IZOHLI LUG‘AT (glossariy)
Akademik litsey — o‘quvchilaming intellektual qobiliyatlarini jadal o'stirish, ularning chuqur tabaqalashtirilgan va kasb-hunaiga yo'naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan o‘rta maxsus o'quv yurti.
Akkreditatsiya — faoliyat yuritishga ishonch bildirish va muvofiq ravishda berilgan hujjat, ya’ni faoliyat darajasining qo‘yilgan mezon va talablarga javob berishini davlat tomonidan e’tirof eti- Iishi. - -
An'anaviy dars o'tish — darsning asosiy maqsadi ko‘proq tu- shuntirishga qaratilgan, o'qituvchi bilim beruvchi, o'quvchi-talaba bilim oluvchi rolini bajaruvchi dars o'tish.
Attestatsiya — mutaxassislaming ishga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulq-atvorini aniqlash va shu asosda ishga ta- yinlash yoki unvon berish.
Axloq — shaxsni jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan bur- chini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari, ijtimoiy ong shakllaridan biri.
Aqliy hujum metodi — qo'yilgan muammo, masala, savolga nisbatan barcha o'quvchi-talabalaming o'z fikrini bildirishini ta’minlash asosida ularni darsga faol qatnashish, o'z nuqtai nazari- dan yondashishga yo'naltirish, bildirilgan fikrlarni saralashga o'rgatuvchi metod.
Bayon qilish — o'qituvchi tomonidan o'rganilayotgan mavzu, materialning mazmunini izchil so'zlab berish metodi.
«Bilaman, Bilmoqchiman, Bildim (B/B/B)» metodi - kitob, ilmiy maqolalarni o'qishga, bilmaganlarini o'rganishga harakat qilishga yo'naltiradigan metod.
«Blits-o‘yin» metodi - mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakatlar ketma-ketligini to'g'ri tashkil etishga va baholashga o'rgatuvchi metod.
Vazifa — qo'yilgan maqsadni amalga oshirish bosqichlarining mazmuni.
Verbal — og'zaki ifodalash.
Davlat ta’lim standartlari — uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida tayyorlanayotgan kadrlarning minimal darajada ega bo'lishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalar.
Dars o‘tishning samarali metodi — mavjud turli-tuman metodlarni orasidan qabul qilingan mezonlar bo'yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga erishiladigan metodlar.
Darsni savollar asosida olib borish metodi — o‘quv rejasi bo'yicha savol-javoblar yordamida talabalarni o‘quv jarayoniga jalb etish, ularda fikr-mulohaza yuritish, o'qish, o'rganish, o‘z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg‘otadigan metod
Delfa metodi — O'quvchi-talabalarni ijodiy fikr yuritish, bildirilgan fikrlarni taqqoslab, baho berish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatadigan metod.
Didaktika (yunon-didaklikos - o'qitadigan, o'rgatadigan) — pedagogikaning bilim olish, ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid tarkibiy qismi. Didaktika «nima?» va «nima uchun?» o'qitish kerak degan savollar bilan shug'ullanadi.
Dunyoqarash — shaxsning tafakkur tarzi va yo'nalishini aks et- tiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o'ylar tizimi.
JadaUashtirilgan, chuqurlashtirilgan ma’ruza - tahliliy fikrlash ko'nikmasini hosil qilish, rivojlantirish universal asoslariga tayangan holda tayyorlangan ma’ruzaning mukammallashtirilgan, chuqurlashtirilgan variantidir. Ma’ruza o'qishda qo'llaniladigan metod va vositalar uzviy savollar bo'yicha awaldan loyihalashtirilib, ma’ruza darsining texnologik xaritasida ko'rsatiladi.
Idrok — ma’lumotlami ranglar, belgilar, harakat, ko'rish, eshi- tish, sezish, his qilish orqali axborotni yaxlitlikka olib kelish.
Idrok etish malakasi — boshqa subyektning xususiyatlarini: uning muloqoti va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur bo'lgan kasbiy pedagogik malaka.
Izohlash, tushuntirish — tushuncha, so'zning qisqacha ma’nosini ifodalash: og'zaki izoh, yoritilishi lozim bo'lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
Insert metodi — o'quvchi-talabalarni o'qiyotgan kitoblari, maqola va turli axborotlarni tushunib yetishlari uchun o'qish jarayonida materialning (darslik, o'quv qo'llanma, ilmiy maqola, jadval, sxema kabilar ) har bir satr boshi (yoki qismi)ning mazmunini baholash orqali, chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda varaqning chetki tomoniga (hoshiyasiga) qalam bilan belgi qo'yib borish orqali o'z munosabatini bildirishga o'rgatuvchi metod.
Interaktiv dars o‘tish metodlari — dars jarayonida o'quvchi, talabalar hamda o'qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o'rnatiladigan dars o'tish metodlari.
Ilmiy muammo — fanda tadqiqot orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |