SPORT MORFOLOGIYASIGA KIRISH
Sport morfologiyasi fani sportchi organizmining tashkil etuvchi
tizim, a’zo, to‘qima va hujayralarda jismoniy faoliyati natijasida
vujudga keladigan morfologik o‘zgarishlami o‘rgatadi. Hozirgi za-
mon sport morfologiya fani ikki yo‘nalish bo‘yicha rivojlanmoq-
da.
Birinchi mustaqil ilmiy yo‘nalishi funksional xarakterga ega
bo‘lib, sport va jismoniy faoliyat natijasida organizmda rivojlana-
digan adaptatsion jarayonlami o‘rgatadi.
Dddnchi yo‘nalishi esa sport tanlovining samaradorligini oshirish
uchun konstatasiya yoki ta’kidlash va tashxis qilish uslublari va
uning shakllarini ishlab chiqarishni o‘rgatadi.
Adaptatsiya muammosi shu kunga qadar hali to‘liq ishlab chi-
qilmagan, chunki sport tanlovi o‘tkazishda turli belgilaming mos-
lana olish qobiliyati, ulaming o‘zgaruvchanlik xususiyatiga e’ti-
bor berilmagan. Ikkinchidan, tezlik yoki sustlik bilan kechuvchi
adaptatsiya jarayonlami qaysi sport turlariga tavsiya etish lozim;
uchinchidan, mashqlanish jarayonida qaysi jismoniy sifatlar oldin-
dan rivojlanishi lozim: model standartlariga javob beradigan si-
fatni yana kuchaytirishga qaratilgan tadbirlami o ‘tkazish yoki zaif
rivojlangan jismoniy sifatni rivojlantirish ustida ishlash. Sport mor-
fologiyaning asosiy maqsadi - sportga tanlashda morfofunksional
va anatomo-antropogenetik ko‘rsatkichlarining ahamiyati, irsiyat
bilan muhitning sportchilar konstitutsiyasining shakllanishiga
ta’siri va ma’lum sport turiga xos bo‘lgan muayyan xususiyatlami
rivojlantirish va mahoratini oshirishini oldindan tashxis qila bilish
muammolarini yechishdan iborat. Sport morfologiyaning asosiy
obyekti - sportchi organizmidir.
3
Sport morfologiya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
1) sport morfologiyaning «Kirish qismida» fanning maqsadi,
mazmuni, vazifalari va tarixiy rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chi-
qish;
2) sport morfologiya fanida qoilaniladigan klassik va hozirgi
zamon uslublar yoritiladi. Sport tanlashda morfofunksional va an-
tropogenetik ko‘rsatkichlaming ahamiyati va ulami tahlil qilishni
o‘rganish;
3) adaptatsiyaning umumiy tibbiy-biologik nazariy asoslari -
sportchilar organizmini tashkil etuvchi tuzilmalar yuzasidan
chuqur bilim berish;
4) yoshga b o g iiq holda konstitutsional morfologiyasi asos-
larini o‘rgatish - turli morfofimksional tizimlarda yoshga qarab
o‘zgarishlami ko‘rsatish, biologik yoshni aniqlash;
5) jismoniy tarbiya va sport muammolarini hal etishni vazifa
qilib olgan holda, sport morfologiyasi, sport oriyentatsiyasi, sport
tanlovi muammolarini yechishda, jismoniy ish ta’sirida sportchilar
organizmida kompensator-moslashinuv o‘zgarishlaming rivojla-
nishiga baho berish va patologik o‘zgarishlar kelib chiqishining ol-
dini olish tadbirlarini belgilash va qoilanishida muhim asoslash;
6) konstitutsional morfologiya boiim ida konstitutsiyani tashkil
etuvchi morfologik, funksional, biokimyo biomexanik xususiyat-
larining ahamiyati, konstitutsiya negizini tashkil etuvchi genotip
va fenotip haqida tushuncha, irsiy va tashqi muhit omillaming aha-
miyati, turli mutaxassisli sportchilaming morfotiplarini aniqlash.
Tinglovchilar amaliy mashg‘ulotlar o‘tishdan oldin sport mor-
fologiya fanidan olgan bilimlarini qayta mustaqil ravishda va
ustozlar yordamida jihozlangan o‘quv auditoriyalarda va anato-
mik muzeyda takrorlashadi. So‘ng sport morfologiyada keng
qoilanadigan va keyinchalik ilmiy ishlami o‘tkazishda kerakli
va zamr b o igan uslublari tavsiya etiladi va o‘rgatiladi. Amaliy
mashg‘ulotlarda sport morfologiya fani bo‘yicha hozirgi zamon
ilmiy maiumotlari beriladi. Suyaklar, muskullar va ichki a ’zolarda
optimal hamda shiddatli yuklamalar, statik va dinamik turdagi
yuklamalar ta’siri ostida vujudga keladigan morfologik o‘zgarishlar
to‘liq o‘rganiladi va talabalaming nafaqat nazariy, balki uslubiy
imkoniyatlarini kengaytirish hamda mukammallashtirishga qarati-
ladi. Sport morfologiyasi faniga oid amaliy mashg‘ulotlarda fanga
oid nazariy bilimlaming amaliy ifodasini o‘zlashtirish, yetarli va
zarur malaka hamda ko‘nikmalar hosil qilish, ma’ruza material-
larini mukammal o‘zlashtirishga qaratiladi. Amaliy mashg‘ulotlar,
asosan, o ‘quv-uslubiy amaliyot shaklida o ‘tkazilib, sportchilar
tayyorlash jarayonida (mashg‘ulotlarda) turli yordamchi vositalar
(o‘lchov asboblari, ilmiy uslublar, me’yoriy test va mashqlari, shu
bilan birga sportchining jismoniy rivojlanish darajasini aniqlovchi
me’yoriy mezonlar, maxsus formulalar va shkalalar yordamida
aniqlash va mustaqil baholash) interfaol uslublardan foydala-
nish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Talabalar amaliyot davomida
mashg‘ulotlarda ilmiy va informatsion manbalar hamda innova-
tsion texnologiyalardan va morfologik uslublardan foydalanishga
oid bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Bu uslublar quyi-
dagilardir:
1. Antropometriya.
2. Podometriya va planktografiya.
3. Somotometriya va somatoskopiya.
4. Dermatoglifika.
5. Goniometriya, dinamometriya.
6. Sitologik uslublari.
Tavsiya etiladigan darslik morfologik fanlar qatoriga kirib, nor-
mal anatomiyaning ilmiy yo‘nalishlaridan biridir.
Sport morfologiyasi odam tanasining sport amaliyotida keng
qo‘llanadigan turli holat va harakatlarining bajarilishini tahlil qila-
di. M a’lumki, har bir sport turi uchun xos b o igan jismoniy yukla-
malar ta’sirida organizmda rivojlanadigan anatomik o‘zgarishlar
bilan birgalikda, adaptatsion jarayonlar rivojlanadi. Sportning
muhim bo‘lgan muammosi - bu sport tanlovini to‘g‘ri tashkil
qilish, uni aniq o‘tkazish va natijalarining baholashni sport mor-
fologiya fani tahlil qiladi. Jismoniy tarbiya bo‘yicha murabbiy va
trener anatomik va boshqa tibbiy - biologik fanlaming bilimlari
asosida mashqlanish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilib, sportchini esa
nafaqat oliy yutuqlarga erishishga tayyorlash, balki uning jismoniy
holatini va salomatligini mustahkamlashi lozim. Qadimgi Yunon
vrachi Gippokratning «Zarar keltirma» degan iborasi nafaqat tibbi-
yot xodimlari uchun, balki jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun
taalluqlidir.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |