9.
Egizaklar usuli
dermatoglifika usuli bilan birgalikda
1875-
yilda birinchi marotaba F.Galton tomonidan taklif qilingan. Bu
usulning mohiyatini turli olimlar turlicha baholashdi. Masalan,
Dj.Nil, U.Shell, K.Shtem genetiklaming fikricha bu usulning
imkoniyatlari chegaralangan, psixolog V.Fridrix
(1985)
esa yuqori
baholaydi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bu usul o‘z vaqtida odam
genetikasi o‘rganilganda katta ahamiyatga ega boigan. Hozirgi
zamon genetikaning imkoniyatlari ancha kengaygan va aniq
tekshirish usullari bilan boyigan. Masalan, odamning genetik
16
kartasi tuzilgan va bunday «kartograflash» usuli yordamida
odamning barcha belgilarini ifodalaydigan genlaming joylashuvi
aniqlangan. Genetik kartada nafaqat organizm belgilarini ifoda-
lovchi genlaming joylashuvi, balki ba’zi bir jismoniy sifatlar va
qobiliyatlaming qaysi genetik tuzilmalarda joylashganligi ko‘r-
satilgan. «Kartograflash» usuli yordamida organizmning turli sifat
va belgilarining irsiylanish darajasini aniqlash tibbiyot, antro-
pologiya va sport morfologiyasida katta ahamiyatga ega. Sport
morfologiyasida sport tanlovi o‘tkazishda organizmning qaysi
belgilari yuqori darajada irsiy ifodalangan va muayyan sport turiga
zarar bo‘lgan xos belgini aniqlab, uslubiy tavsiyanomalami bolalar
va o‘smirlaga o‘z vaqtida berish mumkin.
Egizaklar usuli keynchalik olimlar tomonidan takomillashtirildi.
Hozirgi kunda egizaklar usuli 2 yo‘nalishda qo‘llaniladi.
1. Monozigota va dizigota egizaklar umumiy populatsiyadan
ajratilib, biri-biri bilan belgilarining o‘zgarish darajasi solishtiriladi.
MZlar bitta otalangan tuxumdan rivojlanadi, DZlar esa bir vaqtda
otalangan ikki tuxumdan rivojlanadi va bir vaqtda tug‘iladi. DZlar
oiladagi oddiy sibslar (opa-singil, aka-uka) bir-biriga o‘xshashi
va o‘xshamasligi mumkin, chunki ulaming umumiy genlari 50%
tengdir. Tekshirishlaming oxirgi bosqichlarida MZ va DZ dan
tuzilgan nazorat guruhlarda muhit omillari va irsiyatning roli
aniqlanadi va taqqoslanadi.
2. Monozigotali egizaklami bir-biridan ajratish, alohida tarbi-
yalash va farqlanuvchi (yoki modellashtirilgan) sharoitlarda o‘s-
tirish. Bu usul yordamida belgilaming rivojlanishida irsiyat va
muhitning nisbiy roli aniqlanadi. Monozigotali egizaklarda ayniqsa
belgilaming konkordantligi (o‘xshashligi) va diskordantligi (o‘x-
shamasligi)ni tahlil qilish qulay, chunki MZlar otalanishdan so‘ng,
zigotani maydalanish davrida ikkiga bo‘linishi bilan, har bir qismi
bir-biridan ajralib, bachadon devoriga alohida o‘mashib, keyin-
chalik mustaqil rivojlanadi. Shuning uchun ikki qismga bo‘lingan
olma kabi MZlaming genotiplariga bir-biriga to‘liq o ‘xshashdir.
17
Turli sharoitlarda tarbiyalangan egizaklarda uchraydigan farqlar
muhit ta’sirining natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |