D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


 QIYMAT, NARX, XARAJATLAR VA TANNARX



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/111
Sana30.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#94418
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   111
Bog'liq
kochmas mulkni baholash

5.2. QIYMAT, NARX, XARAJATLAR VA TANNARX 
TUSHUNCHALARI HAMDA ULARNI HISOBLASH USULLARI
Investitsion qiymat –
 keltirilgan investitsion maqsadlarda aniq 
shaxs uchun daromad keltirish nuqtayi nazaridan aniqlanadigan 
obyektning narxi. Investitsion qiymat investor tomonidan kutiladigan 
daromadlar va kapitallashtirishning aniq stavkasidan kelib chiqib 
hisoblanadi va u bozor qiymatidan yuqoriroq yoki pastroq bo‘lishi 
mumkin.
Bunday qiymat turi subyektiv xarakterga ega.
Mulkning sug‘urta qiymati
 tugatish (yoki buzilish) xavfi mavjud 
bo‘lgan obyektning tiklash qiymati yoki o‘rindoshlik qiymati 
asosida hisoblanadi. Obyektning sug‘urta qiymati asosida sug‘urta 
summalari, to‘lov va foizlari aniqlanadi.
Mulkning soliq solish qiymati,
 O‘zbekiston qonunchiligiga 
muvofiq,  eskirish  darajasini  hisobga  oluvchi  tiklash  qiymatiga 
asoslangan inventarizatsiya qiymatiga o‘xshash qiymat. Rivojlanagan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda soliq solish bozor 
qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tugatish qiymati
 mulk obyekti analog obyektlarning odatiy 
xizmat muddatiga nisbatan kamroq muddatda begonalashtirish kerak 
bo‘lgan va ko‘chmas mulk obyekti egasi uni tugatishi yoki majburiy 
sotishi orqali olishi mumkin bo‘lgan, sof mablag‘ ahamiyatiga ega 
bo‘lib qolgan holatda aniqlanadi.
Utilizatsiya qiymati
 mulkning egasi shu obyektni to‘liq tugatishi 
orqali olishi mumkin bo‘lgan sof mablag‘ (summa)ni ifodalaydi.
Mulkning birlamchi qiymati
 – obyektdan foydalanishni 
boshlagan  paytdagi  uni  sotib  olish  yoki  qurish  uchun  sarflangan 
haqiqiy xarajatlar.


99
Mulkning qoldiq qiymati –
 obyektning eskirishni hisobga olgan 
holdagi qiymati. 
Garov qiymati
 – kreditni ta’minlash maqsadidagi 
qiymat.
Baholash faoliyati aniq bir vaqtda baholanayotgan obyektning 
qiymati yoki mulk egasi ulushi miqdori haqida tushuncha olishdan 
iborat. Baholash obyektlari baholash maqsadlari va vaziyatlardan 
kelib chiqqan holda har xil baholanishi mumkin. Shuning uchun 
baholash o‘tkazish uchun qiymat xatosiz aniqlanishi lozim.
Hozirgi kunda quyidagi qiymatlar tasdiqlangan:
Bozor  qiymati. Bozor qiymati – tomonlar barcha zarur 
axborotlarga ega bo‘lib oqilona ish tutgan holda va kelishuv 
qiymatiga hech qanday favqulodda vaziyatlar ta’sir etmagan tarzda 
mazkur obyekt raqobat sharoitida ochiq bozorda musodara qilinishi 
mumkin bo‘lgan eng ehtimoliy narx, ya’ni qachonki:
• tomonlardan biri baholash obyektini musodara qilishga majbur 
bo‘lmasa, boshqa tomon esa ijro etishga majbur bo‘lmasa;
• tomonlar bitim maqsadlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega 
bo‘lishganda va o‘z manfaatlari yo‘lida amal qilishsa;
• baholash obyekti ommaviy oferta shaklida ochiq bozorda 
taqdim etilsa;
• bitim narxi baholash obyekti uchun oqilona mukofotni ifodalasa 
va bitim tuzish uchun bitimdagi ishtirokchi tomonlarga nisbatan 
biror-bir tomondan majburlash bo‘lmasa;
• baholash obyekti uchun to‘lov pul shaklida ifodalansa.
Qiymatning ushbu turi davlat va mahalliy soliqlar bilan bog‘liq 
bo‘lgan barcha masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi. Korxona yoki 
uning aktivlari qismini olib sotish maqsadlari uchun aynan bozor 
qiymati aniqlanadi. Bozor qiymati obyektiv hisoblanib, ko‘chmas 
mulk bozorining alohida ishtirokchilari xohishidan mustaqil va 
ushbu bozorda yuzaga kelgan real iqtisodiy sharoitlarni aks etadi.
Bozor qiymatidan farq qiladigan baholash obyekti qiymati 
turlari:
• Bozori cheklangan baholash obyekti qiymati;


100
• Baholash obyektining o‘rnini egallash qiymati;
• Baholash obyektini qayta ishlab chiqish qiymati;
• Joriy ishlatilishda baholash obyektining qiymati;
• Baholash obyektining investitsion qiymati;
• Soliqqa tortish maqsadlari uchun baholash obyekti qiymati;
• Baholash obyektining tugatilish qiymati;
• Baholash obyektining utilizatsiya qiymati;
• Baholash obyektining maxsus qiymati.
Ko‘pchilik professional baholovchilar baholashda uchta 
yondashuv: xarajat, qiyosiy hamda daromad yondashuvlaridan 
foydalanishadi. 
Baholash obyektining yakuniy qiymatini quyidagi formula orqali 
aniqlash mumkin
1
:
V
V Z
i
n
=
×
=

i
1
1
,
bu yerda:
V
i
 – baholanadigan obyektning qiymatini i-m metod yordamida 
baholash; 
= 1,  …,  n – bu holatda qo‘llaniladigan metodlarning ko‘pligi;
Z

– i metodning tortilish koeffitsiyenti.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish