§. Axborotni yig‘ish va yoyish asosida mavzuni o‘rganishga qaratilgan metodlar
Sinkveyn (axborotni , 0‘rganilayotgan materialni yaxshiroq
yig'ish) metodi anglash uchun qo Uaniladigan metodlar- dan biri—«Sinkveyn (axborotni yig‘ish)»
metodidir.
Sinkveyn — (fransuzcha besh) besh qatordan iborat, o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda o'rganilayotgan tushuncha, hodisa, voqea, mavzu haqidagi axborot yig‘ilgan holda, o'quvchi, talaba so'zi bilan turli variantlarda va turli nuqtayi nazar orqali ifodala- nadi. Sinkveyn tuzish murakkab g'oya, iqtisodiy tushunchalami bir nechagina so'zlar bilan ifodalash uchun muhim bo'lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga, o'zlashtirishga yordam beradi.
Sinkveyn besh qatordan iborat bo'lib, birinchi qatorda bir so'z bilan mavzu yoki muammo yoziladi (odatda ot turkumiga oid so'z bilan).
Ikkinchi qatorda bir so'z bilan ifodalangan mavzu yoki muammo ikki so'z bilan tavsiflanadi (sifat turkumiga oid ikki so'z bilan).
Uchinchi qatorda ushbu mavzu yoki muammo bo'yicha xatti - harakatlar uch so'z bilan xarakterlanadi.
To‘rtinchi qatorda bir so'z bilan ifodalangan mavzu, muam-
moga aloqadorlikni ko'rsatuvchi to'rt so‘zdan hissiyotni ifodalovchi gap (ibora) tuzib yoziladi.
Amaliyotda sinkveyn:
murakkab axborotni sintezlash quroli;
talabalar tushunchalar zaxirasini baholash vositasi;
fikrni ijodiy ifodalash vositasi sifatida juda foydalidir. Sinkveyn tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash
va umumlashtirishda tezkor, ayni zamonda muhim qurol hisoblanadi.
"Sinkveyn ma’lum bir mavzu o'rganilgandarT so‘ng tuzilsa, uning asosiy xususiyatlari, mohiyati tushunilib, yakunlanadi. Sinkveyn materiallar ustida o'ylashga, murakkab axborotni sintezlashga yordam beradi. Ijodiy ishlash imkoniyati kelib chiqadi.
Beshinchi qatorda mavzuning mohiyatini takrorlovchi bir so'zdan iborat sinonim yoki mohiyatini yangicha ifodasi yoziladi.
mavzu, muammo, tushuncha, kategoriya nomi (ot);
tavsifi (sifat);
mavzu bo'yicha harakatlar,
hissiyot, aloqadorlikni ifodalovchi jumla;
mohiyatning yangicha ifodasi, sinonim,
o'rganishning mahsuli, natijasi
Misol:
masala
qiyin, og‘ir •
aniqlash, solishtirish, yechish
bartaraf qilish talab etiladi
muammo
Sinkveyn metodini nisbatan adabiyot, falsafa, tarix va boshqa shunga o'xshash fanlarda qo'llash osonroq. Sababi, ularning sifati va harakati bilan bog'lovchi sinonim so'zlami topish oson. Iqtisodiy fanlardan esa kategoriyalarning sinonimini topish qiyinroq. Lekin uni boshqacha usullar bilan qo'llasa bo'Iadi. Ana shu qiyinchilik uni qo'llashni qiziqarli bo'lishiga olib keladi.
Senkveyn metodidan iqtisodiy kategoriyalami o'rganishda foy- dalanishni quyidagi misol yordamida ko'rish mumkin.
Aytaylik, narx uning sinonimi baho, lekin bahoning narxga nisbatan keng qamrovliligiga e’tibor qaratmaymiz. O'qituvchi si- nonimni talabalarga aytmaydi.
O'qituvchi «Narx» deb doskaga yozib, talabalarga murojaat
qiladi. Narxning sifat tomonini ko‘rsatadigan so‘zlarni keltirishadi. Talabalar: arzon, qimmat, cho'ntakbop, xaridbop, inflatsion va ho- kazolami keltirishlari mumkin. Ana shularni ichidan biz eng mos keladigan, to‘g‘ri ifodalangan deya variantlardan 2 tasini ajratib olamiz. U arzon, qimmat bo‘lsin.
Navbatda narxga bog'liq harakatlarni ifodalovchi so'zlarni topishimiz zarur bo'Iadi. O'qituvchi yana talabalarga murojaat qiladi: aniqlash, taqqoslash, solishtirish, anzonlashtirish, qimmatlashtirish, belgilash, chidash, norozi bo'Iish, rozi bo'Iish, chora ko'rish va hokazolar. Ularning-orasidan eng ma’quli deb aniqlash, taqqoslash, arzonlashtirishni olaylik.
Endi narx bilan aloqadorlikni ifodalovchi 4 so'zdan iborat gap, jumla tuzishimiz kerak. Aytaylik, talabalar quyidagicha jumlalarni keltirishsin:
Narxning ko'tarilishi inflatsiyani ifodalaydi.
Narxning shakllanishi xarajatlarga bog'liq.
Shakllanishi talab, taklifga bog'liq.
Raqobatda muhim omil hisoblanadi.
Odamlami manfaatiga ta’sir ko'rsatadi.
Narx qadr - qiymat o'lchovi va hokazolar.
Ularni orasidan eng yaxshi, narxning mazmunini ochib berishga yordam qiladigan deb qaysi birini tanlaymiz, deya murojaat qilinadi. Aytaylik, 3 jumla talabalar tomonidan tanlansin.
Endi narxga sinonim so'zni topamiz. U baho. Bizning sink- veynimiz quyidagicha bo'Iadi:
Narx arzon, qimmat aniqlash, taqqoslash, arzonlashtirish shakllanishi talab, taklifga bog'liq baho
Bu metodni boshqacha usul bilan sinonim so'z, kategoriya bilan emas, balki antonim so‘z, kategoriya topish tarzida o'tkazish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarda bunday kategoriyalar mo'l.
Uni 2 xil yo'l bilan o'tkazish mumkin:
Birinchi qo'yilgan so'z kategoriyaga xos sifat, harakat, gap tuzish yo'li bilan.
Aksincha, unga zid bo'lgan sifat harakat, jumla bilan. Senk- veynning modifikatsiyasi quyidagicha bo'Iadi:
Foyda qonuniy, yalpi hisoblanadi, olinadi, taqsimlanadi Firmaning mavqeiga ta’sir qiladi Zarar (foydaning aksi)
Zarar kutilmagan, yalpi hisoblanadi, olinadi, qoplanadi Firmaning mavqeiga ta’sir qiladi Foyda (zararning aksi)
Xullas, bu metodni ham turli variantlarda qo‘llash mumkin. U o'qituvchining mahoratiga bog'liq.
Axborotlarni yig‘ishga moMjallangan metodlarga jadval tuzish va ulardan foydalanish ham kiradi (alohida metod sifatida to'xtalib o‘tdik). Bu metod, ayniqsa, iqtisodiy fanlardan statistika, buxgalteriya hisobi, tahlil kabi fanlarda keng qo'llaniladi. Jadval tuzish, qo'yilgan maqsadga ko‘ra uning ega, kesimini aniqlash qoidalari statistika fanida o'rganiladi. Biz esa ulardan fanni o'quvchi- talabalar ongiga yetkazish metodi, fanni o'rganishda qanday tarzda qo'llashga ahamiyat berishimiz darkor.
A , , Keyingi paytlarda iqtisodiy fanlardan
Do'stlaringiz bilan baham: |