D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi



Download 0,89 Mb.
bet169/214
Sana18.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#385054
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Unutmang!

  1. Dars tayyorlayotganda bir fandan topshiriqni to‘la bajargan­dan so‘ng tanaffus qiling. Agar topshiriq ko‘p vaqtni oladigan bo‘lsa, uni qismlarga bo‘lib bajaring. Chunki, tanaffus yana ishga «sho‘ng‘ishingiz» uchun diqqatni jamlashga qo‘shimcha vaqt talab qiladi.

  2. Dars tayyorlayotganda boshqa narsalarga e’tibor bermang, maksimal darajada diqqatingizni bajarayotgan vazifangizga qarating.

  3. Bajarayotgan ishlaringizni zarurligi va tutgan o‘rniga ko‘ra ketma-ketligini rejalashtiring.

  4. Har bir ishni bajarish uchun o‘zingiz muddat belgilang.

  5. Bir ishni boshlagach ikkilanmang, chunki ikkilanish ish layoqatingizni yo'qotadi.

Bu qoidalarga bo‘lajak mutaxassis sifatida o'zingiz rioya qili- shingiz kerak bo‘lsa, kelgusida pedagog sifatida shogirdlaringizni ham rioya qilishga undashingiz zarur.

0‘quvchi-talabalar mustaqil ishlarining samaradorligi vaqt bud- jetidan oqilona foydalanishiga bog‘liq. Bunda talabalar vaqtdan foydalanish tajribalarini o‘rganishi, ulardan kelib chiqib, vaqtini taqsimlashi zarur.





Yoshlarning o‘z ustida mustaqil ishlashi, mutolaa qilishlari uchun zamonaviy kutubxona, o‘quv zallari, kompyuter markazlari, xalqaro ilmiy axborot markazlari bo'lishi katta ahami­yatga ega.

Xulosa



0‘quvchi-talabalarda o‘z ustida uzluksiz mustaqil ishlash ko‘nikmasini tarbiyalashda mustaqil ishlashni tashkil etish muhim

  • o‘rin tutadi. -

Mustaqil ishlash talabaning o‘zi tomonidan tashkil etilib, muayyan o‘quv ishlari izchil va uzluksiz ravishda o‘qituvchining rahbarligi va nazorati asosida amalga oshiriladi.

Mustaqil ishlarning turli shakllari mavjud bo‘lib, ularning bar- chasi talabalarda ijodiy ishlash ko‘nikmasini hosil qilishga qaratil­gan.

Mustaqil ijodiy izlanishda referat, kurs :shi, doklad yozish alo­hida o‘rin tutadi. 0‘quvchi-talabalardan katta kuch, ijodiy izlanish talab qiladigan hamda bor bilimini yozma ravishda aniq, tushu- narli, mantiqiy izchillikda bayon qilishni talab qiladigan ijodiy mustaqil ish kurs ishi, ilmiy doklad bo‘lib, u 0‘quvchi talabaning naqadar bilimli, mas'uliyatli, o‘z fikrini ifodalashga mohirligini ko‘rsatadi.

Mustaqil ishlarni bajarishda talabalaming vaqtini to‘g‘ri taqsimlash ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun talabalar bajariladigan ishlarning muhimligi, muddati nuqtayi nazaridan ulami bajarish ketma-ketligini to‘g‘ri belgilash va rejalashtirishni o‘rganishlari zarur.

Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar



Mustaqil ishlar, mustaqil ishning maqsadi, mustaqil ishning vazifalari, mustaqil ishni tashkil etish prinsiplari, mustaqil ishning shakllari, kurs ishi, ilmiy doklad, referat.

Takrorlash va munozara uchun savollar



  1. 0‘quv jarayonida mustaqil ishlarning tutgan o‘mi qanday?

  2. Nima sababdan mustaqil ta’lijnga alohida e’tibor qarati- layapti?





  1. Mustaqil ta’limning asosiy maqsadi nima? U qanday vazifa- larni bajaradi?

  2. Talabalaming mustaqil ishini tashkil etishning qanday asosiy prinsiplarini bilasiz?

  3. Kurs ishi, ilmiy doklad, referat va boshqa mustaqil ishlarni bajarish, sizningcha, qanday ahamiyatga ega?

  4. Talabalar vaqtini samarali taqsimlash deganda nimani tu- shunasiz?

  5. Bitiruv malakaviy ishi va uni bajarishga qo‘yilgan talablami bilasizmi? Siz- ularni ko'ngildagidek bajara olishga ishonchingiz komilmi?



  1. bob. BILIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH

Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda o‘quvchi-talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning -ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yo'lga qo'yilmasa, turli-tuman metodlarni qo‘llashimiz, qiziqarli dars o‘tish uchun turli top­shiriqlar tayyorlashimizdan qat’i nazar, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki inson ongida har doim o‘z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon ro‘y berib turadi. 0‘z ishini natijasi baholanmasa yoki baholanishidan, taqdirlanishidan ko‘ngli to‘lmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat «hafsalasi pir» bo‘lishi mumkin. Navbatdagi bob ana shu masalaga bag‘ishla",gan.


  1. Download 0,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish