Baholarga raqobatning ta’siri



Download 44,68 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi44,68 Kb.
#48807
Bog'liq
Baholarga raqobatning ta’siri


Aim.uz

Baholarga raqobatning ta’siri
Raqobat vujudga kelishi bilan o‘rtasidagi nisbat tifayli har bir daqiqada mavjud narxlari darajasiga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi talab va taklif qarama-qarshiligi bartaraf etiladi. Raqobat orqali qiymat qonunining amal qilishi davom etib kelmoqda.

Ilmiy-texnika inqilobi sharoitida foyda uchun firmalar o‘rtasidagi raqobat kurashi turli shakllarni oladi. Shakl va usullarning o‘zgarishiga makroiqtisodiy omillar, xususan yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibidagi siljishlar ham, firmalarning o‘zlarining amallari, masalan sotuv bozorlari uchun kurash siyosatini takomillashtirish ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Firmalararo raqobatchilik birinchi navbatda ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi: tarmoqlararo va tarmoq ichidagi raqobat. Ular uchun umumiy bo‘lgan narsa firma faoliyatining geografik doirasi (global yoki hududiy), shuningdek ustama foyda olish uchun raqobatning legal va nolegal usullarini qo‘llashdir. Shu vaqtning o‘zida tovar xarakteriga ko‘ra raqobat shakllari (narxga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan), reklama va tovarlarni bozorga olib kirish usullari o‘rtasida farqlar ham kuzatilishi mumkin.

Baho raqobati quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:

  1. tovarlarni eng past narxlarda sotish orqali boshqa sotuvchilarni siqib chiqarishga va o‘zi uchun eng sotuv hajmini ta’minlashga harakat qilayotgan bir turdagi mahsulot sotuvchilari o‘rtasidagi raqobat; bu raqobat taklif etilayotgan tovarlarning narxlarini pasaytiradi.

  2. taklif etilayotgan tovarlar narxlarining oshishiga olib keluvchi bir tarmoq xaridorlari o‘rtasidagi raqobat. Mavjud narx variantini xaridor talabining qondirilmaganligi oqibatidagi yo‘qotishlar bilan solishtirish va bu yo‘qotishlarning hajmi xaridorning kerakli tovar uchun narxlarning ko‘tarilishiga tayyorligini aniqlab beradi.

  1. xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat; birinchilari arzonroq xarid qilishni, ikkinchilari esa - qimmatroq sotishni istaydilar. Bu raqobatning natijasi raqib tomonlar kuchlarining nisbatiga bog‘liq.

  2. tarmoqlararo raqobat-bu xaridorlarning bir turdagi talablarini qondiruvchi o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqaruvchi raqobatlashuvchi tarmoqlarni yaratish shaklidir. Bunda raqobatning rivojlanishi bozorda narxlarning pasayishini ham ko‘tarilishini ham keltirib chiqarishi mumkin. Tartibga solivchi unsur sifatida bu yerda o‘rnini bosuvchi tovarning narxi maydonga chiqadi. Neftga bo‘lgan past narxlar tekstil va qurilish sanoati uchun turli sintetik materiallar yaratishga imkon berdi. Sintetik tolalarga (neylon, terilen, akril va b.) bo‘lgan past narxlar paxta va jun etishtirishni narxlari tushub ketgani uchun norentabel qilib qo‘ydi. Neft narxining ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan sintetik tolalarning narxining ko‘tarilishi 70-yillar oxiriga kelib qishloq xo‘jaligining bu tarmoqlarini yana rentabelligi qilib qo‘ydi.

Hozirgi sharoitda raqobat kurashida ishlab chiqarish nomenklaturasini o‘z vaqtida yangilab turish katta rol o‘ynaydi. Bu muammo ortiqcha kapital yig‘ilib qolgan sharoitda va ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlarini tezlashtirish yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishiga o‘tish imkoniyatlarini oshirgan paytda juda ham dolzarb bo‘lib qoldi, raqobatning kuchayishi esa banday o‘tishni zaruratga aylantirdi. Yangi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish sotuvlar hajmining o‘sishiga va firma foyda normasining ko‘tarilishiga imkon yaratadi, chunki yangi mahsulotga bo‘lgan talab narxga nisbatan kam elastikdir.

Bozorda tarmoqlararo raqobatning ham, tarmoq ichidagi raqobatga ham muhim jihati nafaqat firmaning yangi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishi, balki u yoki bu sabablarga ko‘ra befoyda va kelajagi yo‘q tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yiga faoliyatini tugatish imkoniyati ham hisoblanadi.

Ma’lum bir tovarni ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror divestitsion qaror deyiladi. U har qanday norentabel ishlab chiqarishni vaqtinchalik yoki yo‘q qilish, yoki sho‘ba korxonasini sotib yuborish yoki firmani undan olinadigan foydaning kamayganligi sababli ajratib qo‘ish kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

Divestitsion qarorlarning maqsadga muvofiqligini tahlil qilish quyidagi mezonlar bo‘yicha ishlab chiqarish holatini baholashni ko‘zda tutadi: 1) tovarni sotish imkoniyatlarini baholash unsuni sifatidagi uning tovar hayoti sikli egri chizig‘idagi tutgan o‘rni; 2) rentabellik; 3) bozor konyunkturasining holati.

Monopolistik raqobat birinchi bosqich - kapitalni safarbar etish bosqichida boshlanadi degan fikr asosli ko‘rinadi. Ikkinchi bosqich -kapitalni joylashtirish sohasini izlash ilmiy tadqiqotlar olib borish, yangi ilmiy-texnik ma’lumotlar olish, bozorni o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Uchinchi bosqich - g‘oyani amalga oshirish, tovarni ishlab chiqarish. Bu yerda ishlab chiqarish hajmi, mahsulot sifati va harakatlar foydani maksimallashtirish dasturiga moslashtiriladi. Bunda monopoliya nafaqat joriy ko‘p masalalari, balki kelajakdagi maqsadlarni qam ko‘zlab ish yuritadi. To‘rtinchi bosqich - tovarni bozorda sotish; kurash baholar barqarorligi sharoitida sotilayotgan mahsulotlar hajmi uning sifati xizmat ko‘rsatish darajasi tevaragida olib boriladi. Beshinchi bosqich - foydani ishlatish, kapital oqimi monopoliyani o‘zi yaratgan to‘siqlarga duch keladi, lekin uning harakati baribir mavjuddir. U bir-biri bilan raqobatlashuvchi tarmoqlar yaratish, iste’molchi tarmoqlarni yangilash va qayta qurish monopoliyalar tomonidan foydaliroq qo‘llanishni izlash natijasida ortib qolgan kapitalning harakati, raqobatchi monopolistik guruhlar kapitalining va nihoyat hech qachon to‘xtamaydigan o‘rta va mayda kapital harakati shaklini oladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasining tez-tez o‘zgarishi yangi mahsulotlarni yaratish qiymatining o‘sishiga sabab bo‘ladi.

Bunday sharoitlarda sanoat mahsulotining yangilanish mexanizmida narx katta rol o‘ynaydi. U nafaqat yangi tovar yaratish xarajatlarini oqlashi, kompaniyaga durustgina foyda berishi, balki mahsulotni yangilanish sikliga o‘tilganda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun ma’lum zaxira yaratishi lozim. Hech bir monopoliyada bozorda yangi tovar paydo bo‘lgan paytda raqobatchilar xuddi shunday yoki shunga o‘xshash mahsulot ishlab chiqarmasliklariga ishonch bo‘lmaydi. Shuning uchun maqsadi doimiy o‘zgarib turuvchi talabga moslashuv bo‘lgan narx siyosati sotuv bozorlari uchun kurashda zarur vosita bo‘lib qolmoqda. Bu kesimda tovarning hayotiy sikli bilan bog‘liq bo‘lgan monopoliyaning narx siyosati ahamiyatga molikdir.

Baholarning hayotiy sikli fazalari bo‘yicha tahlili monopoliyalar hukmronligi sharoitida ilmiy texnika taraqqiyotining narx shakllanish qonuniyatlari bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shunday qilib yangilik zarur narx shakllantirishga omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Yangi tovarlarga nisbatan baho siyosatining asosiy tamoyili - hatto mahsulotni va bozorni o‘zlashtirish vaqtida ham ma’lum darajada foyda olishga erishishdir («xarajatlar plyus qat’iy ustama foizi» tamoyili). Ustama miqdori (foyda normasi) ishlab chiqarish kontsentrasiyasi yoki firmaning quvvatiga, shuningdek bozor konyunkturasiga bog‘liq. Amerika ma’lumotlariga ko‘ra xarajatlar summasining bu normasi monopolashmagan firmalar uchun 8 dan 15 %gacha, yirik monopoliyalar uchun 15 dan 34 %gacha oraliqda tebranib turadi.

Narx siyosatini amalga oshirish uchun firma-ishlab chiqaruvchi aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda bozor hajmini, texnik va savdo xizmatlari ko‘lami va shakllarini; yaratish ishlari xarajatlarining egri chizig‘ini; ishlab chiqarishning butun davri davomida (yillar va ishlab chiqarish ko‘lami bo‘yicha) sinov va ishlab chiqarishni; bozor konyunkturasi bashoratiga muvofiq kelajakdagi narxlar dinamikasini; texnik taraqqiyot rivojlanish sur’atlari, o‘zga firmalar tomonidan raqobat darajasi va substitut (o‘rnini bosuvchi) mahsulotlar aniqlab olinishi lozim.

Narx siyosati bir avlod mahsulotlarini ishlab chiqarishning turli bosqichlarida asosan mazkur mahsulot bilan bozorning egallanishi va uning ishlatishdagi samaradorligi bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.

Bozorda birinchi avlod mahsulotlarinkng paydo bo‘lishida kompaniyalar narx tayinlashda bir muncha vaqt ma’lum erkinlikka ega bo‘ladilar. Bu erkinlik «sifat monopoliyasi» darajasi, patent himoyasi, o‘rnini bosuvchi mahsulotlar narxi, iste’molchining xarid quvvati va raqobatchilar tomonidan mahsulot konstruksiyasi va ishlab chiqarish sirlarini egallab olish imkoniyatlari darajasi bilan belgilanadi.

Shunday qilib, baholar dinamikasi nafaqat yangilik darajasi bilan, balki mutlaqo yangi mahsulotning - birinchi avlod mahsulotining paydo bo‘lishidan to uni ishlab chiqarishdan olib tashlash va boshqasi bilan almashtirilishigacha bo‘lgan mahsulotning o‘tib kelayotgan avlodlari soni bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.

Monopoliyalar ko‘proq minimal darajada ma’naviy eskirishga moyil bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadilar. So‘ngra nafaqat mahsulotning o‘zi, balki uni ishlab chiqarish uchun litsenziya, nou-xau, mahsulot ishlab chiqarish uchun uskunalar jamlanmasi va hokazolar eksport obektiga aylanadi. Ko‘p ilmiy izlanishlar talab qiluvchi, mahsulotlar va uni ishlab chiqarish texnologiyasi eksporti bilan birga yirik sanoat firmalari paralel ravishda sifat monopoliyasiga ega bo‘lgan mazkur mahsulotlarning yangi avlodlarini yaratadilar. Mazkur mahsulotni keng ko‘lamda ishlab chiqarish litsenziyasini boshqa firmaga sotish yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyati beruvchi yangi ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlariga manba bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulotning hayot sikli (yetuklik, qarilik, o‘lim) ko‘pincha malakaviy va kam haq to‘lanadigan ishchi kuchi va keng ko‘lamda ishlab chiqaruvchi uskunalardan foydalanish sharoitlariga ega bo‘lgan mamlakatlar sho‘ba korxonalarda davom etadi. Bunga shuningdek mazkur mahsulotlarni xarajat va narxlarini pasayishini ta’minlovchi bojsiz sotuvchi keng bozorlar sharoit yaratib beradi. Shunday qilib, mahsulot siklining uchinchi mamlakatlarda davom etishi qo‘llanishning (iste’molning) ikkinchi sohasi deb nomlanuvchi talabni qoldirish imkonini yaratadi.

Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng mahsulot qismi ma’naviy eskiradi. Bu o‘z navbatida narxlarni yanada pasaytirish imkonini beradi. Eng ratsional ishlab chiqarish texnologiyasi usullarini o‘zlashtirish import qiluvchi mamlakatlarda ham to‘xtamaydi. Ularda mahsulot konstruksiyasini iste’molchilar talablariga moslashtirish, shuningdek eng yangi ITR yutuqlari asosida mehnat va materiallarni tejash jarayonini davom etadi. Bu maxsus uskunalar, avtomatlar, manipulyator va robotlar, shuningdek, ancha sodda va kam haq to‘lanuvchi mehnatni qo‘llash hisobiga ishlab chiqarishni sezilarli darajada arzonlashtirish imkonini beradi.

Ammo bu bilan mahsulotning hayotiy sikli tugamaydi. Juda ko‘p, shu hisobda rivojlanib borayotgan davlatlar, yo‘lga qo‘yilgan konstruksiya va texnologiyalarga asoslangan o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyalar yoki ularning modifikatsiyalarni sotib oladi. Bu iste’molning uchinchi sohasi deb nomlangan talabni qondirish imkonini beradi. Mahsulot ancha ko‘p ma’naviy eskirganligi bilan ajralib turadi, ammo ancha past baholarda sotiladi.

Shunday qilib, mahsulotning hayotiy sikli bozor sikli bilan to‘ldirib boriladi. Amaliyot tovarning hayotiy sikli va uning bozor sikli ITR sharoitida mahsulotning ma’naviy eskirish sur’atlari bilan bog‘liq bo‘lgan qisqarish tendensiyasiga ega.

Narxni shakllantirish sohasida barcha foydalaniladigan maqsad va siyosat turlari ichida «bahoga bog‘liq bo‘lmagan» raqobat yoki sifat raqobati alohida ahamiyatga ega. Mutaxassislar ITR sharoitida dunyo kapitalistik bozoriga narx raqobati o‘rniga sifat raqobati kirib kelganini va sotuv bozorlaridagi raqobat kurashida past narxlar taklif qiluvchilar emas balki yuqoriroq sifat taklif etuvchilar olib bo‘lishini ta’kidlashmoqda.

Tovar sifati raqobatbardoshlikning hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Sifatliroq tovar uning yuqori bahosiga qaramay ekspluatatsiya va iste’molda sifatsizrog‘iga qaraganda qo‘llaniladi. Lekin bu raqobatbardoshlikni aniqlashda bahoning yoki narxning roli kichik ekanini bildirmaydi. Bu ikki omil mehnat, tovar, ma’naviy eskirish, baho va tovar ishlab chiqarishning barcha ko‘rinishlari va jarayonlarning ikki tomoni kabi bir-biridan ajralmasdir.

Monopoliyalarning sotuv bozorlari va kapital qo‘yish sohasi uchun raqobat kurashi sharoitida texnik yetakchilik, yuqori sifatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni monopollashtirish uchun raqobatlashuvi alohida o‘rin tutadi. Ammo, baho foyda olishni ta’minlovchi omil ekanligini unutmaslik kerak. Marketing nazariyachilari va amaliyotchilari foydani maksimallashtirish maqsadida bir muhim psixologik qonunda foydalanishadi. Unga ko‘ra, bozor bahosi tovar sifatiga proporsional o‘smay undan ilgarilab ketadi va aksincha tovarning texnik darajasi va sifati umumqabul qilingan darajadan nisbatan pasayganda bu darajaga nisbatan ancha tezroq pasayadi.

Bu qonuniyat IV-4.3-rasmda ko‘rsatilgan. Gorizontal shkalaga mahsulotning texnik darajasi va sifatini bildiruvchi indekslar (1tds), vertikal shkalaga esa xarajatlar va baho (1x, 16) tushirilgan. Bu shkalalarning kesishish nuqtasida ikkala indeks 100ga teng, ya’ni mahsulotning texnik darajasi va sifati dunyo texnik darajasi va sifatiga mos kelsa bunda ularning xarajatlari va narxlari 100 teng deb olingan.

Bunday shkalalar tizimi bir tomondan mahsulot texnik darajasi va sifatining empirik o‘zaro bog‘liqligini, ikkinchi tomondan xarajatlar va bozor narxlarini tariflaydi. Chizmada texnik daraja indeksining, masalan 40 punktga ko‘tarilishi xarajatlarni faqat 20 punktga ko‘tarilishini talab qiladi, natijada baho bazis davridagiga nisbatan 30 punktga ko‘tariladi. Agar texnik daraja dunyo darajasidan, masalan 40 punktga past bo‘lsa, bu narxlar 30 punktga pasaygan vaqtda xarajatlarni atigi 20 punktga kamayishini bildiradi. Lekin bu narx shakllantiruvchi mumtoz tizimga to‘g‘ri kelmaydi, balki bozor narx shakllanishi ko‘p yillik tajribasi natijasi hisoblanadi. Bu bog‘liqlik mahsulot sifati va tashqi savdoning samaradorligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi korxona va muassasalar uchun katta ahamiyatga ega


Download 44,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish