221-guruh buxgalteriya talabasi
Mamatnazarov Nizomjon
Mavzu: Tarmoqlar ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqi.
Raqobat-bu mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxona) lar o’rtasida tavrlarni kulay narxda ishlab chiqarish, sifatini oshirish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish , umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini oshirish mustahkamlash uchun kurash. Raqobat ko’p kirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’yektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat o’zlarining iqtisodiyiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxda sotish uchun amalga oshitriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobatda bozor munosabatlari rivojlangan bo’ladi. Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz berib, tavarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, ya’ni haridor sarflangan pul birligi evaziga ko’proq naflilikga ega bolishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Raqobatda ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. Raqobat asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi namoyon bo’ladi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun harakat qiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. Raqobar mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishi hisoblnadi. Shu sababli Raqobat.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi. Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar raqobat kurashidan gʻolib chiqish shart bo’ladi. Monopoliya raqobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga yakka hukmronlikni taʼminlab berib, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom raqobatga boʻlinadi. Halol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. G’irrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni yolg’onchilik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatga o’xshash usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol raqobatni tan oladi. raqobat iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. raqobatdan jamiyat manfatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega. Raqobat olib borish usuliga koʻra, narx bilan raqobatga va narxsiz raqobatga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga qaraganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (masalan; narx bilan raqobatlashuvda bir xil turdagi tavarni bozor o;rtacha narxga nisbatan pastroq bo’lishi, bundan asosiy maqsad haridorlarni jalb etish hisoblanadi, Narxsiz raqobatga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (masalan; bunda bir maxsulotni narxini emas balki sifatini hajmini chidamliligini oshirish. Bu yo’l bilan haridorlarni saqlab qolish). Oʻz miqyosiga koʻra, raqobat eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga boʻlinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistak raqobat., monopoliya va oligopoliya raqobatning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv jarayonining kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshiradi. Davlatning raqobatga nisbatan siyosati uning qonuniy tamoillarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iqtisodiy taraqqiyotga yordam beradi va isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talabiga, isteʼmolga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilishi vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat), monopolistik raqobat monopoliya va oligopoliyadir.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatning biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning yakka hukmronligini ifodalaydi. Bu (ishlab chiqaruvchi, xizmat ko’rsatish, tijorat va boshqa) korxona yoki davlatning shu bir sohaga o’xshash bolmagan tashkilot va korxonaning yakka faoliyati. (masalan;GM oztrasgas urganchtransgas)
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan: O`zbekistonda sement Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, butun jahon boyicha Google, Microsoft, Cocacola) va shu kabi yirik kampaniyalar.
Monopolistik raqobat — bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash bo’lgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi hisoblanadi Monopolistik raqobat va monopoliya nomlari oʻxshash hisoblansa-da, amalda bu ikki raqobat turi keskin farq qiladi. Bunday raqobat turi dastlabki qarashda sof raqobatlashgan elementlariga ega boʻlsa-da, nomukammal raqobatlashgan bozorlar (monopollashgan bozor) turiga kiradi. Monopolistik raqobatda ham faoliyat yurituvchi firmalar nisbatan koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishida kichik cheklovlar mavjud. Lekin, bu raqobat turi baribir erkin bozordan farq qiladi. Farqi shundaki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot tabaqalashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, koʻrinishi, xizmat koʻrsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi. Har bir firma oʻz mahsulot markasiga ega boʻlganligi sababli maʼlum darajada bozor hokimiyatiga ega boʻladi. Masalan, har bir shaharda fast foodlar, restoranlar va non mahsulotlari(xususan, pishiriqlar) sotadigan joylar bor. Bu iqtisodiy subyektlar deyarli bir turdagi ehtiyojni qondiruvchi turli-xil mahsulotni sotiladi. Masalan fast food, restaran, kafe va shunga o’xshash joylar shu kabi oʻxshash menyuga (lavash, burger, kartoshka fri va boshqa isteʼmol tovarlari) ega boʻlsa-da, shakl, taʼm, xizmat koʻrsatish va narxiga koʻra oz boʻlsa-da farq qiladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat—bu mahsulot ishlab ichiqarish va sotish qulay saroitga ega bo’lish uchun bir tarmoq korxonalar o’rtasidagi raqobat turi hisoblanadi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida turli ishlab chiqaruvchilar tavarning alohida narxi bozor narxiga aylantiriladi. Tarmoq ichidagi raqobatga bir xil turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish sotish reklama qilish o’z brendlarini tanitish va hakozolar kiradi. Tarmoq ichidagi raqobatga misol (non maxsulotini ishlab chiqaruvchilar). Bunda non mahsulotini ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqarayotgan non mahsulotlarini sifati, hajmi, foydali bolishi narx tarafdan arzon bo’lishi, ust korinishi, va o’z brendlari bilan raqobatlashishi mumkin. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo'lish, qo'shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo'lgan korxonalar borligi sababli ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo'lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi. Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo'qotadilar va zarar ko‘radilar. Tarmoqlar ortasidagi raqobat – turli tarmoq korxonalari ortasida yuqoru foydaga ega bolish uchun boradi. Bu raqobat natijasida korxonalarda hosil bolgan turli foyda normalari o`rtacha foydaga aylanib boriladi.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoq korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda me’yorini olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda me'yori kam bo'lgan tarmoqlardan foyda me'yori yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo'ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek foyda me’yori ham pasayadi.
Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo'lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda me’yori oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat’i nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda me’yorlarini o'rtacha foyda me’yoriga baravarlashtiradi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat bilan tarmoqlararo raqobat o’rtasidagi farqi shundan iboratki, bunda tarmoq ichidagi raqobat faqat bir xil ( korxona, firma ) lar o’rtasidagi harakatlar natijasida yuzaga keladigan narx, sifati, hajmi, ko’rinishi va h.klar bilan raqobatlashsa tarmoqlararo raqobat faqat yaxshi daromat va yaxshi manfat o’rtasida raqobar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |