D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/111
Sana30.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#94418
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111
Bog'liq
kochmas mulkni baholash

Tayanch so‘z va iboralar: ko‘char mulk, ko‘chmas mulk, 
intellektual mulk, mulkka bo‘lgan huquq, biznes qiymati.
Nazorat savollari:
1. Mulk tushunchasi, turlarini sanang.
2. Intellektual mulk tushunchasiga ta’rif bering.
3. Mulkka bo‘lgan huquq qanday aniqlanadi?
4. Biznes qiymatini baholashning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va 
ahamiyati nimalardan iborat?


94
V bob.
 QIYMAT VA NARX, XARAJATLAR  
VA TANNARX
5.1. QIYMAT VA NARX, XARAJATLAR VA TANNARX
Turli toifadagi mulklarni (ko‘chmas va ko‘char) ma’lum 
bir maqsad uchun (sotish, garovga qo‘yish, ijaraga berish va 
shu kabilar) baholashning ilmiy-uslubiy va amaliy asoslari chet 
el tadqiqotchilari ishlarida keng yoritilgan. Mulk qiymatini 
baholash asosida takror ishlab chiqarish xarajatlari va undan 
foydalanishdan olinadigan daromadlarning bahosi yotadi. Mulk 
obyekti narxlarining dinamikasi talab va taklifning o‘zaro nisbati 
va shu kabi boshqa bozor iqtisodiyoti qonunlari ta’siri ostida 
shakllanadi. Har bir mulk o‘z egasiga foydalanishidan ma’lum 
daromad keltiradi. Turli toifadagi mulk qiymatini aniqlash 
baholanayotgan obyektning o‘ziga xos xususiyatlarining ko‘pligi, 
shu bilan birga mulkni baholashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan 
belgilanadigan g‘oyat murakkab va ko‘p mehnat talab qiluvchi 
jarayon hisoblanadi.
Baholash faoliyatida «qiymat», «narx» va shu kabi tushunchalar 
asosiy hisoblanadi. Qiymat – bu xaridor qandaydir buyum 
yoki obyektga almashish uchun tayyor turgan pul yoxud pul 
ekvivalenti yoki bu gipotetik xaridor baholanadigan qiymatga 
qancha to‘lash uchun tayyor bo‘lishining o‘lchovi. Narx esa – bu 
avvalgi bitimlarda shunga o‘xshash obyektlarni xarid qilish uchun 
qancha  sarflanganligini  aks  ettiruvchi  tarixiy  fakt.  «Narx»  atamasi, 
shuningdek, sotuvchi so‘raydigan narxni belgilashda ham ishlatiladi. 
Avvalgi bitimlar narxlari va sotuvchining narxlari baholash 
sanasidagi qiymatning asoslangan o‘lchamini namoyon etishi shart 
emas. Xarajatlar – baholanayotgan mulkka o‘xshash mulk obyektini 
yaratish uchun zarur bo‘lgan chiqimlar o‘lchovi hisoblanadi.
Biroq, ma’lumki, haqiqiy sotish narxi va bozor qiymati 
tushunchalari orasida tafovutlar mavjud.


95
Mulk obyektining narxi
 – bu aniq amalga oshgan oldi-
sotdi bitimining haqiqiy pul miqdori. Istalgan real yoki ko‘zda 
tutilayotgan bitimdagi narx mulk obyekti qiymati bilan bog‘liq 
bo‘lganligi sababli, ko‘pincha, bu atamalardan sinonimlar sifatida 
foydalaniladi.
Bitimning narxi bozor qiymatidan sezilarli darajada farq qilishi 
mumkin. Bitimga tuzatish kiritish deb nomlanuvchi, bu tafovut bir 
qator sabablarga bog‘liq (masalan, analoglar soni, bozor muvozanati 
va h.k.).
Narx – bu mulk 
obyekti uchun 
to‘langan pul mablag‘i
Qiymat – mulkning 
pul ekvivalenti
Xarajatlar – 
mulkni takror ishlab 
chiqarish uchun 
mablag‘ (masalan, 
yerni yaxshilash, 
madaniylashtirish)
Xaridor
Mulk obyekti
5.1-rasm. Qiymat, narx va xarajatlar
1
.
Qiymat –
 bu mulkning pul ekvivalentidir.
Ko‘chmas  mulk  obyektining  bozor  qiymati 

 bu raqobatchilik 
sharoitida, ochiq bozorda obyekt sotilishi mumkin bo‘lgan eng 
ehtimoli yuqori pul miqdori. Bunda, nazarda tutilishicha:
1
  Т.Г.  Касьяненко,  Г.А.  Махoвикова,  В.Е.  Есипов,  С.К.  Мирзажанов
Оценка недвижимости. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2010. С. 242.


96
• bitim tomonlaridan biri mulk obyektini sotishga, ikkinchisi 
sotib olishga majbur emas;
• tomonlar bitim predmeti haqida aniq ma’lumotlarga ega va o‘z 
manfaatlari yo‘lida harakat qiladilar;
• baholash obyekti ochiq bozorga ommaviy oferta shaklida 
taqdim etilgan;
• bitim narxi baholash obyekti uchun ma’qul mukofotni 
ifodalaydi va bitimni tuzishga hech qaysi tomon majbur qilinmagan;
• mulk obyekti uchun to‘lov pul shaklida amalga oshiriladi.
Shu tariqa aniqlangan bozor qiymati savdo predmeti bo‘lib 
hisoblanadi va u ko‘tarilishi ham, tushishi ham mumkin.
Narxlar sotuvchi narxi, iste’molchi narxi va realizatsiya 
narxlariga bo‘linadi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish