Foydalanish (utilizatsiya) qiymati – qo‘shimcha ta’mirsiz
va takomillashtirishsiz foydalanishni davom ettirish uchun emas,
balki undagi sotish uchun mo‘ljallangan materiallarning majmuyi
sifatida qaraladigan mol-mulk obyektining (yer uchastkasidan
tashqari) qiymati. Ushbu qiymat yalpi yoki sof (sotish xarajatlari
chiqarib tashlangan holda) ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Har
qanday holatda ham qo‘shilgan yoki chiqarib tashlangan unsurlar
aniqlanishi lozim.
Tugatish qiymati yoki majburiy sotish qiymati – oqilona
asoslarga ko‘ra, bozor qiymati ta’rifida ta’kidlangan marketing
uchun vaqtinchalik doiralarga javob berish maqsadida, mol-
mulkning juda qisqa muddatda sotilishidan kutish mumkin bo‘lgan
summa. Mol-mulkning tugatish qiymatini baholash mol-mulkning
bozor qiymatiga, uning majburiy holatlar, ushbu mol-mulkni
saqlash va muhofaza qilishning qo‘shimcha xarajatlari sababli,
mol-mulkning qisqa muddatlarda realizatsiya qilinishi zaruriyati
omiliga diskontlanishini hisobga olgan holda asoslanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |