D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi



Download 1,26 Mb.
bet59/218
Sana15.12.2022
Hajmi1,26 Mb.
#886336
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

0‘rganayotgan mavzuimiz bo'yicha jamiyat resurslarini inves- titsion tovar va xizmatlar yaratish uchunmi yoki iste’mol tovarlari va xizmatlari uchun ko'proq sarflagani ma’qulmi? degan savol muammoni ifodalaydi. Uni chizma yordamida qo'yib, muhokama qilish mumkin.
Talabalar fikrini, diqqatini iqtisodiyotning bosh muammosini o'rganishga qaratiladi. Bir tomondan, ehtiyojlar cheksiz, ikkinchi tomondan resurslar cheklangan. Ulardan qaysi biri bosh muammo va nima sababdan uni bosh muammo deb ataymiz? Talabalarning fikrlarini eshitib, o'qituvchi ularning tarafdorlarini aniqlaydi.




To'g'ri yoki noto'g'riligini ko'rsatib, munozaraga yakun yasaydi. Seminarga tayyorlanish uchun topshiriq beradi.
Muammoli o'qitishning kamchiligi shundaki:

  • U ko'p vaqt talab qiladi. Oqibatda, axborot berishga qaratilgan dars o'tishga qaraganda, mavzu muhokamasiga ko'p vaqt sarflanadi.

  • Muammoli vaziyatni har qanday auditoriyada vujudga keltirish qiyin.

Bu o'qituvchidan katta pedagogik mahorat, ko'p kuch-quwat, tajribalalab qiladi.

  1. §. Ta’limning texnologik yondashuviga asoslangan,

chuqurlashtirilgan (jalb qiluvchi, jadallashtirilgan) ma’ruza
Jamiyat taraqqiyoti talabalarni mustaqil, chuqur mushohada yuritib, turli variantlarni taqqoslab, qaror qabul qilishga o'rgatishni taqozo qiladi. Ana shunday ko'nikmalar hosil qilishga yordam beradigan dars o'tish metodlarini qo'llash zaruriyati katta. Aynan tahliliy (tanqidiy) fikrlashga o'rgatadigan metodlar talabalarga ana shunday ko'nikmalar hosil qilishga yordam beradi. Qator taniqli pedagoglar shunday flkrlarni bayon etadilar.

  1. Yangi variantdagi uzluksiz ta’lim axborot va g'oyalarning tu- shunarli bo'lishi muammosini qo'yadi. O'quvchi, talabalar ana shu axborot, yangi fikr, g'oyalarni faollik bilan o'zlashtirgandagina kutilgan yuqori natijaga erishish mumkin.

  2. Talabalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirish uchun turli strategiya va metodlar qo'llanilgandagina o'qish jaiyoni muvaffaqi- yatli bo'Iadi. Ular talabalar uchun o'quv jarayoni tushunarli, ongli- roq bo'lishini ta’minlaydi.

  3. Talaba, o'quvchilar o‘z bilimlarini muayyan masalalarni yechishga tatbiq eta olsalargina, ularda bilim va ijodiy fikrlash ri- vojlanadi.

  4. O'quvchi, talabalarning oldin egallagan bilimlariga va tajri- balariga asoslangan o'qish mustahkam va yangi axborotni bilganlari bilan bog'lash imkonini beradi.

  5. O'qituvchilarning o'zlari ham fikrlar, g'oyalar, tajribalarning turli-tumanligini to'g'ri tushunishlarigina tahliliy fikrlashni yaxshi natija berishiga olib keladi. Agar bitta javobgina to'g'ri degan fikr ustuvorlik qilsa, u holda tahliliy fikrlashga imkon bo'lmaydi.

  6. O'qitishning asosiy shakli ma’ruzadir. Lekin an’anaviy ma’ruzaning kamchiliklari bizga ma’lum. TASIS dasturi




tadqiqotchilarining natijalariga ko‘ra uning samarasi juda past. Buning sababini tinglovchilarning passivligida deb izohlanadi.
Albatta, buni barcha an’anaviy ma’ruzalarga xos deb bo'lmaydi. Ma’ruzani mohir ma’ruzachi o‘qiganda:

  • yangi axborot beradi;

  • murakkab nazariy savollarni tushuntiradi, 0‘rgatadi, tizimga soladi;

  • muammo, masalalarni yechish jarayonida ijodiy fikrlashga o‘rgatadi;

  • yuzaki qaraganda katta farqi bor turli g‘oyalarni ko‘rsatadi tahlil qiladi, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni tushuntiradi;

  • bilim olishga undaydi;

  • o‘rganib qolingan fikrlash tarzi va e’tiqodlarni qaytadan qarab chiqishga da’vat qiladi;

  • kelgusida bilim olishga ishtiyoq tug'diradi.

An’anaviy ma’ruzani bunday tarzda o‘qish hammaning qo‘lidan kelmaydi. Juda ko‘p ma’ruzalar monolog tarzida o‘qiladiki, u tinglovchilarni ma’ruzadan qoniqmasliklariga, uni diqqat bilan eshitmasliklariga olib keladi.
Ana shu kamchilik, ya’ni tinglovchilarni ma’ruzada passiv emas faol qatnashishlarini ta’minlab, kudlayotgan natijalarga erish­ish uchun metodikani o‘zgartirishga undaydi.
Bunga chuqurlashtirilgan (jalb qiluvchi, jadallashgan, dinamik) ma’ruza orqali erishish mumkin. Jadallashtirilgan ma’ruza tahliliy fikrlash ko'nikmasini hosil qilish, rivojlantirish, universal asoslarga tayangan holda tayyorlangan ma’ruzaning mukammallashtirilgan, chuqurlashtirilgan variantidir. Jadallashtirilgan ma’ruzani har qan­day kattalikdagi guruhda o‘tkazish hamda talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlash mumkin.
Jadallashtirilgan ma’ruzani qoilashga zaruriyat, tadqiqot nati­jasida ishonch hosil qilingan ikki holatdan kelib chiqadi:

  1. Auditoriyaga o'qituvchi savolni mavzu bo‘yicha ma’mzani o‘qib bo‘lgach tashlaganiga qaraganda, ma’ruza o‘qigunga qadar berishi talabalarni ma’ruzada bildirilgan fikrlarni yoki materialni yaxshiroq o‘zlashtirishiga olib kelar ekan.

  2. Ma’ruza boshlangandan 15—20 daqiqa 0‘tgach talabalarning diqqati susayadi. Demak, metodni o‘zgartirish, talabalarni darsga faol qatnashishga undash zarur.


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish