D. D. Safarova sport morfologiyasi


Siklik harakatlarining anatomik xarakteristikasi



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/173
Sana01.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#305373
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   173
Bog'liq
sport morfologiyasi

Siklik harakatlarining anatomik xarakteristikasi.
 
Yurish, yugurish
Yurish  deb  tananing  fazodagi  tabiiy  bir  joydan  ikkinchi  jo- 
yiga  siljishga  aytiladi.  U  o ‘zida  murakkab  siklik  harakatlar- 
ni  mujassamlashtiradi.  Yurishning  xarakterli  xususiyatlaridan 
biri,  bu  tananing  tayanch  sathi  bilan  uzilmasligidir,  tayanch  bir 
oyoqdan  ikkinchi  oyoqqa  o‘tib  almashinib  turadi.  Yurish  pay- 
tida  harakat  apparatining  deyarli  hamma  qismlari  ishtirok  etadi, 
bundan  tashqari,  yurish  harakatlarini  boshqarib  turishga  nerv 
tizimi  ta’minlab  tumvchi  yurak-qon  tomirlar  va  nafas  olish 
tizimlari ham qatnashadi.
Yurishning  asosi  -   bu  ketma-ket  yurish  harakatlari.  Yurish 
paytida  tana  muvozanati  tebranib  turadi,  ya’ni  turg‘un  va  tur- 
g‘unsiz  holatlarda  boiadi.  Tananing  fazodagi  harakati  odam 
organizmiga  ta’sir  qiluvchi  ichki  va  tashqi  kuchlar  tufayli 
vujudga keladi. Natijada muskullaming tayanch sathidan itarilish 
paytida  tanaga  yuqori  va  oldinga  qarab  intiluvchi  impulslar 
tarqaladi.  Biroq  tananing  harakati  toiqinsim on  xarakterga  ega, 
sababi  impulslar tana  inersiyasi  va tayanch  harakat  apparatining 
amortizatsion xususiyatlari tufayli silliqlashadi. Tananing o g irlik  
kuchi  ilgarilanma  harakatlarga  ta’sir  qiladi.  Tik  turish  holatidan 
yurish  holatiga  o‘tilganda  birinchi  navbatda  harakat  tanani 
oldinga qarab tashlashdan boshlanadi. Natijada UOM tushirilgan 
tik  ch izigi  tayanch  sathining  oldingi  chegarasidan  tashqariga
151


tashlanadi  va  shu  sababli  birmuncha  oldinga  qarab  siljiydi.  Bir 
oyoq  oldinga  qarab  tashlaganda  yangi  tayanch  sath  yuzasi  hosil 
bo‘lib,  muvozanat  tiklanadi.  Keyingi  harakatlarda  esa  oyoq  har 
oldinga tashlangan paytda tananing muvozanati buziladi.
Yurishda  tana  tayanch  sathidan  itarilganda  teng  va  qarama- 
qarshi  yo‘nalgan  qarshilikka uchraydi,  chunki  bu  omilsiz  yurish 
harakati  yuzaga  kelmaydi.  Agar  qarama-qarshilik  kuchini  ikkita 
teng  tashkil  etuvchi  kuchlarga  ajratilsa,  shundan  bittasi  yeming 
qattiqligi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  tik  ketgan  yo‘nalishdir,  ikkin- 
chisi  esa  tayanch  yuzasi  bilan  tovonning  pastki  yuzasi  orasidagi 
ishqalanishga  bog‘liq  bo‘lgan  gorizontal  yo‘nalishdir.  Agar 
yeming  qattiqligi  va  ishqalanishi  kuchsiz  b o isa ,  yurish  unda 
qiyinlashadi.
Masalan,  qalin  qor  qatlamlarida  yurish  birmuncha  qiyin, 
chunki  qor  yumshoq,  tayanch  yuzasining  qattiqligi  deyarli 
yo‘q.  Yurishda  tananing  muvozanati  doimo  o‘zgarib  turadi  va 
tayanch  sathiga  b o g iiq   boiadi.  Bir  tayanchli  fazada  tayanch 
sathi  kattalashadi.  Tananing  turg‘unlik  darajasi  har  xil  boiadi: 
bir  tayanchli  davrda  juda  kam,  ikki  tayanchli  davrda  ko‘proq 
b o iad i.  Murakkab  harakatlarga  o‘xshab  yurish  ham  bir  qancha 
oddiy  harakatlardan  iborat,  ulaming  asosida  oyoqlaming  ketma- 
ket bukilib, yozilishi yotadi. Yurish vaqtida bir oyoqning bajargan 
harakati yakka qadam deb aytiladi. Yurayotganda tana goh bir, goh 
ikkinchi  oyoqqa  tayanadi.  Tayanayotgan  oyoq  tayanch  o y o g i, 
ikkinchisi  esa erkin oyoq deb hisoblanadi. Yakka qadamlar doim 
ketma-ket  qaytariladi.  Yurish  sikli  juft  qadamni  hosil  qiladi. 
Har  bir  juft  qadam  ikkita  yakka  qadamdan  iborat  b o iib ,  shu 
juft  qadam  biri  birinchi  oyoq  hisobiga,  keyingisi  ikkinchi  oyoq 
hisobiga  bajariladi.  Har juft  qadamdan  keyin  tananing  qismlari 
va  bo‘g‘inlari  bir-biriga  nisbatan  boshlangich  holatga  qaytadi. 
Harakat apparati ishining xususiyatlariga qarab va tananing UOM 
dan tushirilgan vertikal yo‘nalishiga nisbatan tayanch yoki  erkin 
oyoqning holati, har bir yakka qadam fazalariga boiinishi mum-
152


kin, shu fazalaming har biri oddiy qadam deyiladi. Tayanch oyoq 
tananing UOM dan tushirilgan vertikal chiziqqa nisbatan oldinda 
bo‘lsa,  bu  holat  tayanch  oyoqning  oldingi  qadami  deb  aytiladi. 
Agar vertikal chiziqqa nisbatan orqada b o isa , tayanch oyoqning 
orqa  qadami  deyiladi.  Oldingi  va  orqa  tayanch  fazalari  orasida 
tayanch oyoqning vertikal davrli holati bor.
Demak,  o‘z  tuzilishiga  ko‘ra  har  bir juft  qadam  ikkita  yakka 
qadamdan va to‘rtta  oddiy  qadamdan  tarkib  topgan.  Biroq bosib 
o ‘tilgan juft qadamli  masofa  faqat uchta oddiy qadamdan  iborat, 
chunki  bir  oyoqning  oddiy  qadami  “ustiga”  tushadi.  Yurishning 
har  bir  yakka  qadami  ketma-ket  4  fazadan  tashkil  topgan:  ikki 
tayanchli  davr  orqa  qadam,  tik  turish  holati  va  oldingi  qadam 
qo‘sh qadam esa 6 ta fazadan tashkil topgan:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish