Tarqatma material 2.1.1.
Kichik guruhlarning ishini baholash jadvali
(Har bir mezon bo'yicha maksimal 5 ball beriladi)
Kichik
guruhlar
|
Topshiriq
|
Javobning
to'g'riligi,
aniqligi
|
Tushunar- ligi va qis- qaligi
|
Talabalarning bar- chasini faol qatnashishi
|
Umumiy to'plan- gan bail
|
I -kichik guruh
|
topshiriq
topshiriq
topshiriq
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
2-kichik guruh
|
topshiriq
topshiriq
topshiriq Jami
|
|
|
|
|
va
hokazo
|
|
|
|
|
|
Tarqatma material 2.1.2.
Kichik guruhlarga topshiriq
Doskada hamda har bir kichik guruh o‘zlari qayd etgan ehtiyojlar ro'yxatiga turli jihatdan yondashib, ularni guruhlarga ajratish:
l.a)individual, b) jamoa, d)umumjamiyat ehtiyojlari
|
2. a) moddiy, b) ijtimoiy- ma’naviy ehtiyojlar
|
3.a) yakka, b) birgalikda qondiriladigan ehtiyojlar
|
4. a) shaxsiy, b) ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsa- tish) ehtiyojlari
|
la)
|
1 b)
|
l.d)
|
2. a)
|
2 b)
|
3.a)
|
3.b)
|
4. a)
|
4. b)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tarqatma material 2.1.3.
Insert metodini qo‘Uash bo‘yicha qabul qilingan qoidalar:
Matnni o‘qing.
Qalam bilan matn chetiga, har bir qator boshiga belgi qo'yib chiqing.
0‘qiyotgan matndagi bildirilgan fikrlar sizga ma’lum, siz ularni bilsangiz, «bilaman» deb o‘ylagan fikringizga mos kelsa, «V» belgisini qo‘yasiz.
Agarda siz o‘qiyotgan jumlalar sizning bilimingizga qarama- qarshi bo‘lsa yoki bilaman deb o‘ylaganingizga mos kelmasa, « - » (minus) belgisini qo'yasiz.
Agarda o'qiyotgan matnda siz uchun yangiliklar bo'lsa « + » (plus) belgisini qo'yasiz.
№
|
Mavzuning
savoli
|
Bilaman
|
Bilmoqchiman
|
Bildim
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
Tarqatma material 2.1.4.
Qaror qabul qilishning qadam-baqadam modeli
Muammoni aniqlash. Eng awalo, muammo (tufayli erishish lozim bo'lgan natija)ni ajratish, ayni shu vaqt, shu vaziyat uchun qaysi biri asosiy hisoblanishini, aniqlash zarur.
Muqobil variantlami aniqlab chiqish (belgilangan natijaga erishishning turli usullarini aniqlash). Masalan: auksion, musobaqa, navbatda turish, boshliqning qarori, mulk egasining xohishi va boshqalar.
Mezonlami belgilash. (Har bir variantni baholash me- zonlarini aniqlaydigan standartlarni belgilash.) Masalan: hammaga teng shans, naflilik, eng yuqori narx, mukofot, qadr-qimmat, omad va hokazo.
Muqobil variantlami baholash (Har bir mezon, muqobil variant uchun qo'llaniladi).
Qaror qabul qilish (turli variantlar mezonlari bo'yicha taqqoslanadi va ulardan eng maqbuli tanlanadi).
Muqobil
variantlar
|
Mezonlar
|
Hamma- ga teng shans
|
Eng
yuqori
narx
|
Qadr-
qimmat,
naf
|
Mulk
egasining
tanlovi
|
О mad
|
Mukofot
|
Boshliq
(o'qituv-
chi)ni
qaroriga
ko'ra
|
-
|
|
|
|
|
+
|
Lotereya
o'tkazish
|
+
|
|
|
|
+
|
|
Auksion
|
|
+
|
+
|
|
|
|
Konkurs
|
+
|
|
+
|
|
|
+
|
Mulk ega- sining xo- hishiga ko'ra
|
|
|
|
+
|
|
|
Qaror qabul qilish setkasi(kichik guruhlar to'ldirishi uchun)
Muqobil
variantlar
|
Mezonlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Texnologik yondashuvga asoslangan jadallashgan, (Jalb qiluv- chi, chuqurlashtirilgan) ma’ruza o'qishning kamchiligi shundaki:
U texnologik xarita bo'yicha ajratilganga qaraganda ko‘p vaqt talab qiladi. Ayniqsa, talabalar berilgan topshiriqni vaqtida ba- jara olmasalar ham 0‘qituvchi, «ulgurish uchun» topshiriqni chala bajarilganicha navbatdagi bosqichga o'tadi yoki uni oxirigacha ba- jarishlari uchun qo'shimcha vaqt beradi. Unisida ham, bunisida ham barcha uzviy savollarni rejalashtirilganidek muhokama qilish uchun vaqt yetishmasligi xavfi katta.
O'qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qilinadi. O'qituvchining o'zida izlanish, tadqiqotga intilish, olimlik xususi- yati bo'lishi talab etiladi.
Talabalarni darsga tayyorlanib kelishlari va unda faol qat- nashishlari talab qilinadi. Talabalarni bilim darajasi keskin farq qiladigan guruhlarda bunday ma’ruza o'qish juda qiyin.
Xulosa
Ma’ruza o'quv jarayonini asosiy bo'g'ini, o'quvchi talabalar bilan muloqatda bo'lishning alohida bir shakli bo'lib, unda o'quv materiali, mavzu kuchli ravishda, ma’lum bir tizimga solingan — bayoni tushiniladi.
Ma’ruza fanini o'rganishda qiziqish ishtiyoq, talabalarda fanni yanada chuqurroq o'rganishga xohish- istak uyg'otishi kerak. Buning uchun ma’ruzani unga qo'yiladigan talablar asosida tayyorlanib o'tkazish kerak.
Awaldan ma’ruza qanday o'tkazilishiga ko'ra muammoli ma’riizami yoki texnologik yondashuvga asoslangan holda bo'lishiga ko'ra ma’ruza darsining texnologik xaritasini tuzish zarur.
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Ma’ruza, ma’ruzaning funksiyalari, kirish ma’ruzasi, mavzu bo'yicha ma’ruza, yo‘l-yo‘riq ko'rsatuvchi ma’ruza, ma’ruzada real faktlar, an'anaviy ma’ruza o'qish, muammoli ma’ruza o'qish, jadal- lashgan ma’ruza o'qish, ma’ruza matni.
Takrorlash va munozara uchun savollar
O'quv jarayonida ma’ruza qanday o'rin tutadi?
Ma’ruzaga qanday talablar qo'yiladi?
Ma’ruzani bayon qilish metodlari qanday va ular nimalari bilan farqlanadi?
Ma’ruzada real faktlar, ma’lumotlarning o'mini aytib bera olasizmi?
Qanday ma’ruza muammoli ma’ruza deyiladi?
Jadallashgan (jalb qiluvchi, chuqurlashtirilgan) ma’ruza Qaysi jihatlari bilan sizni diqqatingizni tortdi? Uning kamchiliklari bormi?
Ma’ruzani qanday o'qish haqida shaxsiy fikringiz? Siz o'qituvchi sifatida ma’ruzani qanday o'qigan bo'lardingiz?
VI bob. SEMINAR MASHG‘ULOTLARIGA TAYYORGARLIK KO'RISH VA ULARNI 0‘TKAZISH
0‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakllaridan yana biri amaliy mashg‘u!ot. -Uning asosiy shakli seminar darsi bo‘lib, u ta-- labalarning bilim olish, olingan bilimni puxta o'zlashtirish, darsga faol qatnishishlarini ta’minlaydigan turli-tuman metodlarni qo'llash imkoni kengligi bilan ajralib turadi. Navbatdagi bob seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishi, uni samarali o‘tkazishni o'rganish masalalariga bag‘ishlanadi.
§. Seminar darsi va uning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni
Ma’ruza bilan birgalikda amaliy mashg‘ulot ham o‘quv jarayonining muhim shakllariga kiradi. U ta’lim, tarbiya berish hamda nazariyani amaliyot bilan bog'lash funksiyasini bajaradi. Amaliy mashg‘ulot termini pedagogikaga oid adabiyotlarda tor va keng ma’noda talqin etiladi. Amaliy mashg‘ulot keng ma’noda seminar (uning barcha turlari), mashq, laboratoriya ishini umumiy holda ifodalanishidir. Seminar amaliy mashg'ulotning shakllaridan biri bo'lib:
ma’ruzada bayon qilingan nazariy qonun-qoidalarni mustahkamlash;
fan bo'yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
talabalarni ilmiy tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o'stirish vazi- falarini bajaradi.
Seminar darsi talabalarni bilim olishlari, uni puxta o'zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qo'llashni o'rganishlarida alohida o'rin tutadi. Shuning uchun ham seminar darsini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlaydigan metodlarni qo'llab o'tish, muhim ahamiyatga ega.
Ma’ruzada odatda bayon qilish yetakchi rol o'ynaydi. Talabalar ma’ruza tinglashda passiv rol o'ynaydilar. Seminar darsida esa talabalar faol bo'lishadi. Darsda turli metodlarni qo'llab, ularning faol- ligini ta’minlash imkoniyati keng.
Ma’ruza darsi monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi
dialog asosida olib boriladi. Odatda, seminar darsida talabalarning bilimi, o'z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat qilinadi.
Seminar (lot. seminariym — manba, ko'chma ma’noda — mak- tab ) — o'quv amaliy mashg'ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o'quv yurtlarida, ilmiy to'garak, anjumanlarda qo'llaniladi.
Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktab- larida paydo bo'lgan. Keyinchalik G'arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlashi vazifasini o'tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dunyoqarashini kengayti- rishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o'ynay boshlagan.
Seminarning asosan uch turi bor:
O'rganilayotgan fan yoki kursni chuqur o'rganishga yordam beradigan seminar darslari.
Ayrim muammo, asosiy yoki muhim mavzuni o'rganish uchun o'tkaziladigan seminarlar.
Tadqiqot xarakteridagi seminarlar.
O'quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida o'rin tutadi. Seminar o'quv jarayonining talabalar bilimlarini mustah- kamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi shaklidir. Seminar mashg'ulotlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayotda qo'llashga o'rgatishdir.
Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o'tkazish, taqqoslash, xulosa chiqarishni bilishi kerak. Seminar darsining oldiga qo'yilgan bosh maqsadga erishish uchun dars oldiga qo'yilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda o'z ifodasini topadi.
Seminar darsi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
talabalarga professional ta’lim berish va tarbiyalash;
mustaqil ishlash malakasini o'stirish;
mantiqiy fikrlashga o'rgatish;
nutqini o'stirish, ilmiy munozaralar olib borishga o'rgatish;
mustaqil fikr yuritish va o'z fikrini o'rtoqlashishga o'rgatish;
o'rtoqlari fikrini tanqidiy baholashga o'rgatish;
talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;
nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog'lash.
Inson xotirasi — bu bizning biokompyuterdir. Odatda, yangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot qisman xotiradan
|
VILTR1
|
|
Qisqa muddat yodda snqlasii
|
|
Fib T K. 2
|
|
UlKfcj IQUltliJT
tvilirti ‘»ц||Л
|
|
— — *-
|
з SOS fO' :
f \
Takrorlamaslik
Takrorlash
Aynan seminar dar- sida talabalar
ma’ruza, kitob, jumal va hokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish,
10 min. 1 kun 1 havta 1 oy Vaqt Uni modellashtirish
asosida sinab ko'rish
imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Seminar darsini o‘tkazishda qo'llanadigan uslublar turli-tuman bo‘lib, u yoki bu uslubni tanlash, o'rganilayotgan fanning xususi- yatiga; o'tilayotgan mavzuga, seminar darsiga qo'yilgan maqsadga, tanlangan uslubni qo'llash imkoniyatiga bog'liq.
Hozirgi paytda iqtisodiy fanlarni o'rganishda nisbatan keng qo'llaniladigan uslublardan: ekspress savol-javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, seminar mashg'uloti rejasi bo'yicha atrof- licha suhbat, modellashtiruvchi o'yin, doklad va referatlami muhokama qilish, masala, mashq, test yechish va ularning natijasini muhokama qilish, munozara va boshqalarni ko'rsatish mumkin.
Seminar mavzui ma’ruza mavzusi bilan bir xil bo'lishi shart emas. Ba’zan mavzudagi ayrim savollar ma’ruzada ко'rib chiqilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda ma’ruzada ko'rilgan mavzu albatta, seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik, adabiyotlar, axborot manbalari mavjud bo'lsa, seminarda mustaqil o'rganilgan mavzuni muhokama qilish mumkin. •
Seminar darsini muvaffaqiyatli o'tkazish uchun asosiy va qo'shimcha adabiyotlami sinchkovlik bilan o'rganish zarur. Adabi- yotlarni o'rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bo'lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida o'rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi.
Savollarni murakkablashtirish hamda savollar tizimiga o'tish orqali mavzu mazmunini chuqur o'zlashtirish mumkin. Bu esa savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni o'rganib, uni yechish imkoniyatini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? - degan savol qo'yilgan. Bu holda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi — resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehti-
yojlarni qondirish muammosi, deb javob berishi mumkin.
Ana shu savolni aytaylik, quyidagicha savollar tizimi asosida il- gari surish mumkin: Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? Nima sababdan buni bosh muammo deb ataymiz? Sizningcha, iqtisodiyotda yana qanday muammolar bor? tarzida berish mumkin. Ana shu savollar tizimiga javob berish jarayonida talabalar iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish ekanligini, bunga sabab, iqtisodiyotdagi barcha masalalarni qamrab olishi ekanligi oydinlashadi. Ularga misol-qilib, tanlash muammosini, har bir uy xo'jaligi, firma, davlat o'z oldiga qo'ygan maqsad va unga erishish muammosini va hokazolarni ko'rsatish mumkinki, ularning bar- chasi resurslarning cheklanganligi bilan bog'liq.
Mavzuni o'rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini o'zgartirish, uni murakkablashtirish orqali ham erishish mumkin. Aytaylik, savolni iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima va uni nega bosh muammo deyiladi?- tarzida qo'yiladi.
Talabalarning mavzuni, u yoki bu kategoriyani qay darajada tushunganlarini sinash va puxtaroq tushunishlariga yordam berish uchun javoblarni ular bilan birgalikda muhokama qilish asosida mini test o'tkazish mumkin.
Seminar-darsning iqtidorni namoyon etadigan, nutq so'zlash, boshqalar fikriga tanqidiy qarashni talab etadigan uslublaridan biri
munozaradir. Bunday usul bilan dars o'tish o'qituvchidan katta tayyorgarlik ko'rish, mahoratni talab qiladi. Umuman olganda, seminar darsi turli metodlar asosida olib borilar ekan, u qiziqarli, barcha talabalarni faol qatnashishga, demak, darsga qunt bilan tay- yorlanib kelishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |