imi bilan cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega bo'lmasa kerak» deb ta’kidlagan. Komfort (qulaylik) umuman tugamaydigan cheksiz narsa, degan Gegel.

Ehtiyojlar o'zgarishini o'rganishda statistika iste’mol tovarlarini asosan uch guruhga bo'Iadi:

  1. oziq - ovqat mahsulotlari;

  2. nooziq - ovqat tovarlari;

  1. uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar.

Ehtiyojlar qondirilishi iste’molda o'z ifodasini topadi. Iste’molning tarkibi va miqdori, uning o'zgarishi jamiyat taraqqi- yotiga, yaratilgan YalM va ishlab chiqarish bilan moslashishiga bog'liq.

  1. Resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarni qondirish — iqtisodiyotning bosh muammosi

Iqtisodiyot nazariyasi asosini ikki: ehtiyojlarning cheksizligi va ularni qondirish uchun zarur tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat



ко'I sal ish uchun kerakli resurslarning cheklanganligi muammolari qamrab oladi. Yer yuzida aholi bugunga kelib 6 milliard kishidan oshdi. Yerdagi tabiiy boyliklar, ekin maydonlari, o'rmonlar, qazilma boyliklar, chuchuk suv va o'simlik, hayvonot dunyosi miqdori cheklangan. Ular kamayib borayapti. Sarf etilgan yer osti boyliklarini umuman qayta tiklab bo‘lmaydi.

Ma’lumki, ehtiyojlarni qondirishning yagona yo'li—ishlab chiqarishdir. Buning uchun esa turli-tuman resurslar kerak. Re- surslar deganda turli ehtiyojlarni qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish uchun ishlatiladigan tabiat to­monidan yoki odamlar tomonidan yaratilgan ne’matlarni va mehnatga layoqatli kishilarni tushunamiz. Bu resurslar moddiy va mehnat resurslariga bo'linadi.

  1. Moddiy resurslar tabiiy va mehnat bilan yaratilgan re- surslarga bo'linadi. Tabiiy resurslarga yer, foydali qazilmalar singari boyliklar kiritilsa, mehnat bilan yaratilgan resurslarga kapital kiradi. U bino-inshoot, asbob-uskuna, mashina, mexanizmlar, har xil qurilma, xomashyo, materiallari kabilarni o‘z ichiga oladi.

  2. Mehnatga layoqatli, ma’lum malaka va mahoratga ega ki- shilar mehnat resurslari hisoblanadi.


Ko'rgazmali material


1-sxema.


Keyingi paytda ko'pgina iqtisodchilar bozor iqtisodiyoti sharoi­tida moliyaviy va axborot resurslarini alohida ajratib ko'rsatish- moqda.



Moliyaviy resurslar jamiyat tomonidan ishlab chiqarishga, uning rivojlanishi uchun ajratilgan pul mablag'laridan iborat. Uning manbalari qimmatbaho qog‘ozlar, soliqlar, pul jamg'armalari, dav­lat zayomlari kabilardir.

Bozor iqtisodiyoti fan-texnika inqilobi sharoitida xo‘jalik yuri- tuvchi subyektlar axborotlar va resurslarsiz «qo‘l-oyoqsiz» bo‘lib qoladi. Axborot resurslari turli-tuman, bo'lib, uning muayyan asosiy qismini kompyuter texnikasi yordamida avtomatlashtirilgan boshqa- rishni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma’lumotlar tashkil qiladi.

Har bir resurs, undan ishlab chiqarishda foydalangandagina samara beradi. Resurs keltiradigan natijaning o‘z chegarasi bor. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo'lmaydi. Masalan, yax­shi natijaga erishish uchun har qancha harakat qilingan taqdirda ham 1 tonna rudadan - 1 tonna metall olib bo'lmaydi. Mavjud resurslar- dan ma’lum miqdor va turdagi mahsulot ishlab chiqarish mumkin.

Zarur resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyat- larini ham cheklanishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish imkoniyati deganda nimani tushunamiz? Ishlab chiqarish imkoniyati deb, mavjud iqtisodiy resurslardan to‘la foy­dalanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi.

Har bir xo'jalik, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o'zining ana shunday chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasiga qaragan korxonalarning tovarlar bo'yicha ishlab chiqarish imkoni­yatlari chegarasi ham turlicha bo'lishi mumkin.

Ehtiyojlar doimo kengayib borishi, resurslarning esa cheklan­ganligi sababli zaruratni to'la qondirish uchun kerakli miqdorda tovar ishlab chiqarishning imkoni yo'q. Shuning uchun har bir ki- shidan tortib jamiyat miqyosigacha cheklanganlik muammosiga duch kelinadi. Cheklanganlik esa har qadamda bizni izlanishga, tanlashga majbur qiladi.

Oila budjetining cheklanganligi turmush uchun nimani xarid qilishni, resurslarning cheklanganligi qaysi ashyolarni sotib olish va qanday tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishni, davlat budjetining cheklanganligi mablag'larining qaysi maqsadlar uchun ishlatishni tanlashni zarur qilib qo'yadi. Masalan, talaba o'z vaqtini dars tay­yorlashga yoki dam olishga sarflashi mumkin. Dehqon o'z yeriga piyoz yoki deylik, kartoshka ekishi mumkin. Tadbirkor o'z puliga yangi asbob-uskuna yoki xomashyo sotib olishi mumkin. Viloyat budjetidan mablag'ni yangi maktabga yoki ko'prik qurishga sarf- lash mumkin va hokazo.




Mahsulot




Sluqo

Dil ish

ab chiqarish

turlari

A

В

S

D

ye

G

Guruch (ming tonna) «X»

0

10

20

30

40

50

Avtomobil (ming dona) «Y»

25

20

15

10

5

0



Ko‘rinib turibdiki, agarda, guruch yetishtirmay, faqat avtomo­bil ishlab chiqarsak, u 25 mingta, faqat guruch yetishtirsak 50 ming tonnaga teng bo‘lar ekan. Birinchisini ishlab chiqarishni ko'paytirish, albatta ikkinchisini kaniayishiga olib keladi.

Jadval ma’lumotlari asosida grafik chizsak, u quyidagi ko‘rinishda (a rasm) bo‘ladi.


. о 5


a) rasm.


\


guruch


В tovar b) rasm.


Ko‘rinib turibdiki, mavjud resurslardan maksimal foydalanib, turli kombinatsiyada guruch bilan avtomobil ishlab chiqarish mum­kin ekan.

AG chizig‘ini ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigi yoki transformatsiya egri chizig‘i deb ataladi. Bu egri chiziq odatda qavariq shaklida (b rasm) bo'Iadi. Sababi, real hayotda ishlab chiqa- ruvchilaming soni ko‘p, ularning imkoniyatlari farq qiladi; ikkinchi- dan chiqariladigan mahsulotlar nihoyatda xilma-xil; uchinchidan, ko‘pincha muqobil qiymat o‘sib yoki kamayib boruvchi bo‘ladi.

Mamlakatda:

  1. Guruch yetishtirishni 0 dan 10 ming tonnaga yetkazilishi avtomobil ishlab chiqarishni 5 ming donaga kamayishiga olib ke­ladi. 10 ming tonna guruchning muqobil qiymati 5 ming dona av­tomobil (25—>20= -5);

  2. Guruch yetishtirishni 10 ming tonnadan 20 ming tonnaga ko‘paytirsak, avtomobil ishlab chiqarish 15 ming donagacha qisqaradi. Muqobil qiymat 5 ming avtomobil ( 20—> 15 = -5);

  1. Guruch yetishtirishni 20 ming tonnadan 30 ming tonnaga yetkazishimiz, avtomobil ishlab chiqarishni yana 5 ming donaga kamaytiradi. Muqobil qiymat yana 5 ming dona avtomobil bo‘ladi. (15—>10= -5);

  2. Guruch yetishtirishni 30 ming tonnadan 40 ming tonna- gacha ko‘paytirishimiz avtomobil ishlab chiqarishni yana 5 ming donaga kamaytiradi. Muqobil qiymat 5 ming dona avtomobil(10 5= -5);





Misolimizda muqobil qiymat doimiy. Chunki, guruch yetishti- nslini ko'paytirishimiz doimo bir xil miqdorda avtomobil ishlab

  1. luqarishni kamayishiga olib kelyapti.

Ming tonna guruch = 0,5 ming dona avtomobil.

Muqobil qiymat doimiy bo'lganda imkoniyat egri chizig'i lo'g'ri chiziq ko‘rinishida bo'Iadi.

Guruch va avtomobil ishlab chiqarishni qanday kombinatsi- vaila bo'lishini tanlash kerak. Korxona, firma doirasida qanday kombinatsiyalar bo'lishini, qancha, qaysi mahsulot ishlab chiqarish, nanday ishlab chiqarish va kirn uchun ishlab chiqarish muammosi- iii tadbirkor hal etadi, mamlakat miqyosida esa hukumat tanlaydi. Agarda mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko'rsatuvchi nuqta OAG maydon ichiga to'g'ri kelsa, u mavjud resurslardan to'la foy- ilalanmaganlikni, imkoniyatlarga qaraganda kam miqdorda mahsu- loi ishlab chiqarilganini ko'rsatadi.

Masalan, 15 ming tonna guruch va 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish uchun 70 milliard so'mlik resurs talab etiladi. Biz- ilagi mavjud resurs esa 100 milliard so'm. Demak, resurslardan m'la foydalanilmagan.

OAG maydondan tashqari nuqta mahsulot ishlab chiqarish miqdorini mavjud resurslarga nisbatan ko'payishini bildiradi.

Aytaylik, 30 ming tonna guruch, 20 ming dona avtomobil ish­lab chiqarilmoqchi, u holda 140 mlrd. so'mlik resurs talab qilinadi.

Tadbirkor oldida ikki yo'l turibdi. Biri mavjud resurslardan maksimal foydalanib tovarlar turini ko'paytirish, resurslarni tejash vo'llarini topish, ikkinchisi ehtiyojlarni o'sishiga qarab, o'zida bo'lmasa, chetdan jalb qilish, qarzga olish mumkin. Bu muammoni liar bir tadbirkor, har bir mamlakat individual tarzda hal etadi. Le­kin resurslar cheklanganligi sharoitida mavjud resurslarni tejab ish- lalish tovar turlarini muqobil variantini, eng optimal darajasini tanlash muhim ahamiyatga ega bo'Iadi. Bu raqobat kurashida ham katta rol o'ynaydi.

Iqtisodchilarning tadqiqoti ko'rsatadiki, birgalikda turli tovarlar ishlab chiqarganda 5 foiz resurslar tejalar ekan. Ana shu tejalgan miqdor koeffitsiyentini 0,05 desak, misolimizda ishlab chiqarish imkoniyati formulasi quyidagi ko'rinishni oladi:

2X+5Y-0,05XY=100; agarda V variantni tanlasak,

  1. 2 x 10 + 4 x 20 - 0,05 x 10 x 20 = 90; Demak, 10 milliard so'mlik resurs tejalyapti. Tejalgan resurs evaziga qo'shimcha ra­vishda guruch yoki avtomobil ishlab chiqarish mumkin.

Shuning uchun korxona, firmalar iloji boricha mahsulot turini





ko‘paytirsalar resurslar tejalishi evaziga xarajatlarni pasaytirishga er- ishadilar. Qaysi tovarni ko'proq ishlab chiqarishni tanlash esa ularga bo‘lgan talab bilan taklifning nisbati, boshqacha aytganda, bozor narxlariga bog'liq bo'Iadi.

Hayotdagi turli-tuman vaziyatda tanlovning variantlari ni­hoyatda xilma-xil bo‘lib, qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi. Mu­qobil variantlardan birini tanlash uchun har bir kishi beixtiyor shu variantlarni taqqoslashga tushadi.

Taqqoslash mezonlari juda ko‘p va xilma-xil bo‘lib, ular ma’lum sharoit, vaziyat, qo'yilgan maqsad va boshqatarga bog‘Iiq. Xuddi shu fikrni muqobil variantlar haqida ham aytish mumkin. Muqobil variant ikki va undan ortiq bo‘lsa tanlash, tanlash uchun esa taqqoslash zarur bo‘ladi. Buning uchun mezonlar belgilanadi. Taqqoslash natijasida u yoki bu qarorga kelinadi. Bu jarayon alo­hida shaxslar, oiladan boshlab butun mamlakat miqyosigacha amalga oshirili mumkin.

Qaror qabul qilishda albatta qo'yilgan maqsad asosiy rol o'ynaydi. Har bir vaziyat, qo‘yilgan maqsad uchun muqobil vari­antlar va qaror qabul qilish mezonlari boshqacha bo'Iadi. Masalan: tadbirkorning qanday faoliyat turini tanlash muqobil variantlari maktab bitiruvchisining kelajakda qanday kasb tanlashi variantlari- dan farq qiladi. Albatta, mezonlari to‘g‘risida ham shunday fikrni aytish mumkin. Masalan, deputat nomzodiga ovoz berishda ham, albatta, muqobil variantlar ichidan o'zimiz belgilagan mezonlarga ko‘ra qaror qabul qilamiz.

Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning, aksincha, cheksizligi barcha muammolarning asosini tashkil qiladi va ularni qamrab oladi. Shuning uchun ham resurslar cheklan­ganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi iqtiso­diyotning bosh muammosi hisoblanadi.

Ehtiyojlarning qondirilish darajasi

Ehtiyojlarni qondirilish darajasi, odatda, iste’mol bilan o‘lchanadi. U yil davomida aholi jon boshiga iste’mol qilingan tovar va xizmatlar miqdori bidan o'lchanadi. Masalan, aholi jon boshiga iste’mol qilingan non va non mahsulotlari, sut, go‘sht, sab- zavot, meva va hokazolar. Har bir oilaga to‘g‘ri keladigan uzoq muddat foydalanadigan tovarlar: televizor, kir yuvish mashinasi, sovutgich, uy-joy maydoni va boshqalar.

Jamiyat taraqqiy etgan sari iste’mol o‘sib, ehtiyojlar to'laroq qondirila boradi. Ehtiyojni qondirish usullari ham o‘zgaradi. Iste’mol ne’matlari turi ko‘payadi. Ehtiyojlarni qondirilishi





umumiy tarzda turmush darajasini ko'rsatadi. Turmush darajasi — aholi ehtiyojlarini qondirilishiga qarab baholanadi. Aholining ehti­yojlarini qondirilishi fuqarolarning farovon yashashi, uzoq umr ko'rishi garovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondira- digan darajada ishlab chiqarish zarur.

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida ehtiyojlar va ishlab chiqar­ish nisbati qandayligiga iqtisodchilarning alohida diqqati qaratil- moqda. Ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish nisbatining hozirgi davrda asosan uch varianti mavjud:

  1. Regressiv. Bunday holat ishlab -chiqarishni uzoq muddat tushkunlikda bo'lishi natijasida kelib chiqadi. Aholining iste’mol darajasi miqdor jihatdan ham sifat jihatdan ham kamayib boradi. Iqtisodiyotni bunday o'zgarishini kichrayib boruvchi spiral, ya’ni girdob tarzida ko'rish mumkin. Borgan sari kishilarning eng zarur ehtiyojlarini qondirish ham qiyinlashib boradi. Hozir shunday vazi- yatni Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida ku- zatish mumkin. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning 2/3 qis- mida 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarda aholi jon boshiga ishlab chiqarish va daromad qisqarib borgan.

  2. Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham nihoyatda sekinlik bilan o'sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust bo'lib, ishlab chiqarish — taqsimot — ayirboshlash — iste’mol - ehtiyojlar doiraviy harakatini eslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg'unlik yuz berib, ko'pincha, u mahalliy xalqlarning an’ana va urf-odatlari bilan bog'lanib ketadi.

  3. Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdori ko'payadi. Sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o'sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida ifodalash mumkin. Bir qadar beqarorlikka qaramay, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o'sib boradi.

Birinchi va ikkinchi variantda ehtiyojlarning o'sib borishiga qa­tor omillar aks ta’sir ko'rsatadi.

Jamiyatning moddiy va ma’naviy ahvoli, fuqarolarning yashash tarzi madaniyati ehtiyoj doirasini belgilab beradi. Bu holda ehtiyoj- ga quyidagilar ta’sir ko'rsatadi:

  • moddiy va ma’naviy madaniyatning pastligi, inson uchun zaruratning eng asosiylari bilan cheklanish. Eng zarur ehtiyojlarn­ing esa juda sekin o'sishi;

  • mehnat taqsimotining pastligi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va ehtiyojlarning oshib borishiga yo'l qo'ymasligi;

  • narxlarning balandligi, daromadlarning pastligi eng oddiy



ehtiyojlarni qondirishga ham to‘sqinlik qilishi;

  • ko'plab mamlakatlarda aholi sonining moddiy ne’matlar ish­lab chiqarishga nisbatan tez o'sishi.

Ehtiyojlarning barqaror o'sib borishini uchinchi variant ta’minlashga qodir bo'lib, u mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, aholining pul daromadlari va aholi jon boshiga real boylikning ко‘pay ishi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga, bu yerda ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud. Chunki, insonlarning xohishi bilan imkoniyati har doim ham mos kelaver- masligi mumkin.

Yakuniy qism



  • Demak, inson yashar ekan uning turli-tuman ehtiyojlari mavjud va ular qondirilishi zarur. Ehtiyojlarni qondirish kishilar- ning yashashlari, kamol topishlari uchun zarur. Biroq ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘ladigan ne’matlar cheklangan. Sababi, ularni ishlab chiqarish uchun resurslar cheklangan. Cheklanganlik bizni har qadamda tanlashga, imkon qidirishga majbur qiladi. Eng zarur yechimlami tanlab qaror qabul qilishimiz uchun muqobil variantlami taqqoslashimiz, taqqoslash uchun esa uning me- zonlarini belgilashimiz kerak.

  • Ehtiyojlar tarkibi nihoyatda xilma-xil bo‘lgani uchun ularga turli jihatdan yondashib, qo'yilgan maqsadga ko‘ra ma’lum bir gu- ruhlarga bo‘lish, ularning muhimlarini ajratish mumkin. Bu tanlovni osonlashtiradi. Turli variantlardan birini tanlash, ba’zi ehtiyojlardan voz kechishga yoki iste’mol miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov asosida qanday qarorga kelishiga bog'liq.

  • Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi ham ana shu tanlovni eng maqbul yo'llarini topib, to‘g‘ri qaror qabul qilishni o'rganishdir.

  • Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko'zlanganiga qarab, ular shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo'linadi. Shaxsiy ehti­yojlar kishilarning yashash uchun zarur, shaxsiy iste’mol zaruratini qondiradigan ne’matlarga bo'lgan ehtiyoji bo'lsa, ishlab chiqarish ehtiyojlari esa ana shu ne’matlami ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan iqtisodiy resurslarga ehtiyoj bo'lib, ular moddiy, mehnat, axborot, moliyaviy resurslardan iborat.

  • Mavjud iqtisodiy resurslardan to'la foydalanish evaziga eng ko'p mahsulot ishlab chiqarish «ishlab chiqarish imkoniyati» dey-



iladi. Resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklaydi.

  • Iqtisodiyotning bosh muammosi, bu — jamiyat a’zolari ehti­yojlarining cheksizligi va ularni qondirish uchun zarur resurslarning cheklanganligi muammosidir. Chunki, u boshqa barcha muammo- larni qamrab oladi. Kishilik jamiyati uni yechish uchun harakat qilib, yangiliklar yaratadi, ixtirolar qiladi. Jamiyat taraqqiyotining asosida ham ana shu muammo va har bir aniq vaziyat da uni hal et­ish uchun qilingan harakatlar, urinishlar, oxir-oqibat ularning nati- jasi yotadi. - -

  • Ehtiyojlarni to‘laroq qondirishning yagona yo‘li ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmini ko'paytirish va ularni yaratish uchun sarflanadigan resurslar miqdorini kamaytirishdir. Navbatdagi mavzular ana shu masalalami o'rganishga qaratilgan.

Asosiy tayanch tushunchalar

  1. Ehtiyoj.

  2. Ehtiyojlarning yuksalib borishi iqtisodiy qonuni.

  3. Iqtisodiy resurslar.

  4. Iqtisodiyotning bosh muammosi.

  5. Tanlovning muqobil qiymati.

  6. Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi.

  7. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'i.

Takrorlash va munozara uchun savollar

  1. Ehtiyoj nima? Nima sababdan uni biz obyektiv va subyektiv xarakterga ega deymiz?

  2. Iqtisodchilar tomonidan ehtiyojlar qanday guruhlarga ajratiladi?

  3. Yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga qanday eh­tiyojlar kiritiladi?

  4. Iqtisodiyotning bosh muammosi nima? Nima sababdan uni bosh muammo deb ataymiz?

  5. Tanlov nima? Uning mezonlari-chi?

  6. Ishlab chiqarish imkoniyati yoki transformatsiya egri chizig'i nima?

  7. Nima sababdan iqtisodiyot nazariyasini o'rganishni ehtiyoj­larni o'rganishdan boshladik?






  1. Download 0,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish