D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


«Debit» guruhi tayyorlagan xulosa



Download 0,89 Mb.
bet208/214
Sana18.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#385054
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

«Debit» guruhi tayyorlagan xulosa


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI REPUBLIK OF
«ADOLAT+ AUDIT» UZBEKISTAN


KOMPANI AUDITORLIK AUDITING

TASHKILOTI «ADOLAT+ AUDIT»

O'zbekiston Respublikasi 90, Usmon Nosir str.,

700070. Toshkent shahar, 700100, Tashkent Re-

Usmon Nosir ko'chasi, 90 publik of Uzbekistan

Tel. +(371) 255-47-50 Tel. +(371) 255-47-50

Faks +(371) 255-47-50 Fax +(371) 255-47-50

Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasini tuzishdan bosh
tortishi to‘g‘risidagi ariza


Biz, «Adolat + Audit» auditorlik tashkiloti (O'zbekiston Res­publikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan, barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarda audit o'tkazish huquqini beruvchi AF № 00050 sonli litsenziyasiga muvofiq) direktori Qo'ldoshev O. A, auditorlar Maqsudov I. Т., Oqilov I. A Moliya vazirligining ser- tifikatiga asosan «Irmoq» aksionerlik jamiyatining 2008-yil 1-yan- varidan 2008-yil 31-dekabriga qadar bo'lgan davr uchun moli­yaviy hisoboti tekshirildi.

Xo'jalik yurituvchi subyekt xorijiy yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni to'liq taqdim etmadi. Bu esa, boshlab yuborilgan auditorlik tekshiruvini biz auditorlik xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblaydigan hajmda o'tkazish imkonini bermaydi.





Yuqorida bayon etilgan auditorlik tekshiruvi hajmini chek- lash holati tufayli «Adolat + Audit» auditorlik tashkiloti (O'zbekiston Resapublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan, barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlarda audit o‘tkazish huquqini beruvchi AF № 00050 sonli litsenziyasiga muvofiq) «Irmoq» ak­sionerlik jamiyatining moliyaviy hisoboti to‘g‘risida fikrini
ifodalashdan bosh tortadi.

«Adolat + Audit» auditorlik

tashkiloti direktori imzo Qo‘ldoshev O. A

Auditorlar imzo Maqsudov I. T.

imzo Oqilov I. A

  1. yil «15-mart» m.o‘.


Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli, auditor­lik tashkiloti moliyaviy hisobot holati to'g'risida fikrini ifodalash uchun yetarlicha auditorlik isbotlarini olishi mumkin bo'lmasa, auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi mumkin.


Auditorlik tekshiruvi hajmini cheklash - xo'jalik yurituvchi subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslaming boshlab yuborilgan auditorlik tekshiruvini auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan hajmda o'tkazishga to‘sqinlik qilishga yo'naltirilgan ochiqdan-ochiq harakatlari yoki harakatsizliklaridir.

«Audit», «Debet», «Kredit» kichik guruhi vakillari ularga beril­gan auditorlik hisoboti asosida nima sababdan ijobiy, salbiy audi­torlik xulosasini berishganini yoki auditorlik xulosasini yozishdan bosh tortishganini asoslab berishadi. Buning uchun har bir guruhga 3 minutdan vaqt beriladi. Taqdimotga ham ball beriladi. Har bir kichik guruh a’zolari ham o'zlarini va boshqalarni baholashadi. Ekspert guruhi o'z fikrini bildiradi va umumiy ballni e’lon qiladi. O'qituvchi tanlovni yakunlaydi. G'olib guruh taqdirlanadi. Biz me- todni qo'llashni abstrakt korxona misolida ko'rsatdik. Lekin darsda real ma’lumotlardan foydalanish ko'proq samara beradi. Unda ta­labalar hisobotni o'qib chiqib, tayyorlagan taqdimot va xulosa bilan professional auditor bergan xulosani solishtirish, uni asosida xulosa chiqarish imkoni yaratiladi.

Biz ko'rib o'tgan barcha metodlarni audit faniga moslashtirgan holda dars o'tish mumkin. Demak, audit fanini o'rganishda o'qituvchi, o'quvchi-talabalar amaldagi buxgalteriya hisobi, auditga





va boshqa iqtisodiyotga oid qonunlar, me’yoriy hujjatlarni, respub- likamizda qabul qilingan milliy va xalqaro standartlarni puxta bilishlari, ular asosida ish yuritishni o'rganishlariga diqqat qaratish­lari, mustaqil fikrlashga, taqqoslash va qaror qabul qilishga, hisob- kitoblarni to'g'ri bajarishga o'rgatadigan dars o'tish metodlarini keng qo'llashlari lozim.


  1. §. «Soliq va soliqqa tortish» fanining xususiyatlari va dars o'tish metodlarini tanlashda ularni hisobga olish

Soliqlar doimo jamiyat a’zolarining diqqat markazida bo'lib kelgan, chunki u har bir kishining manfaatiga taalluqli bo‘lib, ik­kinchi tomondan davlat budjeti daromadlarining asosiy man- baidir.

Ma’lumki, har bir davlat o‘z funksiyalarini bajarishi uchun xarajatlar talab etiladi. Aynan ana shu xarajatlar uchun zarur mab­lag' bilan soliq tizimi ta’minlaydi.

Soliq tizimi boshqa sohalardan tubdan farq qiladi.

Ana shu farq soliq organlari uchun tayyorlanadigan malakali mutaxassislarni kasbiy bilim egallashlariga oid mutaxassislik fanlari va ulami o'rganishda o'ziga xos xususiyatlami keltirib chiqaradi.

  1. Respublikamizda soliq va soliqqa tortish qabul qilingan qohunlar asosida olib boriladi.

Soliqchilik asosini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsi- yasi tashkil etadi. Konstitutsiyaning 123-moddasiga muvofiq «O'zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli»dir.

Soliq qonunchiligi Konstituuiyadan keyin O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahriri 2007-yil 25-dekabrda qabul qilinib, 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan. Bi­rinchi kodeks 1997-yil 24-aprelda qabul qilinib, 1998-yil 1-yan­vardan kuchga kirgan))ga asoslanadi. U soliq tiziMining huquqiy asoslarini, soliq to'lovchilarning huquqlari va Majburiyatlarini, soliq ishlarini yuritish va soliq majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik tartibini belgilaydi.

Soliq qonunchiligi tarkibiga soliq jarayonini tartibga soluvchi boshqa qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Far- monlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O'zbekiston Respub­likasi Davlat Soliq qo'mitasining me’yoriy hujjatlari kiradi. Bu esa o'z vaqtida soliq organlarida ishlovchi mutaxassislardan:





  1. soliqqa oid qonunlar, huquqiy va me’yoriy hujjatlarni, yo'riqnomalarni chuqur bilishlari;

  2. ular asosida qonuniy ravishda yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amallarini to‘g‘ri bajarishlarini talab qiladi.

  1. Soliq to'lovchilar bilan soliq undiruvchilar manfaatlari qarama-qarshiligi mavjud. Soliq boshqa to‘lovlardan farq qilib, soliq to'lovchilar, toiov evaziga individual tarzda soliq to‘lash pay- tida hech nima olmaydilar. Bu to'lovlar ularga jamiyat miqyosida ijtimoiy tovarlar va xizmatlar tarzida qaytadi. Bu soliq to'lovchilarni iloji boricha soliq to‘lashdan qochish yoki kamreq soliq to‘lash yo‘llarini qidirishga olib keladi. Bunda soliq imti- yozlari mavjudligi ham turli salbiy, noqonuniy harakatlarni yuz berishida ma’lum rol o'ynaydi. Soliq qohunchiligi buzilishi ko‘rinishlari turlicha. U soliq to'lovchilar tomonidan yoki soliq un­diruvchilar tomonidan sodir qilinishi mumkin. Shuning uchun mu­taxassis soliq qonunchiligini buzilishi qanday yuz berishi mumkin, uning oqibati, oldini olish choralarini yaxshi bilishlari kerak.

Jamiyatning iqtisodiy yuksalishga erishishida soliq xodimlari, ularning bilimi, malakasi, halolligi, qonunlar asosida ish ko‘rishi alohida rol o'ynaydi.


  1. Soliq tizimi bir tomondan ishlab chiqarish faoliyati, ik­kinchi tomondan, insonlar faoliyati bilan bog'liq.

Soliq bo'yicha mutaxassis soliq va hisob qonunchiligi to'g'ri yuritilishini tashkil etishni, aynan ana shu qonunbuzarliklar qanday oqibatlarga olib kelishini chuqur biladigan, uni oldini olishga hara­kat qiladigan bo'lishi lozim. Soliqlami hisoblash va uni to'lash bevosita buxgalteriya hisobi bilan bog'liq. Demak, «Buxgalteriya hi­sobi* soliq bilan chambarchas bogianganligini nazardan qochir- maslik kerak.

Ma’lumki, turli mamlakatlarda buxgalteriya hisobi va soliq hi­sobini amalga oshirishning ikki sxemasi mavjud.

  1. Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi bir - biriga to‘g‘ri keladi. Bu Germaniya, Italiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar, O'zbekiston ham shu guruhga kiradi.

  2. Buxgalteriya va soliq hisobi parallel olib boriladi. Bularga AQSh, Buyuk Britaniya, Avstriya, Rossiya kabi mamlakatlar kiradi. Lekin, qaysi sxemada ish yuritishdan qat’i nazar, buxgalteriya hi­sobi ma’lumotlari soliqlami hisoblash uchun asos hisoblanadi.

Hisob tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xo'jalik yuri­tuvchi subyektlarda iqtisodiy faoliyat yuritish jarayonida xalqaro andozalar asosida «Moliyaviy hisob* va «Boshqaruv hisobi» schyot-





larida hamda «Moliyaviy va boshqaruv» hisobotlari orqali ma’lumotlarni aks ettirish amaliyoti joriy etilgan.


Soliq bazasini to‘g‘ri aniqlash, ularni to‘g‘ri hisoblash va bud- jetga belgilangan muddatlarda to‘lash tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy holatida muhim rol o'ynaydi. Byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan soliqlar va yig'imlarni o'z vaqtida to'g'ri hisob-kitob qilish va to'lab borish natijasida korxona iqtisodiy noxushliklar, jarima va boshqalardan zarar ko'rmaydi. Shu sababli soliqlar hisobi tad­birkorlik subyektlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Demak, sollqchi mutaxassis nafaqat soliq, soliqqa tortishni, balki buxgal­teriya hisobi, tahlil, auditni ham puxta bilishi zarur.

Shuning uchun ham soliq tizimi uchun kadrlar tayyorlashga fanning xususiyatlaridan hamda kadrlarga qo'yiladigan talablardan kelib chiqqan holda yondashish zarur.

«Soliq va soliqqa tortish» fanining xususiyatidan kelib chiqib, markaziy o'rinni masala, mashq yechish egallaydi.

Masala, mashq yechish olgan bilimni amaliyotda qo'llash imkonini ta’minlaydi va shu yo'l bilan talabalaming bilim olishdagi faolligi ortadi.

Masala yechishga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni baja­rish, javobini aniqlash emas, fikr yuritish obyekti sifatida qaralishi kerak.

Masala yordamida fanni o'rganganda aniq hujjatlar asosida tahlil qilish imkoniyati keng.

Masala yechishni modellashtimvchi o'yin tarzida tashkil qilish mumkinki, bunda talabalar soliq xodimlari va soliq to'lovchilar si­fatida qatnashib, real voqelikka yanada yaqin bo'Iadilar.

Darsni tarqatma materiallardan foydalanib o'tish mumkin. Masala, mashq yechish jarayonida talabalaming qabul qilingan qonunlar, me’yoriy hujjatlar va yo'riqnomalarni qay darajada bilishlarini ham aniqlash mumkin. Ulardan munozara, debatlar metodini qo'llashda ham keng foydalanish mumkin.

Ko'rib o'tgan metodlarimizni «Soliq va soliqqa tortish» fanidan ham dars mavzulariga va qo'yilgan maqsadga qarab moslashtirib, keng qo'llash mumkin.

Xulosa



Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlil fani o'ziga xos o'rin tutadi. U o'zining iqtisodiy voqea,hodisalami qismlarga bo'lib, sta-





tik va dinamik jihatdan sinchiklab o‘rganishi, ularni obyektiv va subyektiv sabablarini aniqlab berishi, tavsiyalar ishlab chiqishi bilan ajralib turadi.


Iqtisodiy tahlilda taqqoslash, solishtirish asosiy o‘rinda turadi. Chunki tahlilning o'zi taqqoslashga asoslanadi. Fanni o'rganayotgan har bir talaba uchun yana bir muhim jihat tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bo'lib, dars o'tish metodlarini tanlaganda, topshiriqlar tayyorlaganda albatta, ularni hisobga olish muvofiq ravishda moslashtirish lozim.

Iqtisodiy faoliyat yuritishda ma’lum bir xatoliklarga, ch'al- kashliklarga yo'l quyilishi chalkashliklarga yo'l qo'yiladi. Axborot­larning noto'g'riligi qator salbiy oqibatlarga olib keladi. Buni oldini olishni audit fani o'rgatadi, fanni, amaliyotni chuqur bilgan malakali auditorlar amalga oshiradi.

Audit fani o'zining metodlari, buxgalteriya fani va iqtisodiy tahlil bilan chambarchas bog'liqligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Audit fani auditni o'tkazishda markazda auditor turishi va uni shakllanishiga alohida diqqat qaratilishi jixatidan boshqa hech qaysi iqtisodiy fanni o'rganishda mutuxassisga bu qadar alohida e’tibor qaratilmaydi. Shuning uchun ham bu fanni o'rganishda aqlni charxlaydigan, teran fikr yuritishga, taqqoslash, xatoliklarni tezda topishga, qabul qilingan qonun qoidalar, me’yoriy hujjatlarni chuqur bilishga yo'naltirilgan topshiriqlar ishlab chiqish, dars o'tish metodlarini mavzuga moslashtirish talab qjlinadi.

Soliq va soliqqa tortish fanini o'qitishda esa eng awalo qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlarni, soliqlami ishlab chiqarish faoliyati, insonlar faoliyati va ularning manfaatlari bilan bog'liqligini hisobga olish zarur. Dars o'tish uchun topshiriqlar tay­yorlaganda ularni soliq bazasini to'g'ri aniqlashni talab qiladigan bo'lishiga e’tibor berish, metodlarni mavzularga moslashtirish kerak.

Asosiy tayanch tushuncha va atamalar



Axborotlarni tahlil qilish, axborotni asimmetrik tarqalishi, taqqoslash, solishtirish, guruhlashtirish, iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi, iqtisodiy tahlil xususiyatlari, fanning predmetini o'rganish metodlari, audit fani xususiyatlari, auditorning roli, soliq qonunchiligi, fanni o'rganish metodlari.




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish