D. Q. Usmanova buxgalteriya


-chizma. Materiallarning tasniflanish tartibi



Download 497,37 Kb.
bet33/92
Sana23.06.2022
Hajmi497,37 Kb.
#694698
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

7.1-chizma. Materiallarning tasniflanish tartibi


Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat normalarini kamaytirish, materiallami oqilona saqlash va ulaming butligini ta’minlash yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


190


- material qiymatliklami joylarda saqlash va ulardan barcha bosqichlarda foydalanish ustidan nazorat qilish;



  • materiallar harakati bo‘yicha barcha muomalalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniqlash va aks ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo‘yicha sarflangan materiallar va ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;

  • belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish;

  • material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish, yo‘ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish.

Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun qo‘yidagilar zarur: narx - nomenklaturaga ega bo‘lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning hozirgi zamon vositalarini keng qo‘llash.
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Mehnat buyumlari, mehnat vositalari va ishchi kuchidan farqli o‘laroq ishlab chiqarish jarayonida bir marta foydalanilib, ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi.
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo‘llanilmoqda:

  • erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan (preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo‘natish shartnomalarini tuzishda korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan hisob - kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilib molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi;

  • nomenklatura hisob bahosi bo‘yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) materiallarning reja tannarxi, o‘rtacha sotib olish narxlari va b. bo‘lishi mumkin. Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo‘lib,


191




ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport - tayyorlov xarajatlarini qo‘shib belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallami va ulaming harakatini joriy va operativ hisobga olishda qo‘llaniladi.
4 - BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo‘yicha boj to‘lovlari, mahsulotlami sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga to‘lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport - tayyorlov xarajatlari, xizmat ko‘rsatish xarajatlari va zahiralami sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o‘tkaziladi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha qo‘shiluvchi ma’lumotlami olgandan so‘ng aniqlanadi. Korxonada materiallar harakati har kuni sodir bo‘ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo‘yicha hujjatlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalami sodir boiishiga qarab hisobga olinishi kerak. SHuning uchun, joriy hisobda qafiy oldindan belgilangan hisob bahosi deyiladigan bahoni qoilash zaruriyati tugiladi. Hisob bahosi boiib reja yoki shartnoma baholari hisoblanadi.
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga etkazib qo‘yish uchun oy oxirida transport - tayyorlov xarajatlarining summasi va foizi chiqariladi.
Reja narxlar qoilanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho berish imkoniyatini yaratadi. Transport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan farqi materiallaming har bir nomenklatura raqami bo‘yicha emas, balki materiallar gumhlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib materiallaming oy boshiga qoldig‘i va ulaming oy davomidagi kirimi
olinadi.


192




Sotib olingan sana

Miqdori

Narxi

Qiymati

(dona)

(so‘m)

(m.so‘m)

15.03.15

1000

600

600.0

20.03.15

1700

800

1360.0

25.03.15

1500

900

1350.0

Jami

4200




3310.0


Xo‘jalikda oy mobaynida 2800 dona material sarflandi va omborda 1400 dona material qoldi. Ushbu materiallaming sarflanishini uch xil usulda hisoblab chiqamiz.
0‘rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar birligining qiymati davr boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlarning o‘rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subektdagi vaziyatga qarab o‘rtachasi davr oxirida yoki har bir qo‘shimcha qabul qilingani bo‘yicha hisoblab topiladi.
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qoilash tavsiya qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVEKO usullarini qoilash ma’qul.


193




Material sarfi

Miqdori

Narxi (so‘m)

Qiymati
(m.so‘m)

1-partiya

1000

600

600.0

2-partiya

1700

800

1360.0

3-partiya

100

900

900.0

Jami sarflangan material

2800

788.1

2207.0

Ombordagi qoldiq

1400

788.1

1103.0


Bugungi kunda materiallami ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda BHMSning 17 -bandiga muvofiq FIFO usulini qoMlashni tavsiya qilinadi. Bu usulda birinchi navbatda sotib olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar- material zaxiralari - bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.


FIFO usulida materiallami baholash tartibi

Material sarfi

Miqdori

Narxi (so‘m)

Qiymati
(m.so‘m)

1-partiya

1000

600

600.0

2-partiya

1700

800

1360.0

3-partiya

100

900

900.0

Jami sarflangan material

2800




2860.0

Ombordagi qoldiq

1400

900

1260.0


Xalqaro andazalar tomonidan TMZni hisobga olish va baholashda LIFO usulidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib olingan tovar - material zaxiralar (TMZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar - material zaxiralari birinchi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
SHunday qilib, xo‘jalik yurituvchi subektlarda materiallarni ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarish va materiallami baholash usuli ulaming hisob siyosatida o‘z aksini topmog‘i lozim.


194




Material sarfi

Miqdori

Narxi (so‘m)

Qiymati
(m.so‘m)

1-partiya

1500

900

1350.0

2-partiya

1300

800

1040.0

3-partiya

-

-

-

Jami sarflangan material

2800




2390.0

Ombordagi qoldiq

400

800

320.0




1000

600

600.0

Jami qoldiq

1400




920.0


  1. Tovar moddiy zaxiralarning harakatini rasmiylashtirish va ularning

sintetik hisobini tashkil etish
Materiallar harakatining hisobi materiallarning hisobi bo‘yicha asosiy nizom talablariga javob beradigan va axborotlami avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. YOziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ulaming hujjat aylanishi korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy - texnik ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi. YOziladigan hujjatlaming nusxalar soni minimal boiib, EHMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qoida yuritilsa - ikki nusxadan oshmasligi kerak.
Odatda materiallami omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) ishonchnoma yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi. Materiallarni o‘z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bo‘limi olib boradi. Marketing bo‘limi mol yubomvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilib boradi, materiallarning sifati va kamomadi bo‘yicha da’volami rasmiylashtiradi, agar yuklar o‘z vaqtida kelib tushmasa ulami qidirib topadi.
Transport tashkilotlaridan yuklami qabul qilib olishda ekspeditor idishlar, plombalar holatiga alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan boTsa, yuklami tekshirish va topshirishni talab qiladi. Basharti kamomad yoki


195




nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol yuboruvchiga da’vo qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi.
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs kelib tushgan materiallaming soni, sifati va assortimentini mol yuboruvchining hujjatlarini solishtirib ko‘radi. Haqiqiy kelib tushgan materiallaming miqdori mol yubomvchilaming hujjatlarida ko‘rsatilganiga to‘liq mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi kirim orderi) yoziladi.
Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan materiallami kirimga olishda ki
rim orderi yozilmasdan, mol yubomvchining hujjatlariga (nakladnoylariga) kirim orderining asosiy rekvizitlari ko‘rsatilgan mahsus shtampa qo‘yib, uni to‘ldiradi.
Agar materiallar mol yubomvchining omboridan avtotransport bilan markazlashgan holda olib kelinsa, to‘rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 - shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol xarid qiluvchiga - kirim orderini o‘miga materiallami kirimga olish uchun; mol yubomvchiga - material qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun; bankka topshirish uchun.
To‘lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallami mol yubomvchining hujjatlari bilan solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlami rasmiylashtirishda materiallami qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma qabul komissiyasi tomonidan tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi shart: mol yubomvchining vakili yoki betaraf tashkilotning vakili, ombor mudiri va korxonaning ta’minot boTimi vakili. Komissiyani korxona rahbari tayinlaydi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi - kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi - da’vo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo‘yicha qo‘shimcha toTov talabnomasi yuborish to‘g‘risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing boTimiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan boTsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi.


196




Ombordan omborga materiallami topshirishda yoki foydalanilmay qolgan materiallami yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot chiqindilarini, asosiy vositalar, inventar va xo‘jalik jihozlarini tugatishdan olingan material qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoy- talabnomalar (M-ll-shakl) tuziladi. Materiallami topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar nakladnoylami ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi - materiallarni qabul qilib olish uchun omborchiga beriladi.
Materiallarni ishlab chiqarishga jo‘natish, xo‘jalik extiyojiga ishlatish, xo‘jalik faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallami chetga sotish muomalalari limit-zabor kartalar, to‘lov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi.
Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing boiimi tomonidan maium bir ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o‘tkaziladigan bir yoki bir necha materiallar turlari bo‘yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur boiadigan materiallaming hajmi va turlari korxonaning reja-ishlab chiqarish boiimi tomonidan hisoblab chiqiladi. Materiallami sarflash va jo‘natish limiti materiallaming mazkur turi bo‘yicha sex omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi.
Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga beriladi. Materiallami ombordan jo‘natishda omborchi sexning limit-zabor kartasiga, material oluvchi ombordagi limit-zabor kartaga imzo qo‘yadi. Ikkala limit-zabor kartasida har gal materiallar olingandan so‘ng foydalanilmagan limit summasi chiqarib qo‘yiladi. Limitdan foydalanilganda oy oxirida limit-zabor kartalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Ularga asosan materiallami ishlab chiqarishga sarflash hisobi rasmiylashtiriladi va belgilangan limitga rioya qilish ustidan nazorat qilinadi.
Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar hisobi ham yuritiladi. Bunda hech qanday qo‘shimcha hujjat tuzilmaydi. Limit - zabor kartalar sonini kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari bo‘lgan choraklik limit-zabor kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit-


197




zabor kartalar materiallar doim uzluksiz jo‘natiladigan hollarda foydalanilsa, xo‘jalik va boshqa extiyojlari uchun bir yo‘la materiallar jo‘natilganda M-10 shakldagi akt-talabnoma qo‘llaniladi. Akt-talabnoma materiallami istemol qiluvchi bo‘limlar tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi omborchining imzosi qo‘yilib, material oluvchiga beriladi, ikkinchisi mol oluvchining imzosi qo‘yilib omborchida qoladi.
Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jo‘natiladigan materiallar uchun yoki materiallami almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini ko‘rsatib maxsus talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan korxona direktori, bosh muhandisi, yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslaming mxsati bilan jo‘natiladi.
Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan o‘zining xo‘jaliklari uchun jo‘natilganda nakladnoylar (M-ll-shakl) qo‘llaniladi. Ular ta’minot bo‘limi tomonidan naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada yoziladi. Materiallar chetga avtotransportda jo‘natilsa, tovar - transport nakladnoyi yoziladi.
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ulaming sintetik hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallaming har bir guruhi tegishli schyotlarda hisobga olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ulaming analitik hisob madumotlari bo‘yicha to‘liq madumotlar hisobga olinadi.
«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar» esa - 003 balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadi.
Material qiymatliklar pul o‘lchovida hisobga olinib, 19-sonli BHMSga muvofiq saqlash joylari bo‘yicha davriy inventarizatsiya o‘tkaziladi. Materiallarning qoldig‘i va kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx summasida, sarflanishi - FIFO va AVEKO usullarida haqiqiy tannarx summasida aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, o‘zining ehtiyoji uchun


198




yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz mahsulotdan, asosiy vositalami hisobdan chiqarishdan olingan materiallar omborga qabul qilinadi.
Materiallarning sarflanishi bo‘yicha tuzilgan barcha dastlabki hujjatlar sintetik schyotlar, foydalanish joylari va xarajatlaming yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlanadi. Materiallar harakatining hisobi oy davomida yagona hisob bahosida yuritiladi, oy tugagach foizi va transport-tayyorlov xarajatlari yoki farqi hisoblab chiqilgandan so‘ng haqiqiy tannarxda hisobga olinadi. SHunday qilib, qabul qilingan materiallaming haqiqiy tannarxini tashkil etuvchi ma’lumotlar buxgalteriya hisobining turli jurnal-orderlarida (1, 3, 6, 7, 10/1, 13) aks ettiriladi, bosh daftarda esa jamlanadi. Foydalanilgan va chetga jo‘natilgan materiallaming haqiqiy tannarxi 10 va 10/1 jurnal-orderlarida va bosh daftarda aks ettiriladi.
Materiallar harakati hisobini boshqa variantini qo‘llasa ham boiadi. Bunda materiallami sotib olish va tayyorlash bilan bogiiq boigan barcha xarajatlar 1510 - «Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida materiallarni sotib olish qiymati, tayyorlash va materiallami korxonaga etkazib kelish xarajatlari D-t 1510, K-t 2310, 6010, 4200, 4800 schyotlarda hisobga olinadi.. Haqiqiy qabul qilingan materiallaming hisob qiymatiga D-t 1000 schyotning tegishli schyoti, K-t 1510 schyot. Bunda sotib olingan va tayyorlangan materiallaming haqiqiy tannarxi bilan qabul qilingan materiallarning hisob bahosi (reja, shartnoma tannarxi, o‘rtacha sotib olish qiymati va b.) orasidagi farqi 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. 1610 - schyotning debetida yig‘ilgan farqlar summasi belgilangan tartibda ishlab chiqarish schyotlarining debetiga hisob bahosida yozilgan materiallar qiymatiga mutanosib o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: D-t 2010,2310,2510 schyotlar, K-t 1610 schyot.
Materiallar qabul qilinganda va ulami sotib olish bo‘yicha xarajatlar sodir bo‘lganda buxgalteriya hisobida tegishli yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.


199




Korxonaga tegishli bo‘lgan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbob materiallar, inventarlar, xo‘jalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlami umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
1010 "Xom-ashyo vamateriallar";
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar";
1030 "YOqilg‘ilar";
1040 "Ehtiyot qismlar";
1050 "Qurilish materiallari";
1060 "Idish va idishbob materiallar";
1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar";
1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari";
1090 "Boshqa materiallar".
1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida quyidagilaming mavjudligi va harakati hisobga olinadi:

  1. ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zamr tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom-ashyo va asosiy materiallar;

  2. mahsulot ishlab chiqarishda yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi materiallar;

v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va h.k.;
g) em-xashak va to‘shamalar. 0‘zida ishlab chiqarilgan em-xashak va to‘shamalar yil oxirida haqiqiy tannarxiga to‘g‘rilash bilan yil davomida reja tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida yig‘ishda va qayta ishlov berishda xarajat talab qiladigan ishlab chiqarilayotgan (qurilish) mahsulotni butlash uchun ishlab chiqarish kooperatsiyasi tartibida xarid qilingan, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor butlovchi


200


buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.


Ilmiy-tadqiqot va konstruktorhk tashkilotlari tomonidan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik mavzulari bo‘yicha ilmiy va eksperimental ishlarni o‘tkazish uchun chetdan sotib olinadigan butlovchi buyumlami, maxsus uskunalami, asboblami, moslamalami va boshqa qiymatliklami 1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida hisobga olinadi.
1030 "YOqilg‘ilar" schyotida neft mahsulotlari, yoqilg‘i-moylash materiallari (YOMM) (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, yog‘ va hokazolar), qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va hokazolar) va gazsimon yoqilg‘i (gaz, gazolin) shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklaming mavjudligi va harakati hisobga olinadi. YOqilg‘i-moylash materiallari (YOMM) uchun talonlardan foydalanilganda ham ulaming hisobi 1030 " YOqilg‘ilar" schyotida yuritiladi.
1040 "Ehtiyot qismlar" schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalami ta’mirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun moijallangan asosiy faoliyat uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlaming mavjudligi va harakati, hamda zahiradagi avtomobil shinalari hisobga olinadi. SHu erda ta’mirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida korxonaning ta’mirlash bo‘limlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, toiiq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi.
1050 "Qurilish materiallari" schyotida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va inshootlaming qismlari, konstmksiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini tayyorlash qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va o‘zida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
1060 "Idish va idishbob materiallar" schyotida idishlaming barcha turlari (xo‘jalik inventari sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari) shuningdek, idishlar tayyorlash va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan materiallar va detallar


201




(yashiklami yig‘ish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish va boshqalar)ning mavjudligi va harakati yuritiladi. YUklanadigan mahsulotlaming butligi va saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalami qo‘shimcha jihozlash uchun mo‘ljallangan buyumlar 1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida hisobga olinadi.
1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar" schyotida chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallaming mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bogiiq chetdagi korxonalarga toiangan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlami hisobga oluvchi schyotlaming debetiga olib boriladi.
1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma mablagiari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:

  1. xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan;

  2. xizmat qilish muddatidan qat’i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) 0‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlaming inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.

Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  1. maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki ma’lum bir turdagi buyumlami seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);

  2. maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyafzal;

v) yotoq jihozlari;
g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va h.k.);


202


  1. oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari shuningdek, ovqatlanish xonasi choyshablari;

  2. xarajatlari, ulami qurish, qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik (titulsiz inshootlar) qurilma va moslamalar;

j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (ko‘kan, qopqon, to‘rlar va h.k.).
Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo‘jalik jihozlami hisobga oluvchi schyotlami ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘mi va roliga qarab ochishlari murnkin. Ulaming qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to‘liq qo‘shiladi. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida keyinchalik ulaming hisobi balansdan tashqari 014 "Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar bo‘yicha yuritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan hollarda ulami balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
1090 "Boshqa materiallar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda nazarda tutilmagan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu erda ishlab chiqarish chiqindilari (qirqimlar, qirindi va sh.k.); tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotlar; asosiy vositalaming chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy, nigrol va h.k.) hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari urug‘liklar, ekish materiallari, (sotib olingan va o‘zida ishlab chiqarilgan) kompostlar, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan, biologik preparatlar, zaharli kimyoviy moddalar, dorilar hamda kimyoviy moddalami (o‘simlikchilikda, chorvachilikda va yordamchi xo‘jalikda) hisobga olish va boshqalar uchun qo‘shimcha schyotlami ochishlari mumkin.


203





Download 497,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish