114
VII bob
. BOZOR BAHOSI
7.1. BOZOR BAHOSI BAHOLASH ASOSI SIFATIDA
Bozor bahosini baholash sifatida bozor qiymatini ayirboshlash
qiymati yoki bozor qiymatini aniqlashda mavjud talablarga javob
beradigan shart-sharoitlarda baholash sanasida ochiq bozorda savdoga
qo‘yilgan mol-mulk keltirishi mumkin bo‘lgan pul summasidan
iborat. Bozor qiymatini belgilash maqsadida
baholovchi dastlab
yanada samarali foydalanish yoki yanada ehtimolli foydalanishni
belgilashi lozim. Bunday foydalanish mavjud yoki unga muqobil
bo‘lgan foydalanishning davomi bo‘lishi mumkin. Ushbu masala
bozor ma’lumotlari asosida hal etiladi.
Biznesning bozor bahosining har xil ta’riflari mavjud. Ulardan
har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Bozor iqtisodiyoti o‘z mexanizmi bilan ajralib turadi. Shu
ma’noda vaqt butun bozor jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim
omil bo‘lib, biznesning (tashkilotning) bahosini qamrab oladi.
Daromad olish vaqti yoki foydani olgungacha bo‘lgan vaqt interval
yoki oraliq davr bilan o‘lchanadi. Bu interval yoki oraliq davr kun,
hafta, oy, kvartal, yarim va hatto bir yilga teng bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot davrining davomiyligi
bozor narxi qiymatiga, avvalo,
diskontlash davriga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biznesning bozor narxi
bir qator omillar ta’sirida, vaqtda o‘zgaradi. Shuning uchun u
aniq kunga bog‘liq bo‘ladi. Bir necha oydan keyin esa hammasi
boshqacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun obyektlarni doimiy
ravishda qayta baholab turish zarur.
Bozor iqtisodi sharoitida boshqa
muhim omillardan biri xavf-
xatardir. Xavf-xatar deganda bozordagi holatning, makroiqtisodiy
jarayon va hokazolarning doimiy emasligi va aniq emasligi
tushuniladi. Boshqacha aytganda xavf-xatar –
baholangan biznes
keltiradigan daromadning prognoz qilinganidan ko‘pligi yoki
kamligi ehtimolidir. Biznesni baholashda xavf-xatarning har xil
115
turlari mavjudligini, bozor sharoitida mablag‘ning hech biri xavf-
xatardan xoli emasligini hamisha yodda tutish lozim.
Hisoblab chiqilgan miqdorning bozor narxi yoki uning boshqa
turi belgilangan narxning natijasi bo‘lib xizmat qiladi. Bozor
narxi – mazkur obyektning bahosi ochiq bozorda aslidan ancha
uzoqlashgan, bo‘lishi mumkin bo‘lgan narx hisoblanadi. Agar
tomonlar bitimni barcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan
holda oqilona
tuzsalar, favqulodda holatlar ularning bitimlariga o‘z ta’sirini
ko‘rsatmaydi.
Bozor narxi albatta pul birligida, masalan, so‘m yoki dollar
shaklida aniqlanadi. Bunda, avvalo, tanlangan valuta asosida ish olib
borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, ish tutishning
mazkur usuli hisob-kitobning aniq bo‘lishiga va valutaning bir
turidan ikkinchisiga o‘tishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
xatoliklarning oldini olishga erishiladi.
Biznesning narxini belgilashda baholovchi baholanayotgan
obyektning aylanma daromadi, xavf-xatar,
bu foydani nazorat
qilib olish, bozor sharoitida o‘rtacha foyda olish darajasi, shunga
o‘xshash boshqa obyektlarning bahosi, baholanayotgan obyektning
xarakterli tomonlari, aktivlarning tarkibi va vazifalari (tarkibiy
qismlari), bozor holati kabi asosiy omillarni to‘liq hisobga olishga
harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: