7.2. BOZOR BAHOSINING QO‘LLANISH SOHASI
Bozor qiymati – har bir tomon yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan,
rejali va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan tegishli marketing
tadqiqotlari amalga oshirilganidan keyingi tijoriy bitim (kelishuv)
natijasida baholash sanasida manfaatdor sotuvchi tomonidan
manfaatdor xaridorga aktivning sotilishi sodir bo‘lgan hisob-kitob
pul summasi.
«Mol-mulk»ka turlicha ta’rif berish mumkin. Ushbu ta’rifning
har bir unsuri o‘z tushuncha doiralariga ega:
116
«Hisob-kitob pul summasi...» tijorat bozor bitimida (kelishuvida)
aktiv uchun to‘lanishi mumkin bo‘lgan pulda (odatda, milliy
valuta – so‘mda) ifodalangan narxga tegishli bo‘ladi. Bozor qiymatini
aniqlashdagi mavjud shart-sharoitlarga amal qilishda baholash sanasida
bozorda oqilona mulohazalarga ko‘ra olinishi mumkin bo‘lgan
ehtimolli narx bozor qiymatining o‘lchovi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur
narx – sotuvchi uchun, oqilona mulohazalarga ko‘ra, erishish mumkin
bo‘lgan eng yaxshi hamda xaridor uchun oqilona mulohazalarga ko‘ra,
erishish mumkin bo‘lgan afzalroq narxdir.
Xususan, mazkur narxni aniqlashda moliyalashtirishning o‘ziga
xos bo‘lmagan shakli, mol-mulkni qaytadan ijaraga olish bilan
sotish, mazkur bitimga (kelishuvga) jalb etilgan tomonlarning
birortasi tomonidan taqdim etiladigan maxsus kompensatsiya va
chegirmalar yoki «Maxsus qiymat» (ta’rifi 3-sonli Mulkni baholash
milliy standartida keltiriladi)ning har qanday unsuri kabi bitimning
(kelishuvning) o‘ziga xos shart-sharoitlari yoki holatlari hisobiga
oshirilgan yoki pasaytirilgan narxlar hisobga olinmaydi.
«...u uchun aktivni ayirboshlash mumkin bo‘lgan...» aktiv
qiymati oldindan aniqlanmagan yoki haqiqiy savdo narxi emas,
balki ko‘zda tutilgan miqdor hisoblangan holatni ifodalaydi. Bozor
qiymati ta’rifiga kiruvchi boshqa barcha shart-sharoitlarga rioya
qilishda baholash sanasida bozorda kutilayotgan bitimni (kelishuvni)
amalga oshirish narxidir.
«...baholash sanasiga...» bozor qiymatining ko‘zda tutilgan
miqdori aniq sanaga tegishli bo‘lishi talabini ifodalaydi. Bozor va
bozordagi shart-sharoitlar o‘zgarishi mumkinligi sababli, ko‘zda
tutilayotgan qiymat boshqa vaqtda xato yoki haqiqatga muvofiq
kelmasligi mumkin.
Baholash natijalari baholashning o‘tgan yoki kelgusi sanasida
emas, balki haqiqiy sanasida bozorning joriy holati va shart-
sharoitlarini aks ettiradi. Ta’rif, shuningdek, aktivning qo‘ldan
qo‘lga o‘tishi va bitimning (kelishuvning) tuzilishi narxlarning
hech bir o‘zgarishsiz bir vaqtda sodir bo‘lishini, boshqa holatda esa
117
ular bozor qiymatidagi bitimda (kelishuvda) bo‘lishi mumkinligini
ko‘zda tutadi.
«...manfaatdor xaridorga...» xarid qilishga sabab bo‘lgan, biroq
bunga hech narcha majbur qilmayotgan shaxsga tegishlidir. Bunday
xaridor xarid qilishga shoshilmaydi va har qanday narxni to‘lashga
moyil emas. Bundan tashqari, u mavjud bo‘lishini ko‘rsatish,
oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan tasavvur yoki gipotetik
bozorning emas, balki joriy bozorning haqiqat va umidlariga
muvofiq ravishda harakat qilgan holda xaridni amalga oshiradi.
Ko‘zda tutilayotgan xaridor bozor talab qiladigan narxdan
yuqori narxni to‘lamaydi. Aktivning amaldagi egasi ham mazkur
«bozor»ni tashkil etuvchilar qatoriga kiradi. Baholovchi bozor
shart-sharoitlariga nisbatan haqiqatdan uzoq taxminlar qilishi yoki
oqilona mulohazalarga ko‘ra bozor qiymatining erishish mumkin
bo‘lgan darajasidan yuqori darajani ko‘zda tutishi mumkin emas.
«...manfaatdor sotuvchi tomonidan...» sotishga majbur
qilinmayotgan yoki istalgan narxga sotishga yoki ayni vaqtda
bozorda oqilona hisoblangan narxni ma’qullashga tayyor bo‘lmagan
xaridor ko‘zda tutiladi. Ushbu narx qanday bo‘lishidan qat’i nazar,
tegishli marketing tadqiqotlari o‘tkazilganidan so‘ng aktivlarning
ochiq bozorda maksimal bo‘lishi mumkin bo‘lgan narxda bozor
sharoitlarida sotilishi manfaatdor sotuvchining sababi bo‘lib
hisoblanadi. Aktivning haqiqiy mulkdorining amaldagi holati
e’tiborga olinmaydi, chunki «manfaatdor sotuvchi» – bu gipotetik
(taxminiy) mulkdordir.
«...tijoriy bitim (kelishuv) natijasida...» tomonlar o‘rtasida
narx darajasini bozor uchun xos bo‘lmagan yoki maxsus qiymat
unsurlarining mavjudligi sababli yuqori narxga aylantiruvchi biror
o‘ziga xos yoki maxsus o‘zaro munosabatlarning (masalan, bosh
va sho‘ba kompaniyalari yoki uy egasi va ijarachi o‘rtasidagi
munosabatlar) mavjud emasligini ifodalaydi. Ko‘zda tutiladiki,
bozor qiymati bo‘yicha bitim (kelishuv) biror munosabatlar bilan
o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida amalga oshirilishi
118
lozim bo‘lib, tomonlarning har biri mustaqil harakat qilishi
lozim.
«...tegishli marketing tadqiqotlari o‘tkazilganidan so‘ng...» bozor
qiymati ta’rifiga muvofiq oqilona mulohazalarga ko‘ra erishish
mumkin bo‘lgan eng yaxshi narxda uning sotilishini ta’minlash
maqsadida muvofiq tarzda bozorga olib chiqilishini ifodalaydi.
Olib chiqishning davomiyligi bozorning shart-sharoitlariga bog‘liq
holda turlicha bo‘lishi mumkin, biroq har qanday holatda ham aktiv
yetarli miqdordagi salohiyatli xaridorlarni o‘ziga jalb etishi uchun
yetarli bo‘lishi lozim. Olib chiqish vaqti baholash sanasidan oldin
bo‘lishi lozim.
«...har bir tomon yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, rejali harakat
qiladigan...» manfaatli xaridor va manfaatli sotuvchilarning
sotilayotgan obyekt, undan amalda va salohiyatli foydalanish
xarakteri va xususiyatlari, shuningdek, bozorning baholash
sanasidagi holati to‘g‘risida yetarli darajadagi ma’lumotga ega
bo‘lgan taxminni ifodalaydi. Keyinchalik, ularning har biri ushbu
ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda, uning bitimdagi (kelishuvdagi)
holati, narx nuqtayi nazaridan eng yaxshisiga erishishga intilgan
holda, o‘z manfaatlari doirasida, rejali harakat qilishi taxmin
qilinadi. Keyingi sana uchun oldingi sanadagi mulohazalarga
nisbatan emas, balki bozorning baholash sanasidagi holatiga
nisbatan rejalilik ko‘zda tutiladi. Sotuvchi mol-mulkni kamayuvchi
narxlar bilan bozor sharoitlarida bozor narxlarining oldingi
darajasidan past narxda sotayotgandagi rejasizlikning namoyon
bo‘lishi majburiy emas. O‘zgaruvchan narxlar sharoitida savdo-
sotiqning boshqa holatlari kabi ushbu holatda rejali xaridor
yoki sotuvchi bozorning ayni vaqtdagi holati to‘g‘risidagi to‘liq
ma’lumotga muvofiq harakat qiladi.
«...va ixtiyoriy ravishda...» tomonlarning har birida bitimni
(kelishuvni) amalga oshirish uchun sabablarning mavjudligi, biroq
ularning hech biri bitimni (kelishuvni) amalga oshirish maqsadida
majburlash yoki bosimga duch kelmasligini ifodalaydi.
119
Bozor qiymati aktivning sotish yoki xarid qilish bilan bog‘liq
xarajatlarni hisobga olmasdan hamda har qanday yo‘ldosh soliqlarni
(qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqalar) to‘lash xarajatlarini
qoplamasdan aniqlangan qiymati sifatida tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |