D. D. Safarova sport morfologiyasi



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/173
Sana01.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#305373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
sport morfologiyasi

dinamik anatomiya
 boiim i yaratilgan.
Odam  organizmning  yashash  sharoitlarida jismoniy  mashqlari 
va yuklanishlami  bajarishga  adaptatsiya  (moslashuvi)  muammosi 
zamonaviy sport morfologiyasining eng dolzarb muammosi hisob- 
lanadi. Ko‘rinishi, quw ati va davriyligi xilma-xil b o igan jismoniy 
yuklanishlaming  yoshi  yoki  jinsi  jihatidan  turlicha  b o ig an  
(bolalar,  o‘smirlar,  o ‘rta  yoshli  va  keksa)  odamlar  organizmiga 
ta’sirotlari  to‘g ‘risida  amaliyotda  ko‘plab  m aium otlar  bor.  Bu 
maium otlam ing  aksariyati  odamlarda  va  tajribada  olingan 
mehnat  va  sportning  turlicha  ko‘rinishlari  mobaynida  shiddatli 
muskul  faoliyatining  tayanch-harakat  tizimiga  ta’sirotlarga  mo- 
yildir.  Bu  m aium otlar  avvalo  Р.Ғ.  Lesgafit  qalamiga  mansub 
b o iib , ularga yana М.Ғ. Ivaniskiy, А.А. Gladisheva, M.G. Prives, 
A.I. Kurachenkov, В.А. Nikityuk, А.Р. Sorokin, F.V. Sudzilovskiy, 
V.G.  Koveshnikov,  P.Z.  Gudz  kabi  yetuk  olimlar  ulkan  hissa 
qo‘shganlar.
So‘nggi  davrlarda  esa  izlanishlaming  asosiy  yo‘nalishlarini 
odam  va  jonivorlarda  harakat  faolligiga  moslashuv  jarayonini 
ta’minlashda  o‘zgarishlami  o‘rganish  tashkil  etildi  (V.Ya.  Kami- 
shov,  Ya.R.  Sinelnikov  va  boshqalar  tadqiqotlari).  Ammo,  ichki 
a’zolardagi  adaptatsion  o‘zgarishlar  to‘g‘risidagi  m aium otlar 
hanuzgacha  ozdir.  Jismoniy  mashqlarga  moslashuv  davrida  im- 
mun tizimda ro‘y beradigan o‘zgarishlarga esa so‘nggi yillardagina 
ahamiyat  berila  boshlandi  (F.V.  Sudzilovskiy,  Yu.P.  Xussar  va 
boshqalar).  Bu  boradagi  m aium otlar  nafaqat  umumiy  nazariy 
ahamiyatga,  balki  yuqori  darajada  amaliy  ahamiyatga  egadir. 
Ichki  a’zolarda  amalga  oshiriladigan  adaptatsion  o‘zgarishlar
10


to‘g‘risidagi ma’lumotlar sport mashg‘ulotlarini rivojlantirish, tib- 
biyot  nazorat  samarasini  yuqori  darajaga  ko‘tarish,  sportchilarda 
turli xastaliklar kelib chiqishning oldini olish va hal qilishga ilmiy 
asos bo‘lmoqda. Bulaming salmog‘i, ayniqsabolalarvao‘smirlami 
sport  turlariga  tanlash  va  yo‘naltirish  muammolarini  hal  qilishda 
nihoyatda  yuqoridir.  Sport  morfologiyasining  eng  murakkab  va 
muhim muammolaridan biri jismoniy yuklanishlaming bolalar va 
o‘smirlar  organizmiga  ta’sirini  o‘rganishdir.  Bolalar  va  o‘smirlar 
orasida  sportga  tanlov  va  yo‘naltirish  masalalari  maqsadga  mu- 
vofiq  ravishda  hamda  bir  vaqtning  o‘zida  o‘sib  kelayotgan  yosh 
organizmning rivojlanish va shakllanish jarayonlariga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishini  to‘liq  istisno  qilganda  amalga  oshirilishi  mumkin- 
ligini  doimo  ko‘zda  tutmoq  lozim.  Bu  holat  bolalar  va  o‘smirlar 
sportini rivojlantirish borasida eng muhim va to‘liq amal qilinishi 
shart bo‘lgan qonundir.
Ilmiy  adabiyotlarda  tashqi  muhit  ta’siri  va  ekologik  omillar- 
ning  sportchi  organizmiga  ta’siri  bo‘yicha  bir  qancha  ilmiy 
ishlar  natijalari  nashr  qilindi.  Hozirgi  vaqtda  ekologik  omillami 
organizmning o‘sish va rivojlanishiga ta’siri embrional taraqqiyot- 
ning oxirgi bosqichlarida va jinsiy yetilish davrining boshlanishida 
ayniqsa kuchli bo‘lishi aniqlangan, chunki bu davrlarda organizmda 
genetik nazoratning idora etilishi susayadi.
Ma’lumki,  sportchilar  musobaqalarda  ishtirok  etishlari  tufayli 
turli  geografik  hududlami  qisqa  muddat  ichida  almashtirishga 
to‘g‘ri  keladi.  Bunda  organizm  nafaqat  iqlimning  keskin  o‘zga- 
rishi  bilan  bog‘liq  b o igan  ta’siri  ostiga  tushadi,  balki  vaqt  bilan 
b o g iiq   b o igan  sutka  ritmi  -   bioritmi  buzilishi  kuzatiladi.  Bu 
esa  sportchining  ishchanlik va  chidamlilik  sifatlariga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatadi  va  ba’zi  ekologik  omillar  siklikligi  bilan  ta’riflanadi. 
Masalan,  oftobning  faolligi  har  11  yilda  o‘zgaradi,  bunda  geo- 
magnit  maydonlarining Yerga  ta’siri  ham  o‘zgaradi.  Oftob  aktiv- 
ligining  yoshga  qarab  o‘sish  va  rivojlanish  jarayonlariga  ta’siri 
o‘tkazilgan  ilmiy  tekshirishlar  natijasida  isbotlandi.  Demak,  turli
11


ekologik ta’sirotlar natijasida  sportchi  organizmda ro‘y beradigan 
adaptatsiya  jarayonlarining  morfo-funksional  ko‘rsatkichlarini 
aniqlash  sport  morfologiya  fanining  hali  to iiq   hal  etilmagan 
muammolari qatoriga kiradi.
Jismoniy  tarbiya  va  sportning  ommaviylashtirilishi  borasidagi 
sport morfologiyasi namoyondalari oldidagi vazifalarga kelsak, bu 
yo‘nalishdagi bilimlar majmuasi hal qilish uchun nihoyat darajada 
ozdir.  Sport morfologlar ushbu vazifani bajarish y o iid a eks-spor- 
chilaming readaptatsiya qilish jarayonida o‘rta va ulug‘roq  yoshli 
insonlar  organizmlarida  ro‘y  beradigan  adaptatsion  o‘zgarishlar 
mohiyatini o‘rganishda hali ko‘p izlanishlar o‘tkazishlari kerak.
Sport  morfologiyasi  namoyondalari  tomonidan  uzoq  yillar 
davomida  o‘rganilib  kelinayotgan  va  shu  kunlarda  ham  o‘z 
yechimini to iiq  topmagan muammolaridan yana biri -  bu sportdagi 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish